Reja: Kirish I bob. Lingvokulturologiya fanining nazariy asoslari



Yüklə 151,21 Kb.
səhifə26/31
tarix10.05.2023
ölçüsü151,21 Kb.
#110750
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Magistrlik dissertatsiyasi Zarnigor

Chilla qochdi/chilla quvdi. Chilla davri tugagach, chaqaloq bilan onasi bu davrdan sog‘-salomat chiqib olganlari munosabati bilan yana bir marosim o‘tkaziladi. U chilla qochdi yoki chilla quvdi nomlari bilan mashhur. O‘zbek tili etnografizmlarining izohli lugʼati”da qayd qilinishicha, chaqaloq tugʼilgach, qirq kundan keyin, yaʼni chillasi chiqqandan so‘ng bolani yaqin qo‘shni va qarindosh-urugʼlarinikiga ko‘tarib o‘tish, mehmonga borish va shu munosabat bilan o‘tkaziladigan marosim168. Bunda kelin chaqalog‘ini olib, qaynonasi,turmush o‘rtog‘i va yaqinlari bilan o‘z ota-onasining uyiga mehmonga boradi. Bu ona va bolaning chilla davridan keyin borgan ilk ziyofati, mehmondorchiligi bo‘ladi.
Yuqorida qayd etilgan urf-odatlar va ularga bog‘liq jarayonlarni ifodalovchi leksemalar zamonlar osha bizgacha yetib kelgan va o‘zbek leksikonida bu tilning naqadar boyligi va mazkur til egalari – o‘zbeklarning e’tiqodi,tasavvurlari haqida darak beradi. Shuningdek, ularning barchasining zamirida ona va bolaga salomatlik tilash, chaqaloqni hayotga tayyorlash va uni asrash, unga baxtli kelajak tilash singari ezgu qadriyatlar mujassamlashgan. Chaqaloq tug‘ilishi bilan bog‘liq urf-odatlar leksikasi xilma-xil bo‘lib, ularni leksik –semantik jihatdan tahlil qilish o‘zbek tilining lug‘aviy qatlamini boyitadi. Buning uchun o‘zbek tilida chaqaloq tug‘ilishiga oid lug‘aviy birliklarni to‘plash lozim bo‘ladi.


3.2.Ingliz tilida chaqaloq tug‘ilishiga oid lug‘aviy birliklar
Hayotning ko‘plab jabhalari singari chaqaloqning dunyoga kelishi Angliyada qator an’analar va urf- odatlarning asosiy mavzusi sanaladi. Biz quyida ingliz tilidagi chaqaloq tug‘ilishi bilan bog‘liq marosimlarga oid lug‘aviy birliklarni tahlil qilishga harakat qilamiz.
Baptism/Christening (Cho‘qintirish marosimi). Ko‘pchiligi nasroniy bo‘lgan ingliz xalqi cherkovda yoki uyda chaqaloqni cho‘qintiradilar .Odatda quyidagi so‘zlardan foydalanadilar:
I baptize you: in the name of the Father, and of the Son, and of the Holy Spirit.169
O‘zbek tilida tarjimasi:
Seni Ota, O‘g‘il va Muqaddas Ruh nomi bilan cho‘qintiraman”.
Bu marosim orqali chaqaloq xristian diniga olib kiriladi. Marosimda chaqaloqning ota –onasi va uning cho‘qintirgan ota – onasi go‘dakka ijobiy ta’sir ko‘rsatishga va’da berishadi. Shuningdek, cho‘qintirgan ota – onasi bolaning o‘z ota –onasi bilan biror yomon narsa sodir bo‘lgan taqdirda bolaga g‘amxo‘rlik qilishga so‘z beradilar. Bu kunda cho‘qintirgan ota –onalar chaqaloqqa sovg‘a berishi an’anaga aylangan.

Yüklə 151,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin