Reja: Kirish I bob. Boshlangʻich sinfda matematikadan oʻquvchilarning bilish jarayonini faolligini oshirish metodikasi


Kurs ishi mavzusining organilganlik darajasi



Yüklə 208,5 Kb.
səhifə2/10
tarix09.09.2023
ölçüsü208,5 Kb.
#142289
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1 2 SINFDA MATEMATIKADAN OʻQUVCHILARNING BILISH JARAYONINI FAOLLASHTIRISH

Kurs ishi mavzusining organilganlik darajasi. Boshlangʻich sinflar matematika darslarida boshlangʻich sinf oʻquvchilarini hayotiy masalalar echish jarayonida fikrlash qobiliyat-larini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjud. Bu shu bilan asoslanadiki, birinchidan, boshlangʻich sinflar matematika darslarida koʻpigan tushunchalarni hayoti tajribaga asoslanib oʻqitishga asoslanadi, ikkinchidan, tushunchalar, qoidalar va ularni kuzatishlar,mashq va misollar asosida koʻrgazmali chiqarilishi usullari, amallar va ularning xossalarini bayon etishda ularning qoʻllanilishi, uchinchidan, matnli va syujetli mashq va misollar va ularni echishda oʻquvchilar da fikrlash koʻnikmalarini gakllantirish bilan birga algebraik va geometrik tushunchalar, boshqa amallar bilan oʻzaro aloqadorligidan foydalanish talab etiladi. Shuning uchun oʻquvchilarini hayotiy masalalar echish jarayonida fikrlash qobiliyat-larini rivojlantirish samarali usullarini ishlab chiqish va ularni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida qoʻllash usullarini oʻrganish dolzarb vazifa hisoblanadi.
Kurs ishining maqsadi: Ushbu kurs ishi “1-2-sinfda matematikadan oʻquvchilarning bilish jarayonini faollashtirish ustida ishlash metodikasi“ mavzusida boʻlib, birinchi, ikkinchi sinflarni matematika darsidan oʻquvchilarni bilish jarayonini oshirish ustida ishlashga qaratilgan. Kurs ishi boshlangʻich sinflarning matematika darslarini qiziqarli qilib oʻtilishi darsda diqqatini boshqa narsalarga jalb etmasdan darsga quloq solishlari uchun kerakli boʻlgan metodik tavsiyalarni keltirib oʻtdik.
Kurs ishining vazifasi: Bugungi kurs ishimizning mavzusi 1 – 2 – sinflarda matematikadan oʻquvchilarning bilish jarayonini faollashtirish ustida ishlash metodikasi ekan. Biz bu kurs ishida oʻzimizga vazifa qilib bir nechta rejalar asosida ishlashni hamda ushbu kurs ishi mavzusini toʻliq oʻrganishni lozim deb topdik.
Kurs ishining predmeti: Ushbu kurs ishimiz 1-2-sinflar matematikadan bilish jarayonini faollashtirish mavzusida boʻlib, unda 1 sinflar hamda 2 sinflar ning matematika darslari kuzatildi. Tajribali boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining dars jarayoni kuzatilib taxlil qilish asosida hamda turli hil adabiyotlardan foydalanilgan holda yozildi.

Yüklə 208,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin