Reja: Kirish I bob. Konstitutsiya tushunchasi. I. 1 Konstitutsiyaning qabul qilinishi


Konstitutsiyaning 5-moddasida "Oʻzbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan oʻz davlat ramzlari – bayrogʻi, gerbi va madhiyasiga ega» deb koʻrsatilgan



Yüklə 71,52 Kb.
səhifə5/9
tarix07.01.2024
ölçüsü71,52 Kb.
#206440
1   2   3   4   5   6   7   8   9
3-mustaqil ta'lim

Konstitutsiyaning 5-moddasida "Oʻzbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan oʻz davlat ramzlari – bayrogʻi, gerbi va madhiyasiga ega» deb koʻrsatilgan.


Oʻzbekistonning davlat ramzlari 1991-yil 18-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”, 1992-yil 2-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi toʻgʻrisida”, 1992-yil 10-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining davlat madhiyasi toʻgʻrisida”gi qonunlar bilan tasdiqlangan.


Xalq hokimiyatchiligi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbaidir. Oʻzbekiston xalqini millatidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi.


Oʻzbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan Respublika Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkin. Jamiyatning biron-bir qismi, siyosiy partiya, jamoat birlashmasi, ijtimoiy harakat yoki alohida shaxs Oʻzbekiston xalqi nomidan ish olib borishga haqli emas. Birinchidan. Hokimiyatning bevosita amalga oshirilishi deganda xalqning saylovlar yordamida hokimiyat vakillik organlarini shakllantirishi, mamlakat Prezidentini saylashi, umumxalq muhokamasi va referendumlari orqali jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda, qarorlar va qonunlarni qabul qilishda toʻgʻridan-toʻgʻri qatnashishi tushuniladi.


Jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi, umumiy ovozga (referendumga) qoʻyiladi. Referendum soʻzining lugʻaviy maʼnosi lotincha “maʼlum qilinishi lozim boʻlgan narsa” deganidir, yaʼni davlatda hal qilinishi lozim boʻlgan muhim masalalar xalqqa maʼlum qilinadi va uning ovoz berishi orqali hal etiladi. Mamlakatimizda referendum oʻtkazish tartibi 2001-yil 30-avgustda yangi tahrirda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Referendumi toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan tartibga solinadi. Unga koʻra, referendumda qabul qilingan qarorlar oliy yuridik kuchga ega boʻlib, faqat referendum oʻtkazish yoʻli bilan bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi mumkin. Mamlakatimizda 1991, 1995 va 2002-yillarda referendum oʻtkazilgan.


Ikkinchidan, Hokimiyatning bilvosita amalga oshirilishi deganda xalqning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda, qarorlar va qonunlarni qabul qilishda oʻzi saylagan vakillari, yaʼni deputatlar va senatorlar orqali ishtirok etishi tushuniladi.


Oʻzbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini koʻzlab va Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi.


Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini oʻzlashtirish, hokimiyat idoralari faoliyatini toʻxtatib qoʻyish yoki tugatish, hokimiyatning yangi va muvoziy tarkiblarini tuzish Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos boʻladi.


Konstitutsiya va qonunning ustunligi. Mamlakatimizda Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi soʻzsiz tan olinadi. Konstitutsiyaning birorta qoidasi Oʻzbekiston Respublikasi huquq va manfaatlariga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emas. Birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas.


Tashqi siyosat. Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning toʻla huquqli subyekti boʻlib, uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yoʻl bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi.


Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini taʼminlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdoʻstliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin.


Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mohiyatini huquqiy davlatning asosiy talablarini aks ettiruvchi quyidagi prinsiplar ham ochib beradi: a) demokratizm prinsipi; b) hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga boʻlinishi prinsipi; v) inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat ekanligi prinsipi; g) ijtimoiy adolat prinsipi; d) qonuniylik prinsipi; ye) fuqaro va davlat bir-biriga nisbatan boʻlgan huquqlari va burchlari bilan oʻzaro bogʻliqligi prinsipi va boshqalar.


Xulosa qilib aytganda, Konstitutsiyamizning yuqorida qayd qilingan sifat va xususiyatlari uning benazir nufuzi, salmogʻi va qadr-qimmatidan dalolat beradi, u mustaqillikning qonuniy poydevori va buyuk kelajagimizning huquqiy kafolatidir.

Yüklə 71,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin