3.O’zbekiston Respublikasi bank tizimi va pul-kredit siyosatining ustuvorliklari
4. Kreditning mohiyati, zururiyati, funksiyalari va uning bozor iqtisodiyotidagi o`rni. 5. Kredit munosabatlari rivojlanishining asosiy bosqichlari. Kredit resurslari va kredit uyushmalari 6. Kreditning asosiy tamoyillari. 7.Xulosa 8.Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish Ma`lumki, jamiyat faoliyatining asosini ishlab chiqarish tashkil etadi. Ishlab chiqarishni o`zluksizligini ta`minlashda esa kreditning o`rni muhim hisoblanadi.
Boshqacha aytganda korxonalarning bozor iqtisodiyoti sharoitida ish yuritishida ishlab chiqarish jarayonining o`zluksizligini ta`minlash, korxonaning asosiy va aylanma fondlarining aylanishini to`xtab kolishiga yo`l qo`ymaslik, korxonalarni moliyaviy resurslari bilan ta`minlash, korxonalar tomonidan tovar mahsulotini sotganda, sotilgan tovar uchun to`lov summmasini olish va boshqa obyektiv va subyektiv sabablar kreditning zarurligiga olib keladi.
Kredit (lotincha – ishonish – verit, doveryatsya) deganda o`z egalari qo`lida vaqtincha bo`sh turgan ayrim qiymat yoki pul mablag`larining boshqalar tomonidan ma`lum muddatga xaq to`lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqadigan munosabatlar tushuniladi.
Kredit qadimdan ma`lum bo`lib, u dastlab savdoda almashuv jarayonida paydo bo`lgan bo`lib, u avval tovarlarni kreditga sotilishi bilan bog`liq. Bunga sabab haridorni tovar sotib olishga hamisha ham naqd puli bo`lmaydi, u tovar sotilsa tushadi, tovar sotuvchi esa uni tushishini kutib turolmaydi (shu davrda tovarning qiymati tushib ketishi, sifati pasayishi mumkin.). Shu va boshqa xolatlar tovarlarni kreditga sotishga olib kelgan. Kredit tovar ishlab chiqarishning va tovar muomilasining ajralmas qismi bo`lib hisoblanadi va uning rivojlanishi bilan bog`liq. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan pul shaklidagi kredit paydo bo`ldi.
Keyinchalik kredit berish mustaqil faoliyatga aylanib, uning asosiy funksiyasi bo`lib pul egalari va unga vaqtincha muxtoj bo`lganlar o`rtasidagi vositachilikdir. Hozir bu faoliyat maxsus malaka va texnikaga ega bo`lgan maxsus ixtisoslashgan muassasalar-banklar tomonidan amalga oshirilmoqda.
Kreditning imkoniyati va zarurligi shu bilan bog`liqki korxonalar mahsulot sotishda, xodimlarga mehnat xaki hisoblanganda, korxona va jismoniy shaxslar o`z pullarini banklarda saklashi va boshqa xollarda vaqtinchalik bo`sh bo`lgan pul mablag`lari bo`lgani xolda boshqa korxona va tashkilotlarda o`z faoliyatlarini o`zluksizligini ta`minlash uchun tegishli pul mablag`iga ehtiyoj sezadi. Bu xolat qishloq xo`jalik korxonalariga ham tegishli bo`lib, bu ishlab chiqarishni mavsumiyligi, mahsulot ishlab chiqarish vaqti bilan uni sotish xajmini ko`pchilik mahsulotlar bo`yicha mos kelmasligi, sotilgan mahsulotlarga pulni o`z vaqtida kelib tushmasligi va boshqa xolatlar ularni kreditdan foydalanishni takozo etadi.