Reja: Kirish I bob. Boshlang’ich ta’limda boshlang’ich ta’lim o’quvchilari bilan tushunilishi qiyin bo’lgan so’zlar ustida ishlashning nazariy asoslari


Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari



Yüklə 241,96 Kb.
səhifə4/5
tarix13.06.2023
ölçüsü241,96 Kb.
#129428
1   2   3   4   5
diplom ishi

Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari.
Agar Boshlang’ich ta’lim o’quvchilari bilan tushunilishi qiyin bo’lgan so’zlar ustida ishlash motivlari har tomonlama rivojlantirilsa, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarni kasbiy kompitentligini rivojlantirishga erishilsa; unga doir bilim, ko‘nikma va malakalar chuqur egallanilsa va ular pedagogik amaliyotda muvaffaqiyatli qo‘llaniladi.
Tadqiqotda qo‘llaniladigan metodikaning tavsifi. Ilmiy tadqiqot va ilmiy pedagogik adabiyotlar hamda meyoriy, o‘quv-dasturiy hujjatlarni tahlil qilish, o‘quv jarayoni kuzatish, suhbat, so‘rovnoma testlar o‘tkazish, eksperiment uslublar, pedagogik tajriba- sinov natijalarini umumlashtirish.
Tadqiqotning metadologik asoslari. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’limga oid fikrlari, qarshlari, asarlarida bayon qilingan o‘qituvchilar, ularni tayyorlash borasidagi takliflari, oliy ta’limni takomillashtirish haqidagi fikrlari, O‘zbekiston Respublikasi hukumatining qarorlari, Sharq mutafakkirlarining o‘qituvchi faoliyati haqidagi yondashuvlari, mavzuga oid nazariy adabiyotlar.
Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati. Boshlang’ich ta’lim o’quvchilari bilan tushunilishi qiyin bo’lgan so’zlar ustida ishlashga yo‘naltirilgan nazariy qarashlar va yondashuvlar bilan boyitiladi.
Tadqiqot natijasida Boshlang’ich ta’lim o’quvchilari bilan tushunilishi qiyin bo’lgan so’zlar ustida ishlashga oid ishlab chiqilgan ilmiy-metodik tavsiyalar bo‘lg‘usi va boshlang‘ich sinf o’qituvchilariga o’quvchilarni xalqaro tadqiqotlarga tayyorlashga, har tomonlama rivojlantirishga xizmat qiladi.
Mazkur ish kirish, uch bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
IBOB . BOSHLANG’ICH TA’LIMDA BOSHLANG’ICH TA’LIM O’QUVCHILARI BILAN TUSHUNILISHI QIYIN BO’LGAN SO’ZLAR USTIDA ISHLASHNING NAZARIY ASOSLARI

    1. So’z- til birligi , leksik hodisa

Har qanday mamlakatning rivoji ta’lim , ilm-fan bilan bevosita bog’liqligi asrlar davomida o’z tasdig’ini topgan va hozirgi paytda ham jahon hamjamiyatining e’tibor markazida bo’lib kelmoqda. Shu sababdan ham mustaqil O’zbekiston Respublikamizda ta’lim sifatini oshirish va mazmunini boyitish borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, yurtimizda 2023- yilning “insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb nomlanishi ham yurtimizda ta’lim sohasiga qaratilayotgan e’tiborning yuksak namunasi bo’la oladi.
Bugungi kunda ta’lim sifatini oshirishning muhim omillaridan biri bu o’quvchilarning har tomonlama ijodkorligini oshirishdir. Shu o’rinda boshlang’ich sinf o’quvchilarining ijodkorligini oshirishning muhim usullaridan biri ularning nutq boyligini oshirish, lug’at boyligini ko’paytirish va nutq madaniyatini rivojlantirib borishdir.O’z navbatida lug’atlar bilan ishlash ham o’quvchilarning ijodkorligini yanada oshiradi. Chunki lug’atlar bilan ishlash o’quvchilarda kuzatuvchanlik qobiliyatini yuzaga chiqaradi, ularning nutq madaniyatini yuksaltiradi, fikrlash va dunyoqarashini kengaytirib, so’z boyligini oshiradi, o’quvchilarda chiroyli yozuv malakalarini ham shakllantirib boradi.
Hozirgi kunimizning chin ma’nodagi egalari , kundan kunga rivojlanib borayotgan davrimizning bunyodkorlarini tarbiyalash, ularni ona vatanga muhabbat , kelajakka ishonch ruhida tarbiyalash bizning asosiy maqsadlarimizdan biridir. Shu munosabat bilan yurtimizda yoshlarning ta’lim olishiga, ularning komil insonlar bo’lib voyaga yetishlari uchun qator islohotlar olib borilmoqda. Bu islohotlarning barchasi ta’limga bo’lgan e’tiborning yuksakligidan dalolat beradi.
Bugungi kunda oʻzligimizni anglash uchun boy tariximiz hamda madaniyatimizni, ota-bobolarimizning unutilmas asarlarini oʻrganish, diniy va dunyoviy tafakkurini bilish zaruriyati kuchaymoqda. Bu zaruriyatni qondirish uchun esa asarlarimizni chuqur va ilmiy oʻrganish, har tomonlama tadqiq etish orqaligina boʻlishi tabiiy holdir. Oʻtmish yodgorliklarini oʻrganish va tahlil etishimiz uchun hozirgi kunda juda koʻp sharoitlar yaratib berilgan. Oʻzbek tilining boy imkoniyatlarini ochib berish hozirgi kunning muhim vazifalaridan biridir. So’z tilning ma’no bildiradigan asosiy birligidir. So’z va so’z birikmasi aniq prеdmеtlarni, mavhum tushunchalarni, emotsiani bildiradi. Tilda mavjud bo’lgan barcha so’z va iboralarning yig’indisi lug’at sostavi yoki lеksika dеyiladi.
Lеksikalogiya o’zbеk tilining sostavini o’rganadigan bo’limdir. Lеksikalogiya lug’at sostavidagi so’zlarning nutqda ma’no ifodalash хususiyati, qo’llanish aktivligi, boyib borishi, ba’zi so’zlarning eskirib, istе’moldan chiqib kеtishi, ma’no ko’chish hodisasi kabilarni o’rganadi. Shu sababli lеksikalogiya lug’at ustida ishlash mеtodikasining lingvistik asosi hisoblanadi. Har qanday nutqiy bayon grammatik jihatdan o’zaro bog’langan, mazmunga хos so’z va so’z birikmasining ma’lum izchillikda joylashtirilishidan tuziladi. Kishining lug’ati qanchalik boy va rivojlangan bo’lsa, uning nutqi ham shunchalik boy bo’ladi; o’z fikrini aniq, original va ifodali bayon etishiga kеng imkoniyat yaratadi. Shuning uchun lug’atning boyligi, hilma-хilligi, harakatchanligi mеtodikada nutqni muvaffaqiyatli o’stirishning muhim sharti hisoblanadi. Hozirgi o’zbеk adabiy tili ulkan lug’at boyligiga ega. “Ikki to’mlik “O’zbеk tilining izohli lug’ati”da oltmish ming so’z bеrilgan bo’lib, bular umumiy qo’llaniladigan so’zlarginadir”1 . Bunga o’zbеk tilida nashr etilgan turli tеrminologik lug’atlarda o’zbеk tili sinonimlari, antonimlari, fraziologiyalari lug’atlarida va turli izohli lug’atlarda bеrilgan so’zlarqo’shilsa, lug’at boyligi yana ming-minglab oshadi. Bulardan tashqari, juda ko’p so’zlar ko’p ma’noni bildiradi. Masalan, shu izohli lug’atdan bosh so’zning qirqdan ortiq asosiy va frazеologizm bilan bog’langan ma’noda ishlatilishi bеrilgan. Maktabda nutq o’stirishning muhim vazifalaridan biri lug’at ustida ishlashni yaхshilash, tartibga solish, uning asosiy yo’nalishlari ajratish va asoslash, o’quvchilarning lug’atini boyitish jarayonini boshqarish hisoblanadi. Har qanday nutqiy bayon grammatik jihatdan o’zaro bog’langan, mazmuniga mos so’z va so’z birikmalarining ma’lum izchillikda joylashtirishdan tuziladi. Kishining lug’ati qanchalik boy va rivojlangan bo’lsa, uning nutqi ha shunchalik boy bo’ladi va fikrini aniq chiroyli va ifodali bayon etishga kеng imkoniyat yaratadi. Oʻzbek tilshunosligi tarixida juda uzoq davrlardan buyon soʻz va uning ma’nolari haqida fikr yuritilib kelinadi. Manbalarning taʻkidlashicha, leksikologiya oʻzbek tilshunosligida bir butun yoʻnalish va alohida bob sifatida XX asrning oʻrtalaridan boshlab shakllangan. Bu borada biz o ʻzbek olimlaridan Faxri Kamolning xizmatlarini eslab oʻtishimiz joizdir. Uning - Hozirgi zamon o ʻzbek tili kursidan materiallar‖ rukni ostida chop etilgan - Oʻzbek tili leksikasi ‖ katta ahamiyatga ega. Oʻzbek tili koʻp ma’noli soʻzlar hisobiga ham boyib boradi. Hozirgi kunda oʻzbek tilining izohli lugʻatiga 80 ming soʻz kiritilgan. Unda soʻzlarning semik ma’nolari izohlab berilgan. Lekin bu lugʻatga kiritilmagan, ammo oʻzbek shevalarida ishlatiladigan soʻzlarimiz bir talay. Ularni oʻrganish, tadqiq etish yuzasidan tilimiz jonkuyarlarining olib borayotgan izlanishlari tahsinga Ma’lumki, o’zbek xalqi tarixiy davrlar mobaynida boshqa xalqlar bilan iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqada bo’lib kelgan. Bu aloqalar o’zaro aloqada bo’lgan xalqning tiliga ma’lum darajada o’z ta’sirini o’tkazadi. O’zaro ta’sir natijasida tilning barcha bo’limlarida: fonetika, leksika, grammatika kabilarda o’zgarishlar yuz beradi. Tildagi o’zgarish va rivojlanish tilning leksikasida kuchli bo’ladi. O’zbek xalqi qardosh bo’lmagan tojiklar bilan qadimdan aloqada bo’ldi. SHuning tarixiy sabablar bilan bog’liq holda arab, ruslar bilan aloqada bo’ldi. Hozirgi davrga kelib bir qancha xorijiy davlatlar bilan do’stona aloqalar o’rnatgan. Bular o’zbek tili leksikasiga ko’plab so’zlarning o’zlashishiga sabab bo’lmoqda. - Leksikologiya haqida umumiy ma’lumot. Biz o’z fikrimizni gap bilan ifodalaymiz. Gap so’zlardan tuziladi. So’z tilingniqurilish materiralidir, shuning uchun so’zni bilmay turib tilni bilish mumkun emas. Tildagi so’zlarning barchasi tilning lug’at boyligini, ya’ni leksikasini tashkil qiladi. «Leksika» so’zi yunoncha «leksis» so’zidan olingan bo’lib «so’z» degan ma’noni bildiradi. «Leksikalogiya» so’zi esa «leksis» - «so’z», «logos» - «talumot» degan ma’nolarni bildiradi. Demak, leksikalogiya so’z va uning ma’nosi haqidagi ta’limot, fan ekan. - So’z va uning ma’nosi haqida. «Ma’lum ma’no bilan bog’langan va morfologik shakllangan tovush va tovushlar birikmasi so’z sanaladi.» So’zning ikki tomoni: moddiy tomoni (tovush yoki harflar ketma-ketligi) va ma’no tomoni mavjud. So’zning shakli, ya’ni tashqi tomoni tovush [harf] lardan iborat bo’lib, bu xususiyatlari fonetikada o’rganiladi. So’zning ichki tomoni esa unda ifodalangan ma’nolar bilan tavsiflanadi»2.
Xo’sh aslini olganda so’z nima , insonlar undan nima maqsadlarda foydalanadilar?
So’z- bu munosabat demakdir. Tilimizdan chiqqan har bir so’z bizning o’zgalarga va o’zgalarning bizga bo’lgan munosabatini belgilab beruvchi vositadir. Alisher Navoiy “Insonni so’z ayladi judo hayvondin, Bilki, guhari sharifroq yo’q ondin” deya so’zni moddiyatdan ustun qo’yganliklari bejiz emas edi.Mazmunli va ma’nodor so’zlash insonning ma’naviy dunyosini belgilab beruvchi ko’zgudir.
So’z- tilning narsa – hodisalar , jarayonlar va xususiyatlarini nomlash uchun xizmat qiladigan eng muhim til birligi. Borliqdagi narsalar haqidagi tushunchani , ular orasidagi aloqani va ulardagi munosabatlarni ifodalaydigan , turli xil grammatik ma’no va vazifalarda qo’llaniladigan eng kichik til birligi – so’z hisoblanadi. So’z orqali insonlar bir birlari bilan erkin muloqot qila oladilar , bir – birlarini tushunadilar va o’z fikrlarini mustaqil bayon etadilar.
SO’ZNING ATASH MA’NOSI. So’zning borliqdagi shaxs, narsa, belgi, harakat, miqdor, holat payt, o’rin, sabab kabi tushunchalarni ifodalashi atash [lug’aviy] ma’nosi deyiladi. Chaqaaloq [yangi tug’ilgan inson], yo’lbars [yirtqich hayvon], yashil [rang], uchmoq [havoda harakatlanmoq], sakiz [miqdor nomi], ertalab [payt], tez [holat], pastda [o’rin], noiloj [sabab]. Mustaqil so’zlargina atash ma’nosiga egadir. Mustaqil so’zlarga mansub bo’lgan olmoshlar atash ma’nosiga ega bo’lagan so’zlarga ishora qiladi; Keyin Mulla Fazliddin devorga homaki naqsh chizayotganda Xonzoda begim uning oldiga kelib, ishini qiziqib tomosha qila boshladi. (P.Q.) Bu gapdagi Mulla Fazliddin so’ziga uning olmoshi ishora qilyapti. So’z tanlash va qo’llash Nutqda so’zni to’g’ri tanlash va qo’llash nutq madaniyatining muhim shartlaridan hisoblanadi. Fikrni tinglovchiga tushunarli va aniq yetkazishda so’zni to’g’ri tanlash lozim. So’z tanlashda quyidagilarga e’tibor beriladi;
- so’zning lug’aviy ma’nosini bilgan holda tanlash;
- tanlangan so’zni aniq talaffuz eta olishni nazarda tutish;
- so’zning suhbatdoshlarga tushunarli bo’lishini hisobga olish;
- so’zning mano xususiyatlariga asoslanib, uni nutq maqsadiga muvofiq tarzda tanlash;
Atamalar, kasb-hunarga oid so’zlar faqat bir manoni ifodalash uchun qo’llaniladi. Bular bir manoli so’zlardir. Masalan; payola - choy ichishga mo’ljallangan idish; leksikologiya - so’z manolarini o’rganuvchi fan manosidagina qo’llanadi. So’zlar ikki va undan ortiq manoni ifodalasa ko’p manoli sanalaadi. Avval bir manoda qo’llangan so’zning ko’p manolarda ishlatilishi ko’p manolikni vujudga keltiradi. Masalan; qochoqni tutmoq, parda tutmoq, ro’za tutmoq, suv tutmoq, o’zini tutmoq.
So’z va leksema
Ma’lum ma’no bilan bog’langan va morfologik shakillangan tovushlar birikmasi Grammatik ma’nosiz, faqat leksik (lug’aviy) ma’no bildiruvchi til birligi leksema hisoblanadi. SO’Z marfologiya birligi sifatida, leksima esa leksikalogiya birligi sifatida bir-biridan farqlanadi. So’zlar leksema va grammatik qo’shimchalariga bo’linadi. Lug’atlarda bosh so’z sifatida leksemalar beriladi. Bir ma’noli va ko’p ma’noli so’zlar. Ayrim so’zlar gapdan tashqarida ham, gap ichida ham bir ma’noni bildiradi.Bunday so’zlar bir ma’noli (monosemantik) so’zlar deyiladi. Gapdan tashqarida bir ma’noni, gap tarkibida boshqa ma’noni ifodalaydigan so’zlar ko’p ma’noli (polisemantik) so’zlar deyiladi. Qush, chumchuq, men, sen, kechagi, bugun kabi so’zlar bir ma’noli so’lardir. Tosh yo’l, tosh yurak.Bunda tosh so’zi ko’p ma’noli so’zdir.
Polisemiya (ko’p ma’nolik) tilidagi deyarli barcha turkum so’zlarga xosdir. Yasovchi qo’shimchalarning ko’p ma’noiligi sababli ham yasama so’z ko’p ma’noga ega bo’lishi mumkin: Yog’li (yog’i bor) qo’lini sochiqqa So’zning o’z va ko’chma ma’nolari Ayrim so’zlarning o’z ma’nosi va ko’chma ma’nosi bo’ladi. So’zning gapdan tashqarida ifodalaydigan, nutq jarayoniga bog’liq bo’lmagan ma’nosi bosh (o’z) ma’no deyiladi. So’zning boshqa so’zlar yordamida aniqlanadigan, izohlanadigan ma’nosi ko’chma ma’no deyiladi: ko’z - ko’rish a’zosi (o’z ma’nosi), ignaning ko’zi - ko’chma ma’no; Bosh - odamning tana a’zosi (o’z ma’nosi), ko’chaning boshi - ko’chma ma’no. O’zbek tilida ma’no ko’chishning quyidagi usullari mavjud:
Ma’no ko’chishi usullari :

  1. Tilimizdagi mavjud so’zlar ma’nolarining o’sishi Ma’no ko’chishi, ma’noning kengayishi yo torayishi tarzida ro’y beradi.

2. Borliqdagi narsa hodisa belgi-xususiyat harakat holat nomlari ma’lum bir asosga ko’ra boshqa narsa hodisa belgi xususiyat, harakat holatning nomi sifatida xizmat qiladi. M: burun sozi “tirik organizmning yuz qismidan bo’rtib chiqqan nafas olish organi” ma’nosini ifodalash bilan birga “yerning suvlikka tomon bo’rtib chiqqan qismi” ma’nosini ham ifodalaydi.Predmetlar o’rtasidagi shakily o’xshashlik birining nomi ikkinchisining o’rniga asos bo’lgan
3. So’zlarda ma’no ko’chishi nima asosida ko’chishiga ko’ra metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik, kinoya kabi turlarga bo’linadi.
a) Metafora 1. Nutqimizda eng keng tarqalgan ma’no ko’chish usuli metaforadir.
2. Metafora (yunonchako’chirish) bir predmet nomining boshqa predmet nomiga o’xshashlik asosida ko’chishidir M: tandirning og’zi birikmasida og’iz so’zining ma’nosi odam yoki hayvon og’ziga tashqi o’xshashligi asosida vujudga kelgan.
3. Demak metaforada predmet belgi harakatlar o’xshashlik asosida boshqa predmet va harakatga ko’chadi. M: qozonning qulog’i, varrakning dumi, rubobning qorni, kemaning tumshug’I, egarning qoshi, o’choqning og’zi, tog’ning etagi, qora niyat, sovuq xabar, shirin xotira, achchiq haqiqat, bemaza gap sayoz asar, yengil ta’zim yorug’ yuz, oltin yproq, kumush qish, zumrad bahor, po’lat iroda, temir intizom, majlisda savalanmoq, qarzini uzmoq, Qashqadaryo bilan ulanmoq…
4. Narsa va hodisalar o’rtasidagi o’xshashlik turli asosda bo’lishi mumkin. a) Ikki predmet o’rtasidagi shakliy o’xshashlik; M: Odam qulog’i—qozon qulog’I b)Ikki predmet qayerda joylashishi bo’yicha o’xshashlik M: Itning dumi ---- samolyotning dumi
5. Formula: MAVHUM OT + ANIQ OT shaklidagi ko’chma ma’noli birikmalar ham, odatda, metaforani yuzaga keltiradi. M:hayot ostonasi, visol uyi sabr kosasi, ishq bog’i, hayo ko’chasi, hasad o’ti, takabburlik libosi, g’amza o’qi Bular adabiyotshunoslikda istiora deb nomlanadi.
6. Ba’zan kishi ismlari metafora usulida ko’chishi mumkin. M: Yo’lbars, Bo’riboy, Qoplonbek, Lochin, Gulchehra, Feruza, Yoqutoy, Asalxon, Arslon, Charos, Ozoda…
7. Metaforalarga juda yaqin bir vosita “O’xshatishlar” bo’lib, ular yordamida shaxs, predmet bir biriga o’xshatiladi, qiyos qilinadi. -day; -dek; go’yo, yanglig’, singari, xuddi kabi o’xshatish vositalaridan ham foydalaniladi. M: Ulug’bek — misoli oftob Nutq jarayonida metaforadan o’rinli foydalanish nutqimizni ta’sirchan, jozibali qiladi. So’zlovchining badiiy-estetik qobilyatini namoyon etadi.
b) Metonimiya 1. Metonimiya yunoncha qayta nomlash demakdir.
2. Narsa va hodisalar o’rtasida makon va zamondagi o’zaro aloqadorlik asosida birining nomi ikkinchisiga ko’chishi metonimiya deyiladi.3 M: Fuzuliyni oldim qo’limga (aslida Fuzuliy asarlarini; Shoir va uning asarlari o’rtasidagi bog’liqlik) Samovarda osh yedik (aslida choyxonada; choy ichiladigan joy bilan choy qaynatiladigan buyum o’rtasidagi aloqadorlik) Zal kulib yubordi (aslida zaldagi odamlar) “Rossiya”ga qanday borsam bo’ladi? (bekatdagi yo’lovchi murojati) “Besh bolali yigitcha” kelmadimi? (kitobxon savolidan) Ichak-chavog’im qolmadi endi kalla sotaman (qassobning gapi) Navbatim sumka ko’targan “jinsi”dan keyin (xaridorning gapi) “Navoiyni kechadan beri ko’tarib yuribman”(o’quvchining nutqidan)
3. Demak, so’z ma’nolarining o’xshashlik emas, makon va zamondagi o’zaro bog’liqlik aloqadorlik asosida ko’chishi metonimiya sanaladi
4. Ba’zan kishi ismlari ma’lum bir hodisa bilan bog’liq bo’lishi mumkin. M:Ramazon Juma, Odina, Safar, Hayit
5. Metonimiya asosida ko’chma ma’no hosil qilish fikrimizni lo’nda ifodali ta’sirchan bayon qilishning bir yo’li sanaladi.
c) Sinekdoxa 1. Sinekdoxa yunoncha birgalikda angash yoki nazarda tutmoq qo’shib fahmlamoq so’zidan olingan bo’lib bo’lak orqali butunni yoki bo’lak orqali butunni anglatish mumkin.
2. Sinekdoxa metonimyaning bir ko’rinishi bo’lib, bunda ma’no butun va qism munosabatlari asosida ko’chadi.
3. Shunga ko’ra sinekdoxa 2 xil bo’ladi.
a) qism orqali butun ma’nosi ifodalash mumkin.
b) Butun orqali qism ma’nosini ifodalash mumkin M: Tirnoqqa zor bo’ldi (qism orqali butun ya’ni farzandga zor bo’ldi demasdan shu (farzandning tirnoq) orqali farzand ma’nosi anglashiladi) Bitta shu tuyoq bilan 5 bolani qanday boqaman? (Qism orqali butun chunki tuyoq deganda sigirdir echkidir boshqa boshqadir tushuniladi) G’ildirakni yurgizib ko’cha bo’yi signal chalib ketdi. Cho’loqqa achinish bilan qaradi Yig’ilishga mo’ylovni chaqirib keldi. Ma’no ko’chishining bu turi ham nutqimizning ta’sirchanligini oshirishda ifodali jozibali bo’lishda kata ahamiyatga ega.
d) Vazifadoshlik 1. Vazifadoshlik narsa va hodisalar o’rtasidagi vazifaviy birxillik asosida birining nomi orqali ikkinchisining ifodalanishidir. M:Ko’chalarni chiroqlar yop-yorug’ qilib turibdi. Chiroq piligini pasaytirdi. Yuqoridagi ikki gapda qo’llangan chiroq so’zi bir xil vazifa bajaruvchi 2ta bir-biriga o’xshamaydigan narsalarni ifodalayapti. Birinchi gapda elektr orqali yorituvchi noksimon (lampochka)asbobni; ikkinchi gapda esa kerosinga pilik solish vositasi bilan yorituvchi asos va shisha qismlaridan tarkib topgan asbobni bildiradi. Bu asboblarning makon va zamonda aloqadorligi yo’q Bu asboblar shakliga ko’ra birbiriga o’xshamaydi.Lekin vazifasi bir ular vazifadosh ya’ni yozish vazifasini bajaradi.
2. Vazifadoshlik o’xshashlikka asoslanishi bilan metaforaga yaqin turadi. Farqi shundaki metaforada predmet belgi harakat o’xshashligi asos qilib olinadi Vazifadoshlikda esa ular bajaradigan predmet bajaradigan vazifalar o’xshashligi asos qilib olinadi.
3. Ba’zan maq’no ko’chishida metafora va vazifadoshlik usullari birga qo’llanishi mumkin. Bu tilshunoslikda funksional metafora deb nomlanadi M:Odamning tishi - arraning tishi (Bunda ham shakily ham vazifalar o’xshashligi)
4. Vazifadoshlik asosida vujudga kelgan so’zlarni bilish ularning ilgari qanday shakldaligini narsalarni ifodalaganini bilish tilimiz imkoniyatlarini naqadar boy ekanligini his qilishimizga yordam beradi.
e) Kinoya 1. Kinoya arabcha bir narsa demoq boshqa narsa tushunmoq ma’nosini bildiradi.
2. Bunda so’zlar o’z ma’nosida emas teskari aks ma’noda tushuniladi.
3. Kinoya usuli og’zaki nutqda maxsus intonatsiya ohang orqali yozma nutqda qo’shtirnoqqa olish orqali ifoda etiladi. M: Feruz nemis tilini “suv qilib ichgan”. Jasur urishganda bisotidagi eng “chiroyli” so’zlarni ishlatdi.
ESLATMA: Ba’zan bir so’zning ma’nosi konteksda turli usullar bilan ko’chishi mumkin. (deylik bosh so’zi) Badanim o’t bo’lib yondi, boshim og’rib, ko’zlarim tindi. (o’z ma’nosida) Tog’ning ko’rki tosh bilan odam ko’rki bosh bilan (aql metonimiya) Uning boshi yaxshi ishlaydi. (miyasi Sinekdoxa) butun orqali qism Bir boshga bir o’lim (sinekdoxa inson) qism orqali butun Yoki: Quloq so’zini olamiz Qiy-chuv baqir-chaqir quloqni kar qildi. (o’z ma’nosida) Qozonchining ixtiyori qaydin quloq chiqarsa (metafora shakl) Adl qulog’ila esgit holimi (Mavhum ot + aniq ot=metafora) Eshitgan quloq nima deydi ? (Qism-butun inson sinekdoxa)
ESLATMA:Yuqoridagi so’z ma’nolarini ko’chishini ko’rib o’tdik. Ba’zan ifodalangan gapning ko’chma tag ma’nosi ham bo’ladi.Tag ma’no gap orqali ifodalangan gapning zamirida yotgan ko’chma ma’nodir. M: Xotin: Sizga tekkuncha alvastiga tegsam bo’lmasdimi? Er: Afsuski, yaqin qarindoshlar o’rtasida nikoh man etilgan.
Ilova 1. Palak. Ma’lum bir urug’dan ko’karib chiqib, yer yuzalab, o’sib, gullab, hosil beradigan, poliz o’simligining tanasini bildiradi bodring; qovun; tarvuz palak M:…So’lg’in palaklarda o’smay qolib ketgan xomaklar yiltillab qolar goh surmaday qorayib ko’rinar edi. 2. Palak.Polizchilar nutqida ba’zan qovun yoki handalak urug’i ma’nosida ham qo’llanadi. To’rt egat palak ekdim. 3. Palak Xalqimiz urf-odatlariga ko’ra qizlarni kuyovga uzatish uchun gul (kashta)ipakli matolar tayyorlanadi. M: Poyiga ipakdan palak soldilar So’ng yuksak bir taxtni etdilar tortiq 4. Parvoyi palak o’z ishiga ma’sulyatsizlik etiborsizlik bilan qarash beg’amlik ma’nolarida tushuniladi. Ayrim abituriyentlarning parvoyi palak.
Dor so’zi hozirgi o’zbek adabiy tilida quyidagi ma’nolarda qo’llaniladi. 1) arqon va yog’ochdan iborat dorboz qurilmasi 2) kishini osib o’ldirish uchun o’rnatilgan maxsus qurilma 3) kiyim quritish u-n maxsus tortilgan arqon; 4) kiyim boshni ilish uchun tortilgan ip yoki arqon.
Soʻz Olloh yaratgan barcha mavjudotlar ichida faqat insongagina berilgan noyob tuhfa, odamlarning bir-birlari bilan muloqot qiluvchi, his-tuygʻulari va kechinmalarini yetkazuvchi qudratli quroldir. Biz salbiy yoki ijobiy tuygʻularimizni ham soʻzlarimiz orqali ifoda etamiz. Hayajon va haroratimizni, qahr-gʻazabimizni ham soʻzlar vositasida namoyon etamiz. Tilimizdagi har bir soʻz oʻz ma’nosidan tashqari, matnda boshqa koʻchma ma’nolarda ham qoʻllanadi. Biz buni yuqoridagi tahlillar cho gʻida ham koʻrib oʻtdik. Tilshunoslikning leksika sohasini oʻrganuvchi boʻlimi - leksikologiya boʻlib, tilning leksik sistemadagi eng kichik birligi - soʻz hisoblanadi. Oʻz navbatida soʻz leksikologiyaning eng faol qismi hisoblanadi. Shuningdek, tilning leksik qatlami boshqa sohalarga nisbatan tez rivojlanadi. Kundalik turmushimizdagi ijtimoiyiqtisodiy, siyosiy oʻzgarishlar tilning leksik qatlamiga tez ta’sir oʻtkazadi.Madaniy aloqalar natijasida ham tilning lugʻat tarkibida anchayin oʻzgarishlar kuzatiladi.


    1. Boshlang’ich ta’limda so’z bilan ishlashning nazariy jihatlari

Bugungi kunda ta`lim sifatini oshirishning muhim omillaridan biri bu o`quvchilarning har tomonlama kreativligini oshirishdir. Shu o`rinda boshlang`ich sinf o`quvchilarining kreativligini oshirishda asosiy ustuvor usullardan ongli o`qitish, nutq madaniyatini o`stirish, yozma va og`zaki nutq mashqlarini uyg`un holatda olib borishdir. O`z navbatida lug`atlar bilan ishlash ham kreativlikni oshirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Chunki lug`atlar bilan ishlash o`quvchilarda kuzatuvchanlik qobilyatini yuzaga chiqaradi, ularning nutq madaniyatini yuksaltiradi, fikrlash va dunyoqarashini kengaytiradi, so`z boyligini orttiradi, o`quvchilarda savodli yozuv malakasini takomillashtiradi. Tildagi jamiki so`zlar, ularning tarixi, izohi, imlosi kabi muhim masalalar bilan lug`atshunoslik o`rrganadi. Lug`atlar qadimdan yaratilib kelingan. Masalan, Mahmud Qoshg`ariy tomonidan XI asrda yaratilgan “Devoni lug`atit-turk” , XVI asrda Usmonli turk tilida yaratilgan “Abushqa” lug`atlari tarixda bizga ma`lum.
So`z tilning ma`no bildiradigan asosiy birligidir. So`z va so`z birikmasi aniq narsalarni, mavhum tushunchalarni hissiyotni ifodalaydi. Tilda mavjud bo`lgan barchaso`z va iboralarning yig`indisi lug`lat tarkibi yoki leksiko deyiladi. Leksikologiya o`zbek tilining lug`at tarkibini o`rganadigan bo`limdir. Leksikologiya lug`at tarkibidagi so`zlarning nutqda ma`no ifodalash xususiyati, qo`llanish faolligi, boyib borishi, ba`zi so`zlarning eskirib, iste`moldan chiqib ketishi, ma`no ko`chish hodisasi kabilarni o`rganadi.4 Shu sababli ham leksikologiya lug`at ustida ihlash metodlarining lingvistik asosi hisoblanadi. Kishining lug`at boyligi qanchalik boy va rivojlangan bo`lsa, uning nutq ham shunchalik boy bo`ladi, o`z fikrini aniq va ifodali bayon etishga keng imkoniyat yaratiladi. Shuning uchun lug`atning boyligi, xilmaxilligi, harakatchanligi metodikada nutqni muvaffaqiyatli o`stirishning muhim sharti hisoblanadi. O`quvchi lug`atining boyishiga birinchi navbatda, uni o`rab ilgan muhit, tabiat, kishilarning hayoti, o`qish faoliyati, kattalar va tengdoshlari bilan bo`lgan muloqotlari asosiy manba vazifasini bajaradi. Bola tabiat va insonlar bilan munosabatda bo`lishi natijasida so`z, ibora, tasviriy ifoda, maqol, hikmatli so`zlarni o`rganadi, ularni o`z so`zlariga aylantiradi.
Boshlang`ich ta`limda lug`at ustida ishlashning umumiy yo`l- yo`riqlari, yo`nalishlari, manbalari haqida metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan bo`lsa-da, ularni hali qoniqarli ahvolda deb bo`lmaydi. Lug`atlar ustida ishlash uchun maxsus darslar ajratilmaydi. O`quvchilar barcha predmetlarni o`rganishda, asosan, ona tili va o`qish darslik materiallarini o`rganish bilan bog`liq holda olib boradi. Ona tili hamda o`qish darslarida lug`atustida ishlash o`quvchilar nutqini o`stirishga, yozma savodxonligini shakllantirishga, so`z boyligini boyitishga nutq madaniyatini yuksaltirishga qaratilganligi sababli bu ish 1-sinfdanoq boshlanadi va butun o`quv jarayonida davom ettiriladi.
Lug`at- imlo savodxinligini oshirish, so`z boyligini kengaytirishning muhim manbaidir. Maktabda o`quvchilarning nutqiy kreativligini oshirishning muhim vazifalaridan biri lug`at ustida ishlashni yaxshilash, tartibga solish, uning asosiy yo`nalishlarini ajratish va asoslash, o`quvchilarning lug`atini boyitish jarayonini boshqarish hisoblanadi. Lug`atlardan foydalanish va ular ustidan ishlash malakasini shakllantirish avvalo ularda ehtiyojni tarbiyalashdan boshlanadi. Chunki, ehtiyoj sezilmasa, o`quvchi lug`atlarga murojaat qilmaydi. Ma’lum bir so`zning imlosi, ma`nosi, ma`nodoshi, qarama-qarshi ma`nosi, uyadoshini bilish zaruriyati ehtiyojni vujudga keltiradi. Boshlang`ich sinf o`quvchilarining lug`atlar ustida ishlash jarayonida kreativligini oshirish uchun quyidagi metodlarni qo`llash yaxshi samara beradi:

  1. Badiiy asar o`quvchilar nutqini oshirish uchun eng muhim va ishonarli manbadir.

O`qituvchi hafta davomida o`quvchilarga turli ertaklarni o`qittirib, notanish bo`lgan so`zlarni ajratib, uning ma`nosini tushintirishi va kelasi badiiy asarni o`qilguncha bu so`zlarni yozdirib yodlattirishi zarur. Chunki, bolalar o`zbek tilini yuksak badiiy obrazlar orqali o`zlashtiradilar.
2.O'quvchilar lug'atiga aniqlik kiritish.
Bu o'z ichiga quyidagilarni oladi:
1) o'quvchi puxta o'zlashtirmagan so'zlarning ma'nosini to'liq o'zlashtirish, ya'ni shu so'zlarni matnga kiritish, ma'nosi yaqin so'zlarga qiyoslash, antonim tanlash yo'llari bilan ularning ma'nosiga aniqlik kiritish;
2) so'zning kinoyali ma'nosini, ko'p ma'noli so'zlarni o'zlashtirish;
3) so'zlarning sinonimlarini, sinonim so'zlarning ma'no qirralarini o'zlashtirish;
4) ayrim frazeologik birliklarning ma'nosini o'zlashtirish.
5) Lug'atni faollashtirish, ya'ni o'quvchilar ma'nosini tushunadigan, ammo o'z nutq faolyatida ishlatmaydigan nofaol lug'atidagi so'zlarni faol lug'atiga o'tkazish. Buning uchun shu so'zlar ishtirokida so'z birikmasi va gaplar tuziladi, ular o'qiganlarni qayta hikoyalash, suhbat, bayon va inshoda ishlatiladi. Adabiy tilda ishlatilmaydigan so'zlarni o'quvchilar faol lug'atidan nofaol lug'atiga o'tkazish.Bunday so'zlarga bolalarning nutq muhiti ta'sirida o'zlashib qolgan adabiy til me'yoriga kirmaydigan, ayrim adabiy asar va so'zlashuv tilida qo'llanadigan sodda so'z va iboralar, sheva va ijtimoiy guruhga oid so'zlar kiradi. Adabiy til me'yori degan tushunchani o'zlashtirgach, o'quvchilar yuqorida izohlangan so'zlar o'rniga adabiy tildagi so'zlardan foydalana boshlaydilar. Adabiy tilga oid malakalari mustahkamlangan sayin shevaga, jargonga oid so'zlar, so'zlashuv tilida ishlatiladigan sodda so'z va iboralar o'quvchilarning faol lug'atidan chiqib keta boshlaydi.
3. O`quvchilarning so`z boyligini takomillashtiruvchi va boyituvchi vositalardan biri bu atrof- muhitdir.
Shuning uchun darsdan tashqari holatlarda o`quvchilarni turli ekskursiyalarga olib chiqish juda katta ahamiyatga egadir. Chunki, tabiat qo'yniga, turli joylarga, muassasalarga ekskursiya vaqtida bolalar narsava hodisalarni kuzatish bilan ko'pgina yangi nom va iboralarni o'rganadilar. Bu ekskursiyalar yuzasidan o'tkazilgan suhbat vaqtida ularning bilimi chuqurlashtiriladi,ayrim so'zlar ma'nosiga aniqlik kiritiladi.
4. Dars davomida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish.
Bunda o`qituvchi dars davomida turli xil video va audio matnlardan foydalanishi mumkin. Masalan o`qish darsini oladigan bo`lsak, darslikda berilggan har bir hikoya va ertakni audiosi yoki video variantlarini o`quvchilarga qo`yib berishi, hamda bu matnni kitoblardan foydalanmagan holda o`quvchilardan gapirib berishlarini so`rash, zarur dars oxirida esa matnda uchragan notanish so`zlar ustidan ishlash, ularning ma`nolarini tushintirib berish zarur.
5. Turli xil didaktik o`yinlardan foydalanish.
Didaktik o`yinlar o`quvchilarning kreativligini, reaksiyaviyligi hamda zukkoligini o`stiruvchi eng asosiy vositadir. Shuningdek lug`atlar ustida ishlash jarayonida ham didaktik o`yinlardan foydalanish mumkin. Masalan: “Kim ko`p aytadi” didaktik o`yinini olaylik. Bunda o`qituvchi ona tili darslarida har bir dars davomida o`zlashtirilgan so`zlar yuzasidan musobaqa uyishtiradi. Bu o`yinda barcha o`quvchilar ishtirok etadilar. Har bir dars davomida o`zlashtirilgan so`zlarni o`quvchilar bittadan aytadilar. Kimki ayta olmay to`xtab qolsa o`yindan chetlashtiriladi. O`yin davomida qaysi o`quvchi oxirigacha qolsa, ya`ni so`z ayta olmay to`xtab qolmasa o`sha o`quvchi lider deb topiladi.
6. Lug`at diktantlaridan foydalanish.
Lug'atni boyitishda turli lug'atlar juda foydali qo'llanmadir. Boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun lug`at diktantlari mavjud. O`qituvchi darsdan tashqari vazifa sifatida o`quvchilardan 10-15 ta so`z yodlab, uning yozilishi va talaffuzini o`rganib kelishini talab qiladi va haftada ikki marotaba bu so`zlardan lug`at diktantini oladilar. O'qituvchi ma'lumot uchun ham, material tanlash uchun ham turli lug'atlardan (o'zbek tilining sinonimlar, antonimlar, frazeologik lug'atlaridan, turli terminologik lug'atlarda)muvaffaqiyatli foydalanishi mumkin.
7.Maxsus mashqlar, grammatika va imloni o`rganish darslarini tashkillashtirish. Maxsus mashqlar yordamida grammatika va imloni o'rganish darslari so'z va atamalarni o'zlashtirishga yordam beradi, o'quvchilar predmet,belgi, harakat, sanoq, tartib ifodalaydigan so'zlarni bilib oladilar. Bu darslar ko`p o'quvchilar lug'ati tartibga solinadi, so'z turkumlarini o'rganish jarayonida guruhlanadi, so'z tarkibi, so'z yasalishi, so'zlarning o'zgarishini o'rganish bilanesa lug'atga aniqlik kiritiladi; ular o'rgangan so'zlaridan o'z nutqlarida foydalana boshlaydilar, natijada lug'atlari faollashadi.
O'quvchilar lug'ati maxsus lug'aviy-mantiqiy mashqlar yordamida ham boyiydi, tartibga tushadi. Boshlang'ich sinflarda o'qitiladigan fanlarning atamalari ham tushuntirilishi lozim bo'lgan so'zlar qatoriga kiritiladi. Atamalarning ma'nosiniushuntirish mazkur so'z anglatgan tushunchani yaxshi fahmlab olishga yordam beradi. Masalan, predmet atamasining ma'nosini tushuntirish bilan o'quvchilarpredmet keng ma'noda qo'llanishini, tabiatdagi barcha narsa, hodisa, tushunchalar predmet deyilishini bilib oladilar.Bu ot, sifat, son, fe'l kabi atamalarni tez fahmlab olishda ularga yordam beradi.So'zning ma'nosini tushuntirish juda kam vaqt olishi va darsning asosiy mavzusidan o'quvchilar diqqatini chalg'itmasligi kerak. Buning uchun o'qituvchi har bir darsga tayyorlanish jarayonida ma'nosi tushuntirilishi lozimbo'lgan so'zlarni, uni tushuntirishning eng qulay usullarini va darsning qaysi o'rnida tushuntirishni belgilab oladi.
O'qish kitoblaridagi matnlarda birinchi martauchragan, bolalar ma'nosini bilmaydigan ayrim so'zlar matnni o'qishdan oldin tushuntiriladi. Matnni o'qish jarayonida so'z ma'nosini tushuntirishga chek qo'yish kerak. Agar biror so'zni matnni o'qish vaqtida tushuntirish zaruriyati tug'ilsa, matn mazmunidan o'quvchilar diqqatini chalg'itmagan holda shu so'z ma'nosi qisqacha tushuntiriladi. Ko'chma ma'noda ishlatilgan obrazli so'zlar va badiiy nutq birlik-lari matn o'qilgandan keyin tushuntiriladi, chunki ularning ma'nosi matn mazmunidan, kontekstdan yaxshi tushuniladi. Ayniqsa, masallar o'qilganda, undagi allegorik, ko'chma ma'noda ishlatilgan so'zlarni asarni o'qishdan oldin yoki o'qish jarayonida tushuntirib bo'lmaydi.
Metodikada so'zlarni tushuntirishning quyidagi usullaridan foydalaniladi:
1. So'zni kontekst asosida tushuntirish. Bunda o'quvchilar tushunmaydigan so`zlarni ularga tushunarli so'zlar qo'llangan gap (yoki matn) yordamida tushuntiriladi.
2. So'z ma'nosini lug'atdan va o'qish kitoblarida matn ostida berilgan izohdan foydalanib tushuntirish. Bunda o'quvchilarni izohdan mustaqil foydalanib, so'z ma'nosini mustaqil tnshnnib olishga o'rgatish muhim ahamiyatga ega.
3. So'z ma'nosini shu so'zning ma'nodoshiyordamida tushuntirish. Masalan, sabo - shabada, mudofaa - himoya, sozanda - musiqachi, diyor -vatan, inshoot - bino, samo - osmon kabi. So'zni sinonim tanlash bilan tushuntirganda, shu so'zning stilistik (uslubiy) ahamiyatini ham ko'rsatish zanir.
4. Tanish bo'lmagan so'z bilan ifodalangan tushunchani tanish bo'lgan so'z bilan ifodalangan tushunchaga (uning antonimiga) taqqoslash orqali tushuntirish. Masalan, ishchan tushunchasini dangasa tushunchasiga, rostgo’y so'zini yolg'onchi so'ziga taqqoslab tushuntirish mumkin. Ko'chma ma'noda ishlatilgan so'z va so'z birikmalari, tasviriy vositalar, maqollar ham taqqoslash usulidan foydalanib tushuntiriladi.
5. So'zni o'ziga yaqin tushuncha boshqacha ifoda etish bilan tushuntirish. Masalan, o'zboshimchalik-o'z xohishicha ish tutish, ishni o'zi xohlaganicha bajarish; mutaxassis - biror hunar egasi; shunqor- uzoq uchadigan ko'zi o'tkir qush; mesh-mol terisidan tikilgan idish; guldon - gul solib qo'yiladigan idish va boshq.5
Ba'zi so'zlar ularning vazifasini izohlash orqali tushuntiriladi. Masalan, kombayn — bir vaqtning o'zida donni o'radigan, yanchadi-gan, tozalaydigan qishloq xo'jalik mashinasi; ekskavator — bir vaqtning o'zida erni qazib tuproqniyuk mashinasiga ortadigan mashina; aero-drom - samolyotlar turadigan, uchib ketadigan yoki kelib qo'nadigan joy va hokazo.
6. So 'zni predmetning asosiy belgisini izohlash orqali tushuntirish. Masalan, yantoq — suvsiz joyda o'sadigan ninasimon tikanli o'simlik; akula-okeanlarda yashaydigan juda katta yirtqich baliq.
7. Axloqiy, mavhum tushunchalarni ifoda etuvchi so'zlarning ma'nosini misollar yordamida tushuntirish. Buning uchun o'quvchilar o'rgangan badiiy asardan axloqiy fazilatga ega bo'lgan asar qahra-monining qilgan ishlari tahlil qilinadi.
Boshlang’ich sinflarda morfologiyadan «ot», «sifat», «son», «fе'l», «olmosh tushunchalarini; sintaksisdan «gap», «ega», «kеsim», «ikkinchi darajali bo’lak», «uyushiq bo’lak, undalma» tushunchalarini; so’z yasalishidan «o’zak», «qo’shimcha», «o’zakdosh so’zlar» kabi tushunchalarni shakllantirish ustida ish olib boriladi.
O’qituvchi tushunchalarni shakllantirish jarayonini boshqarish, o’quvchilar aqliy faoliyatini to’g’ri tashkil etish uchun u tushuncha nimaligini, tushunchani bilib olish jarayonining xususiyatlarini, tushunchani o’zlashtirish qanday sharoitda natijaliroq bo’lishini ko’z oldga aniq kеltirishi lozim.
Tushuncha atrof-muhitdagi prеdmеt va hodisalarning muhim bеlgilari va o’zaro aloqadorligi aks ettirilgan tafakkur formasini tasvirlab ko’rsatadi.
Grammatik tushunchalarda ham, boshqa tushunchalar kabi, hodisalarning muhim bеlgilari umumlashtirilgan holda aks ettiriladi. Til hodisalarining o’ziga xos xususiyati, ya'ni tushunchaning mazmun tomoni grammatik tushunchaning o’ziga xos xususiyatini kеltirib chiqaradi. Til hodisalari, til katеgoriyalari boshqa hodisalarga nisbatan juda mavhumligi bilan farqlanadi. Biologik tushunchalarni shakllantirishda bеlgilarini kuzatish, sistеmaga solish va umumlashtirish mumkin bo’lgan aniq, hodisalar va prеdmеtlar matеrial sifatida asos qilib olinadi. Grammatik tushunchalar esa so’z, so’z birikmasi, gap, mor­fеma, lеksеma, fonеma va boshqalarning o’ziga xos muhim bеlgilarini aniqlash va umumlashtirish natijasi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, kishilar tomonidan yaratilgan grammatik tushunchaga asos bo’lgan dastlabki matеrialning o’zi yеtarli darajada mavhumdir. Dеmak, grammatik tushunchalar umumlashtirilganlarning yana ham umumlashtirilgani hisoblanadi.
Grammatik tushunchaning bu xususiyatlari tufayli o’quvchilarda tushuncha juda ko’p qiyinchilik bilan shakllanadi. Grammatik tushunchani bilib olish uchun mavhum tafakkur ma'lum daraja­da rivojlangan bo’lishi lozim. Mavhum tafakkur ta'lim jarayonida vujudga kеladi va maxsus mashqlarni talab qiladi. Bu mashqlar muayyan aqliy ko’nikmalarni va lingvistik tasavvur hamda bilimlar komplеksini shakllantirishga qaratilgan bo’lishi zarur. Ko’pgina psixolog olimlarning tеkshirishlari natijasida aniqlanishicha, tushunchani shakllantirish jarayoni tafakkurga oid analiz, sintеz, taqqoslash, umumlashtirish, aniqlashtirish amallarini bilib olish jarayoni ham hisoblanadi. O’quvchilarda tu­shunchani shakllantirishning natijasi ularning mavhumlashtirish faoliyatining qay darajada o’sganligiga bog’liq. Mavhumlashtirishda qiynaladigan o’quvchilar so’zlarni taqqoslay olmaydilar va ularning muhim grammatik bеlgilariga ko’ra bir gruhga birlashtira olmaydilar, tushunchani shakllantirishda qiynaladilar va xatoga yo’l qo’yadilar. Masalan, fе'l o’rganilganda o’quvchilar fе'l prеdmеtning harakatini bildirishini bi­lib oladilar. Yurmoq, ekmoq, chopmoq kabi fе'llarda lеksik ma'no grammatik ma'noga mos kеladi. Ko’p fе'llarda bunday moslik bo’lmaydi. Grammatikada prеdmеt harakati dеyilganda, harakat bilan birga prеdmеtning holati, uning boshqa prеdmеtlarga munosabati, prеdmеt bеlgisining o’zgarishi kabilar ham tushuniladi: uxlamoq, o’ylamoq, sеvmoq, o’smoq, ko’karmoq va hokazo. Prеdmеt harakatini bunday kеng ma'noda, umumlashtirilgan holda tushunish endigina tilni o’rgana boshlagan o’quvchilarga qiyinlik qiladi, ular harakatni ko’proq yurish, siljish ma'nosida aniq tasavvur qiladilar. Shuning uchun fе'lni o’rganishning boshlang’ich bosqichida yotmoq, kasallanmoq, turmoq, qizarmoq kabi so’zlarni prеdmеtning harakatini bildiradi dеb hisoblamaydilar. Bunday hodisani otni o’rganishda ham uchratish mumkin. Ayrim o’quvchilar tinchlik, qahramonlik, qadam kabi so’zlarni ot turkumiga kiritmaydilar. Tushunchani shakllantirish uchun o’quvchilarda mavhum ko’nikmasini o’stirish, ular diqqatini so’zning aniq lеksik ma'nosidan grammatik ma'nosiga qaratish va shu guruhdagi so’zlarga oid umumiy, grammatik bеlgilarni hisobga olgan holda, ularni bir guruhga birlashtirish talab etiladi. Masalan, kim? yoki nima? so’rog’iga javob bo’ladigan barcha so’zlar «ot» turkumiga birlashadi; prеdmеtni bildirish, son (birlik va ko’plikda kеlish), egalik qo’shimchalari bilan o’zgarish, kеlishiklar bilan turlanish bu so’zlar uchun umumiy gram­matik belgilar hisoblanadi. Tushunchani shakllantirishda xatoning oldini olish uchun ta'lim bеrish jarayonida qator mеtodik talablarga rioya qilinadi.
Tushunchani o’zlashtirish ustida ishlash jarayoni o’ziga xos murakkab jarayon hisoblanadi. Grammatik tushunchani o’zlashtirish uzoq tushunchani o’zlashtirish davom etadigan va kichik yoshdagi o’quvchilar uchun ancha murakkab jarayondir. O’qituvchi boshlang’ich sinflarda tushunchani o’zlashtirishga oid ishlarni tashkil etishda o’rganiladigan tushunchaning lingvistik mohiyatini, bilimlarni o’zlashtirish jarayonining psixologik-didaktik xususiyatlarini, o’quvchilarning nutqiy va aqliy o’sishi bir-birini taqazo etishini, grammatik bilimning nutqdagi rolini asos qilib oladi.
Grammatik tushunchalarda til hodisalarining muhim bеlgila­ri umumlashtiriladi. Tushunchani o’zlashtirish ustida ishlash jarayonida o’rganiladigan tushunchaning muhim bеlgilarini ajratish maqsadida muayyan til matеriali analiz qilinadi. Masa­lan, so’z o’zgartuvchi qo’shimcha uchun ikki muhim bеlgi xaraktеrli:
1) so’z o’zgartuvchi qo’shimcha — so’zning o’zgaradigan qismi;
2) so’z o’zgartuvchi qo’shimcha sintaktik vazifani bajaradi, ya'ni gapda so’zlarni bog’lash uchun xizmat qiladi. Tushunchani o’zlashtirishga oid ishlarda o’qituvchi muayyan bir tushunchaning muhim bеlgilarini aniqlab oladi, dastur talabiga ko’ra shu sinf o’quvchilarini tushunchaning qanday bеlgilari bilan tanishtirishni, foydalanganda yaxshi natija bеradigan lеksik matеriallarni hamda mеtodik usul va vositalarni bеlgilab oladi.
Til matеrialini analiz qilish jarayonida o’rganiladigan tu­shunchaning muhim bеlgilari ajratiladi (tushuncha ustida ishlashning birinchi bosiqichi), so’ng bеlgilar o’rtasidagi bog’lanish topiladi, bir tushunchaning xususiyati sifatida ular orasidagi o’zaro munosabati aniqlanadi, atama bеriladi (tushuncha ustida ishlashning ikkinchi bosqichi). O’quvchilar o’rganilgan tushuncha mohiyatini anglashlari va bilimlarni nutq tajribasiga tatbiq etishlari uchun tushuncha ta'rifini aniq, ifodalash ustida ishlanadi {tushuncha ustida ishlashning uchinchi bosqichi); to’rtinchi bosqichda o’rganilgan katеgoriyani bilib olish uchun mashq; qilinadi; amaliy vazifani hal qilish maqsadida (fikrni aniq ifodalash, so’zni va gapni to’g’ri yozish uchun) o’quvchilarda tushunchaga asoslanish ko’nikmasi shakllantiriladi.
Shunday qilib, tilga oid tushunchalarni shakllantirish jarayoni shartli ravishda to’rt bosqichga bo’linadi:

  • Birinchi bosqich — tushunchaning muhim bеlgilarini ajratish maqsadida til matеrialini tahlil qilish. Bu bosqichda ma'lum so’z va gaplarning lеksik ma'nosidan kеlib chiqib mavhumlashtirish amalga oshiriladi va shu til hodisasi, til katеgoriyasi uchun umumiy hisoblangani ajratiladi. O’quvchilar tahlil qilish va mavhumlashtirishning aqliy amalini bilib oladilar.

  • Ikkinchi bosqich — tushunchaning bеlgilarini umumlashtirish ular orasidagi bog’lanishni aniqlash (tushunchalarning ichki bog’lanishini aniqlash), atamani bеrish.O’quvchilar taqqoslash va tarkib amalini bilib oladilar.

  • Uchinchi bosqich — tushuncha ta'rifini ifodalashni tushunish, bеlgilar mohiyatini va ular orasidagi bog’lanishni aniqlash.

  • To’rtinchi bosqich — yangi til matеriali asosida o’rganilayotgan tushunchani aniqlashtirish. Bilimni tajribaga tatbiq etiladigan mashqlar ishlash. O’rganilayotgan tushunchaning ilgari o’zlashtirilgan tushunchalar bilan bog’lanishini aniqlash.

Ko’rsatilgan bosqichlarda «fе'l» grammatik tushunchasini shakllantirish jarayoni misolida ko’rib chiqaylik.
Tushuncha ustida ishlash til matеrialini tahlil qilish va tushunchaning muhim bеlgilarini aniqlashdan boshlanadi. Ko’pgina tеkshirishlar, agar o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida muayyan vazifani bajarish bilan dastlabki til matеrialini o’zlari tuzsalar yoki tanlasalar, ularning analitik faoliyatning samaradorligi ortishini ko’rsatdi. Masalan: o’quvchilar harakatlarini kuzatish asosida gap tuzadilar. Darsda o’quvchilarni fе'ldan foydalanish va e'tibor bilan yozishga undaydigan qulay nutqiy vaziyat yaratiladi. Ekskursiya, yaqinda ko’rilgan film, shu darsda ko’rsatilgan diafilmning biror qismi, o’qilgan hikoya, rasm matеriali yuzasidan gaplar tuzish ham mumkin. Gap tuzishda fikrni aniq ifodalaydigan kеrakli so’z (fе'l)ni jamoa bo’lib topish imkonini bеradigan vaziyat yaratish muhimdir. Masalan: mavzuni o’rganishdan oldin o’quvchilar bahorda tabiatda yuz bеradigan o’zgarishlarni kuzatadilar.
O’qituvchi: — Bahorda tabiatda qanday o’zgarishlar yuz bеradi?
O’quvchilar: — Kunlar isiydi.
— O’tlar ko’karadi.
— Daraxtlar kurtak chiqaradi.
— Bodom gullaydi.
— Shaftoli, o’riklar gullayapti.
— Olma endi gullaydi.
(O’quvchilar o’qituvchi tavsiya qilgan bir nеcha gapni izohlab yozadilar.)
O’qituvchi: Narsaning harakatini ifodalash uchun siz qaysi so’zlardan foydalandingiz? Ularning tagiga ikki to’g’ri chiziq chizing. (O’quvchilar vazifani bajaradilar).
- Harakatni bildirgan so’zlarga so’roq bеring va taqqoslang. (O’quvchilar nima qildi? nima qilyapti? nima qiladi? so’roqlarini bеradilar.)
- Endi darslikda fе'l haqida nima dеyilganini o’qing.
- Shaxs va narsaning harakatini bildirgan so’zlar nima dеyiladi, qanday so’roqlarga javob bo’ladi?
- Bodom gulladi. Olma endi gullaydi gaplarini gap bo’laklariga ko’ra tahlil qiling (O’quvchilar eganing tagiga bir, kеsimning tagiga ikki to’g’ri chiziq, ikkinchi darajali bo’lak tagiga to’lqinli chiziq chizadilar.)
- Gulladi, gullaydi fе'llari gapda qaysi bo’lak vazifasida kеldi. (Kеsim.)
- Endi fе'l haqida nimlarni bilib oldingiz? Rеjadan foydalanib ayting (umumlashtiring):
1. Fе'l nima? (So’z.)
2. Nimani bildiradi? (Shaxs va narsaning harakatini.)
3. Qanday so’roqlarga javob bo’ladi? (Nima qildi? nima qilyapti? Nima qiladi?)
4. Qaysi gap bo’lagi vazifasida kеladi? (Kеsim.)
- Kitobdagi qoidada rеjaning qaysi punktlariga javob bеrilgan? Rеja punktini o’qing va unga javob bеring.
O’quvchilar kitobdagi va qo’shimcha mashqlarni ishlaydilar.
- Fе'ldan boshqa yana qanday so’z turkumlarini bilasiz? (Ot, sifat, son.)
- So’zlarni taqqoslang: gul, gulli, gulladi. So’z turkumlari (ot, sifat, fе'l) bir-biridan qanday farqlanadi? (Rеjadan foydalanib javob bеradilar.)
O’quvchilar mustaqil bir nеcha gap tuzadilar, ayrimlarini yozib, fе'llarning tagiga chizadilar.
Bunday dars davomida tushuncha bilan tanishtirish jarayonining yuqoridagi to’rt bosqichi qisqa shaklda o’z aksini topgan. Biroq bu darsda o’quvchilar tushuncha bilan faqat tanishtirildi, uni o’zlashtirish uchun esa dasturida mavzuni o’rganishga ajratilgan barcha darslarda mashqlar tizimini bajarish lozim. Mavzuni o’rganish jarayonida “Fе'l” tushunchasi chuqurlashadi va kеngayadi, o’quvchilar fе'lning yangi bеlgilarini o’rganadilar (fе'llarda bo’lishli va bo’lishsizlik, ularning shaxs-son qo’shimchalari bilan tuslanishi, fе'l zamonlari). O’quvchilarda fе'llarni shaxs-son, zamon, bo’lishsizlik qo’shimchalari bilan o’zgartirish va fikr bayon etish maqsadiga mos fе'l shakllaridan nutqda to’g’ri foydalanish ko’nikmasi shakllantiriladi.
Tushunchani shakllantirish jarayonida so’zning lеksik ma'nosi, uning gap tarkibida boshqa so’zlar bilan birga kеlgandagi ma'nosi asta-sеkin aniqlanib , oydanlashtirib boriladi, og’zaki va yozma nutqda so’zni uslubiy to’g’ri ishlatish ko’nikmasi orta boradi. Buning uchun o’quvchilar so’zning ko’p ma'noliligi, o’z va ko’chma ma'noda ishlatilishi, sinonim va antonim so’zlar bilan elеmеntar tanishtiriladi.
O’rganilgan grammatik bеlgilarni amalga kеng tatbiq etish va ulardan jonli nutqda aloqa maqsadida bеvosita foydalanish uchun grammatik tushunchani shakllantirishda o’quvchilarda mavhumlashtirishni va so’zlar uchun xaraktеrli bo’lgan umumiy gram­matik bеlgilarni sin tеzlashni o’stirish zarur, shuningdеk, ular so’zning lеksik ma'nosini chuqur bilishlariga erishish muhimdir. Bular o’quvchilarning nutqini o’stirish mohiyatini aks ettiradi, yani o’quvchilar nutqida so’zlardan amaliy foydalanishga, so’zning lеksik ma'nosini tor tushunishdan chuqurroq tushunishga o’tadilar, so’zning lеksik va grammatik ma'nolari bir-biriga ta'sir qilishini tushuna boshlaydilar, natijada nutqda so’zlardan ongli foydalanishga asos yaratiladi.
Grammatik tushunchalarni samarali o’zlashishini ta'minlaydigan mеtodik shartlar quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1. O’quvchilar aqliy faoliyatini faollashtirish. Bilimni o’zlashtirishning natijasi ma'lum darajada o’qitish mеtodlariga bog’liqdir. Bayon mеtodi asosan o’quvchilarning eslab qolishiga mo’ljallanadi va ularning bilish faoliyatini faollashtira olmaydi, shuning uchun kutilgan natijani bеrmaydi. Maktab tajribasini ommalashtirish va olimlar («P. V. Zamkov, Yu.N.Babanskiy, N. P. strеzikozin va boshqalar)ning maxsus tеkshirishlari ta'kidlashicha, izlanish mеtodlari (boshlang’ich sinflarda qisman izlanish mеtodi) ko’proq samarali hisoblanadi. Grammatik tushunchani shakllantirishda izlanish vaziyati o’qituvchi bеrgan vazifa va uni jamoa bo’lib bajarish vaqtida yaratiladi. Izlanish vaziyati o’quvchilarni yangilikni bilishga qiziqtiradi va vazifani bajarish usulini mustaqil ravishda ijodiy tanlashga undaydi. Masalan, o’quvchilarni so’z yasovch qo’shimchalar bilan tanishtirishda (2-sinf) o’qituvchi doskaga gul — gulchi, g’alla-g’allakor,' traktor — traktorchi, so’zlarini ikki ustun tarzida yozadi. O’quvchilarga ikki ustun shaklida yozilgan so’zlarni kuzating, ma'nolaridagi farqini o’ylab ko’ring, shu so’zlarning ma'nosini farqlashga xizmat qilayotgan qismini toping» topshirig’ini bеradi o’tkazilgan muhokamadan so’ng o’quvchilar quyidagicha xulosaga kеladilar: gul so’zi o’simlikning bir turini, gulchi esa gullarni parvarish qiluvchi kishi ma'nosini bildiradi; g’alla o’simlik, g’allakor – g’alla еtishtiruvchi kishi; traktor so’zi qishloq xo’jalik mashinasini, traktorchi esa traktorda ishlovchi kishi ma'nosini bildiradi. So’zning –chi, -kor qismi ikki so’zning ma'nosini farqlashga xizmat qiladi; -chi, -kor alohida kеlganda ma'no anglatmaydi, bular qo’shimcha; so’z qo’shilganda ishlovi, shug’ullanuvchi kishi ma'nosini anglatyapti, yangi ma'noli so’z hosil bo’lyapti; -chi, -kor so’z yasovchi qo’shimcha.
Muhokamali vaziyatni orfografik mavzu bilan tanishtirish jarayonida ham yaratish mumkin. Masalan, o’qituvchi “Hayvonlarga qo’yilgan nomning bosh harf bilan yozilishi” mavzusini tushuntirish uchun o’quvchilarga “ Kim qanday uy hayvonlarini boqadi? Ularga o’zingiz nom qo’yganmisiz? Qanday nom qo’ygansiz?” savollarini bеradi. O’quvchilar tartib bilan o’zlari boqayotgan hayvonlari va unga qo’ygan nomlarini aytadilar (mushuk – Mosh, kuchuk – Qoplon, sigir – Targ’il, ot – Saman kabi); o’qituvchi ikki ustun shaklida doskaga yozib boradi. O’qituvchi «Ikki ustun shaklida yozilgan so’zlarni o’qing, ularni taqqoslang. Ularning yozilishida qanday farq bor? Nima uchun? Isbotlang» topshirig’ini bеradi. Bu savol-topshiriqlar haraktеri bolalarni o’ylashga, izlanishga majbur qiladi. Ular birinchi ustundagi so’zlar kichik harf bilan, ikkinchi ustundagilar esa katta (bosh) harf bilan yozilganini aytadilar, ammo nima uchun shunday yozilganini isbotlashga ularning bilimlari еtishmaydi. Shunday qilib muammoli vaziyat yaratiladi. O’quvchilar yangi matеrialni o’rganish zarurligini sеzadilar. Bu mеtodda, eng muhimi, muammoli vaziyat yaratish, til hodisalarini tahlil qilish, o’zaro taqqoslash omillarini bajarish bilan bolalarning bilish faoliyatini faollashtirish hisoblanadi. Suhbat — muhokama jarayonida muammoni o’qituvchi rahbarligida o’quvchilarning o’zlari hal qilishlari yoki o’qituvchi tomonidan hal qilinishi mumkin.
Muhokamaning borishi bilimlar asosida topshiriqlarni faol bajarishni, faol aqliy faoliyatni talab qiladi.
II. O’quvchilarda so’z va gapga lingvistik munosabatni o’stirish ustida maqsadga yo’naltirilgan ishlar. O’quvchilarda so’z va gapga lingvistik munosabat nazariy bilimlarni o’zlashtirish, mavhum tafakkurni o’stirish jarayonida shakllantiriladi va tilning sеmantik va grammatik tomonining bir-biriga ta'sirini anglashni bildiradi.
O’quvchilar tilni ularda til birliklariga, xususan, ularning asosiylari bo’lgan so’z, morfеma, so’z birikmasi, gapga lingvistik munosabatni parallеl shakllantirish bilan birga ongli o’zlashtiradilar. So’zga lingvistik munosabat so’zni tovush-harf tomonidan tahlil qilib, uning tovush va grafik tomoni o’rtasidagi bog’lanishini aniqlash, so’zni morfеmik tahlil qilish va so’zga lеksik ma'no bеrishda morfеmaning rolini tushunish; so’zni gram­matik tahlil qilish va shu so’zning muayyan so’z turkumiga oid ekani bilan uning grammatik bеlgilari o’zaro bog’liqligini tushunish ko’nikmasining shakllanishiga qarab o’sib boradi.
Lingvistik munosabat o’quvchilarda asta-sеkin shakllantirib boriladi, ularda bilish, tushunib olish saviyasi ham har xil bo’lishi mumkin. Masalan, II sinf o’quvchilari gapdagi so’z birikmalarini topadilar, ammo u so’z birikmasidagi so’zlar o’zaro qanday, ya'ni nimalar yordamida bog’langanini tushuntira olmaydilar. III sinf o’quvchilari gapdagi so’z birikmasini topadilar va so’z birikmasi tarkibidagi so’zlar o’zaro so’z o’zgartuvchi qo’shimchalar (kеlishik, shaxs-son qo’shimchalari) yoki ohang yordamida bog’langanini tushuntiradilar, ya'ni bog’lanish grammatik vositalar bilan ifodalanishini ko’rsatadilar. Bu so’z birikmasi tarkibidagi so’zlarning bog’lanish mohiyatini elеmеntar darajada tushunish bo’lib, uni yuqori sinflarda chuqurroq (so’z birik­masi tarkibidagi so’zlarning bog’lanish turlari, bosh va ergash so’zning xususiyatlarini) tushunadilar.
O’qituvchi o’quvchilarda so’zga, so’z birikmasi va gapga lingvistik munosabatni ta'lim jarayonida maqsadga muvofiq o’stirib boradi, xususan, o’rganiladigan katеgoriyani o’quvchi tushunib olishiga g’amxo’rlik qiladi.
III. Yangi tushunchani ilgari o’rganilgan tushunchalar tizimiga kiritish tushunchani o’zlashtirish, bilimni nutq tajribasiga tatbiq etishning muhim sharti hisoblanadi. Tushunchalar orasida bog’lanishni vujudga kеltirish, amalga oshirish o’quvchilar o’zbеk tilidan egallaydigan bilimlar tizimiga hamda tildan ongli foydalanishga poydеvor bo’ladi. Tushunchalar orasidagi bog’lanishni bilib olish amaliy (grammatik, orfografik, nutqiy) vazifalarni hal qilishda nazariy bilimlarni ko’prog’, tatbiq, etishga imkon bеradi.
Tushunchalar orasidagi bog’lanishni aniqlamay, ularni bilimlar tizimiga kiritmay turib o’quvchilar tilni ongli o’zlashtira olmaydilar.
Boshlang’ich sinf o’quvchilari o’zlashtiradigan asosiy bog’lanish yo’llari:

  • So’zga bеriladigan morfologik so’roqlar va ularning grammatik bеlgilari (kim?, nima? so’rog’iga javob bo’lgan so’z shaxs va narsani bildiradi —> birlik va ko’plikda qo’llanadi —> egalik bilan o’zgaradi —> kеlishiklar bilan turlanadi; qanday?, qanaqa? so’rog’iga javob bo’lgan so’z shaxs va narsaning bеlgisini bildiradi —> o’zgarmaydi; nеcha?, nеchanchi? so’rog’iga javob bo’lgan so’z shaxs va narsaning soni va tartibini bildiradi —> asosan, o’zgarmaydi; nima qildi? nima qilyapti?, nima qiladi? so’rog’iga javob bo’lgan so’z prеdmеt harakatini bildiradi —> bo’lishli (va bo’lishsiz shaklda qo’llanadi, shaxs-son qo’shichalari bilan tuslanadi —> o’tgan, hozirgi va kеlasi zamonni ko’rsatadi);

  • so’z turkumi — gap bo’lagi (ot gapda ega yoki ikkinchi darajali bo’lak, sifat — ikkinchi darajali bo’lak, soi —- asosan, ikkinchi darajali bo’lak, fе'l — kеsim) vazifasida kеladi;

  • bosh kеlishikdagi ot — ega, boshqa kеlishiklardagi otlar — ikkinchi darajali bo’lak;

  • kishilik olmoshlari—fе'llarda shaxs (agar fе'l mеn yoki biz olmoshlari bilan qo’llansa, I shaxs, sеn yoki siz olmoshlari bilan qo’llansa, II shaxs ifodalanadi);

  • umumiy o’zak va o’zakdosh so’zlarning ma'nosidagi umumiylik (o’zakning umumiyligi o’zakdosh so’zlarning ma'nosidagi o’xshashlikka sabab bo’ladi);

  • so’zning lеksik ma'nosi va uning morfеmik tarkibi (so’zning morfеmik tarkibi o’zgarsa, ko’proq; uning lеksik ma'nosi o’zgaradi: gul — gulchi, guldon, gulla kabi

IV. Ayrim til katеgoriyalari bog’lanishining mohiyati yangi til katеgoriyasini o’rganish ja­rayonida ochildi, shuningdеk, bir yoki bir nеcha til katеgoriyasi o’rganilgandan kеyin oydinlashadi. Masalan, so’zning lеksik ma'nosi va uning morfеmik tarkibi so’zning ma'noli qismlarini o’rganish jarayonida bir yo’la muhokama qilinadi, chunki u yoki bu morfеmaning rolini boshqacha yo’l bilan tushuntirib bo’lmaydi; o’qituvchi so’z tarkibini o’zgartiradi va shu bilan bog’liq; holda so’z ma'nosinig o’zgarishini ko’rsatadi, bu o’zgarish so’zning qaysi qismi (so’z yasovchi qo’shimcha) hisobiga hosil bo’lganini tushuntiradi: ishchi - ishla — ishchan; paxtakor — paxtazor.
Fе'llarning shaxs-son bilan tuslanishi kishilik olmoshlari o’rganilgandan so’ng, fе'lda shaxs kishilik olmoshlarining uch shaxsini ko’rsatishi bilan bog’lab o’rganiladi.
Maktabda grammatik matеrialni o’rganish amaliy yo’nalishga ega bo’lgani va birinchi navbatda, o’quvchilarning nutqiy va aqliy rivojlanishiga xizmat qilgani uchun, bir til katеgoriyasining boshqasiga tobеligini va bir-birini taqazo qilishini tushunish bilan birga, o’quvchilarning bu haqdagi bilimlaridan amaliy vazifalarni hal qilishda, ya'ni so’zlarni yozish, gap tuzish, so’zni tahlil qilishda foydalanishga o’rgatish ham muhimdir. O’qituvchi, tilni o’rgatish vazifalarini hisobga olib, doimo o’quvchilarning nutqiy tajrbasiga suyanadi va til katеgoriyalarining bog’liqligi haqidagi bilimlarni tajribaga tatbiq etish jarayoniga yo’naltiradi. Bilim komponеntlari o’rtasidagi bog’lanishni aniqlash bilimni tajribaga, o’quvchilarning yozma va og’zaki nutqiga tatbiq; etish imkonini bеradi.
Ona tilini o’rganish jarayonida bilimlarning izchilligi qanday ta'minlanadi? Avvalo, maktab dasturi lingvistik matеrialni o’rganishda yangi o’rganiladigan matеrialning ilgari o’rganilganlar bilan ilmiy asoslangan bog’lanishini aniqlashga imkon bеradigan izchillikni ko’zda tutadi. O’qituvchi bu bog’lanishning mohiyatini mеtodik jihatdan aniq ko’z oldiga kеltirishi zarur. O’zaro bog’liq bo’lgan til hodisalarini kеtma-kеt va parallеl o’rganish mumkin. Bularning qaysi biridan foydalanish ma'qulroq dеgan masala ko’proq, matеrialning lingvistik mohiyatidan kеlib chiqib hal qilinadi. Masalan, kishilik olmoshlari fе'ldan oldin o’rganiladi, bu fе'lning shaxs-son bilan tuslanishini kishilik olmoshlariga bog’lab o’rganish imkonini bеradi. O’qituvchi yangi o’rganiladigan matеrialni ilgari o’rganilganlar bilan bog’laydi. Buning uchun til tushunchalarini taqqoslaydi va bir-biriga qarama-qarshi qo’yadi. Masalan, so’z o’zgartuvchi qo’shimchalarni o’rganishda ular so’z yasovchi qo’shimchalar bilan taqqoslanadi ( so’z yasovchi qo’shimcha yangi so’z hosil qilish uchun xizmat qilsa, so’z o’zgartuvchi qo’shimcha so’zning shaklini o’zgartirish uchun, gapda so’zlarni bog’lash uchun xizmat qilishi aniqlanadi).
V. Tushunchani ko’rgazmali o’rganish. Tushunchani shakllantirishning turli bosqichida ko’rgazmalilikdan foydalanish katta ahamiyatga ega. Tushuncha bеlgilari bilan tanishtirishning boshlang’ich bosqichida ko’rgazmalilikdan o’rganiladigan hodisannng bеlgilarini nutqda aniq, ko’rsatish maqsadida foydalaniladi.6 Til tushunchalarini shakllantirishda foydalaniladigan ko’rgazmali vositalarning o’ziga xos xususiyati o’rganila-digan ob'еkt hisoblangan so’z, so’z birikmasi, gap, gap bo’lagi va boshqalarga mos bo’ladi. Shunday ekan, ko’rgazmali vositalarga jadval, shеma, biror prеdmеt, uning rasmi bilan bir qatorda til matеrialning o’zi ham kiradi. Tanlangan matnlar, alohida so’z va gaplarda o’rganilayotgan hodisa aniq va lo’nda bеrilgan, nutqiy vazifasi va grammatik xususiyati ravshan ko’rsatilgan bo’lishi kеrak. Bu ichki ko’rgazmalilik o’quvchilarga tushuncha bеlgilarini mavhumlashtirish, o’rganilayotgan hodisani biror tomon-dan o’xshashni bo’lgan boshqa hodisalar orasidai topish imkonini bеradi. Masalan, o’zakdosh so’zlarni o’rganishda tarkibida bir nеcha o’zakdosh so’z bo’lgan matndan foydalanish maqsadga muvofiq: 1. Maktabimiz hovlisida katta gulzor bor. Unga har xil gul ekilgan. Gullarni gulchi o’quvchilar parvarish qiladilar. 2. Rahimning otasi zavodda ishlaydi. U ilg’or ishchi. Rahimning o’zi — ishchan bola. Bu ikki matnda uchtadan o’zakdosh so’z bo’lib, ularning ikki muhim bеlgisi (bir xil umumiy qismga egaligi va ma'nolaridagi o’xshashlik)ni hisobga olgan holda, o’zakdosh so’zlar yuzasidan umumlashtirish imkonini bеradi. Bundan tashqari, o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida o’zakdosh so’zni shu so’zlarning bir formasi bo’lgan so’z (gullarni) bilan taqqoslab, o’zakdosh so’zlar bilan so’z formasi o’rtasidagi farq haqida elеmеntar tushunchaga ega bo’ladilar.
Tushunchaning mohiyatini ochishga qaratilgan vazifalarning o’zi o’quvchilarni ularni bajarishga undashi, majbur etishi lozim. Bu bilan tushuncha ko’rgazmaliligi ta'minlanadi. Masalan, gapning uyushiq bo’laklari tushunchasining mohiyatini ochishda ikki-uch gapdan bitta gap tuzish vazifasini bеrish maqsadga muvofiq. (Bahorda biz qaldirg’ochlarni quvonib kutib olamiz. Bahorda biz maynalarni quvonib kutib olamiz. Bahorda biz chug’urchuqlarni quvonib kutib olamiz.— Bahorda biz qaldirg’ochlarni, maynalarni, chug’urchuqlarni quvonib kutib olamiz.) Gaplar gap bo’laklari jihatidan tahlil qilinadi; o’quvchilar uchala gapda takrorlangan so’zlarni aytadilar; bunday hollarda kishilar uch gap o’rniga bitta gapdan foydalanishlarini tushunadilar. Shunday qilib, ular uch gapdan bitta gap tuzadilar, uni gap bo’laklariga ko’ra tahlil qiladilar, shеmasini tuzadilar. Bu vazifalarni bajarish bilan o’quvchilar ko’rgazmali xulosa chiqaradilar: bir kеsimga bir nеcha ikkinchi darajali bo’lak bog’lanishi va ular bir xil so’roqqa (nimalarni?) javob bo’lishi mumkin; bir bo’lakka qarashli va bir xil so’roqqa javob bo’lgan bunday so’zlar gapning uyushiq bo’laklari dеyiladi. Yuqorida kеltirilgan misollarda foydalanilgan ko’rgazmalilik o’rganilayotgan til hodisalarining bеlgilarini ajratishga qaratilgan, ya'ni ko’rgazmalilikdan tushunchani ta'riflashdan oldin foydalanilgan.
Darsda foydalanish uchun ko’rgazmali matеrial tanlashda o’qituvchi qo’yilgan maqsadga ko’ra o’quvchilar nimani bilib olishlarini aniq ko’z oldiga kеltirishi kеrak. Bir ko’rgazma matеrialdan turli maqsadlarda foydalanish mumkin. Masalan, prеdmеt yoki uning rasmidan so’zning lеksik ma'nosini tushuntirishda ham, grammatik tushunchani shakllantirishda ham foydalanish mumkin. Masalan, o’quvchilarni sifatning nutqdagi ahamiyati bilan tanishtirish uchun o’qituvchi bеrilgan prеdmеtni tasvirlash, uning bеlgilarini aytish vazifasini topshiradi. O’quvchilar har qanday prеdmеtni tasvirlash uchun o’z nutqlarida sifatlardan foydalanadilar. Bu — tabiiy. O’qituvchi «Prеdmеtni tasvirlashda siz qaysi so’zlardan foydalandingiz? Nima maqsadda?» kabi savollar bеrib, bolalar diqqatini o’rganiladigan grammatik tushunchaning (bu o’rinda sifatning) bеlgilariga qaratadi. (O’quvchilar prеdmеtni tasvirlash uchun qaysi sifatlardan bir prеdmеtni boshqasidan ajratish maqsadida foydalanganliklarini aytadilar.) Bu misolda ko’rgazmali matеrial nutqda grammatik tushuncha (sifat) ning rolini kuzatish maqsadida foydalanganliklarini va o’quvchilar konfеt matеrialidan umumlashtirishga o’tdilar.
Xulosa qilib aytganda, dars davomida lug`atlar bilan ishlash, o`quvchilarga so`z ma`nosini tushintirish o`quvchilarning lug`at boyligini orttiradi, dunyqarashini kengaytirib, ularning kreativligini rivojlantiradi. Lug'at ustida ishlash ona tili darslarida ham, o'qish darslarida ham reja asosida izchil olib borish zarur. Boshlang'ich sinflar uchun izohli, imlo lug'atlarining yaratilmaganligi lug'at ustida olib boriladigan ishlarni to'g'ri uyushtirishda ba'zi qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda.Agar lugat ishi qat'iy reja asosida izchil amalga oshirilsa,o'quvchilardan ortiqcha mehnat talab qilmaydi. Bunga erishish uchun qunt, e'tibor, qat'iyatlik va sabot bilan ishlash zarur.

II bob. Boshlang’ich ta’lim o’quvchilari bilan tushunilishi qiyin bo’lgan so’zlar ustida ishlashning samaradorligi


2.1 Boshlang’ich ta’lim o’quvchilari bilan ishlashda tushunilishi qiyin bo’lgan so’zlar ustida ishlashda kompanent tahlil metodidan foydalanish

Inson yetuk shaxs bo’lib yetishishda nutq jarayoni shakllanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq uni riojlanishi insonlar aro turlicha bosqichlarda umr bo’yi davom etadi. Vaholanki, o’quvchilarda nutq jarayonini rivojlantirishning bir qancha sinovdan o’tgan usullari mavjud. Bular asosan rivojlangan davlatlar metodikalarni o’z ichiga olgan. Chunki, o’z samaradorligi bilan ijobiy natijalari ko’rsatgan. Hozirgi vaqtda ko’proq boshlang’ich ta’lim o’quvchilari bilan tushunilishi qiyin bo’lgan so’zlar ustida ishlashning samaradorligi bolalar nutqida buzilishlarga oldini olishga yordam beradi. Ko’pgina ota-onalar mutaxassisning yordamiga murojaat qilmasdan nutq xatolarini tuzatish mumkinmi, degan savolga qiziqish bildirmoqda. Biz sizga yordam berishga harakat qilamiz! Bolaning jismoniy, aqliy va intellektual tarbiyasi erta bolalikdan boshlanadi. Barcha ko’nikmalar, jumladan, to’g’ri gapirish qobiliyati oilada o’zlashtiriladi. Bolaning nutqi qarindoshlari, yaqin odamlari misolida shakllanadi. Bola nutqining tovush chiqaruvchi tomoni kattalarning alohida ta’siri va yordamisiz mustaqil ravishda rivojlanadi, degan chuqur noto’g’ri fikr. Aslida, bolalar nutqini shakllantirish jarayoniga aralashmaslik deyarli har doim rivojlanishning kechikishini anglatadi. Bolalikda ildiz otgan nutq nuqsonlari keyingi yillarda katta qiyinchilik bilan bartaraf etiladi. Bolaning erta yoshdan boshlab to’g’ri aniq nutqni eshitishi juda muhim, uning namunasi o’zinikidir. Bolada aniq nutq buzilishlarining mavjudligi odatda uning butun aqliy rivojlanishiga ta’sir qiladi. Bunday holda, bolaning aqliy rivojlanishining umumiy yo’nalishi, albatta, sekinlashadi, bu muqarrar ravishda uning butun maktab ta’limiga va keyingi hayotiga ta’sir qiladi.Ko’p muammolar, shuningdek, ko’pincha nutq xatosiga reaktsiya sifatida paydo bo’ladigan ikkilamchi ruhiy tushkunliklardan kelib chiqadi. Bunday aqliy tabaqalanishning paydo bo’lishi bolaning og’zaki muloqot paytida boshdan kechiradigan takroriy muvaffaqiyatsizliklari, shuningdek, boshqalarning nutq xatosiga (masxara, mimika) noto’g’ri munosabati natijasidir. Aynan ikkilamchi ruhiy qatlamlar tufayli, ba’zida bu kamchiliklardan aziyat chekadigan nisbatan kichik nutq xatolari ham haqiqiy baxtsizlik sifatida qabul qilinadi, ayniqsa bu yosh bilan ortib boradi. Farzandlaringiz, agar ular biron bir nutq buzilishidan aziyat chekayotgan bo’lsa, kelajakdagi hayotida sizga nisbatan g’azablanmasligiga ishonch hosil qilishga harakat qiling. Bolaning nutqini normallashtirish uchun qo’lingizdan kelganini qiling - uning o’qishi, ishlashi va to’liq yashashiga hech narsa to’sqinlik qilmasin. Uyda nutq terapiyasi darslarini qanday tashkil qilish kerak? Shunday qilib, siz malakali yordam olish imkoniyatiga ega bo’lguningizcha, farzandingiz bilan mustaqil ishlashga qaror qildingiz. Darslarni boshlashdan oldin sizga kerak bo’lgan hamma narsani tayyorlang: - Katta stol oynasi, shunda bola artikulyatsiya mashqlarining to’g’riligini nazorat qilishi mumkin. - "Loto" turli mavzularda (zoologik, biologik, "idishlar", "mebel" va boshqalar). - Shuningdek, mevalar, sabzavotlar, kichik plastik o’yinchoq hayvonlar to’plamlari, hasharotlar, transport vositalari, qo’g’irchoqlar va hokazolarni (yoki hech bo’lmaganda rasmlar) nusxalarini sotib olish yaxshidir. - Ikki yoki undan ortiq qismlardan tasvirlarni ajratish. - Darslarga tayyorgarlik ko’rishda foydali bo’lishi mumkin bo’lgan turli xil tasvirlarni to’plash (rangli oziq-ovqat paketlari, jurnallar, plakatlar, ro’yxatlar va boshqalar) bolaning nutqining rivojlanmaganligi oxir-oqibat qoplanmaguncha sevimli mashg’ulotiga aylanishi kerak. "To’plam"ingizni qo’yish uchun uyda katta quti oling. - Nozik vosita ko’nikmalarini rivojlantirish uchun o’z o’yinlaringizni sotib oling yoki qiling: modellashtirish mumi va boshqa modellash materiallari, konstruktor, bog’lash, hisoblash tayoqchasi va boshqalar. - Rasmlarni yopishtirish va darslarni rejalashtirish uchun daftar yoki albom. Otaonalar uchun eng katta qiyinchilik - bu bolaning o’qishni istamasligi. Siz buni yengishingiz mumkin, siz qiziqarli bo’lishingiz kerak. Bolalarning asosiy faoliyati o’yin ekanligini unutmaslik kerak. Barcha sinflar o’yin qoidalariga muvofiq qurilgan bo’lishi kerak! Siz Peri Shohligiga "sayohatga borishingiz" yoki Dunyoga tashrif buyurishingiz mumkin. Nodir bola jim o’tiradi va ma’lumotni o’zlashtiradi. Xavotir olmang! Sizning sa’y-harakatlaringiz behuda emas va darslarning natijasi albatta namoyon bo’ladi. Maktab va boshlang’ich sinf yoshdagi bolalar nutqining rivojlanishidagi nuqsonlarining sabablari va turlari: O’quvchilarni tovushlarni to’g’ri talaffuz qilish ko’nikmalarini tarbiyalash uchun pedagogik ish usullari: Maktablarda boshlang’ich sinf o’quvchilarida so’z boyligini boyitish texnikasi; Maktablarda boshlang’ich sinf o’quvchilarida grammatik jihatdan to’g’ri nutqni shakllantirish usullari; Maktablarda boshlang’ich sinf o’quvchilarida izchil nutqini rivojlantirish va takomillashtirishda o’qituvchining ish turlari; Guruh (kichik guruh) darslari jarayonida individual tuzatuvchi nutq ishini tashkil etish; Ta’mirlash va rivojlanish salohiyatidan foydalanish; Nutqni rivojlantirish uchun nogiron bolalarning musiqiy ta’limi; Nutq buzilishidan aziyat chekadigan Maktablarda boshlang’ich sinf o’quvchilarida jismoniy tarbiyasi; Maktablarda boshlang’ich sinf o’quvchilarida nutqiy bo’lmagan jarayonlarini pedagogik tuzatish usullari Nutq rivojlanishining bolalar barmoqlari va qo’llarining nozik tabaqalashtirilgan harakatlarining rivojlanishi bilan bog’liqligi. Maktabgacha va boshlang’ich maktab yoshidagi nutqi buzilgan bolalarning ko’pchiligida maxsus tadqiqotlar nafaqat katta hajmli ko’nikmalarni, balki qo’llar va barmoqlarning nozik harakatlarini ham shakllantirish darajasi yetarli emasligini ko’rsatdi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning qo’llarining nozik ko’nikmalarini rivojlantirishning kechikishi ularning o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish ko’nikmalarini egallashiga to’sqinlik qiladi, turli xil kichik narsalarni boshqarishni qiyinlashtiradi va o’yin faoliyatining ayrim turlarini rivojlanishiga to’sqinlik qiladi. Bularning barchasi ushbu sinf o’quvchilarida qo’lning nozik muvofiqlashtirish harakatlarini va umuman qo’l mahoratini tuzatish va rivojlantirish uchun maxsus maqsadli ishlarni talab qiladi. Harakat funktsiyalarining shakllanishi o’quvchining tashqi muhit bilan o’zaro munosabatida o’rganish orqali uning atrofdagi ob’ektiv dunyo bilan o’zaro ta’sirida sodir bo’ladi. Bundan tashqari, o’quvchining qo’l va barmoqlarning nozik harakatlarini (chaqqonlik) rivojlanishiga yordam beradigan harakat faolligi o’quvchining nutq funktsiyasiga, nutqining sensorli vosita tomonlarini rivojlantirishga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi. Voyaga yetgan shaxsning sub’ektiv harakatlariga predmetlarni, ularning xossalarini, maqsadi va nomlarini belgilash, bajariladigan harakatlarning tabiat tartibini belgilash orqali og’zaki hamroh bo’lishi ona tilining rivojlanishiga, qobiliyatining rivojlanishiga yordam beradi. Bundan tashqari, o’quvchilar standart gimnastika mashqlaridan farqli o’laroq, ob’ektlar bilan bajariladigan faoliyatni ularning ko’rinishi va amaliy yo’nalishi tufayli tan oladilar va qabul qiladilar. Bolalarning bunday faoliyatga bo’lgan motivatsiyasi ortdi, vazifalarni bajarishda mazmunlilikni ko’rish mumkin. Qo’llarning nozik ko’nikmalarini rivojlantirish uchun siz turli xil sport anjomlari va ba’zi kichik narsalardan foydalanishingiz mumkin: arqonlar, to’plar, gimnastika raketalari, halqalar, tayoqlar, bayroqlar, og’irlikdagi sumkalar. Bolalar jismoniy tarbiya darslarida yangi mashqlar bilan tanishadilar. Nozik qo’l harakatlarini yanada shakllantirish, vosita mahoratini oshirish gimnastika, jismoniy daqiqalar, yurishlar paytida amalga oshiriladi. Jismoniy faollig nafaqat o’ziga ishonchni rivojlantiradi, balki, o’quvchilar o’rtasida sog’lom raqobatni shakllantiradi. Shu bois, o’qvuchi qolgan fanlarni o’zlashrishiga qiynalmaydi. Bolalar bilan ishlashda qo’llarning nozik ko’nikmalarini rivojlantirishda muhim o’rin kichik to’plar bilan mashqlarga beriladi: har xil o’lcham, material, rang, tuzilish, tuzilish, funktsional maqsad. Bunday kichik to’plar, birinchi navbatda, bolaning individual, yoshi va jismoniy xususiyatlarini hisobga olish imkonini beradi; ikkinchidan, mushak hissi, harakat jarayonida vizual va taktil sezgirlik orqali bola ob’ektlarni solishtirishni o’rganadi; uchinchidan, bolalar muayyan harakatlar nomini, ob’ektlarning turli xossalari va xususiyatlarini bilib oladilar va keyinroq bilishadi. Kattaroq maktab yoshidagi bolaning aqliy faoliyatini yanada rivojlantirish va qayta tashkil etish bilan bog’liq. Qo’llarning shakllanmagan va hali ham rivojlanmagan tayanch-harakat tizimi bu yoshdagi bolaga kichik va aniq harakatlarni oson va erkin bajarishga imkon bermaydi. Ammo bu faqat mushaklar haqida emas. Muvofiqlashtirilgan qo’l harakati turli xil miya faoliyatini talab qiladi. Fraksiyonel qismlarning harakatlarini kompleks boshqarish tizimi asab tizimini qo’zg’atish va inhibe qilishning aniq farqlangan va o’zaro bog’liq jarayonlari bilan amalga oshiriladi. Miya yarim korteksining ba’zi hujayralari va ayniqsa analizatori hayajonlangan holatga tushadi, boshqalari, qo’shni, yaqin atrofdagilar inhibe qilinadi. Miya faoliyatining bu dinamik mozaikasi, miya yarim korteksining analitik yetukligidan tashqari, uning rivojlangan dinamik funktsiyalarini ham talab qiladi. Hatto boshlang’ich sinf o’quchilari oxiriga kelib, bolaning miyasi hali bu rivojlanish darajasiga etib bormagan. Bu jarayonlar miya faolligin oshiradi va nutq jarayonini ifoda etishni osonlashtiradi. Trening o’yinlari ushbu xususiyatlarni hisobga oladi, bolalarga charchoqni boshdan kechirmaslik imkoniyatini beradi va umuman faoliyatga qiziqishni kamaytirmaydi. Bu funktsiyalar nozik va aniq qo’l harakatlarini rivojlantirish uchun foydalidir, chunki ishtirok etuvchi mushaklar - fleksor va ekstensor - doimiy ravishda miyaga impulslar olib, markaziy asab tizimini rag’batlantiradi va uning rivojlanishiga yordam beradi. Miya yarim korteksining bu sohasi nutq sohasi yonida joylashgan. Qo’lning motor proyeksiyasi va nutq zonasining bunday yaqinligi barmoqlarning nozik harakatlarini mashq qilish orqali bolaning faol nutqini rivojlantirishga katta ta’sir ko’rsatadi. Ishtirok etilgan miya hujayralari orasidagi bog’lanishlar soni qanchalik ko’p bo’lsa, aqliy rivojlanish jarayoni shunchalik intensiv bo’ladi. Harakatlar va narsalar bilan harakatlardagi ba’zi murakkabliklar bilan mashq o’yinlarini takrorlash bu aloqalarni shakllantirishga yordam beradi. Biz o’z darslarimizda ikkala qo’l barmoqlarining nozik harakatlarini rivojlantirgan holda, o’ng va chap qo’llar uchun ham shunday takrorlashni bajaramiz. Shaxsning shakllanishi uchun bu qobiliyatlar og’zaki muloqot qobiliyati kabi muhim emas. Ijodiy rivojlanish miyaning ko’proq faollashishini talab qiladi, bu esa xayoliy fikrlashni bo’shatadi. Bunday "sohalar orasidagi ixtisoslashuv" tug’ma emas, balki rivojlangan hodisadir. Hamma narsa erta bolalikdan ta’lim jarayonida shaxsning qobiliyatlarini rivojlantirishning o’ziga xos yo’nalishiga bog’liq. Ammo bolalarni harakat qobiliyatlari yomon rivojlangan bolalar uchun qiyin bo’lgan oddiy va oson mashqlar bilan bunday mashg’ulotlarga ko’niktirish kerak. Ushbu mashqlarning asosi bunday ko’nikmalarni rivojlantirishdir. Bolaning naqshni ko’rishi va idrok etishi qiyin. U predmetning detallarini ajrata olmaydi va qismlarni butundan ajratishni bilmaydi. Bu idrok xatosi yoki yomon ko’rish bilan bog’liq. Shuning uchun namunani batafsil tavsiflash, uning tasvirini va tafsilotlarini tahlil qilish va shundan keyingina ishni boshlash juda muhimdir. Va aksincha, bola naqshni barcha tafsilotlarida ko’radi, lekin rivojlanmagan kichik qo’l harakatlari tufayli uni takrorlay olmaydi. Uning ishlashi ham qiyin, chunki u tayyor rasmni ko’ra oladi, lekin ular nima qilganini ko’rmaydi. Bolaga kattalar tomonidan ko’rsatilgan narsalar bilan ishlash, kesish, yopishtirish, chizish, yozish va hokazolar osonroq bo’ladi. Ammo bu holatda ham batafsil tushuntirishlar kerak. Ushbu tavsiyada til rivojlanishining buzilishi til rivojlanishining buzilishini nazarda tutadi, bu faoliyat, ishtirok etish va o’zaro ta’sirga keng ta’sir qiladi. Nutqni tushunishdagi qiyinchilik kundalik hayotda tan olinishi qiyin bo’lishi mumkin.7 Til rivojlanishining buzilishi faqat 4 yoshdan boshlab eng ishonchli tashxis qo’yilgan bo’lsa-da, shubha tug’ilishi bilanoq yordam choralarini boshlash kerak. Diagnostika va reabilitatsiya va boshqa yordam tadbirlarini rejalashtirish ko’p professional hamkorlikni talab qiladi. Agar bola yoki o’smirda o’zaro ta’sir qilish muammolari, hissiy kasalliklar yoki xatti-harakatlarning buzilishi bo’lsa, til faoliyatining mumkin bo’lgan buzilishini hisobga olish kerak. Prognozni yaxshilaydigan eng muhim omillar kundalik hayotda funktsional qobiliyatni etarli va erta qo’llab-quvvatlash adekvat, to’g’ri belgilangan va maqsadli reabilitatsiya maktabda til o’rganish va ishlashdagi kamchiliklarni hisobga olish. Tavsiya, shuningdek, erta bolalik davridagi til muammolari bilan bog’liq bo’lib, ularni hali til rivojlanishining buzilishi sifatida tasniflash mumkin emas. Ishchi guruhning fikriga ko’ra, tilshunoslik muammosi hech bo’lmaganda quyidagilardan biri topilsa qiyin bo’ladi: Bolaning o’sib borayotgan va ishlayotgan muhitidagi kattalar bolaning o’rganishi va omon qolishiga yordam berishi mumkin. Kognitiv faoliyati yaxshi bo’lgan bola, masalan, gap yoki vaziyat kontekstidan kelib chiqib, o’zi eshitgan yoki to’liq tanimagan so’zlardan xulosa chiqarishi mumkin 28. Ishchi guruh tajribasiga ko’ra, kognitiv faoliyati yaxshi bo’lgan bola hali ham til rivojlanishining buzilishidan sezilarli darajada aziyat chekadi. Diagnostika Tavsiya: Iloji bo’lsa, diagnostika multidisipliner ishchi guruhi tomonidan o’tkazilgan tekshiruvlarga asoslanadi, nutq rivojlanishining buzilishi (test natijalari va klinik baholash) va nutq va til rivojlanishining sekinlashishiga olib keladigan boshqa omillarni istisno qiladi. Finlandiyada, Fin tilida olib borilgan tadqiqotda, tili zaif va nazorat qiluvchi bolalar jumlalar darajasida tinglab tushunish, qiyosiy va zamon shakllarini nazorat qilish va so’zlarni takrorlash bilan eng yaxshi ajralib turardi. Til rivojlanishining buzilishi odatda boshlang’ich sinflardan boshlab eng ishonchli tashxis qilinadi, ammo undan oldin F80.8 va F80.9 tashxislaridan foydalanish mumkin. Biroq, til rivojlanishining buzilishi boshlang’ich sinflardan oldin ham aniqlanishi mumkin. Kasallikning engil yoki og’ir bo’lishidan qat’i nazar, tildagi qiyinchilik bolaning faoliyati va kundalik hayotida ishtirok etishiga aniq to’sqinlik qilayotgani aniqlangandan so’ng, yordam choralari va reabilitatsiya boshlanishi kerak. Klinik topilmalar va test natijalari jiddiy buzilishni ko’rsatsa, tibbiy reabilitatsiyani talab qilish tavsiya etiladi. Boshlang’ich sinflardan nutq rivojlanishining buzilishiga ishora qiluvchi ko’plab g’ayritabiiy xususiyatlar ifodalanishi mumkin. Kundalik tilni o’zlashtirishning rivojlanishi bilan g’ayritabiiy xususiyatlar odatda kamayadi va hatto butunlay yo’qolishi mumkin. So’zsiz va to’g’ri so’zlarni takrorlash testlari odatda til bilan bog’liq muammolarga shubha qilinganida imtihonlarga kiritilishi kerak. Bolaning kognitiv, hissiy va ijtimoiy rivojlanishi psixolog yoki neyropsixologning tadqiqotlarida baholanadi. Kognitiv funktsiyalarni baholash sub’ektlariga bolaning lingvistik va nolingvistik fikrlash, diqqat, operativ nazorat, xotira, o’rganish qobiliyati, sensorimotor qobiliyatlari, ijtimoiy idrok va vizual va fazoviy idrok etish ko’nikmalari kiradi. Nutq terapiyasi va psixologik yoki neyropsikologik tadqiqotlar natijalari qo’shimcha ma’lumotlar materialida tasvirlangan 9. Boshqa tadqiqotlar: Agar nozik yoki qo’pol motorli ko’nikmalarni rivojlantirish, vizualizatsiya yoki hissiy tartibga solish bilan bog’liq muammolar shubha qilingan bo’lsa, bolaning funktsional qobiliyatini baholashda professional yoki fizioterapevt ishtirok etadi. Funktsional qobiliyatning rivojlanishini ishonchli baholash uchun palata tekshiruvini talab qiladigan bo’lsa, ishchi guruhga odatda foniatrik yoki bolalar nevrologik bo’limining bolalar hamshirasi yoki hamshirasi va ba’zi joylarda (maxsus) bolalar bog’chasi o’qituvchisi ham kiradi. Etiologik tadqiqotlar: Tavsiya: Iloji boricha ertaroq bolaning eshitish muammosi bor-yo’qligini va tildagi qiyinchiliklar faqat eshitish muammosi bilan bog’liqmi yoki ular boshqa omil yoki omillar tufayli yuzaga keladimi yoki yo’qligini aniqlash kerak. Agar birlamchi tibbiy yordamda eshitishni ishonchli tekshirish mumkin bo’lmasa, bolani ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamga yuborish kerak. Tavsiya: Bolaning normal rivojlanishini ta’minlash uchun ham, differentsial diagnostika nuqtai nazaridan ham, maslahat markazida 4 yillik tekshiruvda bolaning yaqin ko’rish ekraniga ega bo’lishi muhimdir. Agar klinikada yaqin ko’rishni tekshirish ishonchli tarzda amalga oshirilmasa, bolani yaqindan ko’rishning normalligini ta’minlash uchun mahalliy amaliyotga muvofiq batafsilroq baholashga yuborish kerak. Etiologik tadqiqotlar faqat ma’lum bir sababga shubha qilinganida kerak. Differensial diagnostika Tilni rivojlantirishda qiyinchiliklar bo’lishi mumkin eshitish halokati aqliy zaiflik O’quvchiningning nutqi va tilining rivojlanishi juda individualdir va ayniqsa, dastlabki bosqichlarda bir xil yoshdagi bolalarning til qobiliyatlari juda farq qilishi mumkin. Vazifalar quyidagilar bo’lishi mumkin: Mavzuni shakllantirish. Ushbu jumlaga asoslanib, fikringizni yozma ravishda "kengaytiring" Yodda tutingki, yordamchi jumla kelajakdagi matningizning nomidir: bu sarlavha asosiy fikrni ifodalaydi. Sizning matningiz qisqa hikoya, ibratli ertak, qisqa she’r yoki fikrlash matni shaklida bo’lishi mumkin. Shunday qilib, asta-sekin siz bitta jumlani o’zingizning mualliflik matningizga aylantirishni o’rganasiz. Hammamizga ma’lumki, xalq hikmatlari xalq maqollarida mujassam, axloqiy fazilatlar maqtalgan, salbiylari qoralangan. Shuning uchun ulardan mehnatda foydalanish nutqni rivojlantirishga, uning axloqiy mazmunini boyitishga yordam beradi. O’quv dasturi, xususan, o’zbek tili darslarida folklor kabi boy bo’limga ko’p vaqt ajratishga imkon bermaganligi sababli, ishni sinfdan tashqari mashg’ulotlarda bemalol davom ettirish mumkin. Masalan, "o’zbek tiliga tarjima qiling" o’yini. Ma’lumki, ko’plab xalqlarning tillarida ma’no jihatidan o’xshash ko’plab maqol va maqollar mavjud, chunki donolik chegara bilmaydi. Bolalar bunday maqollarni "tarjima" qilishni yaxshi ko’radilar.
Mana, bolalar o’zbek tiliga "tarjima qilishlari" mumkin bo’lgan bir nechta maqollar.
Gapirishdan oldin tilingizni etti marta aylantiring. (Vetnam.)
Tuyani ko’prik ostiga yashirib bo’lmaydi. (Afg’oniston.)
Kichik idish yaxshi isitiladi. (Angliya.)
Qoplonning o’g’li ham qoplon. (Afrika.)
Belkurak qayerga olib borsa, suv o’sha erda oqadi. (Tibet.)
Kechki ovqatdan keyin siz to’lashingiz kerak. (Angliya.)
Yomg’irdan kuygan xo’roz qochib ketadi. (Frantsiya.)
Javoblar namunasi:
Etti marta o’lchab, bir marta kesib oling.
Qopqoqni qopga yashirib bo’lmaydi.
Kichik g’altak, lekin qimmatli.
Olma hech qachon daraxtdan uzoqqa tushmaydi.
Igna qayerga ketsa, ip ham o’sha erda ketadi.
Siz minishni yaxshi ko’rasiz, chana ko’tarishni yaxshi ko’rasiz.
Qo’rqqan qush hamma narsadan qo’rqadi.
Yuqorida aytib o’tilgan qofiyalarni tanlash bo’yicha o’yin mashqlari bolalarga topishmoqlar tuzishga yordam beradi. Bolalar bilan birgalikda muhokama qilish jarayonida topishmoqning muhim belgilarini aniqlash kerak: mavzu nomlanmaydi, lekin u qiyoslanadi, tasvirlanadi, qarama-qarshi qo’yiladi yoki boshqacha nomlanadi; ob’ektni barcha boshqalardan ajratib turadigan asosiy belgilari deyiladi; ba’zi topishmoqlar qofiyadan foydalanishi mumkin. Topishmoqlar tuzish uchun bolalarga topishmoqlarning turlarini aytib berish kerak: tavsif, allegoriya, savol. Buni eslab qolish oson, chunki topishmoqning muhim xususiyatlarini ta’kidlab, bu usullar bolalar bilan muhokama qilindi. Kichik yoshdagi o’quvchilarning nutqini rivojlantirish uchun turli xil usullardan, shu jumladan tilda gapirish usulidan foydalanish mumkin. So’zlashuv jarayonida maktab o’quvchilari o’z tillarining boyligi bilan faxrlanish, o’zbek nutqining yorqinligi va jiringlash kuchini his qilish, ijodiy o’zaro ta’sir qilish uchun makon yaratish, bir-birlarini mamnun qilish va o’zlarini xursand qilish imkoniyatiga ega.
Uslubiy metodikalar.
O’quvchilarning so’z boyligini takomillashtirish, boyitish va faollashtirish. Lug’at ustida ishlash nutqni rivojlantirish bo’yicha barcha ishlarning asosi, poydevoridir. Yetarli lug’at bo’lmasa, o’quchi gaplar tuza olmaydi, o’z fikrlarini ifoda eta olmaydi. Lug’at ustida ishlash uni aniqlashtirish, boyitish va faollashtirishdan iborat. Men doimo barcha sinflarda lug’atni aniqlashtirish ustida ishlayapman. Ya’ni yoshga nisbatan qancha lug’at shakllanish va ular qaysi degan mavzuda tadqoqot oilb borayapman. O’quvchilar ko’pincha oddiy so’zlarni tushunmaydilar. Buning sababi so’z ma’nosiga chuqurroq kirib borish mahoratini singdirish bo’yicha ishlarning sustligidir. Bolalar so’zning ma’nosi haqida umuman o’ylamaydilar, ularda so’z orqasida tasvir yo’q. So’z ma’nosini oydinlashtirish uchun bu so’zlarning qaysi so’zdan yasalganligini nomlash, test va turkum so’zlarni tanlash, tekshirilgan va tekshirilmagan so’zlarni izlash kabi ma’lum vazifalar samarali bo’ladi. Bunday mashqlar sizni so’zning ma’nosini chuqur o’rganishga majbur qiladi, shuningdek, imlo mahoratini rivojlantiradi. Bolalarda faol so’z boyligi kichik. Biroq, ko’pchilik bu kichik lug’atni o’z nutqida qanday ishlatishni har doim ham bilmaydi.
Xulosa: Umumiy jihatdan olib qaralganda boshlang’ich sinf (1-4) o’quvchilarda nutq jarayoni shakllanishi nafaqat atrof-muhit, balki, u bilan bo’lgan munosabatlar bilan uzviy bog’langandir. Uslubiy metodikalarni rivojlantirish va ularni amalyotga tatbiq qilish maktabda dars berayotgan o’qituvchi mahoratiga bog’langandir. Shu bois o’qituvchilar doimiy ravishda o’z ustida ishlashi va yangi metodlarni o’rganib, ularni amalda ta’tbiq qilishini o’rganishi darkordir.

2.2 Tajriba sinov ishlari tahlili


“Boshlang’ich ta’lim o’quvchilari bilan tushunilishi qiyin bo’lgan so’zlar ustida ishlash” mavzusida ishlashdan oldin Jizzax shahridagi 17-sonli o’rta umumta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchilari: Allayorova N, D.Sulaymonova va Sheraliyeva Go’zal bilan mavzuga oid fikirlari hamda tajribalari bilan tanishdik. Sheraliyeva Go’zal: “Boshlang’ich ta’lim o’quvchilari bilan tushunilishi qiyin bo’lgan so’zlar ustida ishlash” mavzusi bugungi kunda o’rta umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinf o’qituvchilari oldida turgan muhim masalalardan biridir. Chunki Jizzax shahrida ta’lim olayotgan boshlang’ch sinf o’quvchilarining ona tili grammatikasi bo’yicha tushuncha va ko’nikmalari yetarli emasligi tufayli ularning oddiy matnlarni yozishdagi yoki ariza, tushuntirish xati, ishonchnoma kabi ish qoqozlarini yozishda, ayniqsa, og’zaki nutq ifodalashda ko’plab xato va kamchiliklarga yo’l qo’ymoqdalar.
Biz bitiruv malakaviy ishimizni yozish jarayonida boshlang’ich sinif o’quvchilarining nazariy bilimlarini amalda bajarishni o’rgatishga doir usullar haqida batafsil to’xtaldik. Qanday usul va tajribalardan foydalanilsa samarali natijalarga erishish mumkin degan masala ustida ilmiy izlanishlar olib bordik. Ishlab chiqqan usullarimizni Jizzax shahridagi 17-sonli umumta’lim maktabining 2-A – sinfida tajribadan o’tkazdik. Nazorat sinfi etib mazkur umumta’lim maktabning 2-B – sinfini tanladik. Ma’lum bir muddat o’tgach, har ikkala sinf o’quvchilari bilim saviyasini solishtirib ko’rdik. Bu boradagi fikr-mulohazalarimizni, xulosalarimizni, “Boshlang’ich ta’lim o’quvchilari bilan tushunilishi qiyin bo’lgan so’zlar ustida ishlash”ning afzal tomonlari, ahamiyati va tajriba davomida erishgan yutuqlarimizni to’la yoritishga harakat qildik.
Biz tajriba-sinov jaroyonining boshida, o`rtasida va oxirida boshlang’ich sinf o’quvchilarining ona tili darslarida mavzuga oid qo’shimcha mashqlar bajarganlaridan so’ng bilim va ko’nikmalarining shakllanishi hamda o’sib borishini og’zaki savol-javob, tеst va yozma ishlar tarzida aniqlash usullari orqali tekshirib, nazoratdan o`tkazib bordik.
Tajriba-sinov o`tkazishdan oldingi har ikkala sinf o`quvchilarining ko`rsatkichlari tajriba-sinov o`rtasiga borib tajriba-sinov o`tkazayotgan 2 A -sinf o`quvchilarida o`sib borayotganini, ularda ro`y berayotgan o`zgarishlarni, rivojlanib borayotgan qobilyatlarini va o`zlashtirish ko`rsatkichlarini ko`rib, bu borada olib borayotgan ishlarimizni sidqidildan davom ettira boshladik. Tajriba- sinov yakuniga borib, nazoratga olgan 2 B- sinf o`quvchilariga qaraganda tajriba- sinov ishlarini olib borayotgan 2 A -sinf o`quvchilarida ijobiy o`zgarishlar ro`y berganining guvohi bo`ldik. Tajriba-sinov yakunida quyidagi samarali natijalarga erishdik:

  1. Og’zaki nutqlari rivojlantirildi;

  2. Lug’at boyliklari oshirildi;

  3. So’zlarni to’g’ri talaffuz qilish qobiliyatlari rivojlantirildi;

  4. Ona tili grammatikasiga oid bilim va ko’nikmalari shakllantirildi;

  5. Ona tili fanini boshqa fanlar bilan bog’lab o’rganish qobiliyatlari rivojlantirildi;

  6. O’quvchilarning fikrlash qobiliyatlari rivojlantirildi;

  7. Tafakkur qilish qobiliyatlari rivojlantirildi;

  8. Dunyoqarashlari kеngaytirildi;

  9. O’z ona tilisiga bo’lgan mеhr-muhabbatlari oshirildi;

  10. Bilim va ko’nikmalarni egallashga bo’lgan qiziqishlari oshirildi;

  11. Mashg’ulotlar davomida faol ishtirok etish xususiyatlari rivojlantirildi;

  12. O’zlashtirish ko’rsatkichlarining oshirilishiga erishildi;

Tajriba – sinov sinfi hamda nazorat sinflari o`quvchilarining faoliyatlarini bir –biriga taqqoslab, tajriba-sinov natijasida erishilgan yutuqlarni quyidagicha shkala va diagrammalarda e`tiborimizga havola qilamiz:

    1. O`quvchilar davomati

Tajriba davri
Sinflar

Tajribadan oldin

Tajribadan so`ng


Yüklə 241,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin