Reja: kirish asosiy qism



Yüklə 55,09 Kb.
səhifə4/5
tarix16.05.2023
ölçüsü55,09 Kb.
#114496
1   2   3   4   5
kk

III BOB .3.1. Kartadan foydalanib hodisa va jarayonlarning tuzilishini organish bu ularning elementlari zamon va makonda joylashishini, korinishini, shaklini, tabaqalanishini aniqlash va tahlil qilishdir. Karta orqali olib boriladigan tadqiqotning maqsadi geotizimlarning makonda tuzilishini aniqlash, kelib chiqishini va dinamik holatini ochib berishdan iboratdir.Hodisa va jarayonlarning tuzilishini organishda eng kop malumot beradigan usul bu kartografik tasvirning shaklini tahlil qilishdir, yani tasvirning geometrik shaklini organishdir. Organilayotgan obyektning tashqi geometrik tasviri uning morfologiyasini, kelib chiqishini genezisini va uni yuzaga keltirgan omillar haqida tasavvurga ega bolishni taminlaydi. Geografik obyektlarning oziga xos shakli korsatilgan bolib, ularning kelib chiqishi genezisi togrisida fikr yuritish imkonini beradi.Gidrografiya tarmoqlarning parallel korinishi daryo vodiysining tektonik yoriqlar tizimi boyicha tarqalishini, suv tarmoqlarining radial quyilishi esa gumbazsimon tektonik kotarilish mavjudligini anglatadi Òuproq turlari konturlarining daraxt shoxlari kabi shoxsimon korinishi ularning daryo vodiysida joylashganligidan, elpigichsimon korinishi esa, tabiiy obyektlarning daryo deltasiga xosligini bildiradi.Kartografik usul atrofimizni orab turgan borliqning qonuniyatlari, turgunligi, tuzilishi yoki undagi anomaliyalarni yaqqol tasvirlab beradi. Katta obzorli kartalar global va regional miqyosdagi umumiy qonuniyatlarni ochib berish uchun maxsus tuziladi. Karta orqali tadqiqot olib borishga malum darajada generalizatsiya metodi ham yordam beradi, u tasvirni mayda, ikkinchi darajali elementlardan ajratib, asosiylarini yaqqol korsatib beradi. Mayda masshtabli karta keng, katta hududni qamrab olishi tufayli ular yordamida asosiy geografik qonuniyatlar ochilgan, masalan, zonallik, plitalararo yoriqlar tizimi, orta okean tog tizmalari va rift zonalari, markaziy hududlar tuzilishi va boshqalar.Yuzani qismlarga bolishning grafikli usuli.Hodisalar tarkibini organishda ulardagi asosiy va ikkilamchi ahamiyatga ega komponentlar aniqlanadi. Bunday komponentlarni ajratishda asosiy fondan anomaliyani farqlash uchun kartografik tasvir tashkil etuvchilarga ajratiladi, bu ishni bajarishda ortacha qiymatni hisoblash, «approksimasiya» va «filtrlash» metodlari ancha yordam beradi.Kartada tasvirlangan hodisani Z deb olsak, uni tashkil etuvchi asosiy ahamiyatli fon omili Zf bolsa, undan regional, hattoki global miqiyosda bogliq bolgan asosiy fonni toliruvchi anomal yoki qoldiq omil Zo boladi.Bunga ayrim ifloslangan hududlarda yuqori darajada radiasion ifloslangan areallarning mavjudligi, regional tektonik harakatlar fonida mahalliy kotarilish va tushishlar, zonal iqlim qonuniyatlarida mahalliy iqlimning oziga xos xususiyatlarini keltirish mumkin.Qismlarga bolish usulining eng oddiy korinishi bu ortacha qiymatli grafiklarni tuzishdir. Buning uchun manba kartaga doimiy Issiq davrda yogin sochin miqdori kartasi approksimasiyadan keyingi fonli va qoldiq yuzalar nuqtalar tori joylashtiriladi, har bir olti burchakli shaklda ozgaruvchan ortacha Zf hisoblangan. Teng chiziqlar izoliniyalar kartasida Zf qiymatlari bilan qurilgan shaklda hodisaning eng yirik tuzilishini ortacha fonli yuza orqali tasvirlash natijasi berilgan.Songra har bir nuqtadan haqiqiy va ortacha qiymatlar farqi aniqlanib, teng chiziqlar izoliniya otkazilsa, qoldiqli yuza hosil boladi, anomaliya esa asosiydan chetga chiqishlarni va ikkinchi darajali bolaklar joylashishini korsatadi.Xuddi shu kabi natijaga tashkil etuvchilarni bolaklarga ajratib approksimasiyalovchi yuzani hisoblashda va uning haqiqiy yuzadan chetlashgan holatni aniqlashda ham erishish mumkin.Hodisalarning tuzilishini chuqurroq organish uchun kartografik tasvirni qayta qurish, yani yangi keltirib chiqarish kartasini yaratish maqsadida uni ozgartirish transshaklsiya qilish kerak. Bu oz navbatida tadqiqot uchun yangi malumotni olish imkonini beradi. Kartografik tasvirni ozgartirishning bir necha turlari mavjud.Bolaklarga ajratish bu geotizimni murakkab qismlarga ajratish va tadqiqotchini qiziqtirgan malumotlardan zarurini ajratib olishdir. Ajratib olingan elementlarning korinishi tadqiqotning maqsadiga mos shaklga keltiriladi relyef va gidrografiyaning togrilangan chiziqli elementlari tizimi berilgan.Soddalashtirish. Zamonaviy relef kartasini morfo-izogips kartasiga aylantirish azamonaviy relef bu umumlashgan gorizontallar yordamida relefni tasvirlash.Soddalashtirish kartografik tasvirni sodda korinishga keltirib, ikkinchi darajali elementlardan xolis qilish. Gipsometrik tasvirni soddalashtirish va ikkinchi darajali elementlarni olib tashlash natijasida relyefning asosiy, birlamchi tektonik tuzilishi hosil boladi Detallashtirish soddalashtirishga qarama-qarshi usul bolib, kartografik tasvirni tolaroq, batafsilroq tasvirlashdan iborat. Masalan, topografik kartada mavsumiy soy, daryo va boshqa ozanlardan gorizontallarni otkazish orqali erozion jarayonlar tasvirini detallash- tirish.Kontinualizatsiya diskret kartografik tasvirni uzluksiz shakllar bilan almashtirish, masalan, aholi kartasidan aholi zichligi kartasini, ormonlar kartasidan hududning ormon bilan qoplanganlik darajasi kartasini keltirib chiqarish diskretlash uzluksiz tasvirdan diskretli shaklga otish. Kartalardagi kartogramma va teng chiziqlardan foydalanib, raqamli model tuzish, unda nuqtali tor orqali interpolyatsiyani olib borish O‘gartirish birlamchi va ko‘p marotabali, u esa o‘z navbatida parallel va ketma-ket bo‘lishi mumkin.
3.2. Malum bir geografik hududni har xil mavzudagi va turli vaqtlarda chop etilgan kartalarini bir-biri bilan har tomonlama mantiqan taqqoslash, joyda kechayotgan voqea va hodisalarning hozirgi holatini organish, ozaro aloqalari va rivojlanish qonuniyatlarini bilish hamda tahlil qilish, bu jarayonlarning kelajakdagi holatini bashorat qilish imkonini beradi.Kartografiya tarixidan malumki, kartografik bashorat yangi erlarning ochilishiga imkoniyat yaratgan. Rossiya dengiz floti zobiti N.G. Shilling 1865-yil Arktika muzliklari harakatlarini kartalar orqali organib va tahlil qilib, hali insoniyatga malum bolmagan arxipelag- ning borligini bashorat qilgan. Keyinchalik bu arxipelag avstriyaliklar tomonidan kashf etilib, «Frans-Iosif eri» nomini oldi. Okeanograf va qutblar izlanuvchisi V.Yu. Vize ham kartografik tahlillar otkazib, 1920-yil nomalum orol borligini bashorat qilgan, bu orol olti yildan song «Sedov» muzyorar kemasi ekspedisiyasi tomonidan kartaga tushirilgan, unga «Vize» oroli deb nom berilgan. Keyinchalik okeanolog V.S. Berezkin dengiz dinamik oqimlar kartasini tuzib, u yordamida «Uedineniya» va «Ushakov» orollarining ochilishiga sababchi bolgan. Barcha yuqoridagi aytilgan bashoratlar «xona sharoitida» kartalarni organish, tahlil qilish va tuzish jarayonida bajarilgan.Yer haqidagi fanlarda va jamiyatda bashorat qilish har xil tushu- niladi. Geograf va ekologlar bashorat qilishni kelajakda tabiatda boladigan ozgarishlarni oldindan aytib berish, geologlar nomalum struktura va foydali qazilma madanlari joylarini aniqlash, iqtisodchi va sosiolog olimlar rivojlanish tendensiyalarini oldindan aytib berish deb tushunadilar. Kartografik bashorat usuli bunday tushunishlarni bir-biriga yaqinlashtiradi.Kartalardan foydalanib bashorat qilish usuli togridantogri zamonaviy izlanishlar yordamida organilishi mumkin bolmagan voqea va xodisalarni bashorat qilishni bildiradi. Bunday bashorat faqat jarayon, voqea va xodisalarni kelajakda rivojlanish gipotezalari bilan chegaralanib qolmaydi, balki hozirgi zamonaviy jarayonlar rivojlanishini ham bashorat qilish imkonini beradi.Bashoratlash asosida kartografik ekstropalyatsiya metodi yotadi, u keng manoda biror bir hodisaning kartografik tahlili asosida olingan qonuniyatlarni shu hodisaning hali organilmagan qismiga, yoki boshqa organilmagan hududlarga va kelajakga joriy qilish, deb tushuniladi. Kartografik ekstrapolyasiya boshqa ekstrapolyasiyalar singari mate- matik, mantiqiy universal emas. Uning afzalliklari zamon va makonda olingan qonuniyatlarni bashorat qilishga moslashtirilgan. Kartografik bashoratlash amaliyotida geografiyada mavjud oxshashlik, indikasiya, ekspertli baholash, statistik regressiyani hisoblash va boshqa metodlar keng qollaniladi.Kartalar yordamida uch xil bashorat turi olib boriladi:
Vaqt birligi boyicha bashorat qilish turli davrda nashr qilingan kartalar yordamida aniqlangan dinamik tendensiyalarni ekstrapolyasiya qilishga asoslanadi.Fazoda makonda bashorat qilish har xil mavzuli kartalar orqali ornatilgan ozaro bogliqliklar va oxshashliklar qonuniyatlariga asoslangan. Makonda va zamonda bashorat qilish yuqoridagi ikki xil bashorat qilish turini birlashtiruvchi, malum geografik hududdagi jarayon, voqea va hodisalarning rivojlanishi va evolyusion tendensiya- lari zamon va makonda ozgarishlarini bashorat qilishga asoslanagan.Geografik bashorat qilish muddatiga qarab quyidagicha tasniflanadi uzoq muddatga bir necha on yilliklarni oz ichiga oladi ortacha muddatga 10 15 yillik qisqa muddatga 3 5 yillik juda qisqa muddatga bir yildan kam Bunday bolinish, albatta, shartli, uning kop jihatlari bashorat qilinayotgan voqea va hodisalarning xususiyatlariga bogliq.Bashorat qilish kartalar aniqligi, toliqligi, ekstrapolyasiyaning oz vaqtida olib borilganligi, hodisaning xarakteri, turgunligi va ozga- ruvchanligi, takrorlanishi, muntazamligi, ekstrapolyasiya qilishda foydalanilgan kartalarning zamonaviyligi hamda izlanishlar natijasida aniqlanilgan ozaro aloqadorlikning tigizligiga bogliq. Bashorat qilish kartalari aniqligi va mnosining toliqligiga qarab dastlabki, ehtimolli, juda ehtimolli hamda aniq bashoratli kartalarga bolinadi.
3.3.Kartografik tadqiqotning ishonchliligi bu uning qoyilgan vazifani togri yechilishini taminlashdir, boshqacha qilib aytganda, olingan natija haqiqatga qanchalik yaqin bolsa, tadqiqot shunchalik ishonchli boladi.Ishonchlilikni baholash juda qiyin, chunki olingan natija juda kop sabablar asosida keltirib chiqariladi: xatoliklar nazariyasi, karto- metrik hisoblashlar, matematik statistika va boshqalar. Yana shuni takidlash joizki, bazi natijalar aniq baholash mezonlariga ega emas, ular haqida faqat ilmiy tajriba asosida hamda izlanuvchining ilmiy darajasi boyicha biror bir baho olish mumkin.Shuning uchun kartografik tadqiqot usullari yordamida yechilayot- gan ilmiy va amaliy vazifalar ishonchlilik darajasini aniqlashda biror bir universal mezon qollanilishi gumon, kopchilik hollarda har bir hodisa uchun alohida yondashish talab etiladi. Tadqiqotlar olib borishda quyidagi xatoliklar uchraydi konseptual noaniq, konsepsiyalar toliq organilmagan, tarifi noaniq ifodalangan, natijalar notogri talqin qilingan kommunikatsion tadqiqot olib boruvchilar xatoga yol qoygan, ilmiy goyalarni tushunmagan yoki notogri qabul qilgan, vazifa noaniq, toliq tushunilmagan va natija xato talqin qilingan geografik kartalarda organilayotgan obyektlarning fazoviy va vaqtli ozgarishlari chegaralari shartli otkazilgan, ularning zamon va makondagi ozgarish tendensiyalari taqriban tushunilgan kartografik tadqiqot uchun tanlangan kartalarning aniqlik darajasi past, mazmuni toliq emas, eski kartalardan foydalanilgan texnik olchashlar noaniq, asboblar va uskunalar, dasturlar va algoritmlar eskirgan, malumotlar bazasi himoya qilinmagan.Tadqiqot davrida koplab xatolar uchrashi tabiiy, bularni tadqiqotchi albatta, nazarda tutishi kerak eng birinchisi bu tayyorgarlik bosqichida vazifani aniqlashda, tadqiqot ishlarini bajarishda va nihoyat, natijalarni talqin qilishda uchraydi. Kartalar orqali tadqiqot olib borishda natijaning aniqlik darajasiga qarab uchta guruh izlanish- lar turlari ajratiladi Aniq tadqiqotlar bunday izlanishda olchashlar va hisoblashlar mumkin qadar juda aniq bajariladi. Xatoliklar mumkin qadar kamaytiriladi, olchashlar bir necha marotaba takrorlanadi.Ortacha aniqlikdagi tadqiqotlar sharoitga qarab olinadigan natijalar aniqligi malum qiymatdan oshmaydi, deb belgilanadi. Agar xatolik qiymati yol qoyilishidan past bolsa, u etiborga olinmaydi, bu esa ish vaqtini ancha kamaytiradi. Takidlash kerakki, izlanishlarning amaliy maqsadga bogliq bolmagan holda yuqori aniqlikda olingan natijalari bu metodik jihatdan yol qoyilgan katta xatolikni bildiradi. Olib borilgan kuzatishlar shuni korsatadiki, geografik tadqiqotlar. uchun yol qoyiladigan aniqlik qiymati maydonlar uchun 35%, burchakda 3° bolsa yetarlidir.
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki Kurs davomida me'yoriy hujjatlar bilan tanishdim, zamonaviy fotogrammetriyaning nazariy bilimlari, usullari va texnik vositalarini mustahkamladim va chuqurlashtirdim, maxsus kadastr muammolarini hal qilishda mustaqil ilmiy-tadqiqot ishlari ko'nikmalariga ega bo'ldim. Shuningdek, yer uchastkalarini inventarizatsiya qilish, buning natijasida kadastr raqamlarini hisobga olish jurnali tuzishni keng ko’lamda o’rgandim. Zamonaviy mavzuli kartografiyada foydalanuvchilarning ilmiy va amaliy talablarini to'liq qondirish uchun har doim yangi turdagi xaritalarni ishlab chiqish davom etmoqda. Har xil funktsional turdagi xaritalar yaratilgan: inventarizatsiya, baholash, ko'rsatish, prognoz va tavsiyalar.Inventarizatsiya kartalari ob'ektlar va hodisalarning mavjudligi, joylashuvi va holatini batafsil qayd etadi. Ushbu xaritalar qabul qilingan tasniflarga muvofiq tabiiy va mehnat resurslarining haqiqiy inventarizatsiyasini o'z ichiga oladi,ammo ularning munosabatlari va aloqalarini ko'rsatmasdan. Odatda bu analitik turdagi xaritalar. Misollar foydali qazilmalar, dorivor o'simliklar, mehnatga layoqatli aholi, yaylovlar va haydaladigan yerlarni joylashtirish xaritalari bo'lib xizmat qilishi mumkin.Baholash kartalari inventarizatsiya asosida yaratilgan. Ular ma'lum bir ma'noda yoki muayyan nuqtai nazardan ob'ektni maqsadli baholashni o'z ichiga olgan amaliy xaritalar. Shuning uchun bir xil ob'ekt yoki hodisa uchun siz butunlay boshqa baholash kartalarini yaratishingiz mumkin. Masalan, yo'llarni qurish uchun hududning tabiiy sharoitlarini baholash uchun xaritalar mavjud fuqarolik qurilishi, qishloq xo'jaligini rivojlantirish, neft va gaz konlarini ishlab chiqish, aholining ekologik sharoitlarini tahlil qilish, tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini o'tkazish va boshqalar hammasi amaliy vazifaga va dastlabki ma'lumotlar to'plamiga bog'liq.Ko'pincha, baholash kartalari inson va atrof-muhitning o'zaro ta'sirini tavsiflaydi. Ular ko'plab muhandislik-geografik, muhandislik-geologik, agroklimatik, tibbiy-geografik va, albatta, turli xil ekologik va geografik xaritalarga ega. Shu bilan birga, tabiatning faqat alohida tarkibiy qismlarini masalan, melioratsiya yoki dehqonchilik uchun tuproqlar uchun yordam va umumiy baholash xaritalarini masalan, aholi uchun tabiiy sharoitlarni baholash baholaydigan xaritalar mavjud.Ko'rsatkich xaritalari taniqli boshqalarni o'rganish asosida noma'lum hodisalarni taxmin qilish va aniqlash uchun mo'ljallangan. Shahar yerlarini inventarizatsiya qilish yer uchastkalarining joylashuvi va tegishliligini aniqlash, ularning maydonlarini, tarkibi va funktsional maqsadlarini aniqlash bo'yicha yer-kadastr ishlarining bir qismidir. Shahar erlarini inventarizatsiya qilish kadastrni yaratish maqsadida amalga oshiriladi.Joylashuv, egalik, kompozitsion, funktsional foydalanish, maydon va narx shahar kadastriga kiritilgan yer uchastkasining asosiy xususiyatlari hisoblanadi. Yer uchastkasining joylashuvi ma'lum bir shahar uchun qabul qilingan koordinatalar tizimida aniqlangan chegaralarning koordinatalari to'plami sifatida tushuniladi. Yerlarning tarkibi shaharning muayyan kadastr hisob birligi chegaralarida sodir bo'lgan shahar yerlari va ularning maydonlari ro'yxati. Yerlarning mansubligi er egasi haqidagi ma'lumotlar va er uchastkasiga bo'lgan huquqning turi bilan belgilanadi. Boshlang'ich materiallarning mavjudligi, to'liqligi va ishonchliligi, shuningdek, to'liq yoki qisman inventarizatsiya qilinishidan qat'i nazar, uning bajarilishi bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.


Yüklə 55,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin