Xayoliy modellashtirish. Xayoliy modellashtirish ba’zi hollarda vaqtning berilgan oralig‘ida amalga oshirib bo‘lmaydigan yoki ularni jismoniy shartlaridan tashqarida yotganligi uchun obyektlami modellashtirishning yagona usuli hisoblanadi. Masalan, xayoliy modellashtirish asosida mikroolamdagi fizik tajriba o‘tkazishga imkon bermaydigan ko‘p vaziyatlarni tahlillash mumkin. Xayoliy modellashtirish ayoniy, belgili va matematik ko‘rinishda amalga oshirilishi mumkin.
Obyektni (S tizimni) taqdim etish shakliga muvofiq xayoliy va real modellashtirishni ajratish mumkin.
Matematik modellashtirish. Matematik modellashtirish deganda - berilgan real obyektning ba’zi bir matematik obyektga muvofiqligini belgilash jarayoni 'tushuniladi. Bu matematik obyekt matematik model deb ataladi va bu modelni tadqiq qilish o‘rganilayotgan real obyekt xarakteristikalarini olish imkonini beradi. Matematik modelning turi nafaqat rea! obyekt tabiatiga bog‘liq, balki obyektni tadqiq masalalariga va talab qilinadigan ishonchlilik hamda masalani yechish aniqligiga bog‘liq. Har qanday matematik model, boshqalarga o‘xshab,haqiqatga yaqinlashishning ba’zi darajasi bilan real obyektni tavsiflaydi. Sistemalar ishlash jarayoni xarakteristikalarini tadqiq qilish uchun matematik modellashtirishni analitik, imitatsion va kombinatsionlarga bo‘lish mumkin.
Imitatsion modellashtirish. Imitatsion modellashtirishda S tizimning vaqt bo‘yicha ishlash jarayonini amalga oshiruvchi modelning algoritmi qayta ishlab chiqiladi va shu bilan birga elementar hodisalar imitatsiyalanadi. Ularning vaqt bo'yicha yuz berishi hamda mantiqiy strukturalarini saqlagan holda tizim xarakteristikalarini baholash imkonini beruvchi, vaqtning ma'lum momentlaridagi jarayonning holati haqidagi boshlang‘ich maMumotlami olish imkonini beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar va saytlar ro'yxati www.google.com
www.zinoyet.uz
https://cyberleninka.ru
http://innovatsiya.uz
https://hozir.org