Reja: 1.Kirish. 2. Asosiy qism: 1). Mamuriy javobgarlik to’g’risidagi qonun hujjatlari haqida tavsif.
2). O’zbekiston Respublikasi Mamuriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksi.
3). Mamuriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksga kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalar.
3. Xulosa.
Kirish. Mamlakatimizning huquqiy poydevorini mustahkamlash, qonun ustuvorligini ta’minlash hamda demokratik fuqarolik jamiyatiga asoslangan huquqiy jamiyatni barpo etish maqsadida respublikamizning barcha ma’muriy sohalarini tartibga soluvchi qonunlar qabul qilinmoqda. Bu qonunlar xalqimizning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularni qonunga itoatkorlik ruhida tarbiyalashda ulkan ahamiyatga ega. Bugungi kunda davlatimiz rahbari va hukumatimiz tomonidan ichki ishlar idoralari oldida xodimlarning huquqiy bilim darajasini oshirish, xizmat sohasida topshirilgan barcha ishlarni bajarishda qonunlarga og‘ishmay rioya qilish hamda aholi bilan ishlashda ularning yuksak huquqiy savodxonlik darajasini ta’minlash kabi nihoyatda mas’uliyatli va dolzarb vazifalar qo‘yilmoqda. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish har bir xodimning burchidir. “Ma’muriy javobgarlik” nomli o‘quv qullanmasida ma’muriy javobgarlik fani tushunchasi, predmeti va vazifalari, ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, ularning vazifalari va asosiy prinsiplari, ma’muriy huquqbuzarlik va uning yuridik tarkibi, ma’muriy javobgarlik tushunchasi va xususiyatlari, ma’muriy jazo choralari tushunchasi, maqsadi va turlari; Ma’muriy jazo qo‘llanilishining umumiy qoidalari; Ma’muriy huquqbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilovchi davlat organlari va mansabdor shaxslar; Ma’muriy javobgarlik subyektlarning tasnifi; Ma’muriy huquqbuzarlikni istisno qiladigan holatlar tushunchasi va turlari kabi masalalar bayon etilgan. O‘quv qullanma ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga keyingi yillarda kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar inobatga olingan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni yuritish borasidagi sud amaliyoti materiallari ham o‘rin olgan. 5 Kitobxonlar hukmiga havola etilayotgan ushbu o‘quv qullanmadan respublikamizda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishda fuqarolar va tinglovchilarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi degan umiddamiz.