Reja: Kirish I bob. Lingvokulturologiya fanining nazariy asoslari



Yüklə 151,21 Kb.
səhifə10/31
tarix10.05.2023
ölçüsü151,21 Kb.
#110750
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31
Magistrlik dissertatsiyasi Zarnigor

Nonsindirar - nikoh to‘yidagi muhim marosim bo‘lib, qiz tomon to‘yga rozilik bergach ikki oila o‘rtasida qizning uyida o‘tkaziladi. Bu marosimga elda obro‘li, oilasi tinch, turmushi buzilmagan insonlar taklif qilinadi. “Nonsindirar”dagi iboralar:
“Iloho, qadam yetdi – balo yetmasin”.
“Ikki yosh nonday aziz bo‘lib, o‘z qadr-qimmatlarini yo‘qotmasin.”
“Yoshlar qo‘sha qarisin, uvali- juvali bo‘lsin”.
“Ikki yosh baxtli bo‘lsin”.
“Tinib –tinchib, o‘zlaridan ko‘payishsin.” Shu singari gaplar, iboralardan foydalanib, yig’ilganlar fotiha qiladilar.Non sindirilgandan so‘ng garchi hali to‘y bo‘lmagan bo‘lsa –da qarindoshlar o‘rtasida yigit “kuyovimiz”, qiz esa “kelinimiz” deb atala boshlanadi. Ya’ni, yigit yoki qiz endi yangi oila a’zosi deb tan olinadi.
Fotiha. Bu marosimdan keyin “fotiha” boshlanadi. “Fotiha” ham asosiy ma'rakalardan bo‘lib, nikoh to‘yidan oldin o‘tkaziladi. Bu leksemalar adabiy tilda ham, shevalarda ham shu shakl va shu ma'noda qo‘llaniladi. Ushbu ma'rakani o‘tkazish uchun to‘rt-besh kun oldin kuyov tomonning obro‘li, ishning ko‘zini biladigan vakillari to‘y xarajatini belgilash uchun kelin tomonga yuboriladi. Bugungi kunda nu marosim kengroq o‘tkazilyapti, ya’ni erkaklar ham, ayollar ham taklif qilinibn qiz tomonda katta ziyofat beriladi.Fotiha to‘yida ikki tomon kelishib, nikoh to‘yi kunini belgilashadi.93
Qiz bazmi. To‘ydan bir necha kun oldin bo‘lajak kelin yaqin dugonalari bilan xayrlashish maqsadida ularni uyiga taklif qilib, ziyofat beradi. Bunday marosim Samarqandda dugonatalbon, chokbiny, bisotbiny, Xo‘jandda duxtarrustkunon, Dushanbeda joygashtak, Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumanining G‘elon qishlog‘ida bazm deb nomlanadi.94 Farg’ona viloyatida esa qiz bazmi deyiladi.
Shu o‘rinda ta'kidlash joizki, O‘zbekistonning barcha hududlaridagi nikoh to‘ylarida xilma –xillik mavjud. Ularning aksariyatida udum va urf- odatlarni ifodalovchi leksemalar turlichadir. Bular o‘zbek xalqi madaniyatining juda boy va qadimiyligidan dalolat beradi. Biroq bu urf –odatlarning barchasi mazmun jihatdan bir –biriga juda o‘xshash.
O‘tgan davrlarda, xususan , yaqin o‘tmishda ham o‘zbek xalqida to‘y kunlari kelin –kuyov maxsus kiyim - boshlar kiyishgan. Bu kiyimlar joylashgan vohasiga qarab bir-biridan farq qilgan. Masalan , Samarqand, Buxoroniki bir toifa bo‘lsa, Surxon va Qashqa vohasiniki ikkinchi toifa, Farg‘onaniki o‘zi bo‘lak bo‘lsa, xorazmlik kelin-kuyovning kiyim-boshi tamoman boshqacha bo‘lgan.95 Biroq bugungi kunda aksariyat kelinlar Yevropa uslubida tikilgan, zamonaviy uzun oq libos kiyishni ma’qul ko‘rmoqdalar. Kuyovlar esa klassik uslubda tikilgan qora, ko‘k, siyohrang , moviy , ba’zan oq rangli kostyum –shim kiyadilar. To‘y kuni kelin –kuyovni ko‘rgan yaqin qarindoshlar va mehmonlar ko‘pincha: “Xuddi uzukka ko‘z qo‘yganday bir – biriga mos!” deya bir- birlariga xitob qiladilar. Bu iboraning ma’nosi shuki, kuyov va kelin bir –biriga juda ham mos. Ya’ni, har qanday qimmatbaho tosh uzukka mos tushib ko‘z bo‘lavermaganiday, bu ibora yarashganlik, chiroylilik, moslik ma’nosida qo‘llaniladi.
Qizni avvaldan tanigan insonlar uni kelinlik obrazida ko‘rgach, “Ochilibdi!” yoki “Ochilmabdi” deb qo‘yadilar. Sababi, ilgari sipo kiyinib yurgan qiz endi to‘y liboslarida, yorqin pardoz- andozda ko‘ringach, uning tashqi ko‘rinishiga shunday deb baho beradilar.
Qo‘lushlatar. Tilshunos N. Kurbanazarova o‘zining “Surxondaryo vohasi to‘y marosimi etnografizmlarining semantik tadqiqi va lingvomadaniy tadqiqi” nomli ilmiy ishida bu marosimga shunday ta’rif beradi: “Kelin –kuyovning butun umrga bog‘lanishi, bir-biriga yelkadosh bo‘lib , yaxshi-yomon, og‘ir –yengil kunlarida , sog‘ligida yoki bemorligida bir- birini tashlab ketmaslik ramzi sifatida ushbu marosim o‘tkaziladi. Urf-odatlarni bajarishda bosh-qosh bo‘layotgan yoshi ulug‘ ayol bir qo‘liga kelinning, bir qo‘liga kuyovning qo‘lini ushlab, ikkalasini birlashtiradi , ya’ni qo‘llarini ushlattiradi.”96 So‘ngra quyidagicha duo qiladi:
“ Umrlaringning oxirigacha birga bo‘linglar”.
“Ushlagan qo‘llaring, birlashgan yo‘llaring hech qachon ayrilmasin”;
“Bir-birlaringga sadoqatli bo‘linglar”.
An’anaga ko‘ra , kelin ibo-hayo ramzi sifatida qo‘llarini kuyovdan tortib olmoqchi bo‘ladi, biroq kuyov uning qo‘lini qo‘yib yubormaydi. Atrofdagilar esa kuyovni qo‘llab quvvatlaydilar:
“Kuyov, kuchli bo‘ling!”
“Kuyov, kuchingni ko‘rsat!”

Yüklə 151,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin