15
Daromad pasayganda past sifatli tovarning iste'mol
miqdori
ko'paymoqda, daromad ko'payganda iste'mol miqdori kamaymoqda. Demak,
daromad samarasi manfiy ishorali, bundan kelib chiqadiki, umumiy
samarani topish uchun almashtirish samarasidan daromad samarasini ayirish
kerak.
Giffen tovarlar uchun daromad va almashtirish samarasi
Talab
qonuniga muvofiq, tovarlarning narxi oshsa, ularga bo‟lgan
talab miqdori kamayadi. Masalan, agar “Lasetti” avtomashinasining narxi
10 000 000 so‟m bo‟lib qolsa, unga bo‟lgan talab miqdori keskin ortib
ketadi, agar 100 000 000 ga ko‟tarilsa, unga talabgorlar soni keskin
kamayib ketadi.
Lekin,
shunday tovarlar ham borki, agar ularning narxi ortsa, ularga
bo‟lgan talab miqdori kamaymaydi, balki ortadi. Bunday tovarlarga
birinchi bo‟lib, ingliz iqtisodchisi Robert Giffen e‟tibor bergan.
Irlandiyada baholarni o‟rganayotib, Giffen
shunday hodisaga duch
keladi. O‟sha yili Irlandiyada kartoshka hosili yaxshi bo‟lmaydi, va
tabiiyki, kartoshkaning narxi ko‟tarilib ketadi. Lekin aholi orasida
kartoshkaga bo‟lgan talab miqdori ortib ketgan. Bunga sabab, irlandiyada
kam daromadli aholining asosiy qismi kartoshka iste‟mol qilgan va ular
kartoshka hosili yaxshi bo‟lmaganini, narxning yana ham ko‟tarilishi
mumkinligini eshitgach, iloji boricha ko‟proq
kartoshka sotib olishga
harakat qilishgan.
Kam daromadli aholi iste‟mol qiladigan va talab miqdori narx
ortganda ortib, kamayganda kamayadigan tovarlar giffen tovarlar deyiladi.
Bunday tovarlarga, kartoshka, buxanka, makaron misol bo‟lishi mumkin.
Bunday tovarlar uchun talab chizig‟ining o‟zgarishi “Giffen
paradoksi” deb ataladi va quyidagicha bo‟ladi.