«Galereyani aylanish» metodi Kichik guruhlaming hamma a’zolariga bitta muammo taklif etiladi. Har bir guruh 10 minut davomida o‘z fikrlarini yozadi-da, javoblar zikr etilgan varaqiami ikkinchi guruh bilan almashtiradi. Keyingi guruh oldingi guruhning javoblarini baholashi va javob tugal bo‘lmasa, o‘z variantini taklif etishi kerak.
«Munozara» metodi Munozara - bu ikki yoki bundan ko‘proq kishilaming keskin chegaralangan qoidalar doirasida og‘zaki ravishda o‘zaro olib bo- radigan bahsi, munozarasi, masala talashuvidir. Uning asosida kam- dan-kam hollarda yashirin mo‘ljal pinhon yotadi, bu o‘rinda faqat nazariy qiziqish va oqillik bilan keltirilgan dalil yordamida oppo- nentdan ustun kelish ishtiyoqi bo‘ladi. Munozara nazariy a yoki g‘oyalami targ'ib qilish maqsadida emas, balki mamnun bo‘lish va qatnashchilarga bilim berish maqsadida olib boriladi. Munozara mavzui hamisha taklif ko‘rinishida maydonga qo‘yilishi kerak, gap namalar to‘g‘risida ketayotgani juda ham aniq-ravshan bo‘lishi uchun esa jumlalami sinchiklab tuzib olish lozim. Munozarada, hech bo‘lmaganda, ikki nafar so‘zlovchi va rais qatnashadi. Qatnashchi- laming biri taklifni qo‘llab-quwatlab chiqsa (munozarani ochuvchi kishi), ikkinchisi - bu taklifga qarshi boiib chiqadi - opponent bo‘ladi. Munozaralarda boshqalar ham biror tomon tarafdori bo‘lib so‘zga chiqishi mumkin.
Munozara ochuvchi kishi va opponent, shuningdek qo‘shimcha ravishda so‘zga chiqadiganlar o‘z so‘zlarini oldindan tayyorlab olishlari kerak. Har bir kishi muayyan vaqt davomida, odatda, 15 daqiqa so‘zlaydi, har qaysi tomondan qo‘shimcha ravishda so‘zga chiquvchilar ko‘p deganda 2 kishi bo‘lishi va ulaming so‘zlash vaqti 5 daqiqadan ortmasligi kerak. Munozara ochilishidan oldingi yarim soat davomida guruhning har bir a’zosi uning mavzui yuzasidan fikr bildirishi - unga qo‘shilishi yoki qarshi chiqishi mumkin. Bunga 3 daqiqa beriladi, ikki marta so‘zga chiqish ruxsat etilmaydi. So‘zga chiquvchilarning hammasi raisga murojaat qilishadi, uning qarori uzil-kesil bo‘lib hisoblanadi.
So‘zga chiqish tartibi quyidagicha:
munozarani ochuvchi;
opponent;
munozarani ochuvchining yordamchilari, agar ular bo‘Isa;
opponent yordamchilari;
sinfdagilaming so‘zga chiqishi;
munozarani ochuvchi.
Raisning asosiy vazifasi munozara tartibiga qattiq amal qilinishi va so‘zlovchilaming munozara mavzuidan chetga ketmasligini kuza- tib borishdan iborat.