f03a0def4cb07b8cb49461b69a2b1b55 BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI CHIROYLI YOZISHGA O’RGATISHDA HUSNIXAT DARSLARINING AHAMIYATI
2.2. Savod o’rgatish davrida grammatik o’yinlar orqali so’zlarni yozishga o’rgatish Savod o`rgatish juda muhim mas`uliyatli va ayni vaqtda o`quvchining esida bir umr saqlanib qoladigan sharafli davr hisoblanadi.Keyingi sinflarda beriladigan bilimlar o`quvchi tomonidan muvaffaqiyatli o`zlashtirilib olinishi ham bevosita yozma va og`zaki nutqiy ko`nikmalarning qay darajada rivojlanganligiga bog`liq. Shuning uchun ham yoshlarni o`qitish va ularni hayotga tayorlashda savod o`rgatish mashg`ulotlariga alohida e`tibor beriladi. Har bir tovush –harfning talaffuz qilinishi va yozilishini mukammal o`zlashtirib olishlari uchun hilma- hil mashg`ulotlarni dars jarayoniga singdirish o`quvchida mustaqil fikrlash va ijodiy ishlash ko`nikmasini shakllantirishga bog`liq. Savod o`rgatish davrida qo`llaniladigan grammatik o`yinlar o`quvchi imkoniyatlarini to`la ishga solish, har bir tovush va harfning eng nozik tomonlariga alohida diqqat bilan qarashga undaydi. Bu davrda qo`llaniladigan grammatik o`yinlar ham hilma-hil bo`lib , o`quvchiga bilim berish, uni toliqishdan saqlash , o`zi bajargan ishdan zavqlanish imkoniyatini yaratadi . 1-sinf bolalariga bilim berish o`yin asosiga qurilsa samarali natijalarga erishish mumkin . Bu yoshdagi bolalarni toliqtirmaslik , o`qish va yozuv darslarini qiziqarli tashkil etish , sidirg`ali o`qish, husnixat malakalarini shakllatirish va mustahkamlash uchun yozuv mashg`ulotlarini to`g`ri tashkil qilsh ,o`yin shaklida uyushtirish zarur . O`quvchilar bilan grammatik o`yinlar uyushtirilar ekan , ularga barcha o`quvchilarni to`g`ri va chiroyli yozuvda xato va kamchiliklarga yo`l qo`yadigan o`quvchilarni ko`proq jalb qilish kerak . Savod o`rgatish davrida qo`llaniladigan grammatik o`yin turini tanlashda sinf o`quvchilarning hususiyatlari, qiziqish va imkoniyatlarini hisobga olish lozim. Respublikamiz maktablarida mehnat qilayotgan ilg`or boshlang`ich sinf o`qituvchilari birinchi sinf o`quvchilarini savodga o`rgatish jarayonida foydalanish uchun ko`plab didaktik o`yinlarni ijod qildilar. Ulardan dars jarayonida foydalanib yaxshi natijalarga erishmoqdalar.4 Boshlang`ich sinf o`quvchilari fonetikadan bir qator bilimlarni egallaydilar. Unli, undosh tovushlarni talaffuz qilish va taqqoslash asosida farqlaydilar. Undosh tovushlarning jarangli va jarangsiz talaffuz etilishi, jufti bor va jufti yo`q jarangli va jarangsiz undosh tovushlar haqida amaliy bilim oladilar. Bu borada boshlang`ich sinflarda qo`llaniladigan tekshirish metodi tovushlarning jarangli yoki jarangsiz ekanligini anglab olish imkonini beradi. Bu o`z navbatida to`g`ri yozishda qo`l keladi. Shuningdek bu sinflarda bo`g`in va uning turlari, urg`uli va urg`usiz bo`g`inlar, tovushlarning bir-biriga ta`siri haqida amaliy bilim oladi. Bularning barchasini o`zlashtirib olish bir qator murakkabliklar tug`diradi. Shu tufayli boshlang`ich sinflarda fonetikaga oid didaktik o`yinlardan foydalanish qo`l
keladi.
“ So`z tuzish “ o`yini .
O`yin savod o`rgatish davrida o`tkaziladi . Bu o`yinlarni bajarish o`quvchilarga tovushning so`z hosil qilishidagi ahamiyatini to`laroq tushunib olish imkonini beradi. O`quvchilar ushbu o`yinda ishtirok etar ekan, so`zlarning turli- tuman usullar bilan hosil bo`lishi katta qiziqish uyg`otadi. O`zlari hosil qilgan yangi so`zlardan bevosita zavq olishga muvaffaq bo`ladi. So`z tuzish o`yini savod o`rgatishning tarkib –tahrir (analitik –sintetik) tovush metodi asosida bajariladi. Ushbu metodning ikkinchi qismi tuzish ,qurish ,birlashtirish singari ma`nolarni bildiradi. So`z tuzish o`yini ham aynan so`zga hilma-hil tovushlarni, bo`g`inlarni
qo`shish orqali hosil bo`ladi. Bu o`yinni bajarishda so`zga turli hil usullar
bilan tovush qo`shib yangi so`z hosil qiladi.
So`zning boshiga bir tovush qo`shib yangi s o`z hosil qilsh o`yini .
Bu o`yinning talabiga asosan o`quvchi ma`lum bir olingan so`zning boshidan bir tovush qo`shib yangi so`z hosil qiladi. Ba`zi undosh bilan boshlangan so`zdan avval unli tovushni qo`shish yoki unli bilan boshlangan so`zdan oldin undosh tovush qo`shish orqali yangi so`z hosil qilinadi.