Reja: Kirish Asosiy bo’lim



Yüklə 134,19 Kb.
səhifə4/6
tarix07.01.2024
ölçüsü134,19 Kb.
#204004
1   2   3   4   5   6
Donali buyumlar
Donali buyumlarni tog’ jinslaridan qirqib olish, pishirish, issiq bug’ bilan ishlov berish va boshqa usullar bilan blok, plita, g’isht, va shunga o’hshash ko’rinishlarda ishlab chiqariladi. Donali buyumlar shakliga va material turiga ko’ra turlicha qo’llanadi.
Yog’och tolali plitalar –yog’och yoki boshqa o’simliklarning tolalaridan maxsus tarkibli qo’shimchalar bilan birgalikda 200-400 at bosim va 2000С haroratda tayyorlanadi. Xom ashyo sifatida yog’och, yog’ochga ishlov berish tsexlari, sellyuloza-qog’oz va gidroliz ishlab chiqarish chiqindilari (payraha, qirindi, qipiq hamda poxol, zig’irpoya, g’o’za va qamish poyalari, kungaboqar po’chog’I (luzginit), makkajo’xori o’zagi) ishlatiladi. Devor, pollar, eshiklar, stol va turli mebel tayyorlashda konstruction issiqlik tovush izolyatsiasi materiallari sifatida qo’llanadi. Ular turlicha ko’rinishda va ranglarda (silliq, bo’rttirib ishlangan, bo’yalgan, bo’yalmagan, bir qatlamli, uch qatlamli, ko’p bo’shliqli) ishlab chiqariladi.
Solomit (poxol plita) va kamishit (qamish plita) – poxol va qamishdan presslab sim bilan tikib tayyorlanadi. U eng arzon mahalliy qurilish materiali hisoblanadi. Lekin uning o’ziga xos kamchiliklari ham bor, yani engil yonishi, tez chirishi va kemiruvchilar tomonidan ishdan chiqarilishi mumkin. Bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun ularga antiseptiklar bilan ishlov berish va mumkin bo’lgan joylarini shisha siniqlari qo’shilgan tsement qorishmasi bilan suvash mumkin. Solomit va qamishitlar karkasli (sinchli) binolarning devorlarini to’ldirish uchun, yuqori darajada nam bo’lmagan devor va orayopmalarni qurishda issiqlik izolyatsiyalovchi material sifatida qo’llanadi. Tuzilishiga qarab issiqlik izolyatsiasi plastmassalarini ikki guruhga bo’lish mumkin: penoplastlar va poroplastlar. Penoplastlar deb zichligi kichik va o’zaro tutashmagan gazlarga yoki havoga to’lgan bo’shliq yoki yacheykali g’ovak plastmassalarga aytiladi. Poroplastlar deb, o’zaro tutashgan bo’shliqlar tuzulishi serg’ovak plastmassalarga aytiladi.
Engil massali olovbardosh materiallar yuqori haroratdan asraydi deb hisoblanadi. Ular olovbardosh xom ashyodan bo’shliq hosil qiluvchi qo’shimchalar qo’shilib qoliplangan pishirish yo’li bilan olinadi. Ular o’ziga xos materiallar: shamotli engil massali (λ = 0,41-0,55 ккaл/м·ч·град, olovbardoshligi 1670 0С), ko’pik shisha –g’ovak shisha zichligi 200-400 kg/m3; λ =0,10–0,14 Вт/ (м ּ ◌ºС), u 100 qism o’ta maydalangan shisha va 2 qism koks changidan tarkib topgan bo’lib, shixtaning metall qolipida 11000K haroratda hosil bo’ladi. Ular yuqori mexanik mustahkamligi, yonmasligi, nam, bug’ va gaz o’tkazmasligi va sovuqqa chidamliligi bilan ajralib turadi. Mexanik ishlov berish (qirqish, arralash, teshish) engil kechadi. Ular blok ko’rinishida qalinligi 30; 60 90; 120 мм va 500x500 dan 125x125 mm gacha o’lchamda ishlab chiqariladi. Vulkanit – 60 % diatomit, 20 % ohak, 20 % asbestdan tashkil topgan aralashmani qoliplab va avtoklavda ishlov berish yoli bilan plita ko’rinishida ishlab chiqariladi. Xajm og’irligi 400 kg / m3, issiqlik o’tkazuvchanligi 0,10 Вт/ (м ּ ◌ºС) ga teng. Issiq yuzalarni izolyatsiyalash uchun qo’llanadi.
Ushbu material mikrosfera va akril bo’yoqlari (yana bir nechta kimyoviy
moddalar) asosida tayyorlanadi. Yuqori yopishqoqlikka egaligi (xar qanday
materialga birdek g’isht, shisha-oyna, matell, plastmassa, gips, sement-qumli joylar,beton, yog’och va xokazo), sovuq yuzalarda korroziya xosil bo’lishini oldini olishi va xar qanday yuzaga birdek yotqizilishi bilan ajralib turadi. 1-Rasm.


Yüklə 134,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin