Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘zining aybsizligini isbotlab berishi shart emas va istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkin
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘zining aybsizligini isbotlab berishi shart emas va istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkin.
Konstitutsiyadagi shaxsiy hayot dahlsizligi bilan bog‘liq yuqoridagi kafolatlar inson huquq va erkinliklari himoyasiga chuqur e’tibor qaratilayotganligini anglatadi va qonun va huquq ustuvorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Yuqoridagi kabi 200 dan ortiq o’zgartishlar asosida aholining farovon hayoti, inson huquqlari va demokratik qadriyatlar ustuvorligi, xalq hokimiyatchiligini ta’minlash, davlat idoralarining xalq oldida ma’sulligini oshirish, adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirish, mamlakatning barqaror rivojlanishini ta’minlash maqsad qilingan.
Shuni ham eslatib o‘tish lozimki, Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchiligi tomonidan qabul qilingan qonun yoki O‘zbekiston Respublikasining referendumi bilan kiritiladi. Odatda ko‘p davlatlar Konstitutsiyasi nufuzli ekspertlar, deputatlar tomonidan ishlab chiqilib, so‘ngra parlamentda qabul qilinadi. Bunday hujjatlar mutaxassis nuqtai nazaridan yuqori baholarga sazovor bo‘lsa-da, unda xalqchillik, xalq ruhiyati yetishmaydi.
Ayrim davlatlar hatto o‘z Asosiy qonunlarining referendumda, xalq ishtirokida qabul qilingani bilan faxrlanishadi. Albatta, bu eng oliy darajadagi qaror. Biroq bu jarayonda xalq oldida faqat ikki savoldan biriga javob berish imkonigina bo‘ladi: Konstitutsiya matnini tasdiqlash yoki rad etish.
O‘zbekiston Konstitutsiyasining o‘ziga xosligi shundaki, u ikki marotaba xalq muhokamasida yurtdoshlarimiz xohish-irodasi bilan boyitildi. Umumxalq muhokamasi davomida Konstitutsiya loyihasi yuzasidan jami 6 mingdan ortiq taklif va mulohaza bildirilgan.
Ma’lumki, davlat va jamiyat hayotida ba’zi bir narsalar bo‘ladiki, u Vatanimiz kabi yagonadir: bayrog‘imiz bitta, gerbimiz bitta, madhiyamiz bitta, shu qatori Konstitutsiyamiz ham bitta. Bularning har biri o‘z timsolida ona Vatanimiz, xalqimizning ezgu-maqsadlarini o‘zida aks ettiradi. Shu ma’noda Konstitutsiyamiz har bir fuqaro uchun bayrog‘imiz, gerbimiz, madhiyamiz kabi muqaddasdir.
Bosh qomusimiz qabul qilinishidan maqsad va vazifalarga e’tibor beradigan bo‘lsak, muqaddimasida mamlakatimiz fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta’minlashga intilish, demokratik huquqiy davlat barpo etish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta’minlash maqsadida Konstitutsiya qabul qilinganligi qayd etilgan. Ya’ni Konstitutsiyamizning asosiy mohiyati insonga munosib hayot sharoitlari yaratish, uni baxtli qilishdan iborat.
Yana muhim hamda xalqaro ekspertlar tomonidan e’tirof etiladigan xususiyat – bu Konstitutsiyaning “O‘zbekiston xalqi” deb boshlanishidir. Bunday jumlalarni boshqa biron bir qonunda uchratmaymiz. Buning o‘zi ham xalq hokimiyatchiligining yorqin dalolati.
Konstitutsiyamizning yana bir eng muhim xususiyati – bu xalq suvereniteti e’tirof etilganligidadir. Asosiy qonunimizning 7-moddasida asosan xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbai ekani muhrlangan. Asosiy qonunimizda “demokratiya” va “demokratik” so‘zlari 7 marta, “xalq” so‘zi 24 marta qo‘llangan.
G‘arb olimlari dunyo konstitutsiyalari tahlili natijasida 70 ta asosiy mavzuning qamrab olinishi bo‘yicha 190 davlat konstitutsiyasi va konstitutsiyaviy ahamiyatdagi boshqa hujjatlarni o‘rganganda davlatimiz Asosiy qonuni 0,59 natijani ko‘rsatib, nisbatan ko‘proq mavzularni qamrab olgani ayon bo‘ldi. Bu jihatdan Avstriya Konstitutsiyasi 0,57, AQSh Konstitutsiyasi 0,49, Buyuk Britaniyaning konstitutsiyaviy ahamiyatdagi hujjatlari 0,43 natijani ko‘rsatgan.
Konstitutsiyamizda inson manfaatlari ustun qo‘yilgan. Asosiy qonunimizni sinchiklab o‘rgangan har bir shaxs bevosita guvohi bo‘ladiki, uning butun mazmun-mohiyati insonga xizmat qilishga yo‘g‘rilgan. Konstitutsiyamizning biron bir joyida “davlatning huquqi” yoki “fuqarolar davlat hoxish-irodasini bajarishi shart” qabilidagi qoidalar uchramaydi. Aksincha, Asosiy qonunimizda “Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar”, “Davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi” kabi davlatning majburiyatlarini uchratamiz.
Konstitutsiyamiz o‘zining insonparvarligi bilan ham ajralib turadi. Unga ko‘ra voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg‘iz keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir. Davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o‘qitishni ta’minlaydi, bolalarga bag‘ishlangan xayriya faoliyatlarni rag‘batlantiradi.
Konstitutsiyamizning yana bir muhim jihati, bu uning barqarorligidadir. Qayd etish joizki, o‘tgan 25 yil mobaynida Konstitutsiyamizning asosiy prinsiplari, inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari, jamiyat va shaxs munosabatlari, ma’muriy-hududiy va davlat tuzilishiga oid normalari o‘zgarmadi. O‘tgan davr mobaynida unga 10 ta o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilgan bo‘lsa-da, bularning deyarli barchasi davlat hokimiyatini tashkil etish bo‘limiga kiritilgan tuzatishlar bo‘lib, u ham bo‘lsa mamlakatimizda konstitutsiyaviy prinsip bo‘lgan xalq hokimiyatchiligini kuchaytirish, davlat hokimiyatini tashkil etish va faoliyat ko‘rsatishida fuqarolarning bevosita va bilvosita ta’sirini oshirish, parlamentning davlat ichki va tashqi siyosatidagi rolini kengaytirish, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishda konstitutsiyaviy va odil sudlovning o‘rnini yanada mustahkamlashga oid tuzatishlardir.
Qadimgi Rim yuristlarining fikricha, qonun qisqa, lo‘nda bo‘lishi lozim. Dunyoda eng ko‘p so‘z ishlatilgan Konstitutsiya Hindiston Asosiy qonuni bo‘lib, mutaxassislar fikriga ko‘ra unda 146 ming 385 so‘z ishlatilgan. AQSh Konstitutsiyasida 7 ming 762, Fransiya Konstitutsiyasida 10 ming 180 so‘z ishlatilgan. O‘zbekiston Konstitutsiyasida esa 7 ming 550 so‘z qo‘llanilgan.
Qayd etish joizki, dunyodagi eng rivojlangan davlatlar Konstitutsiyalari bilan raqobatlashadigan Konstitutsiyani ishlab chiqish va qabul qilish masalaning bir jihati. Masalaning boshqa bir muhim tomoni, qabul qilingan hujjatni hayotimizga samarali tatbiq etishda namoyon bo‘ladi. Bu Konstitutsiyada ko‘zlagan maqsadlarimizning eng muhim shartidir.
Qadimdan huquqshunoslikda “huquq, qonun hushyor, ogoh, g‘ayratli odamlar uchun yoziladi, g‘aflatda qolganlar uchun emas. Kim huquqlaridan foydalanmasa, ko‘rgan zarari uchun o‘zi aybdor” degan qarashlar mavjud.
Shunday ekan, Konstitutsiyamiz va qonunlarimizda kafolatlangan huquqlardan har birimiz o‘z o‘rnida foydalana olsak, hamisha, har yerda huquqlarimiz ta’minlanishiga erishamiz. Konstitutsiyaviy huquq - asosiy ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yigʻindisi, huquq tizimining yetakchi sohasi. Konstitutsiyaviy huquq normalari davlatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va hududiy tuzilishi, uning fuqarolik jamiyati institutlari bilan munosabatlari tartibini, fuqaro va shaxs huquq hamda erkinliklari amalga oshirilishining asosiy tamoyillarini, davlat hokimiyati organlari tizimini belgilaydi. Bir qancha mamlakatlarda (jumladan, OʻzRda ham) ushbu huquqiy sohani belgilash uchun davlat huquqiy tushunchasi qoʻllanadi.
Konsitutsiya-davlatning Asosiy qonuni,unda inson va fuqaroning huquq va erkinliklari e'lon qilinadi,e'tirof etiladi va kafolatlanadi,davlat bodshqaruvi shakli va hududiy tuzilishi, hokimiyat markaziy va joylardagi mahalliy organlarni tashkil etish tizimi va ularning vakolatlati belgilab qo'yiladi,shuningdek,qonunchilik,ijro organlari va sud hokimiyati organlarini tuzish tartibga solib tutiladi,saylov tizimi,davlat ramzlari va Konsitutsiyaga o'zgartirishlar kiritish tartibi belgilanadi.
Konstitutsiyaviy huquqning asosiy tamoyillari: boshqaruvning respublika shakli, inson va fuqarolar huquq hamda erkinliklarining ustunligi, hokimiyatlarning boʻlinishi. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy huquqi Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumi asoslarini; inson va fuqarolarning asosiy huquq hamda erkinliklari, ularning kafolatlarini; maʼmuriy-hududiy va davlat tuzilishini; saylov tizimini; hokimiyat tizimi va davlat organlari tizimini tashqil etish hamda faoliyatining asosiy tamoyillarini; fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish asoslarini mustahkamlaydi. Konstitutsiyaviy huquq manbalari: Konstitutsiya, konstitutsiyaviy qonunlar, xalqaro huquq normalari, Oliy vakillik, ijro etuvchi hokimiyat, mahalliy vakillik va konstitutsiyaviy sud hujjatlari va h.k.(hokazolar) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy huquq manbalari: Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining normativ hujjatlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi, mahalliy davlat hokimiyati normativ hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi va uning subʼyekti oʻrtasidagi kelishuvlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi qarorlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining normativ hujjatlari.
Konstitutsiyaviy huquq, ayni vaqtda, Konstitutsiya, uning mazmun-mohiyati, ahamiyati, jamiyatdagi oʻrni haqida maʼlumot beruvchi fan hamdir. Kengroq maʼnoda, u konstitutsiyaviy institutlar haqidagi tasavvur va bilimlar, konstitutsiyaviy normalar va ular orqali tartibga solinadigan munosabatlar hamda qonunchilikni rivojlantiruvchi qarashlar tizimidir.
Xulosa Jamiyatimizda qonun ustuvorligini taʼminlash fuqarolar huquq va erkinliklarini himoya qilish har birimizning muqaddas burchimizdir. Bu burch va huquqlarimiz dunyoning barcha mamlakatlarida mavjud boʻlganidek, Respublikamizning asosiy qonuni boʻlmish Konstitutsiyamizda belgilab berilgan. Tarixdan maʼlumki qonun va qonun qoidalar maʼlum bir imkoniyat va cheklovlardan tashkil topgan. Bizga yetib kelgan eng qadimiy qonunlardan biri Bobil podshosi Xammurapi tomonidan tuzilgan boʻlib, bu qonun quldor tuzumi huquqining xarakterli belgilarini oʻzida aks ettirgan. Bu qonun qaydlari qadimgi Sharq huquqining qimmatli yodgorligi sanalib, bu yerlarda azaldan qonun ustuvorligi koʻrinib turadi.
Shu bilan birga Qadimgi Rimda ham qonunlar juda qatʼiy va shafqatsiz boʻlishiga qaramay aniq belgilab berilgan boʻlib, “Konstitutsiya” atamasi ham imperator konstitutsiyasi deb atalgan qonun tufayli yuzaga kelgan.
Mamlakatimizning uzoq tarixida esa qonunlar doim ezgulikka va taraqqiyotga, asosan vatan shaʼni, tinchlik, sarhadlar daxlsizligi, fidokorlik va sadoqat kabi jihatlarni oʻz ichiga olgan. Birgina misol “Temur tuzuklari” nomi bilan Sharq va Osiyo mamlakatlari svilizatsiyasiga xos boʻlgan sarkarda Amir Temur tomonidan tuzilgan qonun bitiklari konstitutsiyaviy hujjat xususiyatiga ega boʻlib, yuqorida koʻrsatilgan jihatlarni oʻzida jamlab sharʼiy qonunlari bilan bir qatorda Markaziy Osiyo xalqlari taqdiriga kuchli taʼsir koʻrsatgan.
Mamlakatimiz Respublika miqyosiga erishgan yangi tarixdagi Asosiy qonunimiz yaʼni konstitutsiyaga ega boʻlgan boʻlsa, Mustaqillikka erishgach bu qonunga ikki marta 100 ga yaqin tuzatish va oʻzgartirishlar kiritilgan. Oʻzgartirishlardan soʻng 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan. 6 boʻlim, 128 moddadan iborat qonunimiz bugungi kunda Mustaqillik yillarida erishgan eng muhim yutuqlaridan biri boʻlib, fuqarolarning jamiyatdagi hayoti, huquq va burchlarini muntazam himoya qilish vazifasini bajarmoqda.
Baxtimiz qomusi boʻlgan Konstitutsiyamiz millatidan qatʼiy nazar barcha oʻzbek xalqi, fuqarosining butun bir imkoniyati va majburiyatlarini oʻzida aks ettirgan boʻlib, hali uzoq yillar davomida yangi Oʻzbekistonning baxtli va kelajagi buyuk avlodlari uchun ham munosib xizmat qiladi.