f03a0def4cb07b8cb49461b69a2b1b55 BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI CHIROYLI YOZISHGA O’RGATISHDA HUSNIXAT DARSLARINING AHAMIYATI
2.3. Maxsus metodlar asosida imloviy bilimlarni tekshirish usullari Boshlang`ich sinflarda ona tili darslarini tashkil etish jarayonida maxsus ishlab chiqilgan metod va usullardan foydalanish juda yaxshi samara beradi. Maxsus metodlar deganda didaktik o`yinlar, innovasion texnologiyalar, modulli o`qitish texnologiyasi va boshqalar misol bo`ladi.
Boshlang‘ich ta’limda motivlar hosil qilishda didaktik o'yinlarning o‘mi beqiyosdir.
0‘yinsiz tom ma’nodagi aqliy rivojlanish bo‘lishi mumkin emas. О‘yin o‘quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni uyg‘otadigan uchqundir.
0‘yin - boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ma’lura sifatlami shakllantirish uchun kattalar- o‘qituvchilar, tarbiyachilar, ota-onalar tomonidan qo‘llaniladigan usul. 0‘yin vositasida o‘quvchilarning bilim o‘zlashtirish jarayoni qulaylashadi, turli xil predmetlar bilan munosabatda bo‘lishga o‘rganadi, shuningdek, ularda muomala ma- daniyati shakllanadi.
0‘yin vositasida bolaning shaxsi shakllanadi, unda kelgusida o‘quv va mehnat faoliyatini tashkil etish va insonlar bilan munosa- batga kirishishga oid ruhiy xususiyatlar shakllanadi.
0‘yin orqali bolalar borliqni o‘rganadi va dunyoni o‘zgartirishga harakat qiladi. Shunday qilib, o‘yin inson faoliyatining shakllanishi- ga asos soladi. 0‘yinda inson borliqni aks ettirish qobiliyatini namo- yon qiladi. 0‘yinnning eng muhim ahamiyati shundaki, unda ilk bor bolaning dunyoga ta’sir etish ehtiyoji paydo bo‘ladi va shakllanadi.
Maktab yillarida o‘yin shakllari yanada kengroq rivojlanadi. 0‘quvchilaming o‘yin faoliyati juda ko‘p soha olimlarini, ya’ni, fa- ylasuflar, sotsiologlar, biologlar, san’atshunoslar, etnograflar, ayniq- sa, pedagoglar va psixologlarni qiziqtiradi.
Psixologiyada bola psixikasining rivojlanishida o‘yining hal qiluvchi ahamiyatga ega deb qaraladi. Faqat o‘yindagina bolada shaxsning hamma tomonlari birlikda va o‘zaro ta’sirda shakllanadi. 0‘yingina bola psixikasida rivojlanishning yuqoriroq stadiyasiga o‘tish uchun muhim zamin yaratadi.
Didaktik o‘yin o‘rganilayotgan voqea va hodisalaming immita- tsion modeli yaratilishi sohasidagi faol faoliyatdir. 0‘yinning bosh- qa faoliyat turlaridan muhim farqi shundaki, uning predmeti inson faoliyatidir. Didaktik o‘yinda faoliyatning asosiy turi hamkorlikdagi o‘quv faoliyatidir.
Didaktik o‘yinda o‘quvchilaming o‘zlashtirishini hisobga olgan ta’limiy vazifalaming bo‘lishi muhimdir. Rahbarlik qiluvchi kattalar didaktik o‘yinlaming u yoki bu shaklini yaratar ekan, uning bolalar uchun qiziqarli va ular diqqatini to‘playdigan turlariga e’tibor qara- tishlari lozim.
Didaktik o‘yinlaming boshqa faoliyat turlaridan farqlanadigan muhim belgilari uning tarkibi qat’iyligidir. Didaktik o‘yinlaming tar- kibiy komponentlari quyidagilar: o‘yin mantiqi, o‘yinning harakati, o‘yin qoidasi.
0‘yin mantiqi asosan uning sarlavhasida aks etadi. 0‘yin harakati jarayonida o‘quvchilaming bilish faolligini oshirishga, o‘quvchilaming o‘z qobiliyatini namoyon qilishiga, о‘yin maqsadiga erishish uchun o‘z bilimi, ko‘nikma va malakalarini qo‘llashga im- koniyat yaratiladi.
0‘yin qoidasi o‘yin jarayonini to‘g‘ri tashkil etishga yordam beradi. U o‘quvchilar xulqini, ulaming o‘zaro munosabatlarini tar- tibga soladi. Didaktik o‘yinlarda ma’lum bir natijaga erishiladi, uning finali uning tugaganligini bildiradi. 0‘yinda ma’lum bir didaktik maqsad qo‘yiladi va bu maqsadga erishilishi o‘quvchilarda ma’naviy va aqliy qoniqish hissini shakllantiradi. Didaktik o‘yinlar hammavaqt o‘qituvchi uchun o‘quvchilaming bilim o‘zlashtirishi yoki o‘zlashtirilgan bilimlami amaliyotga qo‘llash ko‘rsatkichi hi- soblanadi.
Didaktik o‘yinlaming hamma tarkibiy komponetlari o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ulardan birortasining bo‘lmasligi mumkin emas.
Xalq pedagogikasida shakllanib kelgan bolalami o‘qitish va tarbiyalashda didaktik o‘yinlardan keng foydalanish an’analari o‘qituvchilaming amaliy tajribalari va olimlaming ishlarida rivojlan- tirildi.
Chex pedagogi Ya. A. Komenskiy o‘yinni bola faoliyatining asosiy shakli ekanligini ta’kidlab, aynan o‘yin bolaning tabiati va qiziqishlariga mos kelishini aytgan edi. Olim o‘yin bolaning aqliy qobiliyatlarini har tomonlama o‘stirishi, uning atrof-tevarak haqi- dagi tasavvurlarini kengaytirishi, nutqini o‘stirishini ta’kidlaydi. Shuningdek, tengdoshlari bilan birgalikdagi о‘yin uni tengdoshariga yaqinlashtiradi.
Bolalar tarbiyasida didaktik o‘yinlardan ikki yo‘nalshda: barka- mol insonni shakllantirish va tor didiktik maqsadlarda foydalaniladi. 0‘yin o‘quvchi faoliyatining asosiy shaklidir. 0‘yin - muhim aqliy faoliyat turlaridan biri bo‘lib, unda o‘quvchi qobiliyatining hamma turlari rivojlanadi, uning atrof-olam haqidagi tasawurlari kengayadi, nutq boyligi oshadi. Didaktik o‘yinlar o‘quvchining turli-tuman qo- biliyatlari, idroki, nutqi va diqqatining rivojlanishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi.
Hozirgi davrda pedagoglar tomonidan tayyor mazmun va qoi- dalarga ega bo‘lgan o‘yinlar yaratilmoqda. Bola shaxsida ma’lum sifatlami shakllantirishga xizmat qiladigan o‘yinlarda aniq qoidalar berilgan boiadi. Tayyor qoida va mazmunga ega bo‘lgan o‘yinlarga quyidagi xususiyatlar xos bo‘ladi: o‘yin g‘oyasi va vazifasi o‘yin ta’sirida amalga oshiriladi. 0‘yin g‘oyasi (yoki vazifasi) va o‘yin ta’siri o‘yin mazmunini tashkil etadi; o‘yin ta’siri va o'ynayotganlar munosabatlari o‘yin qoidasi asosida boshqariladi. Qoidalar va tayyor o‘yin mazmuni o‘quvchilaami o‘yinni mustaqil tashkil etishlariga yordam beradi.
Didaktik o‘yinlami uch turga ajratish mumkin: og‘zaki, so‘zlar yordamida o‘ynaladigan o‘yinlar, o‘yin mashg‘ulotlari, mashq (hara- katli) o‘yinlar.
Didaktik o‘yinlar uchun o‘yin g‘oyasi va o‘yin vazifalari muhim ahamiyatga ega. Didaktik o‘yinning eng muhim elementi uning qoidasi hisoblanadi. Qoidani bajarish jarayonida o‘yin mazmuni amalga oshadi. Qoidaning mavjudligi o‘yin ta’sirini amalga oshirish va о‘yin vazifasini qo‘llashga yordam beradi. Qoidani bajarish jarayonida о‘yin mazmunini amalga oshirish dunyoqarashi shakllanib boradi.
Didaktik o‘yinda o‘quvchi qoidalarga rioya qilishga o‘rganadi. Chunki qoidalarga rioya qilish o‘yin muvaffaqiyatini ta’minlaydi.
«0‘zim tekshiraman»
Bunday o‘yinlar o‘tkazishda o‘qituvchi kichik hajmdagi dik- tantlami tanlaydi. Bunday o‘yinlami har bir boshlang‘ich sinf- da darsning awalida o‘tkazish mumkin. 0‘qituvchi o‘quvchilarga kichik hajmdagi diktant yozdiradi. Barcha o‘quvchilar yozib bo‘lishgach o‘qituvchi xattaxtaga diktantni yozib ko‘rsatadi. Diktant xattaxtaga oldin yozilib, usti yopib qo‘yilgan bo‘Isa, o‘qituvchi par- dani ochadi. 0‘quvchilar esa o‘qituvchi yozganiga qarab o‘zlarining diktantlarini tekshiradilar. Bunday diktantlami hatto alifbe darsida ham qo‘llash mumkin bo‘lib, o‘qituvchi avvaliga faqat harflardan, so‘ngra (undosh harflar bilan tanishtirilgach) bo‘g‘inlardan iborat diktant yozdirsa bo‘ladi.
- variant: O.o. Li. U. u. A. a. 0‘.o‘.
- variant: - Lo. - no. - to. - mi. - in.
- variant: Bola, lola, ona, zar, par.
- variant: Bugun havo issiq.
«Hikoya»
0‘qituvchi xattaxtaga bir nechta so‘z yozib qo‘yadi. 0‘quvchilar mustaqil ravishda shu so‘zlar ishtirokida hikoya tuzadilar.
0‘quvchilar hikoya tuzar ekanlar, ulaming lug‘at boyligi ortishi bilan birgalikda, gaplami to‘g‘ri tuzish, tovushlami to‘g‘ri talaffuz qilish va mustaqil fikrlash malakasi shakllanadi.
0‘quvchilami vaqti-vaqti bilan rag‘batlantirish o‘quvchilaming o‘ziga bo‘lgan ishonchini orttiradi. Bu o‘yindan ona tili darslari- da yoki darsdan tashqari mashg‘ulotlarda, to‘garaklarda foydalanish mumkin.
- variant: Nafisa, soat, yomg‘ir, kitob.
- variant: Olma, kasal, o‘rtoq, Abduvali.