II-BOB. Struktura haqida ma’lumot. Struktura yaratish 2.1-§. Fazoviy struktura yaratish
Birlamchi struktura- oqsillarda uzunasiga ketma-ket joylashgan aminokislotalar bo’g’inlaridan iborat polipeptid zanjirlar oqsil molekulasining birlamchi strukturasi deyiladi. α– oqsillarning birlamchi strukturasi.
Ikkilamchi struktura- oqsil molekulasining spiral shaklini eslatuvchi molekulaning har xil uchastkalarida – CO – NH – gruppalari orasida juda ko’p vodorod bog’lanishlar borligi tufayli oqsilning ikkilamchi strukturasi hosil bo’ladi. Oqsil molekulasining ana shunday spiral shakli (strukturasi) osilning ikkilamchi struktuasi deyiladi.
Uchlamchi fazoviy struktura - fazoda polipeptid zanjiri koptok o’ramiga o’ralgan fazoviy konfiguratsiya oqsilning uchlamchi strukturasi deyiladi. Uchlamchi struktura polipeptid zanjiridagi funksional gruppalarning har xil ta’sirlashuvlari bilan bog’liq. Masalan: oltingugurt atomlari orasida disulfid (- S – S ) ko’prik karboksil gruppa bilan gidroksil gruppa orasida murakkab efir ko’prik, karboksil gruppa bilan aminogruppa orasida tuz ko’prik hosil bo’ladi. Bu strukturada vodorod bog’lanish mavjudligi ahamiyatga sazavordir. Oqsillarning strukturasi borligi tufayli ko’pchilik holatlarda oqsil molekulasida o’ziga xos biologik aktivlik yuzaga keladi.