Reja: Kirish. Asosiy qism


). Mamuriy javobgarlik to’g’risidagi qonun hujjatlari haqida tavsif



Yüklə 32,83 Kb.
səhifə2/4
tarix07.01.2024
ölçüsü32,83 Kb.
#204983
1   2   3   4
referat

1). Mamuriy javobgarlik to’g’risidagi qonun hujjatlari haqida tavsif.
O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan va 1995-yil 1-apreldan kuchga kiritilgan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1-moddasiga binoan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari: 1) Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks; 2) O‘zbekiston Respublikasi qonunlari; 3) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari; 4) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari; 5) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari; 6) Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari; 7) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining va Vazirlar Kengashining qarorlari; 8) xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlarining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlaridan iborat. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunlar ma’muriy huquqning tarkibiy qismi bo‘lib, kodeksning 2-moddasida bevosita ko‘rsatib o‘tilganidek, bizning konstitutsiyaviy tuzumimizni, mulkchilikning barcha shakllarini, fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, shaxsiy huquqlari va erkinliklarini, korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, boshqaruv tartibini, davlat va jamoat tartibini muhofaza qilishda, fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga rioya qilish ruhida tarbiyalashda ishtirok etadi. Konstitutsiyaviy tuzum jamiyatning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tizimlarini o‘z ichiga oladi. Iqtisodiy tizim asosini mulkchilik tashkil etadi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining muhim vazifalaridan biri mulkni muhofaza qilishdir (masalan, mol-mulkni 9 mayda o‘g‘rilik qilgani uchun ma’muriy javobgarlik). Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari yordamida qonun bilan belgilangan xo‘jalik yuritish printsiplari ham himoya qilinadi. Masalan, valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibini buzish (171-modda), yonilg‘i moylash materiallarini qabul qilish, hisobga olish, saqlash, berish, olish qoidalarini buzish (172-modda) va boshqalar ma’muriy javobgarlikka tortilishga sabab bo‘ladi. Tabiatni (yer, yer osti boyliklari, suv, o‘rmonlar, hayvonot olami, atmosfera havosini) muhofaza qilish qoidalarining buzilishiga, ana shu obyektlardan nooqilona foydalanishga qarshi kurash ham iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga egadir, shu bilan birga, ularning ko‘pi (yer, yer osti boyliklari, o‘rmonlar) davlatning favqulodda mulki hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi davlat organlari, jamoat tashkilotlari, mansabdor shaxslar va fuqarolar zimmasiga tabiatni va uning boyliklarini avaylab saqlash va himoya qilish vazifasini yuklaydi (50-modda). Mazkur vazifani (masalan, tabiatni muhofaza qilish qoidalarini, ov qilish va baliq ovlash qoidalarini buzganlik uchun) amalga oshirish ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi me’yorlar bilan mustahkamlanadi. Konstitutsiyaviy tuzumni muhofaza qilishga militsiya xodimlarining qonuniy farmoyishlari va talablariga qasddan bo‘ysunmagan shaxslarga, pasport tizimini, chegara rejimini, O‘zbekistonga kelish va undan chiqib ketish qoidalarini buzuvchi shaxslarga ta’sir ko‘rsatishning ma’muriyhuquqiy usullari ham kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (52-modda) Vatan himoyasini konstitutsiyaviy tuzum va O‘zbekiston siyosati asoslariga kiritadi. “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonun mazkur konstitutsiyaviy qoidalarni O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini haqiqiy harbiy xizmatga chaqirishni belgilash va Qurolli Kuchlar zaxirasida bo‘lgan davrda belgilangan burchlarni bajarish yo‘li bilan ro‘yobga chiqarish usullarini belgilaydi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari harbiy hisobda turish qoidalarini buzganlik uchun, chaqiruv bo‘yicha mudofaa ishlari bo‘limlariga kelmaganlik, harbiy hujjatlarni yo‘qotganlik, o‘quv yoki tekshiruv yig‘inlari va 10 hokazolarga kelmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilash yo‘li bilan mazkur tartibga rioya qilinishiga ko‘maklashadi. Konstitutsiya O‘zbekiston fuqarolariga ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va shaxsiy huquq hamda erkinliklarning to‘laligini mustahkamlaydi va kafolatlaydi. Shu bilan birga, fuqarolarning huquq va erkinliklardan foydalanishi jamiyat va davlat manfaatlariga, boshqa fuqarolarning huquqlariga ziyon yetkazmasligi lozim. Fuqarolarning huquqlarini buzadigan, ularning qonuniy manfaatlariga zarar yetkazadigan ko‘pgina xatti-harakatlar ma’muriy javobgarlikka tortilishga sabab bo‘ladi. Masalan, bunday javobgarlik mehnat haqidagi qonun hujjatlarini hamda mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalarini buzganlik, sanitariya-gigiyena va epidemiologik qoidalarni buzganlik uchun tatbiq etiladi. Mayda bezorilikka, ichkilikbozlikka, jamoat tartibi va savdo qoidalarini buzishlarga, uy hayvonlarini saqlash tartibini buzishga va hokazolarga qarshi kurash to‘g‘risidagi ma’muriy qonunlarining me’yorlari fuqarolarning shaxsini, huquqlari va qonuniy manfaatlarini muhofaza qilish maqsadlariga xizmat qiladi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ham huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi. Masalan, yer to‘g‘risidagi qonunlarning qoidalariga muvofiq o‘rnatilgan cheklovchi belgilarni yo‘qotishda aybdor bo‘lgan shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

Yüklə 32,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin