Reja: Kirish 2



Yüklə 351,35 Kb.
səhifə5/8
tarix20.11.2023
ölçüsü351,35 Kb.
#165994
1   2   3   4   5   6   7   8
2. Po’lat ishlab chiqarishda elektr pechlari

Shixtani erishi.
Pechga maxsulotlar yuklangandan so’ng elektrodlar tushirilib tok beriladi. Yoyning tasirida yuqori xarorat paydo bo’lib shixta erib pod markaziga yig’iladi. Elektrodlar muntazam pastga xarakatlanib shixtada 1.3-1.4 diametrli quduqlar
( chuqurlar ) xosil qiladi.
Taxminan 30 daqiqadan so’ng elektrodlar oxirgi nuqtaga yetib kelib suyuq metalldan malum bir uzoqlikda to’xtaydi.



1-rasm. Yoyli pechda shixtani erishi.
Shixta tarkibidagi shlak xosil qiluvchilar shlak xosil qilishini boshlaydi va suyuq metallni gaz tasirida sovushini oldini oladi.
Elektrodlar ostidagi erigan metall xovuzchasi yuqori xaroratda bo’ladi. Elektrodlar yaqinidagi shixta erib suyuq metall miqdori ortib boradi. Qattiq shixta suyuq metallga tushib unda eriydi. Suyuq metal ortgani sari elektrodlar yuqoriga avtomatik tarzda xarakatlanib yoyni uzunligini saqlab turadi. Taxminan tok berilganiga 1.5-2 soatga yetganida devor yaqinidadi va elektroddan uzoqda bo’lgan yirik shixta bo’laklari erimay qoladi. Erimay qolgan shixta qoldiqlari muld yordamida devorlardan uzoqlashtiriladi. Agar pech o’z o’qi atrofida aylanish imkoniyatiga ega bo’lsa uni ishga tushirib erimay qolgan shixta elektroyoy zonasiga olib keladi.
Eritish jarayoni davomiyligi 2-3 soat. U turli omillarga bog’liq.
Bular: eritishni tezlatish yuqori quvvatli transformatorlarda amalga oshiriladi. Shixtani badyalar bilan tez yuklash, pechning ishchi maydoni to’g’ri tanlangan bo’lishi, shixtani zich qilib yuklash va pechda xarorat yo’qolishini kam bo’lishi.
Ayrim zavodlarda kam quvvatli transformatorlar qo’llanilganda eritishni tezlatish uchun suyuq metall yuzasiga ( 2/3 shixtaga nisbatan ) gazsimon kislorod purkaladi. Kislorod 10 м3/т berilganda eritish vaqti 10-20 minutga qisqaradi. Bu usulda temir kuyundisi (ugari) ortadi.
So’ngi yillarda eritish davrini jadallashtirish uchun kislorodli gaz garelkalari ishlatilmoqda.Garelka ishchi bo’limga svod orqali kiritiladi. Ajralib chiqayotgan gazning issiqligi xaroratni oshirib shixtani eritadi va elektro energiya sarfi kamayadi.
Eritish mobaynida shixta tashkil etuvchilari oksidlanib shlak xosil bo’ladi va fosfor shlakka o’tadi.Shixta bilan yuklangan akolina va zanglagan maxsulotlar kislorod xisobiga oksidlanadi. Eritish mobaynida kremniy to’laligicha oksidlanadi marganes taxminan yarmigacha oksidlanadi,uglerod vat emir qisman oksidlanadi. Shlak xosil bo’lishi bilan bir qatorda oksidlanayotgan maxsulotlar bilan oxakda bo’lgan kalsiy xam oksidlanadi. Eritish davrida shlak xosil bo’lishi uchun bir necha porsiyada oxak beriladi. Eritish davri yakunida shlak taxminan quyidagi tarkibda bo’ladi: 35-45 % CaO, 15-25 % SiO2, 8-15 % MgO, 7-10 % MnO, 10-15 % FeO, 0.5-1.2 % P2O5.
Eritish tugagandan so’ng taxlil uchun metalldan namuna olinadi. Transformator o’rta darajaga tushiriladi. Metall va shlakni eritish shuningdek metallni 1500 oC xaroratgacha qizdirish uchun 400-440 квm*ч elektr energiya sarflanadi.

Yüklə 351,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin