Reja: Kirish Asosiy bo’lim


Mastikalar va engil betonlar



Yüklə 134,19 Kb.
səhifə3/6
tarix07.01.2024
ölçüsü134,19 Kb.
#204004
1   2   3   4   5   6
Mastikalar va engil betonlar
Mastikalar odatda juda mayda tuylgan va yuqori suvshimuvchanlikka ega bo’lgan materiallardan (diatomitlardan) tayorlanadi. Qurigandan keyin ular yuqori g’ovaklikka va past issiqlik o’tkazuvchanlikka ega bo’ladi. Aralashma tarkibiga tolasimon yoki parchalangan to’ldirgichlar (asbest, shishirilgan vermikulit, mineral paxta va boshqalar) qo’shiladi. Mastikalar quvurlarga, plitalar, skorluplar va shunga o’hshash buyumlarni ishlashda qo’llaniladi.
Asbozurit – 30 % asbest va 70 % diatomitdan tashkil topgan, zichligi 450-850 kg/m3; λ = 0,10-0,24 Вт/ (м ּ ◌ºС).
Asbotermit – 70 % asbotsement shlami (ishlab shiqarish chiqindisi), 20 % diatomit yoki trepel va 10 % asbestdan tayorlanadi.
Sovelit – keng tarqalgan asbestomagnezial issiqlik izolyatsiyalovchi material bo’lib, 80 % dolomit va 20 % ko’paytirilgan asbest uni ishlab chiqarish uchun hom ashyo bo’lib hizmat qiladi. Zichligi 400 kg/m3; λ = 0,10 Вт/ (м ּ ◌ºС); Rsiq= 1,5 kg/sm2 ga teng. Har xil bog’lovchilar va to’ldirgichlar asosida tayorlanadigan engil va maxsus engil betonlar (gazobeton, ko’pik beton, gazosilikat, ko’piksilikat va boshqalar), bino va boshqa inshootlarning konstruktiv –termoizolyatsiya qismlari uchun qo’llaniladi.
Listli va o’ramli materiallar
Listli va o’ramli issiqlik izolyatsiasi materiallariga – asbest qog’oz va karton, gofrirovka qilingan va oddiy qurilish kartoni, mineral va qurilishbop namat (voylok), shuningdek materiallar, tolali materiallardan ishlangan tasmalar va iplar kiradi. Ular shuningdek notekis yuzalarni izolyatsiya qilishga imkon beradi.
Asbest qog’oz va karton – asbest, kaolin va bog’lovchi aralashmasidan ishlab chiqariladi.
Qurilishbop namat jonivor yungidan uzunligi 1000-2000, eni 500-2000 va qalinligi 12 mm to’g’ri burchakli bir en mato ko’rinishida tayyorlanadi.
Namatning zichligi 150 kg/m3 , issiqlik o’tkazuvchanligi taxminan 0,06 Вт/ (м ּ ◌ºС).
Namat devor va shiftlar, deraza hamda eshik qutilari va boshqalarni isitish uchun ishlatiladi. Namatning o’siga xos kamchiligi –u kuyaning ko’payishi uchun u muhit bo’lib xizmat qiladi, shu sababli namatni ftorli natriyning 3 % li eritmasi bilan shimdirish lozim.
Matlar tolali materiallarga bitumlangan kartonni bostirib va tikib, yoki
elimlab bir yoki bir nechta qatlamdan tayyorlanadi.
Alyuminiy folga (alfol) – gofrlarining cho’qqilarida alyuminiy folga elimlangan gofrlangan (qatlam-qatlam) qog’oz lentadan iborat issiqlik izolyatsiasi materiali issiqlikdan izolyatsiyalash maqsadida alyuminiy folga ko’rinishida eni 100 mm gacha, qalinligi 0,0005-0,03 mm bo’lgan rulonlarda chiqariladi: ρ = 6-9 kg/m3 , λ = 0,03-0,08 Вт/ (м ּ ◌ºС) Transport uchun g’ovak va tola asosidagi rulonli materiallar (relin, elastic mikrog’ovak asosidagi qoplama, issiqlik va tovush izolyatsiyali linolium va boshqalar) ko’proq ahamiyatga ega. Ular o’zining issiqlik-akustik hossalaridan tashqari gidro va elektro izolyatsiyasi vazifasini ham bajarib, shuningdek korroziyaga chidamli va bioturg’unlikka ega. Bunday xossalar mavgudligi statsionar hamda harakatlanuvchi transport qurilmalari uchun juda muhim.

Yüklə 134,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin