Reja: Kirish Bank tizimi


Kredit munosabatlari rivojlanishining asosiy bosqichlari



Yüklə 123,35 Kb.
səhifə8/11
tarix22.09.2023
ölçüsü123,35 Kb.
#147291
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
pul kredit

Kredit munosabatlari rivojlanishining asosiy bosqichlari.
Kredit resurslari va kredit uyushmalari

O`zining tarixiy rivojlanishida kredit quyidagi bosqichlarni bosib o`tgan:


Boshlang`ich shakllanish. Bu bosqichning asosiy belgisi ssuda kapitali bozorida maxsus vositachilarning yo`qligi. Kredit munosabatlari, bo`sh pul mablag`larining egasi va qarz oluvchi o`rtasida bevosita amalga oshirilgan. Bu yerda kredit sudxo`rlik kapitali sifatida namoyon bo`ladi. Uning harakterli xususiyati bo`lib:

  • Qarz beruvchi va qarz oluvchi o`rtasida to`g`ridan to`g`ri kelishuvga asoslangan qarz munosabatlarining to`liq markazlashmaganligi.

  • Mablag`larni taqsimlashning cheklanganligi.

  • Qarz mablag`laridan foydalanganligi uchun juda yuqori foiz normalarining belgilanganligi va boshqalar.

Bu bosqichning tugallanishiga ishlab chiqarishning tobora rivojlanib borishi tufayli qarz resurslariga bo`lgan ehtiyojni keskin oshganligi va alohida olingan sudxo`rlar kapitalini bu talablarni qondirishga yetarli bo`lmaganligi.
Tarkibiy jihatdan rivojlanish. Bu bosqich ssuda kapitali bozorida kredit-moliya tashkilotlari kabi maxsus vositachilarning paydo bo`lishi bilan harakterlanadi.
Kapital sudxo`rlik va sarroflik idoralari zaminida vujudga kelgan dastlabki banklar keyinchalik kredit institutlariga an`anaviy bo`lib qolgan quyidagi funksiyalarni o`z zimmasiga oldi:

  • bo`sh moliyaviy mablag`larni o`z vaqtida foiz bilan to`lash majburiyati asosida qarz oluvchiga berish.

  • yuridik va jismoniy shaxslar uchun har xil to`lov va hisob-kitoblar bo`yicha xizmat ko`rsatish (keyinchalik davlat uchun ham).

  • qator maxsus moliyaviy operatsiyalarni o`tkazish (veksel va boshqalar).

Bu bosqichning asosiy belgisi – iqtisodiyotda kredit munosabatlarini davlat tomonidan markazlashgan holda boshqarilishidir.
Davlat mikiyosida kredit munosabatlarining markazlashuvi har bir davlatning Markaziy banki yordamida amalga oshiriladi. Dastlabki milliy davlat kredit institutlarining paydo bo`lishi naqd pulsiz hisob-kitoblarni olib borish uchun qo`l keldi, hamda tijorat banklarining operatsiyalari va xizmat ko`rsatish ko`lamining kengayishiga olib keldi.
Kredit munosabatlarining takomillashuvi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kredit munosabatlari yangi sifat darajaga ko`tarilib bu iqtisodiyotda informatsion texnologiyaning rivojlanishi, global bank tarmoqlarining kompyuter texnologiyalari va ma`lumotlar bazalarining shakllanishining, mijozga xizmat ko`rsatishining yaxshilanishi va kredit munosabatlarini xalqaro bozorga ham tarkalishi va boshqa sifat o`zgarishlar bilan bog`liq.
Kreditlashning asosiy manbalari (resurslari) bo`lib, quyidagi vaqtinchalik bo`sh pul mablag`lari hisoblanadi:

  1. Tovarlarni sotish va kerakli moddiy qiymatlarni sotib olish vaqtlarining bir-biriga mos kelmasligi tufayli yuzaga keladigan bo`sh pul mablag`lari.

  2. Hisoblangan ish xaki bilan uni to`lash vaqtlari orasidagi vaqtincha bo`sh pul mablag`lari.

  3. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida yig`iladigan va kapitallashtirish uchun mo`ljallangan mablag`lar.

  4. Shaxsiy sektor daromadlari, jamg`armalari.

Korxonalar faoliyati natijasida yuzaga keluvchi taksimlanmagan foyda yoki undan foydalanish jarayonida paydo bo`luvchi bo`sh pul mablag`lari (to`lanmagan dividend va boshqalar) va boshqa bo`sh pul mablag`lari.
Kreditlashning ko`lami va rivojalanishi kredit resurslarining xajmiga bog`liq.
Mikromoliya institutlaridan biri bo`lib kredit uyushmalari hisoblanadi.
Kredit uyushmalari o`zaro yordamning tashkiliy-xuqiqiy shakli sifatida dastlab Germaniyada XIX asrning ikkinchi yarmida qishloq xo`jalik va kredit kooperativlari shaklida tashkil topgan.
XX asr boshida Yevropa kredit kooperativlari AQSH, Kanadada taraqqiy etib, Janubiy Amerika davlatlarida taraqqiy eta boshladi.
O`zbekistonda bunga birinchi qadamlardan biri bo`lib 2002 yil 4 aprelda «Kredit uyushmalari to`g`risida»gi qonunning qabul qilinishi hisoblanadi.
Qonun 30 moddadan iborat bo`lib uning 3-moddasiga ko`ra – «Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan kreditlar berish maqsadida ixtiyoriy teng xuquqli a`zolik asosida to`ziladigan kredit tashkiloti kredit uyushmasi deb e`tirof etiladi».
Kredit uyushmalarini davlat ruyxatidan o`tkazish ularga litsenziya berish O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amalga oshiriladi.
Qonunning 7-moddasiga binoan kredit uyushmasi a`zolarining soni 50 tadan kam bo`lishi mumkin emas. Kredit uyushmasining ustavi uning ta`sis xujjatidir. Kredit uyushmasi a`zolari pay badallarining umumiy so`mmasi ustav jamg`armasi hisoblanadi. Ustav jamg`armasi faqat pul mablag`laridan shakllantiriladi va uning eng kam miqdori O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
Kredit uyushmasining yuqori boshqaruv organi bo`lib uyushma a`zolarining umumiy yig`ilishi hisoblanadi.
Kredit uyushmasi uning a`zolari umumiy yig`ilishi qaroriga ko`ra, ixtiyoriy ravishda, litsenziya bekor qilinganda va uyushma bankrot deb e`lon qilinganda (28-modda) tugatiladi.
Kredit uyushmalarining tijorat banklaridan asosiy farki katta foyda olish emas, balki o`z a`zolarining biznesini rivojlantirishga past foizda kredit-moliya yordami ko`rsatish. Uning kreditlaridan foydalanishni rasmiylashtirish oddiy tushunarli hisoblanadi.
O`zbekistonda 2007 yilning 1 iyuliga 45 ta kredit uyushmalari mavjud bo`lib, shundan Toshkent shahrida 10 ta, 6 tadan Andijon va farg`ona viloyatlarida, Buxoro viloyatida 4 ta, Namangan va Samarqandda 3 tadan, Jizzax va Toshkent viloyatlarida 2 tadan va qolgani Qashqadaryo, Surxondaryo va sirdaryo viloyatlariga tegishli. Ular jumlasiga Xazina va SHerdor (Samarqand), Ishonch (Jizzax), Lastochka (Navoiy), Marvel va Tayanch (Namangan), Buxoro tadbirkori va Umid (Buxoro), Madadkor (Andijon), Baraka va Taraqqiyot (Toshkent viloyati) va boshqalarni kiritish mumkin.
Samarqandning «SHerdor» kredit uyushmasi O`zbekistondagi birinchi kredit uyushmasi hisoblanadi. Ushbu kredit uyushmasi 2002 yilda to`zilgan bo`lib uni 4300 a`zosi mavjud.
Kredit uyushmalarining asosiy maqsadi odamlar o`z faoliyatini rivojlantirib o`z farovonligini oshirishni o`zlashtirsin. Bu borada xalkda «Agar och qolganga baliq sovg`a kilsang yaxshi ish qilgan bo`lasan, agar sen uni baliq tutishga o`rgatsang ikki barobar ko`p ish qilgan bo`lasan» degan ibora mavjud.
Shu jihatdan kredit uyushmalari kichik tadbirkorlikni taraqqiy ettirishda muhim ahamiyatga ega.
Shuning uchun ham kredit uyushmalari butun dunyo bo`ylab rivojlanishga ega. Bunda kredit uyushmalarining jahon tashkiloti (Wossi) ni mavjudligi ham ahamiyatli. Bu tashkilot 30 yillarda tuzilgan bo`lib unga 96 mamlakatdagi 32 ming dan (112 mln. a`zosi bilan) ortiq kredit uyushmalari kiradi. Uni kredit uyushmalarinin rivojlantirish bo`yicha bir loyihasi O`zbekistonda ham amalga oshirilmoqda.
2003 yilni sentabrida Beshkek shahrida ushbu xalqaro kredit uyushmasi boshchiligida «Markaziy Osiyoda barqaror kredit uyushmalarini to`zish to`g`risida» birinchi xalqaro konferensiya o`tkazildi.
Har yilni 20 oktabrida xalqaro kredit uyushmalari kuni utkaziladi. Bu kun 1948 yildan beri nishonlanadi.
O`zbekistonda 2007 yilni 1 iyuliga kredit uyushmalarining jismoniy va yuridik shaxslardan a`zolar soni 56 000 tani tashkil etadi. Kredit uyushmalariga a`zo bo`lishning ustunligi shundaki, ular ham kredit oluvchilar, ham shu ushmaning hissadorlari hisoblanadi.
O`zbekiston kredit uyushmalarining aktivlari 32,5 mlrd. so`mni, kredit quyilmalari 27,7 mlrd. so`mni, depozit va pay badallari 7,2 mlrd. so`mni tashkil etadi. Kredit uyushmalari tomonidan berilgan kreditlarning salmog`i banklar tomonidan berilgan kreditlarning 6 foizini, mikrokreditlarning 5,6 foizini tashkil etadi.
2005 yilning iyunida O`zbekistonda kredit uyushmalari assotsiatsiyasi to`zildi. 2006 yilda kredit uyushmalari tomonidan berilgan mikrokreditlarning o`rtacha miqdori 1213 dollarni tashkil etadi.
Respublikamizda kredit uyushmalari to`g`risidagi qonunga Oliy Majlis tomonidan 2006 yilning 24 yanvarida ayrim o`zgartirishlar kiritildi.



Yüklə 123,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin