Reja kirish I bob. Eronda feodal jamiyat munosabatlari. Eron Somoniylar, Shaddodiylar va Ziyoriylar davrida



Yüklə 73,57 Kb.
səhifə3/11
tarix14.12.2022
ölçüsü73,57 Kb.
#74803
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Eron tarixi

Mavzuning ob’ekti va predmeti. Mazkur mavzuning ob’ekti o’rta asrlardagi Eron tarixi hisoblanadi. Mavzuning predmeti sifatida o’rta asrlardagi Eron sulolalari o’rganiladi.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Kurs ishi kirish, 2 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar qismidan iborat.

I - Bob Eronda feodal jamiyat munosabatlari. Eron Somoniylar va Safforiylar davrida
1.1. Somoniylar sulolasining hukmronlig davrlari
Somoniylar urug‘ining asoschisi Afg‘onistonning shimolidagi Balx viloyatida istiqomat qilgan Somonhudod degan dehqon bo‘lgan. Shunga qaramay, keyinchalik bu sulola o‘z ajdodlarini Eronning qadimgi shohlari Sosoniylarga bog‘laydi. Islomni qabul qilgan Somonhudoning to‘rt nabirasi Xurosonda al-Mamunning qo‘lida xizmat qilgan edilar. Sadoqatli xizmatlari uchun Nuh Samarqandning, Ahmad — Farg‘onaning, Yahyo Shoshning, Ilyos esa Hirotning hokimlari etib tayinlandilar. Ularning Movarounnahrda mustahkam rnashib olishlari shu paytdan boshlangan, 261/875.yidda esa xalifa al-Mutamid Nasr ibn Ahmadni bugun viloyatning noibi etib tayinlaydi. Bu badavlat o‘lka Somoniylar davlatining negizini tashkil qiddi7.
Movarounnahrning yaxlitligini va savdo manfaatlarini majusiy sahroyi turkiylar tajovuzdan himoya qilish ham Somoniylarning zimmasiga tushdi. Movarounnahrning shimoliy tomonlari va Fargona uzil-kesil musulmon dunyosiga qo‘shib olindi, 280/893 yilda esa, Sirdaryo ortidagi cho‘llarda yashovchi Qarluqlar ustiga Ismoil ibn Ahmad hujum uyushtirib, ularning poytaxti Talasni talon-taroj qiddi. Harbiy qudrati bilan hammayoqqa dahshat solgan va O‘rta Osiyo orqali o‘gadigan karyun yo‘llarining xavfsizligi ustidan nazorat o‘rnatgan Somoniylar mamlakat iqtisodining barqaror bo‘lishini ta’min eta bildilar; IX asrdan boshlab deyarli hamma musulmon hukmdorlarining qo‘shinlari uchun yuborilib turgan qullarning asosiy oqimi Somoniylar hududi orqali o‘tar edi. Somoniylar ravnaq topish uchun shunday asosga ega bo‘lgach, Buxorodagi o‘z saroylarini nafaqat an’anaviy arab ilm-fanining markaziga aylantirdilar, balki ayni choqda yangi fors tili va adabiyotini tiklash uchun maskan ham qildilar. Somoniylar zamonida Firdavsiy Shohnomadek buyuk asar yarata boshladi8.
Ismoil 287/900 yilda safforiylardan bo‘lgan Amr ibn Lays qo‘shinlarini tor-mor keltirdi va o‘zini asir olib, Abbosiy xalifaning minnatdorligiga sazovor bo‘ldi, buning evaziga xalifa Ismoilga shu paytgacha Tohiriylar va Safforiylar hukmida bo‘lib kelgan Xuroson noibligini in’om etdi.
Endiliqda Somoniylar davlati Eron sharqida eng qudratli davlat bo‘lib qoldi; ular olis o‘lkalardagi hukmdorlarning (jumladan, Xorazmda) va Siystonda Safforiylarning syuzerenlariga aylanishdi va Afg‘onistondan to Hindiston chegaralarigacha bo‘lgan joylardagi mahalliy hukmdorlarni ham qalamravlariga oldilar.
Shimoliy Eronda ular Buiylarga ro‘para kelishdi. Bunda Somoniylarga xalifa va sunniylarning ko‘magi qo‘l keldi, binobarin, Somoniylar sunniylikning og‘ishmas tarafdorlari edilar, ularning tasarrufida bo‘lgan Xuroson bilan Movarounnahr esa hamisha bu izchil mazhabining ishonchli tayanchi edi. X asr o‘rtalariga kelganda Somoniylar davlatida beqarorlikning mash’um belgilari ko‘rina boshladi. Bir qator saroy to‘ntarishlari shundan dalolat beradiki, amirlarning boshqaruvni markazlashtirish siyosatiga qarshi bo‘lgan harbiylar va zamindorlar tabaqasi borgan sari kuchaya boshladi. Xurosondagi isyon Buxoroning bu o‘lka ustidan bevosita hukmdorligiga putur yetkazdi.
Shuning uchun X asrning 90-yillarida Qoraxoniylar bilan G‘aznaviylar Somoniylarning mulklarini osongina egallab oldilar, so‘nggi Somoniy Ismoil al-Muntasir esa 395/1005 yilda o‘ldirildi.

Yüklə 73,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin