Reja: kirish I bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini chiroyli yozishga o’rgatishda husnixat darslarining ahamiyati



Yüklə 154,29 Kb.
səhifə16/22
tarix13.01.2023
ölçüsü154,29 Kb.
#79163
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
f03a0def4cb07b8cb49461b69a2b1b55 BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI CHIROYLI YOZISHGA O’RGATISHDA HUSNIXAT DARSLARINING AHAMIYATI

Gulnor - Norgul , Urchuq - Chuqur.
O`quvchilar bilim darajasiga qarab quyidagi so`zlarni topishi mumkin.
Alisher –Sherali , Gulchehra - Chehragul .
Xoldona –Donaxol Mehrnoz - Nozmehr .
To`raboy –Boyto`ra Guldasta – Dastagul .
Oyshahar – Shaharoy kabi. Toshto`xta- to`xtatosh.
Oybahor- Bahoroy.
Joylarni almashtirish o`yini.
Bu o`yinni alifbegacha bo`lgan davrda va undan keyin ham o`tqazish mumkin. O`quvchilarning sinchkovligini , e’tiborini oshiradi. Bolalarni harflar va tovushlar ustida o`tkaziladigan o`yinlarga tayyorlaydi. O`yinga 10- 15 o`quvchi qatnashadi. Barcha o`quvchilar bir qator bo`lib turishadi. Oralaridan biri boshlovchi bo`ladi. Boshlovchi barcha o`quvchilarni 30 soniya davomida kuzatib orqaga o`giriladi. Shu davrda bolalardan ikkitasi o`z joylarini almashtirishadi.boshlovchi o`quvchi o`quvchilarga yuzlanib kimlar joyini almashganliklarini aytadi. Agar to`g`ri aniqlasa joylarini almashgan o`quvchilardan biri boshlovchi bo`ladi. Yangilishib aniqlay olmasa , yana o`zi boshlovchi bo`lib qolaveradi. 5
PAR ETDI O `YINI
Bu o`yinni quvnoq daqiqada o`tkazish mo`ljallangan. «Par etdi» o`yini o`qituvchi boshchiligida o`tkaziladi. O`qituvchi qush va boshqa uchadigan narsalarning nomini aytadi, bolalar «par etdi, par etdi» deb qo`llarini baland ko`tarib pastga tushiradilar. O`yin o`rindan turgan holatda o`ynaladi. Qushdan boshqa narsa nomi aytilganda bolalar cho`kkallab o`tirib turadilar va ketdi, ketdi deb aytadilar. Bu o`yin bolalarni zukkolikka, topqirlikka, hozirjavoblikka o`rgatadi. ‘R’ tovushi talaffuzida qiynaladigan bolalar uchun ham juda foydali. Qushlar turini bilib olishlarida, lug`at boyliklarining o`sishida katta ahamiyatga ega. O`yin alifbegacha bo`lgan davrda o`tkazilib o`quvchilarni kerakli so`zlarni matndan ajratib olishga o`rgatadi va kelgusidagi grammatik o`yinlarga tayyorlaydi.
KIM SO`Z TOPADI O`YINI.
Bu o`yin qatorlararo musobaqa tarzida o`tkazilishi ham mumkin. G`olib qator rag`batlantiriladi.Sinf bolalari to`rt guruhga bo`linadi. Har biriga alohida topshiriq beriladi.

1-guruh

2-guruh

3-guruh

4-guruh

Osh

bosh

Obbo

Bino

Ol

tosh

Bobo

havo

Ot

shoh

Dono

navo

Og`a

bos

Momo

sado

Opa

son







Yuqoridagi o`yinda har bir guruh “O” tovushi turli o`rinlarda kelgan bir va ikki bo`g`inli so`zlar topishadi. 1- guruh so`z boshida, 2-guruh so`z o`rtasida, 3-guruh so`zning ikkala bo`g`inida, 4-guruh esa so`z ohirida kelgan misollarni topishadi. Ushbu o`yinni berilgan “ N n” harfi ishtirokida ham o`tkazish mumkin. Sinf o`quvchilari uch guruhga bo`linadi. Berilgan” N,n” harfi ishtirokida o`qituvchi har bir guruhga alohida topshiriq beradi.


1-qator 2-qator 3-qator
N harfi so`z boshida N harfi so`z o`rtasida N harfi so`z ohirida
kelgan so`zlar topadi. kelgan so`zlar topadi. kelgan so`zlar topadi.
non xona osmon
nega sana Oson
narvon ona elkan
norin angishvona xotin
nay otxona otin
noma chana tutun
nina yana butun
Bu o`yin “Alifbe”dagi barcha tovushlarni o`rganish davomida o`tkaziladi. U o`quvchilarning topqirligi, zukkoligi va hozirjavobligini o`stiradi. Lekin o`quvchilar bu so`zlarni yozolmaydilar. Alifbening dastlabki davrlaridan kiritlsa, bolalar keyingi darslarda faol bo`lib qolishadi. O`quvchilar yozish va o`qishni bilib olganlaridan keyin uni xattaxtaga va daftarlariga yozdirish mumkin.

“TOPA OLASIZMI?” o`yini.


O`qituvchi o`rganilgan va o`rganilmagan harf va bo`g`inlar ishtirok etgan bir necha so`zni kattalashtirib yozilgan nusxalarini sinf xattaxtasiga ilib qo`yadi. O`quvchilar so`zlar tarkibidan o`rganilgan harf va bo`ginlarni topib xattaxtaga yozadilar. Bu o`yinni alifbe davrining birinchi -ikkinchi bosqichlarida o`tkazish yaxshi natija beradi. Chunki shu vaqtda o`quvchilar tovush va harflar bilan yaqindan tanishib boradi. Ular o`qish va yozish ko`nikmalarini egallay boshlaydi.
“O`QIY OLASIZMI ” o’yini.
O`qituvchi xattaxtaga karton qog`ozga yozilgan ola, oila , Noila so`zlarini osib qo`yadi. 5-6 o`quvchiga so`z o`qitilgach , so`zlar bo`g`inlarga bo`linib L harfining o`rni ko`rsatiladi. So`zlarni bo`g`inlab o`qishda har bir bo`g`in bitta qarsak bilan ko`rsatiladi.
o-la o-i-la No-i-la

o

l

a



o

i

l

a



N

O

i

l

a

Bu o`yinni yana bir qator tovushlarni o`rgatish jarayoniga tadbiq qilsa bo`ladi. O` harfini o`rganganda Mo`min , o`roq , o`tkir, ro`mol, o`rdak, to`ti, to`lqin, so`zlarini o`rgatish barobarida ‘ o`qiy olasizmi ’ o`yinini o`tkazish mumkin.



Yüklə 154,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin