Reja: kirish asosiy qism



Yüklə 55,09 Kb.
səhifə2/5
tarix16.05.2023
ölçüsü55,09 Kb.
#114496
1   2   3   4   5
kk

I BOB 1.1 O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 2-noyabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 833. Mazkur buxgalteriya hisobi milliy standarti keyingi o‘rinlarda — standart “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan. Mazkur standart asosiy faoliyati budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarni qo‘shgan holda xo‘jalik yurituvchi subyektlarda aktivlar va majburiyatlar inventarizatsiyasi hamda uning natijalarini rasmiylashtirish tartibini belgilaydi. Inventarizatsiyaning asosiy maqsadlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi mol-mulkning haqiqatda mavjudligini aniqlash haqiqatda mavjud mol-mulkni buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan solishtirish majburiyatlar hisobda to‘g‘ri aks ettirilganligini tekshirish. Xo‘jalik yurituvchi subyektning joylashgan joyidan qat’i nazar, barcha aktivlari va majburiyatlari inventarizatsiya qilinadi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish zaxiralari va xo‘jalik yurituvchi subyektga qarashli bo‘lmagan, lekin buxgalteriya hisobida qayd etilgan mas’ul saqlashda bo‘lgan, ijaraga olingan, qayta ishlash uchun olingan boshqa turdagi mol-mulklar, shuningdek, biror-bir sababga ko‘ra hisobga olinmagan mol-mulk inventarizatsiya qilinishi kerak. Mol-mulkni inventarizatsiyasi uning joylashgan joyi va moddiy javobgar shaxs bo‘yicha o‘tkaziladi. Quyidagi hollarda inventarizatsiya o‘tkazilishi majburiy Oldingi tahrirga qarang mol-mulk ijaraga berilganda, sotib olinganda, sotilganda, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda davlat korxonasini o‘zgartirish davlat tasarrufidan chiqarilgan da O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i yillik moliyaviy hisobotni tuzish oldidan, bundan inventarizatsiyasi hisobot yilining 1-oktabridan keyin o‘tkazilgan mol-mulk mustasno. O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti 4-sonli BHMS “Tovar-moddiy zaxiralar” (ro‘yxat raqami 1595, 2006-yil 17-iyul)ga muvofiq tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi bir yilda kamida bir marta amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti 5-sonli BHMS “Asosiy vositalar” (ro‘yxat raqami 1299, 2004-yil 20-yanvar)ga muvofiq asosiy vositalar inventarizatsiyasi ikki yilda kamida bir marta, kutubxona fondlari esa besh yilda bir marta amalga oshiriladi.Pul mablag‘lari, pul hujjatlari, qiymatliklari va qat’iy hisobdagi blanklar inventarizatsiyasi oyda bir marta, yonilg‘i-moylash materiallar, oziq-ovqat mahsulotlar — har chorakda, qimmatbaho metallar — tarmoq yo‘riqnomalariga muvofiq o‘tkaziladi. Ayrim joylar va mavsumiy tusda ishlaydigan korxonalarda ishlab chiqarish zaxiralar inventarizatsiyasi ular eng kam miqdorda qolgan davrda o‘tkaziladi asosiy vositalar va tovar-moddiy qiymatliklar qayta baholanganda moddiy javobgar shaxslar almashganda ishlarni qabul qilish — topshirish kunida o‘g‘irlik yoki suiiste’mol, shuningdek, qiymatliklarni buzilishi faktlari aniqlanganda tabiiy ofatlar, yong‘inlar, falokatlar yoki g‘ayritabiiy sharoitlar yuzaga keltirgan boshqa favqulodda vaziyatlar yuz berganda Oldingi tahrirga qarang xo‘jalik yurituvchi subyekt tugatilganda qayta tashkil etilganda tugatish ajratish balansini tuzish oldidan va qonunchilik hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa hollarda.Umumiy jamoaviy moddiy javobgarlik sharoitida inventarizatsiya jamoa rahbari o‘zgarganda, jamoadan uning ellik foizdan ortiq a’zolari chiqib ketganda, shuningdek jamoaning bitta yoki bir nechta a’zolari talabi bilan o‘tkaziladi.
1.2. Inventarizatsiyani boshlashga qadar quyidagilarni tekshirish zarur:inventar kartochkalari, inventar kitoblari yoki ro‘yxatlarining mavjudligi va holati texnik pasportlar yoki boshqa texnik hujjatlarning mavjudligi va holati; xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan ijaraga, saqlashga va vaqtincha foydalanishga topshirilgan yoki qabul qilingan asosiy vositalarni hujjatlarining mavjudligi. Hujjatlar yo‘q bo‘lsa, ularning olinishi yoki rasmiylashtirilishini ta’minlash zarur.Buxgalteriya hisobi registrlari yoki texnik hujjatlarda tafovutlar yoxud noaniqliklar topilgan taqdirda ularga tegishli tuzatishlar va aniqlashtirishlar kiritilishi kerak. Asosiy vositalarni inventarizatsiyasini o‘tkazayotganda komissiya majburiy tartibda obyektlarni naturada ko‘zdan kechiradi va inventarizatsiya ro‘yxatlariga ularning to‘liq nomi, vazifasi, inventar raqamlari va asosiy texnik yoki foydalanish ko‘rsatkichlarini qayd etadi.Hisobga qabul qilinmagan obyektlar, shuningdek, hisob registrlarida ularni tavsiflaydigan ma’lumotlar bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilgan obyektlar aniqlanganda komissiya inventarizatsiya ro‘yxatiga ana shu obyektlar bo‘yicha yetishmaydigan yoki to‘g‘ri ma’lumotlarni va texnik ko‘rsatkichlarni kiritishi kerak, masalan: binolar bo‘yicha ularning vazifasi, ular qurilgan asosiy materiallar, hajmi (tashqi yoki ichki tomondan o‘lchab), maydoni (umumiy foydali maydoni), qavatlar soni (yerto‘la, yarim yerto‘la va hokazolarsiz), qurilgan yili va hokazolar; kanallar bo‘yicha — uzunligi, chuqurligi va eni (tubi va yuzasi bo‘yicha), sun’iy inshootlar, tubi va yonlarini mahkamlash materiallari, ko‘priklar bo‘yicha — joylashgan eri, materiallar turi va asosiy o‘lchamlari; yo‘llar bo‘yicha — yo‘l turi (tosh yo‘l, profilli yo‘l), uzunligi, qoplash materiallari va mashina qatnaydigan eni va hokazolar ko‘rsatilishi kerak.Inventarizatsiya natijasida aniqlangan hisobga olinmagan obyektlarni baholash joriy qiymat bo‘yicha amalga oshirilishi, eskirish esa obyektlarning haqiqiy texnik holati bo‘yicha belgilanishi, bunda baholash va eskirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar tegishli dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilishi kerak.Inventarizatsiya komissiyasi inventarizatsiya vaqtida aniqlangan hisobga olinmagan obyektlar qachon va kimning farmoyishi bilan barpo etilganini, ularni barpo etish xarajatlari qayerga hisobdan chiqarilganini aniqlashi va buni bayonnomada aks ettirishi kerak.Asosiy vositalar ro‘yxatga obyektning asosiy vazifasiga muvofiq nomlari bo‘yicha qayd etiladi. Agar obyekt qayta tiklangan, rekonstruksiya qilingan, kengaytirilgan yoki qayta jihozlangan va buning natijada uning asosiy vazifasi o‘zgargan bo‘lsa, u ro‘yxatga yangi vazifasiga muvofiq keladigan nom bilan kiritiladi.Agar komissiya kapital tusda qilingan ishlar (qavat qurish, yangi xonalar qurish va hokazolar) yoki imorat va inshootlarni qisman tugatish (ayrim konstruktiv elementlarni buzish) buxgalteriya hisobida aks ettirilmagan deb topsa, u tegishli hujjatlar bo‘yicha obyekt boshlang‘ich qiymatining ko‘payish yoki kamayish summasini aniqlashi va ro‘yxatda qilingan o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni keltirishi kerak.Bir vaqtning o‘zida komissiya bunda aybdor bo‘lgan shaxslarni va u yoki bu obyektlarni konstruktiv o‘zgartirish hisob registrlarida aks ettirilmaganligining sabablarini aniqlashi shart. Mashinalar, uskunalar va kuch qurilmalari inventarizatsiya ro‘yxatlariga yakka tartibda, inventar raqami, tayyorlagan zavodi, chiqarilgan yili, vazifasi, quvvatlari va hokazolar ko‘rsatilgan holda kiritiladi.Bir vaqtda bir sex yoki bo‘limga kelib tushgan va guruh hisobining namunaviy inventar kartochkasida qayd etiladigan bir xil qiymatdagi xo‘jalik inventarlari, asboblar, dastgohlar va hokazo bir turdagi buyumlar inventarizatsiya ro‘yxatlarida mazkur buyumlar miqdori ko‘rsatilib nomlari bo‘yicha keltiriladi.Asosiy vositalarning inventar obyektlariga berilgan raqamlar, qoidaga ko‘ra, o‘zgarmasligi kerak. Obyektlar o‘zlarining texnik-ishlab chiqarish vazifasiga ko‘ra kiritilishi kerak bo‘lgan asosiy vositalar guruhidan boshqa guruhga xato ravishda kiritilgan hollarda, shuningdek, noto‘g‘ri raqam qo‘yilganligi aniqlangan hollarda raqamlar o‘zgartirilishi mumkin.Inventarizatsiya paytida xo‘jalik yurituvchi subyektdan tashqarida bo‘lgan asosiy vositalar obyektlari (uzoq reyslarda bo‘lgan dengiz va daryo kemalari, temir yo‘l harakatdagi tarkibi, avtomashinalar, kapital ta’mirlashga yuborilgan mashina va uskunalar va hokazo) doimiy ishlaydigan yoki ishchi komissiya tomonidan ular xo‘jalikdan vaqtincha chiqib ketishi paytiga qadar inventarizatsiya qilinishi kerak.. Foydalanishga yaroqsiz va qayta tiklab bo‘lmaydigan asosiy vositalar inventarizatsiya ro‘yxatiga kiritilmaydi. Bunday obyektlarga inventarizatsiya komissiyasi alohida ro‘yxat tuzib, ularni foydalanishga topshirish vaqti va ushbu obyektlarni yaroqsiz holga keltirgan sabablar (buzilishi, to‘liq eskirish va hokazolar) ko‘rsatiladi. Bunday obyektlarni hisobdan chiqarish umumo‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.O‘ziga tegishli asosiy vositalarni inventarizatsiya qilish bilan bir vaqtda ijaraga olingan va mas’ul saqlashda bo‘lgan asosiy vositalar ham tekshiriladi.Ko‘rsatilgan obyektlar bo‘yicha alohida ro‘yxat tuziladi, unda mazkur obyektlar mas’ul saqlash yoki ijaraga qabul qilinganligini tasdiqlaydigan hujjatlarga havola beriladi. Nomoddiy aktivlarni inventarizatsiya qilinganda quyidagilar tekshirilishi zarur: tashkilotning ulardan foydalanishga doir huquqlarini tasdiqlaydigan hujjatlarning mavjudligi; nomoddiy aktivlar balansda to‘g‘ri va o‘z vaqtida aks ettirilganli.
1.3. Moliyaviy qo‘yilmalarni inventarizatsiya qilinganda qimmatli qog‘ozlar va boshqa tashkilotlarning ustav kapitallari, shuningdek, boshqa tashkilotlarga berilgan qarzlarga qilingan haqiqatdagi xarajatlar tekshiriladi.Qimmatli qog‘ozlarning haqiqatda mavjudligi tekshirilganda quyidagilar aniqlanadi qimmatli qog‘ozlar to‘g‘ri rasmiylashtirilgani qimmatli qog‘ozlar saqlanishi haqiqatda mavjudligini buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan taqqoslash orqali qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha olingan daromadlarning buxgalteriya hisobida o‘z vaqtida va to‘liq aks ettirilishi.Qimmatli qog‘ozlar tashkilotda saqlanganida ularni inventarizatsiyasi kassadagi pul mablag‘larini inventarizatsiyasi bilan bir vaqtda o‘tkaziladi.Qimmatli qog‘ozlarni inventarizatsiyasi alohida emitentlar bo‘yicha o‘tkazilib, dalolatnomada nomi, seriyasi, raqami, nominal va haqiqiy qiymati, uzish muddatlari va umumiy summasi ko‘rsatiladi.Har bir qimmatli qog‘oz rekvizitlari xo‘jalik yurituvchi subyekt ro‘yxatlari (reyestrlari, kitoblari) ma’lumotlari bilan taqqoslanadi.Maxsus tashkilotlarga qimmatli qog‘ozlarni saqlaydigan maxsus joy bank-depozitariy saqlash uchun topshirilgan qimmatli qog‘ozlarni inventarizatsiyasi xo‘jalik yurituvchi subyekt buxgalteriya hisobining tegishli schyotlarida qayd etilgan summalar qoldiqlarini ushbu maxsus tashkilotlar ko‘chirmalari ma’lumotlari bilan solishtirishdan iborat bo‘ladi. Boshqa tashkilotlarning ustav kapitallariga moliyaviy qo‘yilmalar, shuningdek, boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga berilgan qarzlar inventarizatsiyada hujjatlar bilan tasdiqlanishi kerakTovar-moddiy qiymatliklarni inventarizatsiyasi, qoidaga ko‘ra, mazkur xonada qiymatliklarning joylashish tartibida bajarilishi kerak. Inventarizatsiya vaqtida bir turdagi tovar-moddiy qiymatliklardan boshqasiga tartibsiz o‘tishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Tovar-moddiy qiymatliklar turli alohida xonalarda bitta moddiy javobgar shaxsda saqlanganda inventarizatsiya saqlash joylari bo‘yicha ketma-ketlikda o‘tkaziladi. Qiymatliklar tekshirilganidan keyin xona eshigi plombalanadi va komissiya ishlash uchun keyingi xonaga o‘tadi.Tovar-moddiy qiymatliklar inventarizatsiyasi ro‘yxatiga nomenklatura raqami, turi, guruhi, artikuli, navi va miqdori ko‘rsatilib har bir nom bo‘yicha kiritiladi. Ishchi inventarizatsiya komissiyasi raisi yoki uning topshirig‘iga ko‘ra komissiya a’zolari ombor (omborxona) mudiri va boshqa moddiy javobgar shaxslar ishtirokida tovar-moddiy qiymatliklarning haqiqatda mavjudligini ularni majburiy sanash, tarozida tortish yoki qayta o‘lchash yo‘li bilan tekshiradilar. Ro‘yxatlarga qiymatliklar qoldig‘i haqidagi ma’lumotlarni moddiy javobgar shaxslar og‘zidan yoki haqiqatda mavjudligini tekshirmasdan turib hisob ma’lumotlari bo‘yicha qayd etish qat’iyan taqiqlanadi. Inventarizatsiya vaqtida kelib tushadigan tovar-moddiy qiymatliklar moddiy javobgar shaxslar tomonidan inventarizatsiya komissiyasi a’zolari ishtirokida qabul qilinadi va inventarizatsiyadan so‘ng reyestr yoki tovar hisoboti bo‘yicha kirim qilinadi. Ushbu tovar-moddiy qiymatliklar “Inventarizatsiya vaqtida kelib tushgan tovar-moddiy qiymatliklar” nomi bilan alohida ro‘yxatga kiritiladi. Ro‘yxatda ular qachon, kimdan kelib tushgani, kirim hujjatining sanasi va raqami, nomi, miqdori, narxi va summasi ko‘rsatiladi. Bir vaqtning o‘zida kirim hujjatida inventarizatsiya komissiyasi raisining imzosi bilan ana shu qiymatliklar qayd etilgan ro‘yxat sanasiga havola qilgan holda “inventarizatsiyadan keyin” belgisi qo‘yiladi. Inventarizatsiya uzoq vaqt o‘tkazilganda alohida hollarda va faqat xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari va bosh buxgalterining yozma ruxsati bilan inventarizatsiya jarayonida tovar-moddiy qiymatliklar moddiy javobgar shaxslar tomonidan inventarizatsiya komissiyasi a’zolari ishtirokida berilishi mumkin.
Ushbu qiymatliklar “Inventarizatsiya vaqtida berilgan tovar-moddiy qiymatliklar” deb nomlangan alohida inventar ro‘yxatiga kiritiladi. Bu ro‘yxat inventarizatsiya vaqtida kelib tushgan tovar-moddiy qiymatliklarga oid hujjatlarga o‘xshab rasmiylashtirilishi kerak. Chiqim hujjatlarida inventarizatsiya komissiyasi raisining imzosi bilan belgi qo‘yiladi.Boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tegishli bo‘lgan va mas’ul saqlashda bo‘lgan tovar-moddiy qiymatliklar o‘zining tovar-moddiy qiymatliklari bilan bir vaqtda inventarizatsiya qilinadi. Ushbu qiymatliklarga alohida inventarizatsiya ro‘yxati tuziladi va unda ushbu qiymatliklarni mas’ul saqlashga qabul qilingani tasdiqlanadigan tegishli hujjatlarga havola beriladi. Yo‘lda bo‘lgan, yuklab jo‘natilgan, xaridorlar tomonidan haqi muddatida to‘lanmagan, boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar omborlarida bo‘lgan tovar-moddiy qiymatliklarni inventarizatsiyasi tegishli schyotlarda ko‘rsatilgan summalarning asosliligini sinchiklab tekshirishni o‘z ichiga oladi.Ushbu tovar-moddiy qiymatliklarni (yo‘ldagi, yuklab jo‘natilgan va hokazo tovarlar) hisobga oluvchi schyotlarda tegishlicha rasmiylashtirilgan hujjatlar bilan tasdiqlangan summalargina qolishi mumkin: yo‘lda bo‘lganlari bo‘yicha — mol yetkazib beruvchilarning schyot — to‘lov talabnomalari yoki ularning o‘rnini bosadigan hujjatlar bilan; yuklab jo‘natilganlari bo‘yicha — xaridorlarga taqdim etgan schyot-fakturalar nusxalari va to‘lov talabnomalari nusxalari bilan; to‘lash muddati o‘tganlar bo‘yicha — bank muassasasining kartotekalarda to‘lov talabnomalari mavjudligini albatta tasdiqlashi bilan; boshqa tashkilotlarning omborlarida joylashganlari bo‘yicha — inventarizatsiya sanasiga yaqin bo‘lgan sanaga qayta rasmiylashtirilgan saqlangan tilxatlar bilan; bitta shahardagi mol yetkazib beruvchilarning omborlarida bo‘lganlari bo‘yicha — inventarizatsiyani o‘tkazish sanasida qayta rasmiylashtirilgan saqlangan tilxatlar bilan.Ushbu schyotlar boshqa korrespondensiyalanuvchi schyotlar bilan oldindan solishtirilishi kerak.Xaridorlar yoki buyurtmachilarga realizatsiya qilingan tovarlar, mahsulot (ish, xizmat) lar uchun haq to‘lashda uzoq vaqt kechikish yuz berganda ushbu kechikishning sabablari aniqlanadi va inventarizatsiya komissiyasining bayonnomasida qayd etiladi.Kelib tushgan tovar-moddiy qiymatliklar kirim qilinmaganligi faktlari aniqlanganda ularni olgan shaxslarning tushuntirishlari talab qilinishi, suiiste’mollik holatida esa materiallar tergov organlariga oshirilishi kerak. Yo‘lda bo‘lgan, yuklab jo‘natilgan, xaridorlar tomonidan muddatida to‘lanmagan va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning omborlarida bo‘lgan tovar-moddiy qiymatliklarga alohida inventarizatsiya ro‘yxatlari (dalolatnomalari) tuziladi.Yo‘lda bo‘lgan tovar-moddiy qiymatliklarga doir ro‘yxatlarda har bir jo‘natma bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar keltiriladi: nomi (hujjatga muvofiq), miqdori va qiymati (hisob ma’lumotlariga binoan), yuklab jo‘natish sanasi, shuningdek, ushbu qiymatliklar tegishli schyotlarda hisobga olinishiga asos bo‘lgan hujjatlarning ro‘yxati va raqamlari. Bunda belgilangan muddatda kelib tushmagan hamda hisobda yo‘ldagi materiallar va tovarlar sifatida qayd etilgan yuklar bo‘yicha ularni qidirib topish uchun qanday choralar ko‘rilganligini tekshirish zarur. Yuklab jo‘natilgan va xaridorlar haqini muddatida to‘lamagan tovar-moddiy qiymatliklarga doir ro‘yxatlarda har bir alohida jo‘natma bo‘yicha xaridorning nomi, tovar-moddiy qiymatliklarning nomi, yuklab jo‘natish sanasi, schyot-faktura yozilgan sana, schyot-fakturaning raqami va schyot-fakturaga doir summa keltiriladi. Boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning omborlarida saqlanayotgan tovar-moddiy qiymatliklar ro‘yxatlarga ushbu qiymatliklarni mas’ul saqlashga topshirilganligini tasdiqlaydigan hujjatlar asosida kiritiladi. Ushbu qiymatliklarga doir ro‘yxatlarda ularning nomi, miqdori, navi, haqiqatdagi qiymati (hisob hujjatlari bo‘yicha), yukni saqlashga qabul qilish sanasi, saqlash joyi, hujjatlarning raqamlari va sanasi ko‘rsatiladi.Ushbu qiymatliklar mas’ul saqlashida bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlardan inventarizatsiya ro‘yxatlarining nusxalari olinganda komissiya qiymatliklarning haqiqatdagi mavjudligini (inventarizatsiya ro‘yxatlari nusxalarining ma’lumotlari asosida) hujjatlarga binoan belgilangan miqdor bilan taqqoslaydi. Boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarda qayta ishlashda bo‘lgan tovar-moddiy qiymatliklarga doir ro‘yxatlarda qayta ishlovchi korxonaning nomi, qiymatliklar nomi, miqdori, hisob ma’lumotlari bo‘yicha haqiqatdagi qiymati, qiymatliklarni qayta ishlashga berish sanasi, hujjatlarning raqamlari va sanasi ko‘rsatiladi. Foydalanishda bo‘lgan inventar va xo‘jalik jihozlari ular joylashgan joyi va mas’ul saqlashda bo‘lgan shaxslar bo‘yicha inventarizatsiya qilinadi.Inventarizatsiya har bir buyumni ko‘zdan kechirish yo‘li bilan o‘tkaziladi. Inventarizatsiya ro‘yxatlariga inventar va xo‘jalik jihozlari buxgalteriya hisobida qabul qilingan nomenklaturaga muvofiq nomlari bo‘yicha kiritiladi.Xodimlarga yakka tartibda foydalanish uchun berilgan inventar va xo‘jalik jihozlari inventarizatsiya qilinganda guruhiy inventarizatsiya ro‘yxatlarini tuzishga yo‘l qo‘yiladi, ularda ana shu jihozlar uchun mas’ul bo‘lgan, ularga shaxsiy kartochkalar ochilgan shaxslar ko‘rsatilib, inventraizatsiya yozuv ro‘yxatlarida tilxatga imzo chektiriladi.Ro‘yxatlarda inventar va xo‘jalik jihozlarining boshlang‘ich qiymati ko‘rsatiladi.Yuvish va tuzatishga yuborilgan maxsus kiyim (korjoma) va sochiq-dasturxonlar inventarizatsiya ro‘yxatiga maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalarining qaydnoma-yukxatlari yoki kvitansiyalari asosida yozilishi kerak.Yaroqsiz holga kelgan va hisobdan chiqarilmagan inventar va xo‘jalik jihozlarga ishchi inventarizatsiya komissiyasi tomonidan foydalanish vaqti, yaroqsiz bo‘lish sabablari, ushbu buyumlardan xo‘jalik maqsadlarida foydalanish imkoniyatlari ko‘rsatilib dalolatnomalar tuziladi.
Idish ro‘yxatlarga turlari, maqsadli vazifasi va sifat holatiga yangi ishlatilgan, tuzatishni taqozo etadigan va binoan kiritiladi.
Tekshirish oldidan bo‘sh idish tara turlari bo‘yicha tanlanishi kerak, ya’ni
yog‘och idishlar yashiklar, bochkalar
karton idishlar;
metall idishlar flyagalar, barabanlar
to‘qimachilik idishlari qoplari.
Yaroqsiz holga kelgan idishlarga ishchi inventarizatsiya komissiyasi tomonidan sabablari va idish uchun mas’ul shaxslar ko‘rsatilib dalolatnoma tuziladi.


Yüklə 55,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin