Reja kirish I bob. Eronda feodal jamiyat munosabatlari. Eron Somoniylar, Shaddodiylar va Ziyoriylar davrida



Yüklə 73,57 Kb.
səhifə1/11
tarix14.12.2022
ölçüsü73,57 Kb.
#74803
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Eron tarixi


REJA
Kirish
I Bob. Eronda feodal jamiyat munosabatlari. Eron Somoniylar, Shaddodiylar va Ziyoriylar davrida
1.1. Somoniylar sulolasining hukmronlig davrlari
1.2. Eronda shaddodiylar va ziyoriylar hukumronligi
II Bob. Kokuiylar, Ortiqiylar, Zangiylar Saljuqiylar va Ilxoniylar davrida Eron
2.1 Kokuiylar, ortiqiylar va zangiylar davrida Eron
2.2 Saljuqiylar va ilxoniylar davrida Eron
Xulosa
Foydanilgan manba va adabiyotlar roʻyxati

Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Qadimgi Sharq mamlakatlarida asta-sekin uch qatlam: qullar va ularga yaqin qaram kishilar, mayda ishlab chiqaruvchilar va tarkibida yirik yer egalari, saroy amaldorlari, harbiy boshliqlar, urug‘ zodagonlarini birlashtirgan hukmron tabaqa shakllangan. Mayda ishlab chiqaruvchilar erkin va qaram yer egalari, turli mulkiy darajadagi hunarmandlardan iborat edi. Har bir ijtimoiy tabaqa yaxlit va bir xil bo‘lmay, huquqiy ahvoli, turmush tarzi, boyligi miqdori bo‘yicha bir-biridan farq qiladigan bir necha qatlamdan iborat bo‘lgan. Qadimgi Sharqning turli hududlaridagi tabiiy sharoit o‘zining alohida xususiyatlari va umumiy tomonlariga ega: asosan subtropik iqlim va yozda juda issiq, qishda yumshoq iqlimli hudud.
Qadimgi Sharq xalqlarining tarixiy taqdirida buyuk daryolar: Nil (6700 km), Frot (2700 km), Dajla (1900 km), Hind (3180 km), Gang (2700 km), Xuanxe (4850 km) muhim o‘rin tutadi. Bu daryolar dunyoda eng yirik daryolar bo‘lib, yaxshi sug‘oriladigan, hosildor keng vodiylarni tashkil qiladi. Bu hududlarda xo‘jalik faoliyatini sun’iy sug‘orish inshootlari barpo qilib, ko‘pdan-ko‘p kanallar tizimini Nil, Frot vodiylarida, Amudaryo, Zarafshon, Sirdaryo havzalarida, Gang, Xuanxe va Mekong daryolarida to‘g‘onlarni qurish orqali suv toshqinlarini jilovlash mumkin edi. Bu hududlarda yashaydigan kishilar mahsuldor dehqonchilik qilish uchun juda katta kuch sarf qilishga majbur edilar. Daryolarda baliqlar juda ko‘p bo‘lib, odamlarga asosiy ovqat bo‘lar edi. Frot, Dajla, Nil va Mekong daryolari vodiylarida ekinlar asosan yovvoyi holda o‘sgan.
Daryo vodiylarida arpa, sholi, bug‘doy, tariq va boshqa donli ekinlar madaniylashtirildi. Boy hayvonot dunyosi ko‘pchilik hayvonlarni yashnab ketishi uchun shart-sharoit yaratdi. Shu bilan birga, allyuvial tuproqli vodiylarda tosh, qurilish uchun daraxt, metallar (mis, oltin, qalay, kumush) kabi uyg‘un xo‘jalik hayoti uchun zarur bo‘lgan xomashyo taqchil edi. Bu xomashyolar tog‘li hududlar, sahro-cho‘llarda mavjud edi. Shu sababli, eramizdan avvalgi IV ming yillikda allyuvial vodiylar (Nil, Dajla va Frot) aholisi tog‘li va sahro rayonidagi (Sinay, Nubiya, Arman, Tavr tog‘lari) aholi bilan xomashyo almashinuvi jarayoni boshlandi.
Ishlab-chiqarish munosabatlari savdoning past darajasi bilan tafsiflanadi. Turli hudud va etnoslar o‘rtasidagi ayirboshlash ko‘p hollarda talonchilik urushlariga aylanib ketgan. Boy xomashyo manbalari mavjud hududlarni o‘z tarkibiga kiritgan katta-katta, harbiy jihatdan kuchli davlatlar paydo bo‘lishiga olib keldi. Buyuk daryolar vodiylarida odam yashashi uchun qulay shart-sharoitlarning vujudga kelishi ishlab chiqarish kuchlarining paydo bo‘lishiga imkon yaratib, ilk mudofaa inshootlari va shaharlar shakllanishiga olib keldi. O‘sha davr uchun shahar yangi voqelik edi. Shahar odamlar g‘uj bo‘lib yashaydigan, turli xil kasb-hunarlar mavjud bo‘lgan hamda madaniy o‘choq bo‘ldi. U boshqaruv va diniy e’tiqod markazi bo‘lib qoldi.
Shaharlarda hunarmandchilik ishlab-chiqarishi shakllandi. Shahar savdo-hunarmandchilik markazi vazifasini bajardi. Ishlab chiqaruvchi xo‘jalikning vujudga kelishi, sug‘orma dehqonchilik, chorvachilikning rivojlanishi, metallarning o‘zlashtirilishi va shaharlarning paydo bo‘lishi qadimgi Sharqda ilk sivilizatsiyalarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Bu jarayon ijtimoiy qatlamlarning paydo bo‘lishi va ular o‘rtasidagi munosabatlarning murakkablashuvini yuzaga keltirdi. Mulkiy tabaqalanish kuchayib ketdi. Yangi ijtimoiy qatlam – qulchilik vujudga keldi. Aholining asosiy qismi o‘troq turmush kechirib, dehqonlar jamoasi, hunarmandlar aholining ko‘pchiligini tashkil etgan1.
Qadimgi Sharqda hukmron sinfning o‘ziga xos xususiyati uning davlat apparati bilan yaqin aloqasi edi. Ijtimoiy tabaqalanish 9 ziddiyatli bo‘lib, doimiy ravishda jamiyatda norozilikni, turli g‘alayonlarni vujudga keltirar edi. Qadimgi Sharq mamlakatlari taraqqiyotini o‘sha davr yunon shahar-davlatlari va qadimgi Rim bilan qiyoslaganda, qadimgi Sharq jamiyati taraqqiyotidagi barqarorlik, asrlar davomida urf-odat, an’analar asosida jamiyatda o‘ziga xos turmush-tarzini ko‘rish mumkin. Bu qadimgi Sharq iqtisodiyotida natural xo‘jalikning hukmronligi, hunarmandchilikning buyurtma asosida rivojlanishi, tovar xo‘jaligining zaifligini, texnika va texnologiyaning sekin takomillashganini, mehnat taqsimotining past darajadaligini ko‘rish mumkin.
Qadimgi Sharq davlati hukmdori va uning boshqaruv apparati sun’iy sug‘orish tizimini barpo qilish tashkilotchilari bo‘ldilar. Iqtisodiyotning asosi bo‘lgan dehqonchilik suniy sug‘orishga asoslangani, katta hajmdagi sug‘orish inshootlarini qurish va uni ta’mirlash, ishchi holatida saqlab turishga, faqat davlat hokimiyatigina qodir edi. Bu davlat hokimiyatini, ya’ni mutlaq hukmdor hokimiyatini kuchayishiga olib keldi. Natijada davlat hokimiyati mamlakat yer jamg‘armasining oliy egasi bo‘lib qoldi. Davlat asosan yerning oliy egasi sifatida yerga egalik va nazorat qilish, ma’lum miqdorda soliq olish bilan cheklangan. Lekin davlat hokimiyati katta moddiy resurslarga ega bo‘ldi.
Qadimgi Sharq jamiyatlari uzoq davom etgan notekis tarixiy taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdilar. Ba’zi Qadimgi Sharq mamlakatlari yuksak ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyot darajasiga erishdilar (Qadimgi Misr, Mesopotamiya, Finikiya, Kichik Osiyo, Qadimgi Hindiston va Xitoy, Eron hamda O‘rta Osiyo). Bu hududlarda yuksak rivojlangan madaniy, iqtisodiy va siyosiy markazlar shakllandi va qo‘shni mamlakatlarga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Buyuk cho‘llarda ko‘chmanchi chorvachilikka asoslangan xo‘jalik asosida o‘ziga xos sivilizatsiya shakllandi. Mil.avv. IV–III ming yilliklarda Qadimgi Sharqning turli sivilizatsiya markazlari (Misr, Mesopotamiya, Hindiston) nisbatan yopiq rivojlandi. Mil.avv. II ming yillikning o‘rtalaridan Yaqin Sharqning turli hududlaridagi yuksak taraqqiyot natijasida hududlar o‘rtasida iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalar o‘rnatildi. Mil.avv. I ming yillikda esa bu aloqalar yanada kuchaydi va madaniyatlarning o‘zaro ta’siri natijasida Sharqning turli mamlakatlari madaniyatlari boyidi. Shu tarzda, Qadimgi Sharq dunyosining yaxlitligi amalga oshdi. Qadimgi sharq jamiyatlari bir-biriga o‘xshash va olaquroq turli ijtimoiy qatlam va guruhlardan iborat edi. Qadimgi sharq jamiyatini jamoachi dehqonlar, chorvadorlar, hunarmandlar, savdogarlar, qullar, harbiylar, oqsuyak zodagonlar, kohinlar, amaldorlar va saroy a’yonlari tashkil etgan2.
Ayrim jamiyatlarda ijtimoiy tabaqalarning mavqei, o‘rni qat’iy belgilangan bo‘lib, bunday jamiyatlar asrlar davomida belgilangan qoida-an’analar asosida yashadilar (Hindiston). Har bir ijtimoiy qatlamning jamiyatda o‘z o‘rni bor edi. Bu jamiyat kasb-hunar bo‘yicha jamoachi dehqonlar, chorvador, hunarmandlar, savdogarlar, diniy e’tiqod xizmatchilari jamiyati bo‘ldi. Bu jamiyatlarda jamoaning birdamligi, o‘z-o‘zini boshqarish, ma’lum bir an’ana, urf-odat asosida yashash tarzi ustuvor edi. Qadimgi sharq tarixini o‘rganish jarayonida jamiyatlarda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni, chuqur ziddiyatlarni ko‘rish mumkin.

Yüklə 73,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin