Reja: Kirish I bob. Konstitutsiya tushunchasi. I. 1 Konstitutsiyaning qabul qilinishi


II bob. Davlat va jamiyat hayotidagi keyingi islohotlarga Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar poydevor bo‘lib xizmat qilishi zarur



Yüklə 71,52 Kb.
səhifə6/9
tarix07.01.2024
ölçüsü71,52 Kb.
#206440
1   2   3   4   5   6   7   8   9
3-mustaqil ta'lim

II bob.
Davlat va jamiyat hayotidagi keyingi islohotlarga Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar poydevor bo‘lib xizmat qilishi zarur.


Jumladan, umumxalq muhokamasiga qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonun loyihasida taklif etilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar davlat suverineteti, xalq hokimiyatchiligini, insonlarning huquq va erkinliklarini yanada mustahkamlash, mahalliy ijro etuvchi va vakillik organlari vakolatlarini yanada aniq ajratrishni, davlat hokimiyatining tashkil etilishi, qonunchilik tashabbusi hamda sud-huquq va ta’lim-tarbiya, ijtimoiy himoya boshqa sohalarga oid bo‘lib, 64 ta moddaga 200 dan ortiq o‘zgartishlar kiritish, 6 ta yangi modda bilan 16 ta yangi norma qo‘shish nazarda tutilgan.


13-moddaga kiritilayotgan o‘zgartishlar misolida olsak, insonning sha’ni va qadr-qimmatini, huquq va erkinliklarini hurmat qilish, ularga rioya etish, ularni himoya qilish davlatning majburiyati sifatida belgilanmoqda.


Yoki 24-moddada O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosi taqiqlanishi belgilanmoqda.


Hayot inson uchun eng oliy ne’mat. Yashash huquqi har bir inson uchun ajralmas huquq hisoblanadi. Shu sababli, insonni hayotdan mahrum qilish hech qanaqasiga mumkin emasligi, hattoki jinoiy qilmish uchun jazo sifatida ham o‘lim jazosi qo‘llanilishi mumkin emasligi Konstitutsiya darajasida belgilanmoqda.


Amaldagi qonunchilikda ham o‘lim jazosi mavjud emas. O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosining bekor qilinishi tarixi 2008 yilga borib taqaladi.


Yashash huquqi shaxs tug‘ilganda vujudga keladi va unga daxl qilishni hech qanday asosga ko‘ra ham oqlab bo‘lmaydi.


Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyat hisoblanadi. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi tegishli moddalarida odam o‘ldirish jinoyati uchun javobgarlik nazarda tutilgan bo‘lib, buning uchun hatto umumurbod ozodlikdan mahruh qilish jazosi tayinlanishi mumkin.

O‘lim jazosining taqiqlanadi,”- degan jumlani Konstitutsiyaga kiritilishi, ayrim og‘ir jinoyatlarning, xususan korrupsion jinoyatlarning oldini olish maqsadida o‘lim jazosini tiklash kerak degan ba’zi nazariy qarashlarga uzil kesil chek qo‘yish bilan birga shaxsning yashash huquqi davlat tomonidan himoya qilinishi hamda insonparvarlik tamoyillarining Konstitutsiyada yana bir bor mustahkamlanayotganligini anglatadi.




Konstitutsiyaga fuqarolarning shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ekologik huquqlari hamda manfaatlarini taʼminlashga, himoya qilishga qaratilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan normalar kiritilmoqda.



Yüklə 71,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin