Reja: Kirish. Asosiy qism


). Mamuriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksga kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalar



Yüklə 32,83 Kb.
səhifə4/4
tarix07.01.2024
ölçüsü32,83 Kb.
#204983
1   2   3   4
referat

3). Mamuriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksga kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalar.
Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 9-avgustda qabul qilingan Senat tomonidan 2023-yil 3-mayda ma’qullangan Mamuriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksiga kiritilgan o’zgartirishlar haqida.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida jamoat tartibini ta’minlash orqali aholining tinch va osuda hayoti uchun shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlariga huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish, davlat obyektlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini qo‘riqlash, jamoat tartibini saqlash, jamoat joylarida patrullik qilish kabi vazifalar yuklatilgan.
Shu bilan birga mazkur vazifalarni to‘laqonli amalga oshirish hamda xizmatni o‘tash davomida aniqlangan huquqbuzarliklarga nisbatan o‘z vaqtida choralar ko‘rish uchun O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnomalar tuzishga va ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga doir ayrim vakolatlarni berish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Mazkur Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining xodimlariga mayda bezorilik, sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni olib yurish, voyaga yetmagan shaxsni ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishga, g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish, jamoat joylarida alkogol mahsulotini iste’mol qilish kabi ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqish, bayonnomalar tuzish va ularni ko‘rib chiqish uchun sudga yuborish yuzasidan qo‘shimcha vakolatlar berish nazarda tutilmoqda.
Ushbu Qonun mamlakatda jamoat tartibini yanada samarali ta’minlashga, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari ishonchli himoya qilinishiga xizmat qiladi.
2481-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlariga ushbu Kodeks 187-moddasining birinchi qismida, 188, 188va 192-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga hamda jarima tariqasidagi ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga haqli:
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Jamoat tartibini saqlashni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i, uning o‘rinbosari va bo‘lim boshliqlari;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Surishtiruvni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i va uning o‘rinbosari;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari hamda surishtiruv bo‘limlarining boshliqlari;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qo‘riqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasining Davlat organlari obyektlarini qo‘riqlash bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar qo‘riqlash boshqarmalari, tuman (shahar) qo‘riqlash bo‘limlari boshliqlari hamda ularning o‘rinbosarlari.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining mansabdor shaxslari ushbu Kodeksning 61, 183, 1842, 1843, 185-moddalarida, 1851-moddasida (bundan bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish bilan bog‘liq bo‘lgan huquqbuzarliklar mustasno), 1852, 1853, 186-moddalarida, 187-moddasining ikkinchi qismida, 1881, 1883, 189, 1891, 191, 1941, 1951-moddalarida, 196-moddasida (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlariga taalluqli qismi bo‘yicha) hamda 2101-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni aniqlagan taqdirda, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi va ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda uni ko‘rib chiqish uchun sudga yuboradi”;
2) 287-moddaning 9-bandidagi “54, 61, 1851, 1941, 1951, 198-moddalarida” degan so‘zlar “54, 61, 183, 1842, 1843, 185, 1851, 1852, 1853,186, 187, 188, 1883, 189, 1891, 191, 192, 1941, 1951, 198-moddalarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kunidan e’tiboran kuchga kiradi.
“O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi O`RQ-679-sonli Qonun bilan O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi, Jinoyat kodeksiga qo`shimcha kiritildi.


Xulosa.
Ijtimoiy munosabatlarni har qanday tajovuzlardan himoya qilish davlatning, jamoat tashkilotlarining va barcha fuqarolarning muhim vazifasi hisoblanadi. Ana shunday tajovuzlardan himoya qilish, burchiga 72 sadoqat, ijtimoiy hayotda huquq tartibotni saqlashning, jamiyatda osoyishtalikni ta’minlashning muhim kafolatlaridan biri hisoblanadi. Ma’muriy huquqbuzarlik tarkibining barcha alomatlari mavjud bo‘lgan huquqbuzarliklardan, shuningdek huquqbuzarlik hisoblanmagan, ammo jamiyat uchun ijtimoiy xavfli hisoblangan (aqli norasolar, huquqbuzarlik subyekti yoshiga yetmaganlar, tabiiy ofatlar) huquqbuzarliklardan ijtimoiy munosabatlarni himoya qilish har bir fuqaroning burchidir. O‘z xizmat vazifasi yuzasidan ijtimoiy munosabatlarni himoya qilish topshirilgan shaxslar (ichki ishlar xodimlari, harbiy xizmatchilar)ning majburiyati hisoblanadi. Ijtimoiy munosabatlar xavf ostida qolgan va bu ijtimoiy munosabatni darhol himoya qilish zarurati kelib chiqqan bo‘lsa, har bir fuqaroga xavfni bartaraf qilish orqali ijtimoiy munosabatni himoya qilish burchi yuklatilgan. Muayyan shaxs yoki boshqa xavf manbai tomonidan ijtimoiy munosabatga moddiy yoki jismoniy zarar yetkazish xavfi vujudga keltirilganda ushbu xavfni bartaraf qilishi jarayonida shaxsga yoki boshqa bir ijtimoiy munosabatga zarar yetkazilishi mumkin. Ana shu yetkazilgan moddiy yoki jismoniy zarar O‘zR Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi Maxsus qismining biror moddasida nazarda tutilmagan huquqbuzarlikka formal jihatdan o‘xshasa-da, ammo ijtimoiy xavfli hisoblanmaganligi tufayli huquqbuzarlik hisoblanmaydi. Ijtimoiy munosabatga zarar yetkazish xavfi vujudga kelganda bunday xavfni bartaraf qilish jarayonida shaxsga yoki ijtimoiy munosabatga zarar yetkazish faqat huquqbuzarlik hisoblanmay, balki ijtimoiy foydali, jamiyat nuqtayi nazaridan maqsadga muvofiq hamdir. Chunki bunday zarar davlat, jamoat yoki fuqarolarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida tajovuzchiga nisbatan xavf manbayini bartaraf qilish maqsadida qo‘llaniladi. Ayrim hollarda yengib bo‘lmaydigan jismoniy yoki ruhiy zo‘rlik ta’sirida shaxs huquqbuzarlik sodir qilib qo‘yadi. Bunday ma’muriy huquqbuzarlik shaxsning irodasiga bog‘liq bo‘lmaganligi tufayli bunday harakatlarda ham huquqbuzarlikning tarkibi bo‘lmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1). O’zbekiston Respublikasi Ma”muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksi. 2023 yangi tahrir.
2). O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi qonun hujjatlari. 2023 yangi tahrir.
3). Lex.uz rasmiy veb sayti.
4). Wikipediya rasmiy veb sayti.
5). Arxiv.uz rasmiy veb sayti.
Yüklə 32,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin