Reja: Kirish. Asosiy qism


). O’zbekiston Respublikasi Mamuriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksi



Yüklə 32,83 Kb.
səhifə3/4
tarix07.01.2024
ölçüsü32,83 Kb.
#204983
1   2   3   4
referat

2). O’zbekiston Respublikasi Mamuriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksi.
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks (MJK) -maʼmurii huquqbuzarliklar va maʼmurii jazoga oid qonunlarning muayyan tizimga solingan majmui. OʻzRning Maʼmurii javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 1994-yil 22-sentabrda qabul qilinib, 1995-yil 1-apreldan kuchga kirgan. MJK 5 boʻlim, 31 bob va 348 moddani oʻz ichiga oladi. Kodeksning umumiy qoidalari bayon qilingan 1-boʻlimida maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari va ularning vazifalari, mazkur hujjatlar sohasida OʻzRning , Qoraqalpogʻiston Respublikasining va-kolatlari, maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish borasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari, maʼmuriy huquqbuzarliklarning oldini olish kabi masalalar bayon qilingan. 2-boʻlim maʼmuriy huquqbuzarlik va maʼmuriy javobgarlik masalalariga bagʻishlangan, 3-boʻlim maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga vakolati boʻlgan organlar (mansabdor shaxslar), 4-boʻlim maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish: 5-boʻlim maʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qarorlarni ijro etishga bagʻishlangan
Ma’muriy javobgarlikni tartibga soluvchi asosiy qonun hujjati O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi bo‘lib, respublika miqyosidagi ma’muriy javobgarlik me’yorlarini tartibga soladi, ya’ni: birinchidan, ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining umumiy holatlari va prinsiplarini mustahkamlaydi; ikkinchidan, respublika miqyosida umummajburiylik xususiyatiga ega bo‘lgan qoidalarning buzilishi uchun ma’muriy javobgarlikni o‘rnatadi; uchinchidan, ma’muriy huquqbuzarlik ishlarini ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qarorlarni ijro etish jarayonini tartibga soladi; to‘rtinchidan, ma’muriy jazo turlarini va ma’muriy-protsessual majburlov choralarini o‘rnatadi. Deyarli barcha ma’muriy javobgarlikni belgilovchi huquqiy me’yorlar O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi doirasida umumlashtirilgan. O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari: 1) moddiy va protsessual huquqiy me’yorlar tizimini o‘zida ifoda etadi; 2) fuqarolarning ma’muriy javobgarligini nazarda tutadi; 3) ma’muriy va sud tartibida ma’muriy huquqbuzarliklar uchun qo‘llaniladigan ma’muriy javobgarliklarni tartibga soladi. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Fuqarolik va Fuqarolik-protsessual kodekslaridan farqli ravishda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks ikki xildagi huquqiy me’yorlarni o‘zida ifoda etgan: a) javobgarlikning umumiy holatlarini va prinsiplarini, huquqbuzarlik tarkibini, ma’muriy jazo choralarini belgilab beruvchi moddiy-huquqiy me’yorlar; b) huquqbuzarlik ishlarini ko‘rib chiqish va jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qarorlarni ijro etish jarayonini tartibga soluvchi protsessualhuquqiy me’yorlar. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining asosiy prinsiplari quyidagilardan iboratdir: a) qonuniylik prinsipi; b) fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi; d) demokratizm prinsipi; e) insonparvarlik prinsipi; f) odillik prinsipi; g) ayb uchun javobgarlikning muqarrarligi printsipi. Ma’muriy javobgarlikning prinsiplari deganda, umuman, ma’muriy javobgarlikning va uning tizimi alohida institutlarining mazmunini belgilovchi, unga muvofiq ravishda ishlab chiqilgan ma’muriy javobgarlikning normalarida mujassamlashgan boshlang‘ich rahbariynazariy g‘oyalar tushuniladi. Ma’muriy javobgarlikning prinsiplari O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 3-moddasida ko‘rsatilgan bo‘lib, ma’muriy javobgarlikning har bir prinsipi mustaqil mazmunga ega bo‘ladi va ular bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan, yagona tizimdan tashkil topgan prinsiplar majmuidan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 14-moddasiga asosan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan o‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarga nisbatan voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalar to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan choralar qo‘llaniladi. Insonparvarlik prinsipida ma’muriy jazo va boshqa ma’muriy huquqiy ta’sir choralari jismoniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini kamsitish maqsadini ko‘zlamaydi. Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga nisbatan u axloqan tuzalishi va yangi huquqbuzarlik sodir etishining oldini olish uchun zarur hamda yetarli bo‘ladigan ma’muriy jazo tayinlanishi yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanilishi kerak. 16 Ma’muriy jazolashdan ko‘zlangan maqsadga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining Maxsus qismi tegishli moddalarida nazarda tutilgan yengilroq choralarni qo‘llash orqali erishib bo‘lmaydigan taqdirdagina og‘irroq ma’muriy jazo choralari tayinlanishi mumkin.

Yüklə 32,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin