Beshinchi tashabbus. Xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalari nazarda tutiladi.
Har bir tashabbus o’z doirasida biz yoshlarning manfaatimiz yo’lida xizmat qiladi. Bulardan birinchi va to’rtinchi tashabbus: musiqa, san’at, adabiyotga qiziqqan, kitob bilan doim do’st tutungan inson har taraflama yuksaklikka erishishi aniq.
Bizga berilayotgan e’tibor va mehrga biz yoshlar labbay deb javob bermasak, qanday qilib shunday buyuk yurt, buyuk ajdodlar farzandlarimiz deb ayta olamiz. Shu o’rinda aynan biz ham ushbu qo’llanmamiz orqali o’quvchilarni buyuk ajdodlarimiz ijodi bilan yaqindan tanishib Muhtaram Prezidentimiz aytganlaridek, “Biz kimmiz, qanday ulug’ zotlarning avlodimiz” degan faxrni yurak -yurakdan his etishga undashni maqsad qilib qo’dik. Muhtaram Prezidentimizning yuqoridagi fikrlaridan kelib chiqib aytish mumkinki, bizning ulug’ ajdodlarimizning hayoti, yozgan asarlari, pand-u nasihatlari biz yoshlarga ibrat –namuna. Shu nuqtayi nazardan bizning bitiruv malakaviy ishimizning mavzusi dolzarbdir.
Tadqiqot ob’ekti: umumta’lim maktablarining boshlang’ich ta’lim o’quvchilari bilan tushunilishi qiyin bo’lgan so’zlar ustida ishlash jarayoni.
Tadqiqot predmeti Boshlang’ich ta’lim o’quvchilari bilan tushunilishi qiyin bo’lgan so’zlar ustida ishlash kursida yondashuvni shakllantirish.
Magistrlik dissertatsiyasining maqsadi: Boshlang’ich ta’lim o’quvchilari bilan tushunilishi qiyin bo’lgan so’zlar ustida ishlash mavzusini ilmiy-pеdagogik muammo sifatida asoslash hamda ushbu muammoning ilmiy-mеtodologik asoslari ishlab chiqishdan iborat.
Tatqiqotning ilmiy yangiligi:
1. Boshlang’ich ta’lim o’quvchilari bilan tushunilishi qiyin bo’lgan so’zlar ustida ishlash nazariy asoslanadi va uning omillari ko‘rsatiladi.
2. Boshlang’ich ta’lim o’quvchilari bilan tushunilishi qiyin bo’lgan so’zlar ustida ishlash Boshlang’ich ta’lim o’quvchilari bilan tushunilishi qiyin bo’lgan so’zlar ustida ishlashning o‘ziga xos xususiyatlari va ularni faollashtirish omillari va motivlarini ishlab chiqish.
4. Boshlang’ich ta’lim o’quvchilari bilan tushunilishi qiyin bo’lgan so’zlar ustida ishlash yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarini joriy etish.