Reja: Kirish Budjet tashkilotlarida smetalari tarkibi va ularni shakllantirishning xususiyatlari



Yüklə 55,44 Kb.
səhifə1/4
tarix07.01.2024
ölçüsü55,44 Kb.
#201367
  1   2   3   4
buxgalteriya


REJA:
Kirish
1. Budjet tashkilotlarida smetalari tarkibi va ularni shakllantirishning xususiyatlari.
2. Budjet mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetasini tuzish tartibi va ularni ijrosi hisobi.
3. Budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetasini tuzish va ular ijrosi hisobining hususiyatlari.
4. Budjet tashkilotlari smetalar hamda shtatlar jadvalini tasdiqlash, ro‘yxatdan o‘tkazish. 
Xulosa


Kirish
Mavzuning maqsadi va dolzarbligi. O‘zbekistonda qabul qilingan o‘ziga xos islohot va modernizatsiya modelida moliyaviy-iqtisodiy inqirozning kelib chiqishi va salbiy oqibatlari ta’siriga qarshi tamoyillarning mujassam ekanligi. Islohotlarning izchil va bosqichma-bosqich amalga oshirilishi. Davlatning bosh islohotchi sifatida mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi. Mamlakatimizda moliyaviy-iqtisodiy, byudjet, bank-kredit tizimi hamda real sektor korxona va tarmoqlarining barqarorligini ta’minlash uchun etarli zaxiralar yaratilganligini, jumladan, 2000 yil bilan taqqoslaganda, real daromad aholi jon boshiga 8,6 barobar ko‘paydi. Hisob kitoblarga ko‘ra, o‘rtacha ish haqi isto’mol savatchasi bahosidan 4 barobardan ziyod oshdi. Chet el sarmoyasini jalb etish bo‘yicha qulay shart-sharoitlarning yaratilganligi. O‘zbekiston – xalqaro hamjamiyatning va global moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi. 2019 yilda byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqa va stipendiyalar miqdorini o‘rtacha 23 foizdan kam bo‘lmagan darajada oshirish. 2021 yilda va keyingi ikki yilda aholi real daromadlarini kamida biryarim barobar ko‘paytirish vazifasi qo‘yilmoda.
1. Budjet tashkilotlarida smetalari tarkibi va ularni shakllantirishning xususiyatlari. 
Xarajatlar smetasi – tashkilotlar tomonidan joriy moliya yili uchun tuziladigan va tasdiqlanadigan hujjat bo‘lib, unda tashkilotlar uchun xarajatlar moddalari bo‘yicha ko‘zda tutilgan budjetdan ajratilgan mablag‘lar (xarajatlar rejasi) aks ettiriladi. Budjet tashkilotlari tomonidan belgilangan tartibda budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar daromadlari va xarajatlari bo‘yicha smetalari tuziladi va tasdiqlanib ijrosi ta’minlanadi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetlarida hamda mahalliy budjetlarda turuvchi tashkilotlarni moliyalashtirish, ular uchun tasdiqlangan xarajatlar smetalari asosida amalgaoshiriladi. 
Budjet tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-sonli “Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq xarajatlarning quyidagi guruhlari Davlat budjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadi:
I. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar (bolali oilalarga nafaqalar va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam, stipendiyalar va boshqalar);
II. Ish haqiga qo‘shimchalar;
III. Kapital qo‘yilmalar (Davlat investitsiya dasturida nazarda tutilgan aniq ro‘yxatlarga muvofiq);
IV. Boshqa xarajatlar.
Yuqorida keltirilgan xarajat guruhlari asosida budjet tashkilotlari budjet mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetalarini shakllantiradi.
Budjet tashkilotlari tomonidan moliya yili boshida xarajatlar smetasi tasdiqlangunga va ro‘yxatdan o‘tgunga qadar vaqtinchalik xarajatlar smetasini tuzadi.
Vaqtinchalik xarajatlar smetasi tashkilotlarning xarajatlar smetasi tasdiqlangunga va ro‘yxatdan o‘tkazilgunga qadar amal qiluvchi hujjat bo‘lib, unda budjet tashkilotlari uchun ko‘zda tutilgan, qonunchilikka o‘zgartirishlarni hisobga olgan holda, har oyda avvalgi moliya yilining oxirgi choragidagi budjetdan ajratiladigan mablag‘larning uchdan bir qismidan ortiq bo‘lmagan miqdorlardagi budjetdan ajratilgan mablag‘lar (xarajatlar rejasi) aks ettiriladi;
Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari – qonunchilikda nazarda tutilgan budjetdan tashqari manbalar hisobidan tashkilotlar ixtiyoriga kelib tushadigan mablag‘lardir. Budjet tashkilotlarida budjetdan tashqari mablag‘lari tashkil bo‘lish manbaalari quyidagilardan iborat:
- Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;
- Tibbiyot muaasasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;
- Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov kontrakt shakli mablag‘lari;
- To‘lovlarning maxsus turlari bo‘yicha mablag‘lar;
- Boshqa budjetdan tashqari maxsus mablag‘lar.
Yuqorida keltirilgan budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha alohida-alohida daromadlar va xarajatlar smetalari tuziladi.



Yüklə 55,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin