Reja: Kirish I bob. Konstitutsiya tushunchasi. I. 1 Konstitutsiyaning qabul qilinishi



Yüklə 71,52 Kb.
səhifə3/9
tarix07.01.2024
ölçüsü71,52 Kb.
#206440
1   2   3   4   5   6   7   8   9
3-mustaqil ta'lim

Afsuski, O‘zbekiston rahbarining safarda ekanidan foydalanib, GKChPning noqonuniy qarorlarini qo‘llab-quvvatlaydigan rahbarlar yurtimizda ham topildi. Tarix buni yaxshi eslaydi.


Bu voqealarning davomi “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobining so‘zboshi qismida shunday bayon etilgan:

Prezident Islom Karimov GKChP e’lon qilinganini Agrada eshitib, 19 avgust kuni zudlik bilan Toshkentga qaytadi. Toshkent aeroportida Yurtboshimizni rasmiy kishilardan tashqari, Turkiston harbiy okrugi bosh qo‘mondoni hamda Markazdan kelgan 3 nafar general kutib oladi.




Bu o‘sha paytdagi mavjud rasmiy protokol qoidalariga mutlaqo zid bo‘lib, tagdor siyosiy ma’noga ega edi.


Islom Karimov aeroportdan to‘g‘ri hukumat binosiga kelib, kechqurun hukumat a’zolari bilan uchrashdi hamda O‘zbekiston SSR hududida GKChPning qonunga zid qarorlarini bekor qilish haqida ko‘rsatma berdi. Shu tariqa GKChP gumashtalari O‘zbekitston hukumati nomidan qabul qilgan barcha hujjatlarni bekor qildi”.


Yaqin o‘tmishning bu voqealarini eslash va eslatishdan muddao esa yangi Konstitutsiyamizni yaratish yo‘lidagi kurashlar mustaqillik uchun kurashning uzviy, ajralmas qismi ekanligini e’tirof etishdan iborat. Zero, biz o‘z istiqlolimizni qanday qiyinchiliklar bilan, qanday sinov va suronli kurashlar bilan qo‘lga kiritgan bo‘lsak, O‘zbekistonning birinchi Konstitutsiyasini yaratish yo‘lida ham xuddi shunday murakkab sinovlarni boshdan kechirdik.


Bir so‘z bilan aytganda, istiqlol arafasida vujudga kelgan og‘ir sharoit, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy qiyinchiliklarga, turli to‘siqlarga qaramasdan, xalqimiz Birinchi Prezident Islom Karimov boshchiligida o‘zining asriy orzusi – O‘zbekistonning davlat suvereniteti va mustaqilligi sari qat’iyat bilan harakat qilishda davom etdi.


O‘sha beorom davrda qabul qilingan Prezident farmon va qarorlarida aks etgan muhim huquq va qoidalar keyinchalik Konstitutsiyamizning asosiy bo‘lim, bob va moddalari sifatida mustahkamlandi.



Yüklə 71,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin