Reja Kirish 2



Yüklə 92,62 Kb.
səhifə2/9
tarix14.12.2023
ölçüsü92,62 Kb.
#177933
1   2   3   4   5   6   7   8   9
19.JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA O\'QITISH METODIDAN SAMARALI FOYDALANISH

Jismoniytarbiyametodlari


Jismoniy tarbiya jarayonida turlicha metodlar qo’llaniladi.Ular bilvosita yoki bevosita, hissiy qabul etish so’z orqali yoki ko’rgazmaliliq yoki amaliy harakat faoliyatidan foydalanishga asoslangandir. Jismoniy tarbiya metodlariga asosan amaliy harakat faoliyati kiradi, lekin birorta ta’limtarbiyaniso’z va ko’rgazmalilik metodlarga asoslanmasdan turib olib borib bo’lmaydi. Bu esa jismoniy tarbiya metodlari bilan bir qatorda shu jarayonga kiruvchi boshqa hamma metodlarni aks ettiradi. Jismoniy tarbiya metodlarining muhim asoslaridan birini jismoniy yuqlanishni boshqarish va uni dam olish bilan almashtirish tarkibi tashkil etadi. Jismoniy yuklanish - deb jismoniy mashqlarni organizmga ta’sir etuvchi hamda sodir bo’ladigan ob’ektiv va sub’ektiv qiyinchiliklarni yengish darajasiga aytiladi. Jismoniy yuklamaorganizmning ish potentsiali sarflanishi va charchash bilan bevosita bog’liq bo’lib charchash jismoniy yuklanishi bilan ifodalangan tiklanish jarayoni ro’y beradigan dam olish bilan bog’liqdir. Shunday qilib, jismoniy yuklamacharchashorqaliishqobiliyatinitiklashvaoshirishgaolibkeladi. Jismoniy yuklanishning samaradorligi uning hajmiga va shiddatiga ko’p proportsional. Jismoniy yuklanishning hajmi deb ayrim mashqlarning ko’p vaqtli ta’sirchanligi shuningdek ma’lumbirvaqtdabajarilganjismoniyishlarningmiqdoriyyig’indisiga aytiladi (ayrim mashg’ulot yoki uning bir qismi davomida, bir hafta va h.k.). Jismoniy yuklanishning shiddati uning har bir momentdagi ta’sir kuchi, funktsiya kuchlanganligi, ta’sirning bir vaqtdagi qiymati bilan xarakterlanadi. SHiddat ko’rsatkichlari: harakatni tezligi, ishlarning quvvati, qarshiliklar og’irligi, shuningdek mashqlar bajarilishini tezligi va h.k. Jismoniy yuklanishning hajmi va shiddati ko’rsatkichlari orasida teskari proportsional munosabat mavjud. Bundan shu narsa kelib chiqadiki ba’zi mashqlarni shidati qancha yuqori bo’lsa shunchalik hajm imkoniyati kam bo’ladi, va aksincha.
Jismoniy yuklama jismoniytarbiyaningturli metodlarida standart, takrorlash mashq metodi har bir vaqtida o’zining tashqi parametrlari bilan amaliy bir xil va o’zgaruvchanbo’ladi.Ikkalatipdagijismoniyyuklanishlardanfoydacharchashhosil
qilgan bir faoliyatdan boshqa ikkinchi faoliyatga o’tish bo’lishi mumkin. Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo‘lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlarivaxatti-harakatlaribilanboshqalardanajralibturuvchi,muayyanxulq- atvorvadunyoqarashgaegabo‘lganjamiyatninga’zosiniifodalashgaxizmatqiladi. Odam shaxs bo‘lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o‘zini yaxlit inson sifatida his etishi, o‘z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog‘i kerak. “Individ” nima? Bola ma’lum yoshga qadar “individ” sanaladi. Individ (lotincha “individium” so‘zidan olingan bo‘lib, «bo‘linmas», «alohida shaxs», «yagona» ma’nolarini anglatadi) xatti-harakatlarini shartli refleks yordamidagina tashkil eta oluvchi biologik mavjudotdir. Individuallik esa shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lib, uning namoyon bo‘lishi tarbiya jarayonini amalga oshirishda bola shaxsini puxta o‘rganish, uning yashash sharoitlaridan etarli darajada xabardor bo‘lish va ularning hisobga olinishini taqozo etadi. Individual yondashuv o‘quvchilarning aqliy qobiliyatlari, bilishga bo‘lgan qiziqish hamda iste’dodini namoyon etishda muhim ahamiyatga ega.
Bolaharakatlariongli,ijtimoiymunosabatlarjarayonidagiishtirokinatijasida shakllana boradi. Kadrlar tayyorlash milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarining iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida ta’riflanadi. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axlohiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo‘lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har bir fuqaroning bilim olish, ijodiyqobiliyatininamoyonetish, intellektualjihatdanrivojlanishihamda muayyan kasb yo‘nalishi bo‘yicha mehnat qilish huquqni kafolatlaydi. Odamning ijtimoiy mavjudotsifatidashaxsgaaylanishiuchunijtimoiymuhitsharoitlarivatarbiyakerak bo‘ladi. Ana shular ta’sirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi.
Rivojlanishningo‘zinima?
Rivojlanishshaxsningfiziologikvaintellektualo‘sishidanamoyonbo‘ladigan miqdorvasifato‘zgarishlarmohiyatiniifodaetuvchimurakkabjarayondir.
Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o‘tish, yangilanish, yangining paydo bo‘lishi, eskining yo‘qolib borishi, miqdor o‘zgarishining sifat o‘zgarishiga o‘tishini ifodalaydi. Rivojlanishiningmanbaiqarama-qarshiliklarnio‘rtasidagikurashdaniboratdir.Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir degan falsafiy ta’limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega. SHuningdek,shaxsbirbutunmavjudotsifatidabaholanarekan,uningrivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi.Chunkishaxsningfaoliyati,hayottarzigayoshi,bilimi,turmushtajribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi. Inson butun umri davomida o‘zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga etadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo‘lsa, u jamiyat a’zosi sifatidakamoltopib,murakkabijtimoiymunosabatlartizimidao‘zigamunosibo‘rin egallaydi. Chunki rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi. Shaxsning fazilatlarini to‘g‘riko‘rishvabexatobaholashuchununiturlimunosabatlarjarayonidakuzatish lozim.Demak,shaxsnirivojlantirishvazifasinito‘g‘rihaletishuchununingxulqiga ta’sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur. Tarbiya bolaga samarali ta’sir etishi uchun o‘sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq. SHunday qilib, rivojlanish va tarbiya o‘rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud.
Fanda, odamning shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillarning ta’siri o‘rtasidagi munosabatni belgilashga oid munozara ko‘pdan buyon davom etmoqda. Insonning shaxs sifatida, rivojlanishida ijtimoiy hodisalarning ta’siri kuchli bo‘ladimi? Yoki tabiiy omillar etakchio‘rintutadimi? Balki tarbiyaning ta’siri yuqoridir? Ular o‘rtasidagio‘zaro munosabat qanday? Fanda biologik yo‘nalish deb nomlangan nuqtai nazar etakchi o‘rinlardan birini egallab,uningvakillariAristotel,Platonlartabiiy-biologikomillarniyuqoriqo‘yadi. Ulartug‘maimkoniyatlar,taqdir,toleharkimninghayotdagio‘rninibelgilab
bergan,deydilar.XVIasrfalsafasidavujudgakelganpreformizmoqimi
namoyandalari esa shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini inkor etadi. Xorij psixologiyasidagi yana bir ohim – bixeviorizmXX asr boshlarida yuzaga kelganbo‘lib, uning namoyandalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga o‘tib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. Mazkur ta’limotvakiliamerikalikolimE.Torndaykdir.Progmatizmoqimivauningvakillari D.D’yul, A.Kombe ham shaxs rivojlanishini biologik nuqtai nazarda asoslaydilar. Ular rivojlanishni faqat miqdoriy o‘zgarishdan iborat, deb qaraydilar. Naslning rolini absolyutlashtirib, uni inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb biladilar. Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga bog‘laydilar.
Biologikoqimgaqarshifalsafiyoqimvakillaririvojlanishiijtimoiyomilomil bilanbelgilaydilar.Buoqimvakillaribolashaxsiningjismoniy,psixikrivojlanishiu yashaydigan muhitga bog‘liq deb ko‘rsatadilar. Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta’sir tushuniladi. SHu nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani o‘zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi. Ular ijtiomiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblaydilar. Demak,odambolasiningshaxssifatidarivojlanib,taraqqiyetibborishi,uningshaxs bo‘lib kamolga etishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit), shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga ega. Bu omillarning ta’sirini aniqlashda ilg‘or pedagogik olimlar, psixolog va faylasuflar ta’limotiga suyaniladi. Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog‘liqbo‘lganijtimoiyhayotdagimurakkabvoqelikdebqaraladi.Ularindividning ma’naviy boyligi uning munosabatlariga bog‘liq, deb hisoblaydilar. Haqiqatdan ham, shaxs mehnat faoliyati zaminida rivojlanadi, kamolga etadi. Inson sharoitni, sharoit esa odamni yaratadi. Bu esa o‘z navbatida inson faolligini namoyon etadi. Zero, shaxs ma’lum ijtimoiy tuzum mahsulidir. Jamiyat shaxs kamolotining muayyanimkoniyatlariniro‘yobgachiqarishiyokiyo‘qqilishimumkin. Faylasuflar shaxsni tabiatning bir bo‘lagi deb baholaydilar. Bu insondagi layoqat kurtaklari bo‘lib,uningrivojlanishiuchuntarbiyakerak,degang‘oyaniifodalaydi.Jamiyat
taraqqiyoti shaxs rivojlanishi uchun keng imkoniyatlarni yaratadi. Demak, shaxs bilan jamiyat o‘rtasida ham uzviy aloqa mavjud.
Shunday qilib, odam shaxsining jamiyatdagi rivojlanishi tabiat, muhit, inson o‘rtasidagimurakkabaloqata’siriostidaro‘yberadi,insonulargafaolta’siretadiva shu yo‘l bilan hayoti va o‘z tabiatini o‘zgartiradi.
Shaxsga ijtimoiy muhitning ta’siri ham muhim. Bu tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi.Ya’ni,birinchidan,tarbiyata’siridamuhitberaolmaganbilim, ma’lumot egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bog‘liq ko‘nikma va malakalar hosil bo‘ladi. Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug‘ma kamchiliklar ham o‘zgartirilib, shaxs kamolga etadi. Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’sirini ham yo‘qotishmumkin.To‘rtinchidan,tarbiyakelajakkaqaratilganmaqsadnibelgilaydi. Demak, tarbiya bilan rivojlanish bir-biriga ta’sir etadi, bu tarbiya doimiy va uzluksizdir.
Shundayqilib, bola shaxsining rivojlanishida tarbiya hametakchio‘ringa ega bo‘lib, tarbiya tufayli nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit ta’sirida har tomonlamarivojlanishgaqodir,deganxulosanichiqarishmumkin. Shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit, tarbiya bilan bir qatorda inson faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu degani inson qanchalik mehnat qilsa, uning rivojlanishishunchalikyuqoribo‘ladi.Faoliyato‘zinima?Faoliyatshaxstomonidan tabiiy va ijtimoiy hayotni maqsadga muvofiq tashkil etiluvchi kundalik, ijtimoiy yokikasbiyharakatlarningmuayyanshakli,ko‘rinishi.Insonningqobiliyativayoshi u tomonidan tashkil etilayotgan faoliyat mohiyatiga ko‘ra belgilanadi.
Faoliyat jarayonida inson shaxsi, har tomonlama va bir butun, yaxlit holda rivojlanadi. Lekin faoliyatni maqsadga muvofiq amalga oshirishi uchun uni to‘g‘ri tashkiletishlozim.Lekinko‘pholatlardashaxsningrivojlanishiuchunimkoniyatlar yaratilmaydi,tarbiyalanuvchilarning ijtimoiymehnat,bilishfaoliyatlaricheklangan bo‘ladi. O‘smir va o‘spirinlar faoliyatiningasosiyturlariga o‘yin, o‘qishva mehnat kiradi. Ular yo‘nalishiga ko‘ra bilishga doir, ijtimoiy, sport, badiiy, texnik, hunarmandchilikhamdashaxsiyqiziqishgako‘ratanlangansohalardaniborat.
Faoliyatningasosiyturi–muloqotdir.Faoliyatfaolvapassivbo‘lishimumkin.
O‘smirfaoliyatimuhitvatarbiyata’siridafaollashishiyokisusayishimumkin.Inson shaxsining rivojlanishida uning butun vujudi bilan sevib, o‘z imkoniyatlarini namoyon etib, mehnat qilish, o‘zini shaxs sifatida ko‘rsata olishi unda o‘z faoliyatidan qoniqish hosil qiladi. Uning ijtimoiy mehnatdagi ishtirokida faollik ko‘zga tashlanadi. Ta’lim jarayonidagi faollik o‘quvchiga bilimlarni chuqur va mustahkamegallashga,o‘zqobiliyatininamoyonetishgayo‘llaydi.Bilishgabo‘lgan faollik o‘quvchining intellektual rivojlanishini ta’minlaydi. Faollik ko‘rsatishning asosini esa hamma vaqt ehtiyoj tashkil etadi. Ehtiyojlarning xilma-xilligi faoliyatning ham turlarini kengaytiradi. SHunga ko‘ra, o‘quvchining turli yosh davrlarida ularning faoliyatiturlicha bo‘ladi. Ta’lim muassasasida, hamma vaqt bir xil talab shaxs rivojlanishida ijobiy natija beravermaydi. Turli yosh davrlarida faoliyatning turlari va mohiyati o‘zgarib turishi kerak.
Insonningijtimoiy faolligi, qobiliyati barcha muvaffaqiyatlarining garovidir. Chunkiharbirinsono‘zmehnati,g‘ayrati,intilishibilanginafaollashadi.O‘qituvchi qanchalikyaxshio‘qitmasinyokitarbiyabermasin,tarbiyalanuvchiningo‘ziharakat qilmasa, rivojlanish muvaffaqiyatli kechmaydi. Zero, barcha ma’naviy-axlohiy kamchiliklarning asosiy sababi ham insonning o‘z faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ymaganligidadir. Shuning uchun ham inson faoliyati uning rivojlanishi natijasi hamdir. Demak, shaxs faolligi asosida ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik, ijodkorlik xislatlarini shakllantirish – uning shaxslik imkoniyatlarini namoyon etishi orqali faoliyatini rivojlantirish muhim sanaladi. Muayyan bir yosh davriga xos bo‘lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. SHunda bola rivojlanishiga tarbiya ta’siri kuchli bo‘ladi.
Bolalarning tarbiyasiga to‘g‘ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o‘qitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir. Chunki bola orginizmining o‘sishi ham, rivojlanishi ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida turlicha bo‘ladi. Abu Ali Ibn Sino, YAnAmosKomenskiy,K.D.Ushinskiy,AbdullaAvloniylarhambolanitarbiyalash
zarurliginiuqtiribo‘tganlar.Bolaningo‘zigaxosxususiyatinihisobgaolishjuda
murakkab. Chunki bir xil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo‘lishi mumkin.

Yüklə 92,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin