Reja: Kirish Asosiy bo’lim


-Rasm. Issiqlikni saqlovchi qoplamani xar qanday materialga birdek yopishishi



Yüklə 134,19 Kb.
səhifə5/6
tarix07.01.2024
ölçüsü134,19 Kb.
#204004
1   2   3   4   5   6
1-Rasm. Issiqlikni saqlovchi qoplamani xar qanday materialga birdek yopishishi.
Tajribani isitish sistemasining issiqlik yuklamasini hisoblash uchun tashqi to’siqlari orqali issiqlik uzatish koeffisientlarini hisoblashdan boshlash zarur.
Tashqi to’siqlar orqali issiqlik o’tkazish koeffisienti quyidagi formula orqali ifodalanadi:
K = 1 / R0;
bu erda R0 – to’siq konstruksiyaning issiqlik uzatishga qarshilik koeffisienti, (m2
0S)/V;
To’siq konstruksiyaning issiqlik uzatishga qarshilik koeffisienti quyidagicha
aniqlanadi

bu erda αv – to’siq konstruksiyasining ichki sirtining issiqlik berish koeffisienti,
Vt/(m2 0S);
λ – to’siq konstruksiyaning issiqlik o’tkazuvchanligi, Vt/(m2 0S);
δ – to’siq konstruksiyasining bir qatlamining qalinligi;
–to’siq konstruksiya tashqi sirtining issiqlik o’tkazish koeffisienti (qishqi shartlar uchun), Vt/(m2 0S);
Issiqlik berish va o’tkazish koeffisientlari
1- Jadval

To’siq konstruksiya
sirti

αv, Vt/(m2 0S)

, Vt/(m2 0S)

Tashqi devor, oyna

8,7

23

Cherdaksiz tomlar

8,7

23

Cherdakli tomlar

8,7

12

Isitilmaydigan
proemsiz erto’la

8,7

6

Isitilmaydigan
proemli erto’la

8,7

12

Tashqi devor uchun issiqlik uzatishga qarshilik ko’rsatish qiymatini quyidagi
formuladan topamiz:
R0= 1/8,7 +0,02/0,76 + 0,51/0,58 + 0,02/0,76 +1/23= 1,09 (m2 0S)/Vt;
Bir jinsli devor konstruksiyasining teplotexnik koeffisientini hisobga olib issiqlik uzatishga qarshilik qiymati quyidagicha aniqlanadi:
R0= 1,09 x 0,8 = 0,87 (m2 0S)/Vt;
Tashqi devor issiqlik o’tkazish koeffisientini aniqlaymiz: Ktd = 1/3,78 = 1,14
Vt/(m2 0S);
Demak tashqi to’siqlar orqali issiqlik o’tkazish koeffisienti 1,14 Vt/(m2 0S); ga
teng ekan.
Tajribani quyidagicha o’tkazdik:

2-Rasm. Suyuq issiqlik izolyatsiyasi qoplamasini issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsientini
aniqlash uskunasining sxemasi.
1 - qalinligi 1 mm bo’lgan qoplama, 2 - qalinligi 2 mm bo’lgan qoplama,
3 - qalinligi 3 mm bo’lgan qoplama, 4 – qalinligi 3 mm bo’lgan qoplama,
5- Suv quyish jumragi, 6- Elektrotent (220В (1 кВт)), 7-Termopara (5 dona)

Ushbu qurilmada 4 xil qalinlikdagi qoplama qoplanib natijalar olingan. Qalinligi
1mm bo’lgan qoplamada issiqlik 105 112 С bo’lganda issiqlik 92 85 С ga, 2 mm bo’lgan qoplamada issiqlik 105 112 С bo’lganda issiqlik 81 86 С ga, 3mm bo’lgan qoplamada issiqlik 105 112 С bo’lganda issiqlik 70 77 С ga, 4 mm bo’lgan qoplamada issiqlik 105 112 С bo’lganda issiqlik 61 64 С da bo’lganini ko’rish mumkin. (Bu yerda albatta termoparada va tent isitishdagi xatoliklar o’lishi mumkin).
Olib borilgan izlanishlarga asoslanib quyidagi afzalliklarni keltirishimiz
mumkin:
- Surkash (qoplash) oson (chetka, valik va kompressor bilan sepish orqali
amalga oshirsa bo’lishi);
- Xajmi katta emasligi, ixchamlikni aks etishi;
- Tabiatga va inson salomatligiga zarar yetkazmasligi;
- Ishqorlarga xam, kislotalarga xam yaxshi qarshilik ko’rsata olishi;
- Yong’inga bardoshli material. Suyuq izolyatsiyaga xos bo‘lgan yana ikkita
qarshilik turi mavjud: harorat va namlik va ultrabinafsha nurlanishiga qarshilik.
Suyuq issiqlik izolatsiyasining tarkibi faqat ekologik toza komponentlarni o‘z ichiga oladi, bu esa uni bino ichida va tashqarisida, bolalar muassasalarida, umumiy ovqatlanish korxonalarida va boshqalarda ularning funksionalligida cheklovlarsiz foydalanishga imkon beradi.
Olingan natijalardan shuni ko’rish mumkinki 1 mm qalinlikda xam issiqlikni saqlab qolish xususiyati mavjudligini ko’rishimiz mumkin. Endi ushbu natijalar
asosida issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsientini aniqlaymiz:
Suyuq issiqlikni saqlovchi qoplamani issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffisienti quyidagi formula bo‘yicha hisoblandi:
Bu yerda du – namunani sinash vaqtidagi qalinligi, m;
ΔTu – sinalayotgan namunani sirtlaridagi haroratlar farqi, oS;
qu - sinalayotgan namunadan o‘tayotgan statsionar issiqlik oqimini zichligi, Vt/m2;
RL - sinalayotgan namuna (bo‘yoq) surkalgan po’lat plastinkani termik qarshiligi, (m2٠oS)/Vt.
Ushbu qoplama bino va inshootlar va qurilish buyumlari uchun xam qo’llanilishini xisobga olib, ba’zi qurilish materiallarining issiqlik o’tkazuvchanligini ko’rib chiqamiz.
Turli materiallarni issiqlik o’tkazuvchanlik koeffisienti
1-jadval

Materiallar nomi

O’rtacha zichligi, kg/

Issiqlik
o’tkazuvchanlik
koeffisienti, Вm/м0С




Sopol g’isht

1800

0,81-,087

Og’ir beton

1800-2500

1,28-1,55

Ko’pik beton

500

0,12-0,15

Oxak tosh

1800-2600

0,52-0,98

Yengil beton

500-1800

0,35-0,8

Po’lat

7850

58

Fibrolit

400-500

0,09-0,17

Yog’och tolali plita

300

0,08

Mipora

20

0,04-0,05

Granit

2600

2,9-3,3

Ushbu issiqlik saqlovchi material nafaqat issiqlik izolyatsiyasi xususiyatlariga ega, balki isitish jarayonini tezlashtirish va issiqlik yo'qotishlarini kamaytirish orqali energiya xarajatlarini kamaytiradi; Issiqlik otkazmaydigan materialni nam, muzli yuzaga qo'llash mutlaqo notogri. Chunki bilamizki nam va muzli joyda yopishqoqlik xususiyati yo’qoladi.
Qoplama bir necha qatlamlarda qo'llaniladi. Qatlamlar soni vazifalarga qarab
belgilanadi. Bir nechta qatlamlarni qo'llash mumkin, qatlamlar orasidagi oraliq
quritish bilan bog’liq ya’ni xar bir qatlam surilganidan so’ng ozgina vaqt
qurishinikutish lozim.

Yüklə 134,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin