Reja: kirish I bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini chiroyli yozishga o’rgatishda husnixat darslarining ahamiyati



Yüklə 315,5 Kb.
səhifə13/24
tarix03.01.2023
ölçüsü315,5 Kb.
#78333
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
f03a0def4cb07b8cb49461b69a2b1b55 BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI CHIROYLI YOZISHGA O’RGATISHDA HUSNIXAT DARSLARINING AHAMIYATI

I.Harfiy diktant. Bu diktant yozilishi o’rganilgan harflar yuzasidan o’tkaziladi. Dastlabki soatlarda bo’sh qatorlarga 1- 2 yoki 3-4 ta harf yozdirish bilan cheklanadi, keyinchalik esa qator to`ldirib yoziladi. Bunda harf shaklini to’gri yozishlariga, chiziqlar orasiga to’g’ri joylashtirishlariga , oralariga teng masofa (bir katak) qoldirishlariga diqqat qaratiladi:
Oo Oo Oo Oo Aa Aa
Kk Kk Uu Uu Nn Nn
II. Bo’g’in diktant. Bunda alifbe darslarida o’qib o’rganilgan, yozuv darslariga yozilishi mashq qilingan bog’inlar tanlanadi, ular tovush harf jihatdan tahlil qilinadi. Oldingi va keyingi tovushlar, ularni ifodalovchi harflar, ularning ulanishi og’zaki tushuntiriladi. So’ng yozishga ruxsat beriladi.
Bog’in diktant darsdan darsga murakkablashtirilib boriladi. Masalan, 1- bo’g’in diktant unli + undosh, undosh + unli tuzilishida bo’lsa, keyinchalik undosh + unli + undosh tuzilishida murakkablashtirilib boriladi. O’qituvchi har darsda yozdiradigan bo’g’inlarni qat`iy belgilab olishi zarur.
Lo la lu le li lo’ lin
To tu to’ te ti ta tut til
III. So’z diktant. So’z diktant ham alibbe darslarida o`qilishi o’rganilgan va yozuv darslarif\ga yozilishi mashq qilinganso’zlar asosida o’tkaziladi. Bunda to’g’ri yozuvni ta`minlash uchunbo’g’in tovush, tovush harf - harf tahlili uyushtiriladi. Dastlab 1-2 tovushli ochiq 2 bog’inli so’zlar tanlanadi.
So’z diktantda so’z tarkibining to’g’ri shaklini o’rgatib borishdan tashqari, atoqli otlarni bosh harf bilan boshlashni, qolgan so’zlarni kichik harflar bilan yozish, so’zlar orasiga vergul qo’yish kabilar o’rgatib boriladi.
Nodir, Po’ljan, paxta, soat.
Vatan salom, tutun, tilla
IV Gap diktant. Bu diktantda oldingi darsda yozilishi o’rganilgan material sifatida aynan olinmaydi. Undagi so’zlar aynan saqlangani holda bir oz o’zgartiriladi. Dastlab ikki so’zli, so’ng 3-4 so’zli darak gap tanlanadi. Bu miqdor sinf o’quvchilarining iqtidoriga bog’liq holda o’zgartiriladi:
Oltin olma, duo ol.
Bulbul chamanni sevar odam - Vatanni
Yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda.

Yüklə 315,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin