Reja: kirish I bob. 1-sinf matematika darslari


-sinf o’quvchilariga sonni o’rgatish darslari



Yüklə 36,97 Kb.
səhifə4/7
tarix10.12.2022
ölçüsü36,97 Kb.
#73721
1   2   3   4   5   6   7
matematika-tasavvur

1-sinf o’quvchilariga sonni o’rgatish darslari.

Sonni o’rganish tizimi ham son haqidagi materialni leksik va grammatik tomondan sinfdan-sinfga o’tgan sayin boyitib, murakkablashtirib borishni nazarda tutadi. Boshlang’ich ta`limda son uch yo’nalishda o’rganiladi: 1. Sonlarning talaffuzi va ma`nosi ustida ishlash. 2. Sonning grammatik shakllari ustida ishlash. 3. Sonlarning imlosi ustida ishlash. Son boshlang’ich sinflarda quyidagi izchillikda o’rganiladi: – 2-sinfda nechta?, qancha? so’roqlariga javob bo’lib, shaxs va narsaning sanog’ini, nechanchi? so’rog’iga javob bo’lib, shaxs va narsaning tartibini bildirishi; – 3-sinfda “Son – so’z turkumi” tushunchasi kiritiladi. O’quvchilarda son predmetning miqdorini bildirishini otga bog’lanib kelishi yordamida aniqlash ko’nikmasi o’stiriladi. Bularni o’rganishda sonning leksik xususiyatlariga asoslaniladi. Sonning leksik ma`nosi uni ot bilan bog’liq holda o’rganishni taqozo etadi. – 4-sinfda sanoq va tartib sonlar, tartib sonlarning harf, rim va arab raqamlari bilan yozilishi, qo’sh undoshli sonlarning, grammatik shakllangan sonlarning (ikkov, o’ntacha, beshtadan) imlosi, sonlarning gramm, kilogramm, metr, litr, so’m, tiyin so’zlari bilan qo’llanishi va shu so’z bilan bitta so’roqqa javob bo’lishi o’rganiladi. Oldingi sonlarning otga bog’lanishi, so’roqlar yordamida sonni o’zi bog’langan so’z bilan ko’chirish ko’nikmalari o’stiriladi. Shunday qilib, sonning leksik-semantik va grammatik xususiyati uni leksik va grammatik aspektda o’rganishni taqozo etadi. Son grammatika va imlo o’qitishdagi suhbat metodida, yarim izlanishli muammoli metodda, analitik (tahlil), sintetik (tarkib), induktiv metodlarda o’rganiladi. Bu metodlar son yuzasidan beriladigan tushunchalarning mohiyatiga, o’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga bog’liq holda tanlanadi. Agar o’quvchi son haqida ma`lum darajada bilimga ega bo’lsa, yarim izlanishli muammoli metod yoki suhbat metodidan; agar bola son haqida umuman tushunchaga ega bo’lmasa, induktiv va analiz metodlaridan foydalaniladi. “Son” ustida ishlash dastur talabiga ko’ra 1-sinfdan boshlansa ham, uni o’rganish jarayoni, metodik jihatdan 4 bosqichga bo’linadi. “Son” boshlang’ich ta`limda elementar nazariy tushunchalar asosida amaliy o’rganiladi. Lekin 1- bosqichni to’liq ma`noda sonni amaliy o’rganish bosqichi deb nomlaymiz. Chunki bu bosqichda umuman nazariyasiz son ustida ishlanadi va bu 1-sinfning savod o’rgatish va 1-sinfning 2-yarmiga to’g’ri keladi. Bu bosqich soni o’rganuvchi keyingi bosqichlarga zamin tayyorlaydi. Ma`lumki, savod o’rgatish davrida o’quvchilar bilan kundalik ishlar, rasmlar, predmetlar, mavzular yuzasidan og’zaki savol-javoblar o’tkaziladi. Masalan: “Bugun nechanchi sana?, Biz nechanchi asrda yashayapmiz?, Bu yil nechanchi yil?, Darsga nechta o’quvchi kelmadi?, Bir yil necha faslga bo’linadi?, Yilning birinchi fasli qaysi?” yoki mantiqiy mashqlar ishlash bilan bog’liq holda: “Xonadoningizda nechta uy hayvoni bor?, Nechta yovvoyi hayvon nomini bilasiz?” kabi. Mavzular bilan bog’liq holda, “Oila” mavzusida: “Oilangizda nechta kishi yashaydi?, Nechta akangiz (yo ukangiz, yoki opa-singlingiz) bor?, Siz oilada nechanchi farzandsiz?, Nechanchi yilda tug’ilgansiz?, Hozir nechanchi sinfda o’qiyapsiz?” yoki O tovushi va O o harfi bilan tanishtirishda: Osmonda nechta oy bor?, Nechta yulduz bor? (Bolani o’ylashga majbur qiladi), Nechta yulduzning nomini bilasiz?” kabi. 1-sinfning ikkinchi yarmida mashq ishlash paytida “Gapda nechta kim? so’rog’iga javob bo’lgan so’z bor?, Nechta unli bor?, Nechta undosh bor?, Berilgan so’z nechta bo’g’inga bo’linadi?” kabi savollarga javob olinadi. Bu bosqichda aralash berilgan so’zlardan gap tuzdirish, mashq matnidan gaplar sonini, gapda so’zlar sonini, so’zdagi bo’g’in yoki tovush sonini aniqlatish, baozan tahlilni yozma tarzda bajarish (5 ta unli bor, beshta bo’g’in bor) kabi mashq turlari qo’llaniladi. Bunda “Predmet (nomi)ga bog’lanib kelgan so’zga so’roq berib ko’rchi?, U nimani bildiryapti?” kabi savollardan foydalaniladi. 2-bosqich 2-sinfga to’g’ri keladi. Bu bosqichda asosan ikki vazifa bajariladi: 1. Nechta?, qancha? so’roqlariga javob bo’lib, shaxs va narsalarning sanog’ini: nechanchi? so’rog’iga javob bo’lib, shaxs va narsalar tartibini bildirgan so’zlar haqida elementar nazariy tushunchani shakllantirish; 2. Sonlarga so’roq bera olish, ularning nimani bildirishini ayta olish, ulardan foydalanib o’z fikrini aniq ifodalash, mazmunga mos holda sonlarni o’rinli qo’llash (o’nta o’quvchi, o’ntacha o’quvchi kabi) ko’nikmasini o’stirish, lug’atlardan foydalana olish qobiliyatini shakllantirish. Bu bilim va ko’nikmalar mashqlar bajarish bilan mustahkamlab boriladi. Dastlabki mashqlar tayyor materialdan sonni aniqlashga va izohlashga qaratiladi, keyingi mashqlar esa fikrni va izlanishni talab etadi. Mashqlar muayyan izchillikda bir tizimni tashkil etishi lozim: 1. Ajratib ko’rsatilgan so’zlarga nechta?, qancha? so’roqlaridan birini bering, shu so’z nimani bildirayotganini ayting. 2. Ajratib ko’rsatilgan so’zga so’roq bering, nimani bildirishini ayting. 3. Sanoq (yoki tartib) bildirgan so’zlarni nechta?, qancha? (nechanchi?) so’roqlari yordamida aniqlang. 4. Sanoq bildirgan so’zlarni so’roqlar yordamida aniqlang. 5. Nuqtalar o’rniga so’roqlarga mos so’z qo’yib o’qing. 6. Rasm asosida (matnni qayta hikoyalash asosidA.bog’lanishli nutq tuzing. Unda sanoq, tartib bildiruvchi so’zlardan foydalaning. Mashqda qo’llanilgan sonlarning talaffuzi, imlosi va ma`nosi ustida ishlanadi. Ko’rinib turibdiki, mashq shartlari soddadan murakkabga tamoyiliga asoslangan.
3-bosqichda (3-sinf) “Son” tushunchasini shakllantirish hamda o’quvchilar nutqini yangi sonlar bilan boyitib borish, fikrini aniq ifodalash uchun gap va matn mazmuniga mos sonlar tanlash, ularni o’rinli qo’llash ko’nikmasi o’stiriladi. “Son” tushunchasini shakllantirish o’quvchilarning shaxs va narsalarning sanog’ini, tartibini bildirgan so’zlar kategoriyalarini o’zlashtirish sifatiga bog’liq. O’quvchilar bilimini yetarli darajaga keltirish maqsadida sonlar ishtirok etgan gaplar asosida kuzatish, aniqlash, guruhlash va umumlashtirish faoliyati ishga solinadi. Masalan: “Maorifat xonasiga o’quvchilar keldilar. Ikkita o’quvchi 2-sinfda o’qiydi. 4 ta o’quvchi 3-sinfda o’qiydi”. O’quvchilar o’qituvchining topshirig’i asosida ikkita (nechta?), to’rtta (nechta?) so’zlari sanoq, ikkinchi, uchinchi (nechanchi?) so’zlari tartib. bildirayotganini aniqlaydilar va ularni guruhlaydilar (sanoq bildiruvchi so’zlar, tartib bildiruvchi so’zlar). SHuning ichida umumlashtirish ham amalga oshiriladi. Sonning leksik ma`nolari bilan uning grammatik xususiyatlari ham qayd etiladi: narsa, shaxs bildirgan so’zlarga bog’lanib keladi, tartib bildirgan so’z -nchi, -inchi qo’shimchasini oladi va hokazo. “Son – so’z turkumi” sifatida unga xos bo’lgan quyidagi xususiyatlar ajratiladi: A.shaxs; b) narsalarning sanog’ini, tartibini bildiradi va nechta?, qancha? so’roqlariga javob bo’ladi; v) gapda otga bog’lanib keladi; g) gapda ikkinchi darajali bo’lak vazifasida keladi. Bu bosqichda og’zaki va yozma shakldagi ijodiy yozma ishlar (tabiat, yil fasllari, qushlar, hayvonlar, o’simliklar haqida kichik hikoya tuzish) o’tkaziladi, o’quvchilarning sonlardan o’rinli va savodli foydalanishlariga diqqat qaratiladi. Son bilan shakldosh so’zlar o’quvchilarga aniqlatiladi, ma`nosi izohlatiladi: uch-uch, yuzyuz, qirq-qirq kabi.


Yüklə 36,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin