Reja: kirish I bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini chiroyli yozishga o’rgatishda husnixat darslarining ahamiyati



Yüklə 315,5 Kb.
səhifə15/24
tarix03.01.2023
ölçüsü315,5 Kb.
#78333
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
f03a0def4cb07b8cb49461b69a2b1b55 BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI CHIROYLI YOZISHGA O’RGATISHDA HUSNIXAT DARSLARINING AHAMIYATI

Son - o +son o`lka- yo`lka
ola - lola ota -bota - nota
ayiq- qayiq or– bor - tor
o`roq – so`roq osh - qosh– mosh .
U shbu o`yinda ayrim so`zlarga tovush qo`shish orqali bitta so`z hosil qilish mumkin bo`lsa (son- oson ) , ba`zi so`zlardan bir qator so`zlar tuzish mumkin. O`yinni butun sinf bilan ham, o`quvchilar guruhlari tuzib musobaqa tarzida ham o`tqazish mumkin.
“So`zning oxiriga harf qo`shib yangi so`z hosil qilish “o`yini .
O`yinni o`tkazish tartibi so`z tuzish o`yinlari bilan deyarli bir hil. Bunday so`zlarni hosil qilishda ba`zan bir harf bilan ifodalangan so`z yasovchi qo`shimchalar ham ishtirok etadi. Savod o`rgatish davrida ushbu o`yin o`tkazilsa ,so`z yasovchi qo`shimchalar haqida malumot berish talab qilnmaydi. O`quvchilar bu davrda so`zning tarkibi va so`z yasash haqida bilimga ega emaslar. Chunki boshlang`ich sinf o`quvchilari ona tilini ko`proq amaliy o`rganishadi. Ana shu davrda hosil qilingan ko`nikmalar keyingi sinflarda so`z tarkibini o`rganishgandan keyin yasovchi qo`shimchalar sifatida o`rganiladi. O`yinni boshlashdan oldin o`qituvchi bir, ikki misol orqali o`yinning tartibini tushuntiradi.
Aziz –Aziza tog`- tog`a sayla – saylov
Nur - nura, yelka - yelkan xol-xola
olti -oltin varaq – varaqa ot- ota
tol- tola ko`z –ko`za ola -olam
Sinf o`quvchilari ikki guruhga bo`linib xattaxta ham shuncha qisimga ajratiladi. Har bir guruh topgan so`zini xattaxtaning o`ziga tegishli qismiga yozib boradi. Ko`p so`z topgan guruh g`olib hisoblanadi. O`yinni butun sinf o`quvchilari bilan ham o`tkazish mumkin. Ma`lum vaqtdan keyin o`yin yakunlanadi.
Eng ko`p so`z topgan o`quvchi g`olib hisoblanadi va rag`batlantiriladi.
So`zning o`rtasiga harf qo`shib yangi so`z hosil qilish o`yini.
So`z tuzish o`yinining bir turi so`zning o`rtasiga bir harf qo`shib yangi so`z hosil qilish hisoblanadi. O`yin ko`pincha ikki bo`g`inli so`zlar bilan o`tkaziladi. Ikki bo`g`inli so`zning o`rtasiga undosh tovush qo`shish orqali yangi so`z hosil qilinadi.Ushbu o`yin o`quvchilarning ziyrakligini oshiradi. O`zbek tili leksikasidagi so`zlarning ma`no jihatidan farqini anglab oladi. O`quvchining so`z boyligi oshadi. O`yin shartini bajarish uchun ixtiyoriy diqqati to`la ishga tushadi. O`yinni boshlashdan oldin o`qituvchi bir, ikki so`zni xattaxtaga yozib tushuntirib beradi.
sara - sayra , zira - ziyrak
O`yin davomida o`quvchilar quyidagi so`zlarni topishlari mumkin.
Tana–
ko`mak –ko`lmak qatiq- qattiq
qara- qayra mashoq- mashshoq
ula - ushla pila - pilla
tola -toshla sila - siyla
baroq – bayroq . ola - olma
nola –Noila xola - xolva
bota- bolta tana -tashna
tila –tilla tara -tarqa
biron - biyron amal - Akmal
tala– tanla ona - oyna .
Ushbu o`yinni boshlang`ich sinflarning yuqori sinflarida hamda 5-7 sinflarda o`tqazsa bo`ladi. Yuqori sinflarda qo`shimcha topshiriq berish orqali o`yin murakkablashtiriladi.
“Bir tovushi mendan qolgani sengan “ o`yini

Bu o`yin ham so`zning boshiga tovush qo`shib yangi so`z hosil qilish o`yiniga o`xshaydi. U bolalarning faolligini oshiradi, zehnini o`tkirlaydi. Uni barcha o`quvchilar ishtirokida o`tkazsa ham, parta qatorlari orasida o`tkazsa bo`ladi. Har bir bo`g`inga qancha so`z topishi kerakligini o`qituvchi belgilaydi.


Sh.Yoqubov., D.Yoqubova.Grammatik o`yinlar.Termiz 2009 yil. 45-bet.


O`yin ohirida faol qatnashgan o`quvchilar va g`olib guruh rag`batlantiriladi.


S
B
Q
M osh
Sh
D

H
N
B
D or
Z
X
T

Bo`g`inlarning o`rnini almashtirib yangi so`z tuzish o`yini.


Ushbu o`yin o`quvchilarning qiziqishlarini oshiradi. Bolalar o`yinni juda berilib bajarishadi. O`quvchilar bo`g`inlarini almashtirib yangi so`z hosil qilish o`yini orqali so`zning leksik –semantik ma`nosi ustida kuzatish olib boradi.
O`yin ko`proq ikki va undan ortiq bo`g`inli so`zlardagi bo`g`inlarning o`rnini almashtirish orqali olib boriladi. Bunday so`zlar ko`proq qo`shma otlar mavzusi bilan bog`liq bo`ladi. Ba`zan qo`shma ot tarkibidagi har bir bo`g`in bir so`zga ma`no jihatidan teng bo`lib , ularning o`rnini almashtirib qo`llash o`zbek tilidagi yangi qo`shma otlarni hosil qiladi. Bu o`yindan boshlang`ich sinflarning savod o`rgatish davridan boshlab, o`rta maktablarning yuqori sinflarida ham foydalanish mumkin. O’yinni boshlashdan oldin o’qituvchi quyidagi namunani xattaxtaga yozib tushuntiradi.

Yüklə 315,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin