Reja: Kirish I bob. Konstitutsiya tushunchasi. I. 1 Konstitutsiyaning qabul qilinishi


Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi oltinchi huquqiy qadam – Davlat mustaqilligining e’lon qilinishidir



Yüklə 71,52 Kb.
səhifə4/9
tarix07.01.2024
ölçüsü71,52 Kb.
#206440
1   2   3   4   5   6   7   8   9
3-mustaqil ta'lim

Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi oltinchi huquqiy qadam – Davlat mustaqilligining e’lon qilinishidir.


Mamlakatimiz rahbarining 1991 yil 31 avgustda, o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida so‘zlagan nutqi, ayniqsa, o‘sha nutqdagi: “Men shu bugundan e’tiboran 1 sentabrni respublikamizda Mustaqillik kuni, umumxalq bayrami deb e’lon qilishni taklif etaman”, degan otashin so‘zlari Vatanimiz tarixiga oltin harflar bilan manguga yozilgandir.


Birinchi Prezidentimiz oradan 17 yil o‘tganidan so‘ng o‘zining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida ana shu hayajonli voqeaga: “1991 yil 31 avgust sanasida qo‘lga kiritilgan milliy mustaqillik – XX asrda xalqimiz tomonidan amalga oshirilgan buyuk ma’naviy jasorat namunasidir, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz”, deya yuksak baho berdi.


Xuddi o‘sha kuni Oliy Kengash O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida Bayonot qabul qildi. Bayonotda ta’kidlandiki, “Bundan buyon O‘zbekiston Respublikasi hududida respublika Konstitutsiyasi va qonunlari shak-shubhasiz ustun deb e’tirof etiladi”.


Shu kuni “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Undan bo‘lajak Konstitutsiyaning o‘zak qoidalarini o‘zida aks ettirgan bir qator muhim moddalar joy oldi. Jumladan, mazkur Qonunga muvofiq:

O‘zbekiston Respublikasi to‘la davlat hokimiyatiga ega, o‘zining milliy-davlat va ma’muriy hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilaydi” (3-modda);


O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va uning qonunlari ustundir. O‘zbekiston Respublikasi Davlat idoralarining tizimi hokimiyatni qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatiga ajratish tartibi asosida quriladi” (5-modda).




Bu Konstitutsiyaviy qonun Asosiy Qonunimiz qabul qilinguniga qadar, ya’ni 1992 yil 8 dekabrgacha biz uchun kichik Konstitutsiya vazifasini bajarib turdi.


Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi yettinchi huquqiy qadam – 1991 yil 29 dekabrda Prezident saylovi va Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi referendumning o‘tkazilishiga taalluqli. Konstitutsiyaning asosiy prinsiplari


Davlat suvereniteti. “Suverenitet” atamasi ilk bor Fransiyada (XVI asr) vujudga kelgan. Bu atama lotincha superareitas (cupra, superios) soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, aslida “eng oliy”, “oliy hokimiyat” degan maʼnoni anglatadi. Suverenitet mustaqil davlatning umumiy va ajralmas belgisi boʻlib, uning toʻla huquqliligini hamda ichki va tashqi siyosatini amalga oshirishda boshqa davlatga qaram emasligini anglatadi.


Oʻzbekiston – suveren demokratik respublika. Oʻzbekiston Respublikasi oʻzining milliy-davlat va maʼmuriy-hududiy tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining tizimini belgilaydi, ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi. Oʻzbekistonning davlat chegarasi va hududi daxlsiz va boʻlinmasdir. Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili oʻzbek tilidir.



Yüklə 71,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin