Reja kirish I bob. Eronda feodal jamiyat munosabatlari. Eron Somoniylar, Shaddodiylar va Ziyoriylar davrida



Yüklə 73,57 Kb.
səhifə9/11
tarix14.12.2022
ölçüsü73,57 Kb.
#74803
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Eron tarixi

Zangiylar (1127-1222)16
al-Jazira va Suriya
1. Mosul va Halabdagi ulug‘ urug‘
521/1127 Imoduddin Zangiy ibn Oq So‘nqur
541/1146 Sayfuddin G‘oziy I
544/1149 Qutbuddin Mavdud
564/1169 Sayfuddin G‘oziy II
572/1176 Izzuddin Masud I
589/1193 Nuruddin Arslonshoh I
607/1211 Izzuddin Masud II
615/1218 Nuruddin Arslonshoh II
616-619/1219-1222 Nosiruddin Mahmud
Hokimiyatni vazir Badruddin Lu’lu egallab oldi
2. Damashqda, keyin Halabda hukmronlik qilgan urug‘
541/1146 Nuruddin Mahmud ibn Zangiy
569-577/1174-1181 Nuruddin Ismoil
Bu urug‘ning mulklari yana Mosulga qo‘shib olindi, keyin Saladin 1 bosib oldi.

2.2 Saljuqiylar (038-1194) va Elxoniylar (1256-1353) davrida Eron
Saljuqiylar dastlab Kaspiy va Orol dengizining shimol tomonlarida istiqomat qilgan o‘g‘uz turkiy xalqining tarkibiga kirgan Qiniqur ug‘ining sardorlari bo‘lganlar17. X asr oxirida o‘lar islomni qabul qilgach, musulmon dunyosining hududiga, birinchi navbatda, Xorazm va Movarounnahrga kira boshlaydilar. Saljuqiylar ham ko‘pgina barbariy xalqlar singari o‘zga joylarga kirib boraverganlar, binobarin, bir-biri bilan jang qiluvchi mahalliy davlatlarning xizmatiga yogdamchi mufrazalar sifatida yollanib tirikchilik qilar edilar. Saljuqiylar va ularga hamroh bo‘lgan ko‘chmanchi mufrazalar Xuroson sari yurib, bu o‘lkani G‘aznaviylardan tortib oldilar va 429/1038 yilda To‘g‘rul o‘zini Nishopur sultoni deb e’lon qildi. To‘g‘rul hokimiyat tepasiga kelgach, sunniylik mazhabini himoya qilishini va Abbosiy xalifalarni shia mazhabiga mansub Buiy vasiyligidan qutqarishi birinchi galdagi vazifasi ekanligini qatiylik bilan ta’kidladi. Bu siyosat unga Saljuqiylar G‘arbiy Eronda Daylamiy hukmrdorlariga qarshi harakat boshlaganida sunniylarning madadini olishda juda qo‘l keddi. 447/1055 yidda To‘g‘rul Bag‘dodni egalladi va xalifa uning sultonlik unvonini tasdiqladi. Bir necha yil o‘tgach, Buiylar sulolasi Bog‘doddan quritildi.
Saljuqiylar sultonligi nisbatan qisqa vaqt ichida musulmon fors davlatlaridek davlat tizimini barpo etdi. Ulug‘ sulton forsiy mulozimlarga va turkiy qullardan chiqqan beklar rahbarligidagi ola-qura qo‘shinga tayanardi. Alp Arslon va uning o‘g‘li Malikshoh davrida ularning saroyida noyob iktidorga ega bo‘lgan millati fors vazir Nizomulmulk yetakchi edi va shu davrda Ulug‘ Saljuqiylar saltanati o‘z rivojining cho‘qqisiga yetishdi.
Sharqda Xorazm bilan g‘arbiy Afg‘oniston G‘aznaviylardan tortib olingan edi. O‘z hukmdorligining oxirida esa Malikshoh Movarounnahrga kelib, Qoraxoniylarni o‘ziga bo‘ysundirdi va O‘zgandda Qoshg‘ar xoniga o‘zining hokimiyatini tan oldirdi. G‘arbga kelganda esa, Saljuqiylar Kavkazda nasroniy Gruziyaga qarshi yurish qildilar, Suriya va al-Jazirada Fotimiylar ta’sirini tugatib, Uqayliylarga o‘xshash shiaparast mayda sulolalarni ag‘darib tashladilar va Suriyaga turkiylardan ishonchli noiblar qo‘ydilar.
463/1071 yilda Malazgird (Mansikert) davrida Onado‘lida Vizantiyaliklarning tor-mor keltirilishi turkmanlarning Kichik Osiyoga bot-bot bosqinlar qilishiga yo‘l ochdi. Ana shu bosqinlar turli-tuman mahalliy turkiy davlatlar paydo bo‘lishi uchun zamin yaratdi.
Malikshohning ukasi Tutush o‘g‘illari va nevaralari bilan birga Saljukiylarning Halab va Damashkda qisqa muddat mobaynida hukmronlik qilgan kichik urug‘ini tashkil qildi. Saljuqiy mufrazalari hatto Arabiston yarim oroliga bostirib kirib, Yaman va Bahrayngacha yetib bordilar. Kirmonda To‘g‘rulning jiyani Qovurd 582/1186 yilda bu o‘lkani Xurosondan kelgan o‘g‘uzlar bosib olgunga qadar bir yarim asr mobaynida umr ko‘rgan mahalliy sulolaga asos soldi. Ma’naviy hayot sohasida esa vazir Nizomulmulk va ilohiyotshunos al-G‘azzoliy kabi olimlarning harakati bilan shia mazhabining siyosiy mag‘lubiyati uzil-kesil tus oldi. Sunniy mazhabning mavqei esa mustahkamlandi.
Hududlarni sulola a’zolari o‘rtasida taqsimlab olish zarurligi haqidagi qadim turkiy an’analar ustivor bo‘lgan saltanatda markazdan bo‘ladigan qattiq nazorat biroz bo‘shashsa, darhol parchalanish va tarqoqlikka intilish namoyon bo‘lardi. Malikshohning vafotidan so‘ng Saljuqiylarning Iroq va Erondagi hokimiyatiga jiddiy putur yetkazgan o‘zaro nizolar va ixtiloflar boshlandi.
Boshqa viloyatlarga qaraganda, Xurosondagi vaziyat barqarorroq bo‘ldi: u yerda Malikshohning o‘g‘li Sanjar oldin hokim sifatida, keyin sulton tarzida oltmish yildan ortiqroq hukmronlik qildi. Uning akasi Muhammadning vafotidan so‘ng (511/1118 yilda) Sanjar urug‘ a’zolarining ulug‘i va oliy sulton deb tan olindi. Iroqda Saljuqiylar hukmronligi Abbosiy xalifalarining o‘sib borayotgan siyosiy ta’siri tufayli ancha zaiflashdi, Eron al-Jazira va Suriyada sultonlarning harakat ko‘lamini mahalliy otabeklar cheklab turdilar.
O‘sha paytdagi musulmon Yaqin Sharqining tarixida otabeklar katta kuch edilar. Otabeklar turkiy qullardan chiqqan sarkardalar bo‘lib dastlabki paytlarda ular shahzodalarga tarbiyachilik qilganlar. Ularni bu vazifaga odatda viloyat noiblari tayinlardilar.
Ammo har gal ish shu bilan tugaganki, tarbiyachilar hokimiyatni o‘z qo‘llariga olib qo‘yaqolganlar (Zangiylar, Eldigiziylar, Salgurishar bo‘limlariga qarang). Madaniy taraqqiyotning ancha quyi bosqichida turgan ko‘chmanchi turkmanlar o‘troq Saljuqiilar davlatining mag‘iz-mag‘iziga qay tarzda singib kettanliklarining sabablari hanuz aniqlangan emas. O‘g‘uz qabilalar Markaziy hokimiyat ularning manfaatlariga befarq qaraganligidan norozi bo‘lib isyon ko‘targach, Xuroson darhol Saljuqiylar hukmi ostidan chiqib ketdi. Sanjarning hukmronligi ana shunday halokatli tarzda barham topdi. Saljuqiylarning g‘arbdagi so‘nggi sultoni To‘ful ibn Arslon Eldigiziylarga qaramliqdan qutilish uchun kurash olib bordi, biroq u ehtiyotsizlik bilan qudratli xorazmshoh Tekishga qarshi urush boshladi-yu, 590/1194 yilda o‘ldirildi. Faqat Onado‘lidagina Saljuqiylar urug‘i yana bir asr mobaynida umr kechirdi.
Saljuqiylar (429-590/1038-1194)
1. Ulug‘ Saljuqiylar (Iroq va Eron) 429-590/1038-1194
429/1038 Ruknuddunyo va-d-din To‘g‘rul I
455/1063 Azudu-d-davla Alp Arslon
465/1072 Jalolu-d-davla Malikshoh I
485/1092 Nosiruddin Mahmud I
487/1094 Ruknuddin Berk Yoruq (Barkyoruk)
498/1105 Muizzuddin Malikshoh II
498/1105 G‘iyosuddin Muhammad I
511-552/1118-1157 Muizzuddin Sanjar (490-552/1097-1157 yillarda Sharqiy Eronda hukmronlik qilgan;
511/1118 yildan keyin Saljuqiylar urug‘ining ulug‘ sultoni.
Faqat Iroq va G‘arbiy Eronda hukmronlik qilgan Saljuqiylar:
511/1118 Mug‘isuddin Mahmud II
525/1131 G‘iyosuddin Doud
526/1132 Ruknuddin To‘g‘rul II
529/1134 G‘iyosuddin Masud
547/1152 Muinuddin Malikshoh III
548/1153 Ruknuddin Muhammad II
555/1160 G‘iyosuddin Sulaymonshoh
556/1161 Muizzuddin Arslon
571 -590/1176-1194 Ruknuddin To‘g‘rul I Xorazmshohlar
2. Suriya Saljuqiylari (471-511/1078-1117)
471/1078 Tojuddin Tutush
488-507/1095-1113 Rizvon (Halabda)
488-497/1095-1104 Duquq (Damashqda); uning o‘rnini otabegi Tug‘ tegin olgan.
507/1113 Alp Arslon al-Axras
508-511/1114-1117 Sultonshoh
Damashqda hokimiyat tepasiga Tug‘tegin urug‘i Bo‘rinlar yoki Buriylar keldi; Halabda Ortuqiy El G‘oziy hukmdor bo‘ldi.
3. Kirmon Saljuqiylari (433-582/1041-1186)
433/1041 Imoduddin Qovurd
465/1073 Kirmonshoh
467/1074 Husayn
467/1074 Ruknu-d-davla Sultonshoh
477/1085 Muhyiy ad-din Turonshoh I
490/1097 Bahouddin Eronshoh
495/1101 Muhyiy ad-din Arslonshoh 1
537/1142 Mug‘isuddin Muhammad I
551/1156 Muhyiy ad-din To‘g‘rulshoh
565/1170 Bahromshoh
570/1175 Arslonshoh
572/1176 Turonshoh
579-582/1183-1186 Muhammad II.
Sulola mulklarini o‘g‘uzlar bosib oldi
Ulug‘ xon Mo‘ngka ukasi Xuloguning zimmasiga G‘arbiy Osiyodagi mo‘g‘ullar bosib olgan, Chingizning vafotidan keyin o‘tgan vaqt ichida Amudaryodan janub tomondagi musulmonlar dunyosining katta qismi bevosita mo‘g‘ullar nazoratidan chiqib ketgan joylarni qaytarish va birlashtirish vazifasini yukladi. Xulogu G‘arbga ot soldi. U Shimoliy Eronda ismoiliy ososinlarning qarshiligini sindirdi (654/1256-yil), Iroqda xalifa qo‘shinini tor-mor keltirdi, Bag‘dodda so‘nggi Abbosiy xalifa al-Mustasimni qatl ettirdi (656/1258) va Suriyaga yo‘l oldi. Biroqbu yerda mo‘g‘ullar Misr Mamluklari tomonidan Falastindagi Ayn Jalut yaqinidagi jangda mag‘lub qilindilar (658/1260) va ularning siljishi to‘xtatildi. Hulogu ulug‘ xon nomidan Eron, Iroq, Kavkaz va Onado‘li ustidan hukmronlik qila boshladi va «elxon» (ya’ni ulug‘xonga qaram yoki bo‘ysunuvchi) degan unvon oldi.
Shunday qilib, Elxonlar davlati maydonga keldi. Ammo bu davlatning turli-tuman tashqi dushmanlar ko‘p bo‘ldi, jumladan, mo‘g‘ullarning yengilmasligi haqidagi umumiy ishonchni parchalab tushlagan Mamluklar ularga ashaddiy yov edi. Mo‘g‘ullarning Oltin O‘rda yoxud Chig‘atoiylar kabi boshqa hukmdor xonadonlari ham Kavkaz va shimoli-sharqiy Erondagi munozarali hududlar masalasida Elxonlar bilan nizolashar edilar. Elxonlarga nisbatan mushtarak nafrat Mamluklar bilan Oltin O‘rdani siyosiy va iqtisodiy jihatdan o‘zaro ittifoq bo‘lishga olib keldi. Elxonlar ham o‘z navbatida aksil musulmon ittifoqini tuzishga intildilar va Yevropadagi nasroniy davlatlarni, Levantning sohil bo‘yida joylashgan shaharlaridagi salbchilarni hamda Kilikiya armanlarini o‘z tomonlariga og‘dirishga urindilar. Huloguning xotini Do‘quz xotun nasroniya edi, umuman, birinchi Elxonlar nasroniylikka va buddiyga ancha moyillik bilan qaraganlar.
Elxonlar tashqi dushmanlar zarbalariga dosh bera oldilar, biroq Qubilayning vafotidan keyin (693/1294) ularning Xitoydagi ulug‘ xonlar bilan aloqasi susaya boshladi. Bu masalada ancha-muncha ahamiyatga ega bo‘lgan omil shu bo‘ldiki, G‘azanxon va uning vorislariularni qurshab olgan fors a’yonlarining madaniy va diniy tazyiqiga bo‘ysunib, musulmonlikni qabul qildilar. Abu Said Elxonlar sulolasining eng so‘nggi atoqli vakili edi. 723/1323 yilda u Mamluklar bilan sulh tuzdi va shu bilan Suriya uchun kurashga chek qo‘ydi, biroquning davlati ichki ixtiloflardan qattiq aziyat chekardi. Bu ham yetmagandek, Abu Said qonuniy merosxo‘r qoldirmay vafot etdi. Uning vafotidan keyingi yillarda taxt bir necha martalab qo‘lma-qo‘l bo‘ldi; bu umri qisqa hukmdorlar o‘zaro raqobatlashuvchi Jaloiriy va Cho‘poniy amirlar tomonidan qo‘yilgan edi. Pirovardida Elxonlar saltanati parchalanib ketdi, ularning o‘rnini mahalliy sulolalar egalladi. Fors yerlarini bir podshoning hukmi ostida yangidan birlashtirish faqat Temurgagina nasib etdi.
Urushlar va ichki keskinlikka qaramay, Eron Elxonlar davrida ancha ravnaq topdi. G‘azanxonning islomni qabul qilishi bilan turkiy-mo‘g‘ullarning hukmron toifalari bilan ularning forsiy fuqarolari o‘rtasida yarashish jarayoni boshlandi. Elxonlarningbosh shaharlari Tabriz va Marog‘a ilm-fanning yirik markazi bo‘lib qoldi. unda, ayniqsa, tabiiy fanlarga va ta’rixshunoslikka alohida e’tibor berilardi. 707/ 1307 yildan keyin O‘ljaytuning buyrug‘i bilan Qazvin yaqinida Sultoniyada yangi poytaxt qurildi. Bu ishga rassomlar va me’morlar jalb qilindi, Elxonlarning o‘ziga xos me’moriy uslubi shakllana boshladi. Mo‘g‘ullarning baynalminalligi, nasroniy Yevropa va Xitoy madaniyati kabi bir-biridan farqlanuvchi madaniyatlar bilan aloqalari fors dunyosining ma’naviy hayotida, san’atida, savdo-sotiq ishlarida yangi epkinlar olib keldi. Jumladan, poytaxt Tabrizda italiyalik savdogarlarning mahallasi paydo bo‘ldi va Elxonlar saltanati Uzoq Sharq va Hindiston bilan savdo ishlarida muhim bog‘lovchi kuchga aylandi.
Qubilayning ukasi Xulogu avlodlari — elxonlar (654-754/1256-1353)
Eron
654/1256 Xulogu
663/1265 Abaka
680/1282 Ahmad Tekudar (Takudar)
683/1284 Arg‘un
690/1291 Gayxatu
694/1295 Baydu
694/1295 Mahmud G‘azan
703/1304 Muxammad Xudobanda O‘ljaytu (Uljaytu)
717/1317 Abu Said
736/1335 Arpa
736/1336 Muso
736-754/1336-1353 Bu davrda jaloiriy Amir Hasan Buzurg va cho‘poniy Amir Hasan Kuchuk tomonidan qo‘yilgan o‘zaro raqobatlashuvchi xonlar hukmronlik qilgan. Bundan keyin esa Eron Jaloiriylar, Muzaffariylar va Xuroson sarbadorlari kabi mahalliy sulolalar o‘rtasida bo‘lib olingan18.

Xulosa
Eron bepoyon tog‘li va ko‘p cho‘llardan iborat kontinental iqlimli mamlakat. Dehqonchilik uchun qulay vodiylar, tog‘ oldi hududlari juda ko‘p. Shimolda Elburs tog‘ tizimi va unga Turkman, Xuroson tog‘lari qo‘shiladi. G‘arbdan va janubdan Zagros va Janubiy Eron tog‘lari o‘rab turadi. Janubiy-g‘arbiy Eronda (Xuziston) Qorun va Qerxa daryolari vodiysida yuqori hosil beradigan yerlar mavjud. Qadimgi G‘arbiy Eronda hind-yevropa tillarida so‘zlashadigan elam, lulubey, qutiy (gutiy) va kassit qabilalari yashagan. «Eron» so‘zi «ariana» – oriylar mamlakati degan ma’noni bildiradi.
Oriylar mil.avv. II ming yillikda O‘rta Osiyodan Eron, Afg‘oniston, Hindistongacha tarqaldilar. Ular ko‘chmanchi chorvadorlik bilan shug‘ullanib, bepoyon hududlarda yashaganlar. Bu davrda sak-skif qabilalari Osiyo va Yevropa sharqini Qora dengiz bo‘yigacha bo‘lgan hududlarni egallagan edilar. Iqlimning o‘zgarishi, mehnat qurollarining takomillashuvi, aholi sonining ko‘payishi sak-skiflarni bo‘sh yotgan yerlarni egallash uchun siljishlariga sabab bo‘ldi. Ular bir necha ming yil davomida Shimoliy Xitoydan Qora dengizigacha cho‘zilib ketgan, fanda Buyuk cho‘llar deb atalgan bepoyon hududda yashadilar. Oriylar sak-skiflarning mil.avv. II ming yillikdagi migratsiya to‘lqini bo‘lib, Hindistongacha bo‘lgan hududlarda yuz berdi. Oriylarning turmush tarzi, madaniyati, urf-adat va an’analari sak-skiflar bilan aynan mos tushadi. Arxeologik topilmalar bu fikrning yaqqol dalilidir.
Qadimgi fors davlati tarixi bo‘yicha manbalar xilma-xil: bu xo‘jalik hujjatlari, tarixiy yozuvlar, podsho Doro I ning tosh bitiklari, amaldorlarning rasmiy yozishmalari. Hozirgi vaqtda qadimgi fors tilidan elam va akkad tillariga tarjima qilingan 200 ga yaqin (podsholar) mixxat yozuvlari chop etilgan. 1972-yilda fransuz arxeologlari Suzadan Doro I ning ulkan haykalini topdilar. Haykal qadimgi fors, elam, akkad va misr iyeroglif matnlari bilan qoplangan. Qadimgi Eron poytaxtlaridan biri Persepoldan podsho Kserks yozuvlari nusxalari hamda mil.avv. III ming yillikka oid elam tilida mixxat bilan yozilgan 800 ta hujjat topilgan.
Mil.avv. I ming yillikda O‘rta Osiyo va Eronda hukmron bo‘lgan zardushtiylik e’tiqodining muqaddas kitobi «Avesto» Eronning qadimgi tarixini o‘rganishda eng muhim tarixiy manbalardan biri bo‘ladi. «Avesto» oromiy alfavitida yozilgan bo‘lib, bizgacha uning ayrim qismlari yetib kelgan. Fors qabilalarining Old Osiyo chegaralaridagi migratsiyasi to‘g‘risida mil.avv. IX–VII asrlarga oid Osuriya yozuvlari ma’lumot beradi. Bobil tarixiy xronikasi Mesopotamiyani forslar tomonidan bosib olinishi haqida hikoya qiladi. Forslar davriga oid loy taxtachalarda yozilgan 100 ming Bobil xususiy-huquqiy va ma’muriy xo‘jalik hujjatlari mavjud. Misrdan forslar davriga oid turli xil ma’muriy xo‘jalik hujjatlari, podsho Kambizning Misr ibodatxona mulklarini cheklash to‘g‘risidagi dekreti, Doro I ning Misr qonunlarini kodifikatsiya qilish to‘g‘risidagi farmoni katta qiziqish uyg‘otadi.
Midiya va Eron tarixi bo‘yicha ma’lumot beradigan manbalardan biri bu – yunon mualliflarining asarlari hisoblanadi. Gerodot (mil.avv. V asr)ning asari, Fukidid (mil.avv. V asr) tarixi, Ksenofontning «Yunon tarixi» asari, uning «Anabasis» memuari, sitsiliyalik Diodorning «Tarixiy kutubxona»si kabi asarlar qadimgi fors tarixiga oid boy siyosiy, ijtimoiy, harbiy-diplomatik ma’lumotlar beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI




  1. Yüklə 73,57 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin