4.Budjet tashkilotlari smetalar hamda shtatlar jadvalini tasdiqlash, ro‘yxatdan o‘tkazish. Tashkilotlarning xarajatlar smetalari, shuningdek markazlashgan xarajatlar smetalari tasdiqlangandan so‘ng choraklar kesimidagi xarajatlarni yillik umumlashmasi budjet tasnifining bo‘limlari, kichik bo‘limlari, boblari va iqtisodiy tasnifi bo‘yicha choraklarga bo‘lingan holda aniqlanadi va tegishli moliya organiga taqdimetiladi.
Shu bilan bir vaqtda setlar, kontingentlar va shtatlar bo‘yicha umumlashtirilgan ko‘rsatkichlar taqdim etiladi.
Umumiy smetalar tasdiqlangandan so‘ng markazlashgan buxgalteriyalar bu smetalar bo‘yicha moliyalashtiriladigan tashkilotlarga quyidagilarni xabar qiladilar:
shtatlar va tashkilot xodimlari ish haqi stavkalari haqidagi ma’lumotlar;
tashkilotlarning xo‘jalik ehtiyojlariga rejalashtirilayotgan yilda ajratiladigan yoqilg‘i miqdori, elektroenergiya va suv bo‘yicha natural ko‘rsatkichlar;
budjet mablag‘lari doirasida sotib olishga mo‘ljallangan inventarlar va asbob-uskunalar ro‘yxati;
kapital va joriy ta’mirlash bo‘yicha asosiy ishlar ro‘yxati;
hokimiyatlarning tegishli moliya boshqarmalari va bo‘limlari tomonidan, yuqori moliya organlari bilan kelishilgan holda belgilangan tashkilotlarga xabar beriladigan ko‘rsatkichlar va shakllari ro‘yxati.
Shtatlar jadvali rejalashtirilayotgan yilning 1 yanvar holatiga har bir tashkilot bo‘yicha alohida holda, ularning tuzilmaviy bo‘linmalari kesimida mazkur tashkilot uchun o‘rnatilgan mehnatga haq to‘lash shartlariga muvofiq ravishda tuziladi.
Shtatlar jadvaliga kiritiladigan lavozimlar nomlari va ma’muriy-boshqaruv, o‘quv-yordamchi va yordamchi (xizmat ko‘rsatuvchi va texnik) xodimlarining soni,
xodimlar va mehnatga haq to‘lash bo‘yicha ularning razryadlari (bazaviy stavkalari) quyidagilarga muvofiq bo‘lishi shart:
belgilangan tartibda tasdiqlangan namunaviy shtatlar jadvalida va mehnatga haq to‘lash bo‘yicha razryadlarda (bazaviy stavkalarda) nazarda tutilgan lavozimlarga;
hodimlarning umumiy birliklari doirasiga va boshqaruv xizmatchilarining xodimlar birliklariga;
tashkilotlar turlari bo‘yicha belgilangan tartibda tasdiqlangan namunaviy shtatlar jadvallariga;
davlat boshqaruv organlarida xodimlar toifalarining me’yoriy nisbatlarini Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining boshqaruv, xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlari lavozimlarining nomenklaturasi bilan muvofiqligiga.
Tarifikatsiya ro‘yxatiga muvofiq mehnatga haq to‘lanishi hisob-kitob qilinadigan lavozimlar shtatlar jadvaliga stavkalar soni, lavozimlarning har bir guruhi bo‘yicha (o‘qituvchilar, tarbiyachilar, vrachlar, o‘rta tibbiy hodimlar va boshqalar), to‘lovlarning turlari bo‘yicha (pedagoglarga daftar tekshirishga, sinf rahbarligiga, maxsus unvon uchun va boshqalar) oylik mehnatga haq to‘lash jamg‘armasini ko‘rsatgan holda va tarifikatsiya ro‘yxatini shtatlar jadvaliga ilova qilgan holda kiritiladi.
Shtatlar jadvalida, shuningdek, yakun bo‘yicha alohida qatorda mehnatga haq to‘lash shartlarida nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi va yil bo‘yicha hisob-kitoblar natijasida ustamalar to‘lashga, qo‘shimchalar va xodimlarni moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar ko‘rsatiladi, masalan:
• mehnatga haq to‘lash jamg‘armasiga nisbatan 15 foiz miqdorda shakllanadigan Budjet tashkilotlari va muassasalarini moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi;
• uzoq yillik mehnati uchun bir martalik rag‘batlantirishni to‘lash, moddiy yordam ko‘rsatish, mukofotlash uchun mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi;
• mehnat ta’tilidagi shaxslarning o‘rnini bosuvchi xodimlarning mehnatiga haq to‘lash uchun mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi;
• umumta’lim muassasalari, o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining direktor jamg‘armasi va boshqalar.
Xulosa Biz O‘zbekiston Respublikasi byudjet tashkilotlarida xarajatlar smetasi hamda shtatlar jadvalini tuzish va uning ijrosi hisobini tashkil etishning muhim tarkibiy qismi hisoblangan byudjet nazoratining nazariy va huquqiy asoslariga, uning zarurligi va mohiyati, turlari va usullariga tayangan holda ushbu mavzuni yoritishga harakat qildik. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng bozor talabalariga javob bera oladigan milliy byudjet tizimi shakllana boshladi. Avvalambor, byudjet tizimining huquqiy asosi bo‘lgan Konstitutsiya qabul qilindi, byudjet siyosatining institutsional asoslari bo‘lgan davlat hokimiyati idoralarining huquqiy maqomi, moliya-byudjet siyosati sohasidagi vakolatlari va vazifalari belgilab berildi. Konstitutsiyada mustahkamlangan mahalliy hokimiyatlarining mustaqilligi, moliya sohasida qat’iy o‘zgartirishlarni va davlat byudjeti ijrosining g‘aznachilik tizimini bosqichma-bosqich joriy etish yo‘nalishlarini tadqiq etishni talab qildi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. “O’zbekiston Respublikasining 2016 yil 13 apreldagi “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonuni, O`RQ-404-sonli.
2. O’zbekiston Respublikasining “Budjet kodeksi” 2013 yil 26 dekabrdagi 360-sonli qonun bilan qabul qilingan.
3. S.U.Mehmonov va D.Yu.Ubaydullaev “Budjet tashkilotlarida buhgalteriya hisobi” Darslik. – T.: “Sano-standart”, 2013.
Internet saytlari: lex.uz
soliq.uz Fayllar.org
Azkurs.org
Arxiv.uz