Mavzu; texnologik jarayonlarni modellashtirish va optimallashtirish asoslari faniga kirish



Yüklə 10,84 Kb.
səhifə1/2
tarix16.11.2022
ölçüsü10,84 Kb.
#69453
  1   2
modellashtirish 1-nb maruza


Mavzu; TEXNOLOGIK JARAYONLARNI MODELLASHTIRISH VA OPTIMALLASHTIRISH ASOSLARI faniga kirish
Model (lat. modulus – o`lchov, me`yor) - biror ob`ekt yoki ob`ektlar tizimining obrazi yoki namunasidir.
Masalan, yerning modeli - globus, osmon va undagi yulduzlar modeli - planetariy ekrani, pasportdagi suratni shu pasport egasining modeli deyish mumkin.
Insoniyatni farovon hayot shartsharoitlarini yaratish, tabiiy ofatlarni oldindan aniqlash muammolari qadimdan qiziqtirib kelgan. Shuning uchun ham insoniyat tashqi dunyoning turli hodisalarini o`rganishi tabiiy holdir.
Aniq fan sohasi mutaxassislari u yoki bu jarayonning faqat ularni qiziqtirgan xossalarinigina o`rganadi. Masalan, geologlar yerning rivojlanish tarixini, ya`ni qachon, qaerda va qanday hayvonlar yashaganligi, o`simliklar o`sganligi, iqlim qanday o`zgarganligini o`rganadi. Bu ularga foydali qazilma konlarini topishlarida yordam beradi. Lekin ular yerda kishilik jamiyatining rivojlanish tarixini o`rganishmaydi bu bilan tarixchilar shug`ullanadi.
Atrofimizdagi dunyoni o`rganish natijasida noaniq, va to`liq bo`lmagan ma`lumotlar olinishi mumkin. Lekin bu koinotga uchish, atom yadrosining sirini aniqlash, jamiyatning rivojlanish qonunlarini egallash va boshqalarga xalaqit etmaydi. Ular asosida o`rganilayotgan hodisa va jarayonning modeli yaratiladi. Model ularning xususiyatlarini mumkin qadar to`laroq akslantirishi zarur.
Modelning taqribiylik xarakteri turli ko`rinishda namoyon bo`lishi mumkin. Masalan, tajriba o`tkazish mobaynida foydalaniladigan asboblarning aniqdigi olinayotgan natijaning aniqligiga ta`sir etadi.
Modellashtirish - bilish ob`ektlari (fizik hodisa va jarayonlar) ni ularning modellari yordamida tadqiq, qilish mavjud predmet va hodisalarning modellarini yasash va o`rganishdir.
Modellash uslubidan hozirgi zamon fanida keng foydalanilmoqda. U ilmiy tadqiqot jarayonini yengillashtiradi, ba`zi hollarda esa murakkab ob`ektlarni o`rganishning yagona vositasiga aylanadi. Mavhum ob`ekt, olisda joylashgan ob`ektlar, juda kichik hajmdagi ob`ektlarni o`rganishda modellashtirishning ahamiyati katta. Modellashtirish uslubidan fizika, astronomiya, biologiya, iqtisod fanlarida ob`ektning faqat ma`lum xususiyat va munosabatlarini aniqlashda ham foydalaniladi.
Modellarni tanlash vositalariga qarab uni uch guruhga ajratish mumkin. Bular abstrakt, fizik va biologik guruhlar.

Abstrakt modellar qatoriga. matematik, matematik-mantiqiy va shu kabi modellar kiradi. Fizik modellar qatoriga kichiklashtirilgan maketlar, turli asbob va qurilmalar, trenajyorlar va shu kabilar kiritiladi.


Zamonaviy ishlab chiqarish bu - axborotlashtirilgan boshqarish tizimlari va kommunikatsiya, moliya - iqtisodiyot va marketing xizmatlari, ilmiy texnologik hamda loyihalash markazlarining kimyo-texnologik bosqichlar majmuidir. Raqamli texnika va ma'lumot qayta ishlash usuilarining intensiv rivojlanishi natijasida kimyoviy, neft-kimyoviy hamda ulaming ichki komplekslaridagi axborotlashtirilgan boshqarish tizimlari va axborot uzatish jarayoninng funksionallik ahamiyati tobora oshib bormoqda. Kimyotexnologik jarayonlarning (KTJ) analizi va sintezi masalalarini yechishda, shuningdek, bu jarayonlardagi boshqarish tizimlarini qurish masalalarida matematik modellashtirish usullarini qoTlash maqsadga muvofiqdir.
Matematik modellashtirish optimal boshqarish parametrlarini aniqlashda samarali qurol hisoblanadi, ayniqsa, fizikaviy va kimyoviy jarayoniarning qonuniyatlari yetarlicha o‘rganilgan holatlarida.
Shundan kelib chiqqan holatda tashqi ta'sirlaming keng diapazonida obyektning matematik modelini hisobi orqali boshqarish parametrlarini aniqlash amalga oshiriladi. Matematik modellami ishlab chiqish usullari orasida quyidagilarni ajratish mumkin:
- analitik - bu usul asosida substansiyani saqlashning fundamental qonunlari yotadi:
- eksperemental va eksperemental-analitik - bu usul asosida
o‘rganilayotgan obyektning kirish va chiqish holatlari haqidagi eksperemental maTumotlami statistik qayta ishlash yotadi.
Matematik modellashtirish usullarining rivojlanishi apparatda yuz beradigan texnologik jarayonlami tadqiq qilish metodologiyasini o‘zgartirish imkonini yaratdi, bu esa butun ishlab chiqarish va apparatlaming ierarxik strukturalari, sathlari orqali hodisalaming sabab - oqibat aloqalarini ochishda o‘z ifodasini topadi. Texnologik jarayon, unda yuz beruvchi fizik - kimyoviy hodisalami baholashdan boshlab, alohida sathlar orasidagi o‘zaro ta’sirlami hisobga olib, integral baholashlargacha tahlil qilinadi. Bu tarzda olingan tavsif jarayonning eng umumiy belgilarini xarakterlab, jarayonning matematik modeli sifatida ko‘rilishi mumkin.
Texnologik qurilmalar quvvatlarining ahamiyatli darajada o‘sishi tashqi va ichki energiya resurslaridan optimal foydalanish bilan bog‘liq qator masalalarning yuzaga kelishini belgilaydi. Shuning uchun ham amaldagi jihozlarni takomillashtirish va yangilarini loyihalashda asosiy e'tibor texnologik va konstruktiv parametrlami hisoblashning aniq usullarini ishlab chiqishga qaratiladi. Ko'rsatilgan masalani yechimi matematik modellashtirish usullarini takomillashtirish va ularni tadqiqot amaliyoti va loyihalash ishlariga tatbiq etish asosida yotadi.

Matematik modellashtirish usuli jarayon tadqiqotining asosiy qismini, qimmat turuvchi va ko‘p hollarda amalga oshirish qiyin bo‘lgan tajribalarsiz uning matematik modelida amalga oshirishga imkon beradi. Texnologik qurilmalar quvvatlarining ahamiyatli darajada o‘sishi tashqi va ichki energiya resurslaridan optimal foydalanish bilan bog‘liq qator masalalarning yuzaga kelishini belgilaydi. Shuning uchun ham amaldagi jihozlarni takomillashtirish va yangilarini loyihalashda asosiy e’tibor texnologik va konstruktiv parametrlami hisoblashning aniq usullarini ishlab chiqishga qaratiladi.


Matematik tavsif tuzish ko‘nikmalariga ega boTish va KTJIarning modellarini bilish texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish bo‘yicha mutaxassis, muhandis hamda operatorlarga samarali va foydali boTishi mumkin.

Yüklə 10,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin