Hayot ko’zgusi hisoblanmish matbuot “to’rtinchi hokimiyat” darajasiga ko’tarilmog’i lozimligi ko’p bora ta‘kidlangan. Bu borada hali oldimizda turgan vazifalar juda ko’p. Mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari uzoq vaqt mafkuraviy va ma‘muriy nazorat ostida ishlagani tufayli ularning hali-beri bu holatdan chiqishi, avvalo psixologik jihatdan o’zini erkin his etishi qiyin kechmoqda. Shu sababli ular o’zi uchun yangi bo’lgan hozirgi vaziyatda ba‘zan hali ham nima qilish yoki nima qilmaslik haqida yuqoridan ko’rsatma kutib o’tirgandek ko’rinishi to’g’ri tanqid qilinmoqda. Shu o‘rinda ba‘zi tanqidiy-tahliliy fikrlarga e‘tibor qaratsak.
Kun.uz saytida berilgan xabarda quyidagilar bayon etilgan: “O’zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov OAV bo’yicha selektor o’tkazmoqda. Hukumat rahbari vazirlik, hokimlik idoralari va boshqa tashkilotlarda OAV bilan ishlash talab darajasida emasligini tanqidga oldi. «Bugungi kunda OAV mamlakatda sodir bo’layotgan dolzarb voqealarga tezkor munosabat bildirmoqda. Matbuotda ham turli mavzulardagi tanqidiy va tahliliy materiallar keskin ko’paydi. Bu esa jamoatchilik fikri shakllanishida muhim rol o’ynamoqda. Tan olish kerak, bundan 2-3 yil avval OAVdagi bunday ochiqlikni ko’pchilik tasavvur ham qila olmasdi.
Kun.uz saytida berilgan xabarda quyidagilar bayon etilgan: “O’zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov OAV bo’yicha selektor o’tkazmoqda. Hukumat rahbari vazirlik, hokimlik idoralari va boshqa tashkilotlarda OAV bilan ishlash talab darajasida emasligini tanqidga oldi. «Bugungi kunda OAV mamlakatda sodir bo’layotgan dolzarb voqealarga tezkor munosabat bildirmoqda. Matbuotda ham turli mavzulardagi tanqidiy va tahliliy materiallar keskin ko’paydi. Bu esa jamoatchilik fikri shakllanishida muhim rol o’ynamoqda. Tan olish kerak, bundan 2-3 yil avval OAVdagi bunday ochiqlikni ko’pchilik tasavvur ham qila olmasdi.
Mamlakatimizda Axborot xizmatlari tizimini takomillashtirish borasida muhim qadamlar qo’yildi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 fevral kuni e‘lon qilingan “O’zbekiston Respublikasi davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining axborot xizmatlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 125-sonli qarori sohani yanada rivojlantirish uchun huquqiy asos bo’lib xizmat qiladi.
Mamlakatimizda Axborot xizmatlari tizimini takomillashtirish borasida muhim qadamlar qo’yildi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 fevral kuni e‘lon qilingan “O’zbekiston Respublikasi davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining axborot xizmatlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 125-sonli qarori sohani yanada rivojlantirish uchun huquqiy asos bo’lib xizmat qiladi.
Qarorda qayd etilganidek, hozirgi shiddat bilan rivojlanayotgan dunyoda axborot va bilim eng muhim milliy resurslarga, ularni yaratish va tarqatishni ta‘minlovchi tizimlar esa – barqaror rivojlanishning strategik omillariga aylanmoqda. Qarorda qayd etilganidek, hozirgi shiddat bilan rivojlanayotgan dunyoda axborot va bilim eng muhim milliy resurslarga, ularni yaratish va tarqatishni ta‘minlovchi tizimlar esa – barqaror rivojlanishning strategik omillariga aylanmoqda. Ushbu sharoitlarda O’zbekistonda demokratik huquqiy davlatni va ochiq adolatli fuqarolik jamiyatini qurish, shuningdek, insonning huquq va erkinliklari himoya qilinishini ta‘minlashdek strategik maqsadga erishish, davlat boshqaruvining sifati davlatning axborot, bilim va innovatsiyalarga asoslangan modeliga o’tishini ta‘minlaydigan axborotni va bilimni yaratish, qabul qilish va tarqatish imkoniyatlari bilan belgilanadi. Shu munosabat bilan davlat va xo’jalik boshqaruvi sohasida ochiqlik va shaffoflikka asoslangan samarali qarorlar qabul qilish tizimini joriy etish, axborot olishda mansabdor shaxslarning jamiyat oldidagi hisobdorligi, ochiqligi va mas‘uliyatini ta‘minlash zarur. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda OAV alohida o’rin tutadi. Chunki aynan OAV globallashuv sharoitida yurtimizda kechayotgan eng muhim voqealar, amalga oshirilayotgan yangilanishlar, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni keng yoritish orqali davlat va jamiyat o’rtasida o’ziga xos ko’prik vazifasini bajarmoqda. Mazkur qonun axborotdan foydalanish erkinligini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mansabdor shaxslarining jurnalistga zarur axborotni, qonunda belgilanganidek, 7 kunlik muddatda taqdim etish majburiyatini ta‘minlash orqali ushbu kafolatlarni yanada mustahkamlaydi. Bu axborot olishdagi ba‘zi paysalga solish holatlarini bartaraf qiladi, shuningdek, jurnalist materialining tezkorligini, ishonchliligini hamda sifatli bo’lishini ta‘minlaydi. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda OAV alohida o’rin tutadi. Chunki aynan OAV globallashuv sharoitida yurtimizda kechayotgan eng muhim voqealar, amalga oshirilayotgan yangilanishlar, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni keng yoritish orqali davlat va jamiyat o’rtasida o’ziga xos ko’prik vazifasini bajarmoqda. Mazkur qonun axborotdan foydalanish erkinligini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mansabdor shaxslarining jurnalistga zarur axborotni, qonunda belgilanganidek, 7 kunlik muddatda taqdim etish majburiyatini ta‘minlash orqali ushbu kafolatlarni yanada mustahkamlaydi. Bu axborot olishdagi ba‘zi paysalga solish holatlarini bartaraf qiladi, shuningdek, jurnalist materialining tezkorligini, ishonchliligini hamda sifatli bo’lishini ta‘minlaydi. O’zbekiston Respublikasining «Ommaviy axborot vositalari to’g’risida»gi qonuni (yangi tahriri) 5-moddasi «Ommaviy axborot vositalari erkinligi» deb nomlangan bo’lib, uning ikkinchi bandi quyidagicha: «Har kim, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, ommaviy axborot vositalarida chiqish, o’z fikri va e‘tiqodini oshkora bayon etish huquqiga egadir». O’zbekiston Respublikasining «Ommaviy axborot vositalari to’g’risida»gi qonuni (yangi tahriri) 5-moddasi «Ommaviy axborot vositalari erkinligi» deb nomlangan bo’lib, uning ikkinchi bandi quyidagicha: «Har kim, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, ommaviy axborot vositalarida chiqish, o’z fikri va e‘tiqodini oshkora bayon etish huquqiga egadir». Qonun ijrosi bilan kuchli. Biroq, o’sha ijroni kim ta‘minlashi kerak, degan haqli savol tug’iladi. Aytish mumkinki, har bir sohada faoliyat ko’rsatayotgan mutasaddilargina tegishli qonunlarda belgilangan vazifalarni bajarishlari taqozo etiladi. Yuqorida zikr etilgan matbuot erkinligini ta‘minlash asosan jurnalistlar, OAV xodimlari zimmasiga tushishini izohlashga hojat yo’q. Haqiqiy demokratik matbuot ko’rsatma asosida yashay olmasligi haqida aytilgan fikrlar amalda o’z ifodasini topishi zarur. XULOSA Bugungi kunda OAV ni davlatimiz rahbari shaxsan o‘zi qo‘llabquvvatlamoqda. 2020-yil 27-iyun kuni nishonlanadigan Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tabrigi davlat rahbari matbuot xizmati tomonidan e‘lon qilindi. Hozirgi kunga kelib O’zbekistonda ko’pchilikning e'tiborini o’ziga jalb qiluvchi muammoning yoki voqeaning xabari matbuotda chiqqanidan so’ng omma ichida qanday ijtimoiy rezonans yaratganini talqin qilish jarayoni jurnalistlarimizdan ulkan kasbiy mahorat talab qiladigan eng muhim ishlardan biri bo’la boshladi. O’zbekistonlik jurnalistlar tomonidan mustaqil jurnalistik tadqiqotlar olib borilib, jamiyatimizdagi mavjud muammolarning tafsiloti mutasaddilar oldiga ko’ndalang qo’yish ishlari qanday amalga oshirilishini ommaga yoritish evaziga aholi orasida huquqiy savodxonlik rivojlanishi turgan gap. Natijada jamiyatimizdagi vaziyat hozirgidan mutlaqo boshqacha ijobiy tus olishi aniq. E`tiboringiz E`tiboringiz Uchun rahmat!