Reja: Kirish I bob. Lingvokulturologiya fanining nazariy asoslari



Yüklə 151,21 Kb.
səhifə30/31
tarix10.05.2023
ölçüsü151,21 Kb.
#110750
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Magistrlik dissertatsiyasi Zarnigor

Bob yuzasidan qisqacha xulosalar
1. O‘zbek va ingliz tillarida chaqaloq tug‘ilishiga oid lug‘aviy birliklarni o‘rganish bu tillarning tarixi va bugungi holati, bu til egalari bo‘lmish o‘zbek va ingliz millatining dunyoqarashi va bu til lug‘aviy fondini aniqlashda yaqindan yordam beradi.
2. Chaqaloq tug‘ilishi bilan bog‘liq leksik birliklar o‘zbek va ingliz milliy an’analari, urf –odatlari hamda e’tiqodini anglatuvchi til sistemasining muhim tarkibiy qismi sifatida bu tillarning ifoda imkoniyatlari, til egalarining ma’naviy olamini yaqindan ifoda etuvchi lug‘aviy birliklardir.
3. Ingliz va o‘zbek tillari etnografik leksikasida chaqaloq tug‘ilishiga oid leksemalar katta bir guruhni tashkil etadi. Shu sababdan ularni leksik – semantik jihatdan tahlil qilishda ikki turga - chaqaloq tug‘ilishi bilan bog‘liq urf –odatlar, an’analarga bog‘liq leksika ( azon chaqirish, cho‘qintirish, chilla saqlash, sovg‘a berish va hokazo) hamda chaqaloqni ism bilan atash, erkalash, uxlatish bilan bog‘liq leksikaga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq.
4. O‘zbek allasida ona farzandiga mehr-muhabbatini izhor qilish bilan birga o‘z ichki kechinmalari, tuyg‘ularini ham ifodalaydi. Ingliz allasida esa onalik muhabbati bilan bir qatorda diniy e’tiqod va tasavvurlar– Xudo, farishtalar va elflar obrazi ko‘proq uchraydi.
5. O‘zbek va ingliz tilida chaqaloq tug‘ilishiga oid an’analar leksemasining umumiy jihati shundaki, bu ikki xalq ham o‘z diniy e’tiqodlari va tasavvurlariga ko‘ra, chaqaloqni yomon ko‘zlardan asrash,unga uzoq umr, salomatlik va farovon hayot tilash singari ezgu qadriyatlar bilan xarakterlanadi.

XULOSA
Ingliz va o‘zbek tillaridagi udumlar, xususan, nikoh to‘yi va chaqaloq tug‘ilishi bilan bog‘liq marosim va udumlarga oid lug‘aviy birliklarni lingvokulturologik jihatdan tadqiq qilish quyidagicha xulosalar chiqarishga imkon yaratdi:
1.Bugungi kunda lingvokulturologiya tilshunoslikning alohida yo‘nalishi sifatida o‘rganilsa-da, o‘zbek va ingliz tili vakillarinig tarixiy va madaniy hayotini namoyon etishda ham muhim rol o‘ynaydi. O‘zbek marosim leksikasi umumo‘zbek lug‘aviy boyligining tarkibiy qismi sanalsa-da, mamlakat hududlarida turlicha talqinda yoki bir –biriga o‘xshash tarzda qo‘llanadi.
2.O‘zbekcha to‘y va chaqaloq tug‘ilishi bilan bog‘liq an’analar va marosimlar leksikasida ajdodlarimiz tomonidan foydalanilgan ko‘plab leksemalarni uchratish mumkin. Xususan, to‘y marosimlaridagi sahnaviy ko‘rinishdagi amallar (sovchilik, kelin salom,surpa yoyar,beshikto‘yi) jarayonida shunday leksemalardan foydalaniladiki, ular o‘zbek xalqining uzoq tarixini o‘z ichiga oladi. Aytish mumkinki, lingvokulturologik birliklar o‘zida tarixiy voqealarni aks ettiradi.
3.O‘zbekcha to‘y marosimlari leksikasida to‘y marosimiga oid leksemalar katta bir guruhni tashkil qiladi. Ularni leksik – semantk jihatdan tahlil qilishda uch turga - to‘y arafasida bajariladigan urf-odatlarni ifodalovchi leksemalar, kuyov xonadoni tomonidan amalga oshiriladigan urf- odatlarni ifodalovchi leksemalar va to‘ydan keyin kuyov xonadonida bo‘ladigan urf-odatlarni ifodalovchi leksemalarga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq.
4. Tadqiqot uchun ma’lumotlar yig‘ish jarayonida shuni angladikki, barcha urf-odat va marosimlar inson omili bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. Insonlarning ma’naviy ehtiyoji, farovon va to‘laqonli hayot kechirishi, farzand ko‘rish, baxtli oila qurish kabi ezgu niyatlari asosida turli xil urf- odatlar, marosimlar va irim-sirimlar vujudga kelgan. Shuningdek, natijada, olov, oziq- ovqat mahsulotlari (non, un, guruch, suv); o‘simlik ( isiriq, mevali daraxt) va ba’zi narsa –buyumlar ( oyna,beshik, tanga) bu marosimlarni amalga oshirishda zarur vositalar sanaladi. Ulardagi o‘ziga xosliklar inson hayoti bilan bog‘lanib, ularga sig‘inish, ixlos qilish kabi tushunchalar vujudga kelgan. Bu singari tasavvurlar o‘zbek va ingliz xalqi madaniyatiga singib ketgan va nikoh to‘yi hamda chaqaloq tug‘ilishiga bog‘liq marosim va urf- odatlarida ham o‘z aksini topgan.
5.O‘zbekcha to‘y marosimlari va chaqaloq tug‘ilishiga bog‘liq urf –odatlarga oid etnografik leksemalar orasida arab, fors-tojik tillaridan o‘tgan leksemalar ham mavjud bo‘lib, ularning miqdori ko‘p emas. Bu hodisani hech bir tilning biz o‘zi shakllanib, yashamasligi va xalqlarning o‘zaro madaniy, iqtisodiy va siyosiy aloqalari bilan bog‘lash mumkin. Kengroq olib qarasak, buni arab tilining e’tiqod va din tili sifatida bir necha asrlar ilgari o‘zbek tiliga kirib,mustahkamlangani hamda o‘zbek va tojik xalqlari uzoq o‘tmishdan buyon yonma –yon yashab kelayotganligi bilan izohlash mumkin.
6. Tadqiqot uchun materiallar to‘plash jarayonida shuni guvohi bo‘ldikki, o‘zbekcha urf –odatlar ko‘proq insonlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Ularni amalga oshirishda baxtli, o‘ziga tinch, serfarzand odamlar muhim rol o‘ynab, aksincha, turmushi buzilgan yoki farzandsiz insonlar aralshmaydi. Ingliz xalqida esa vaqt muhim ahamiyatga ega, xususan, nikoh to‘yini o‘tkazishda oylar, inson tavalludida hafta kunlari kelajak timsoli sifatida qaraladi.
7. O‘zbekcha to‘y urf-odatlarining o‘tkazilishida qat’iylik mavjud. Inglizcha to‘y marosimlarini o‘tkazish yoki o‘tkazmaslik to‘y egalarining xohishiga bog‘liq. Angliya nikoh to‘yiga aloqador urf-odat va an’analarga boy qadimiy davlat bo‘lsa-da, bugungi kunda ularning barchasini to‘ylarda qo‘llash shart emas. Bir to‘y ikkinchisining aynan o‘ziday o‘tkazilmasligi ham tabiiy holat. Buni G‘arb mentalitetidagi erkinlik bilan bog‘lash mumkin.
8. O‘zbek to‘y marosimlarida qo‘llaniladigan udumlar va ularga oid leksemalar turmush qurayotgan yoshlarga baxtli hayot va serfarzandlik tilagini ifodalasa, inglizlarda ko‘proq baxt va farovonlikni ifodalaydi.
9.O‘zbek tilidagi to‘y marosimini ifodalovchi aksariyat leksemalar xalq maqollari va frazeologik birikmalar tarkibida kelganda majoziy ma’noga ega bo‘ladi va o‘zbek xalqining boy hayotiy tajribasini ifodalaydi. O‘zbek xalq ijodida to‘yga aloqador maqol va matallarni ularning semantikasiga ko‘ra klassifikatsiya qilish mumkin. Bunda to‘y, sep, qiz, kelin, qaynona, quda leksemalari muhim rol o‘ynaydi.
10.O‘zbek xalq maqollarida to‘y marosimiga va milliy qadriyatlarga urg‘u berilsa, ingliz maqollarida asosan to‘y leksemasi muhabbat, shuningdek, mas’uliyatni bildiruvchi konsept sifatida ifodalanadi. Shuningdek, o‘zbek maqollaridagi ma’no kelin –kuyovga emas, ko‘proq to‘y marosimiga va xalqqa yo‘naltirilgan. Ingliz maqollarida esa aksincha, maqollardagi yashirin dav’at oila qurayotgan yoshlarga qaratilgan. Bu esa Sharq va G‘arbga xos bo‘lgan o‘ziga xoslik va mentalitet tushunchalari bilan bevosita bog‘liq.
11. Ingliz va o‘zbek tillari etnografik leksikasida chaqaloq tug‘ilishiga oid leksemalar katta bir guruhni tashkil etadi. Shu sababdan ularni leksik – semantik jihatdan tahlil qilishda ikki turga - chaqaloq tug‘ilishi bilan bog‘liq urf –odatlar, an’analarga bog‘liq leksika ( azon chaqirish, cho‘qintirish, chilla saqlash, sovg‘a berish va hokazo) hamda chaqaloqni ism bilan atash, erkalash, uxlatish bilan bog‘liq leksikaga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq.
12. O‘zbek va ingliz tillaridagi udumlar tarkibidagi lug‘aviy birliklarni tadqiq etish nafaqat lingvokulturologiya, balki tarix va etnografiya uchun ham ahamiyatlidir. Zero, ular bu ikki tilning o‘ziga xosligini, bu til egalari bo‘lmish o‘zbek va ingliz xalqining o‘tmishi ,turmush tarzi, madaniy merosi, tasavvurlari va qadriyatlarini o‘zida ifoda etadi. Ilmiy tadqiqotlar esa dalillarni mustahkamlab, yangicha qarash va kashfiyotlarga yo‘l ochadi.


1 Mirziyoev Sh.M. Milliy taraqqiyot yoʼlimizni qatʼiyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga koʼtaramiz. I jild. – Toshkent: Oʼzbekiston, 2017. – B.29.

2 Джурабаев А. Названия свадебных церемоний в узбекском языке (на материале андижанской группы говоров): Автореф... дисс... канд.филол.наук. -Ташкент, 1971.

3 Хусаинова 3. Ономасиологическое исследование названий свадебных обрядов в узбекском языке (на материалах Бухарской группы говоров): Автореф... дисс. ... канд. филол. наук. -Ташкент, 1984

4 Давлатов С. Қашқадарё воҳаси ўзбек тўй маросимлари фольклори. Филол.фанлари номз.дисс. – Тошкент, 1996.

5 Қурбонбоева Н.Р. Хоразм тўй қўшиқлари. Филол.фан. номз.дисс. – Тошкент, 1998.

6X удайқулова Л.А. Сурхондарё тўй-маросим қўшиқлари.Филол.фан.номз.дисс. – Тошкент, 2011.

7 Ҳайитова Ф. Никоҳ тўйи қўшиқларининг лингвистик талқини. Филол.фан.номз.дисс.автореф. – Тошкент, 1998.

8 Нуриллаева Ш.М. Туркистон қарлуқ тил шеваларида тўй маросими номлари. Филол.фан.номз.дисс. – Тошкент, 2001.

9Кахарова М.М. Ўзбек этнографизмларининг системавий тадқиқи. Филол.фан.номз.дисс. – Тошкент, 2009.

10 Сорокин Ю. А. Переводоведение: Статус переводчика и психогерменевтические процедуры. — М.: ИТДГК «Гнозис», 2003. –C.160.

11 Трубецкий Н.С. Поведения и мышления к языку. – М.,1960.-C.44.

12 Usmanova Sh. Lingvokulturologiya. Toshkent- 2019. B.74.

13 Odilov A. Lingvokulturologiya fanining yuzaga kelish tarixi. SCIENTIFIC PROGRESS.
VOLUME 2 ǀ ISSUE 1 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601. B.1377.

14 Maслова В.В. Лингвокультурология в системе гуманитарного знания / Критика и семиотика. – М.,1987. С.91.

15 Usmanova Sh. Lingvokulturologiya. Toshkent- 2019. B.74.



16Langacker Ronald W. Culture, cognition, and grammar. In: Martin Pütz (ed.)Language Contact and Language Conflict. -Amsterdam/Philadelphia: JohnBenjamins.1994. –P. 25–53.

17Axmedova S.G‘. Lingvokulturologiya Yo‘nalishining Tilshunoslikda Tutgan O‘rni Volume: 01 Issue:ISSN: 2181. B. 399.

18Ko’rsatilgan manba:. B. 399.

19 Гумбольдт В. Язык и философия культуры. — М.: 1995. C.370-377.

20 Mamatov A. Zamonaviy lingvistika. Toshkent-2019. B. 73.

21 МасловаВ. А. Лингвокультурология. –М., “Академия” 2001.С.60.

22 Алефиренко Н.Ф. Лингвокультурология. Ценностно-смысловое пространство языка. Учебное пособие. –М.: Флинта, “Наука”, 2010.С.101.

23 Rahmanova D.A.Tilshunoslikda lingvokulturologiyning o’rganilishi. Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022. B.240.

24Rahmanova D.A.Tilshunoslikda lingvokulturologiyning o’rganilishi. Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022. B.240.

25 Sh. Usmanova. Lingvokulturologiya . Toshkent- 2009 . B.28.

26 Mamatov. A.E. Zamonaviy lingvistika. TOSHKENT - “NOSHIR” 2019. B.36.



27 Mahmudov N. – Tilning mukammal tadqiqi yo’llarini izlab…// O’zbek tili va adabiyoti.-Toshkent, 2012.-№5.-B. 7.

28 Shayxislamov N.Z.LINGVOKULTUROLOGIYANING FANLAR SISTEMASIDAGI MAQOMI VA UNING ETNOLINGVISTIKA, SOTSIOLINGVISTIKA VA ETNOPSIXOLINGVISTIKA BILAN BOG'LIQLIGI. Academic Research in Educational Sciences Vol. 1 No. 2, 2020 ISSN 2181-1385. B.222.

29 Amonova M.O. LINGVOMADANIYATSHUNOSLIK FANINING TARIXIY VA NAZARIY NEGIZLARI
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5. B. 423 .

30 3Телия В.Н. Русская фразеология: семантический, прагматический и лингвокультурологический аспекты. –М.: Школа “Языки русской культуры”, 1996. С.38.

31 Ko’rsatilgan manba. B. 41.

32 Воробьев В.В. Лингвокультурология. –М.: Изд.-во Российского университета дружбы народов. 2006.C.83.

33 Ko’rsatilgan manba. B. 96.

34 Mаслова В.А. Лингвокультурология: учеб.пособие для студ.высш. учеб. заведений.- М.: Издательский центр “Академия”. 2001.- С.34.

35 Ahmedova S. G’. Lingvokulturologiya yo‘nalishining tilshunoslikda tutgan o‘rni.JOURNAL OF ADVANCED RESEARCH AND STABILITY (JARS)Volume: 01 Issue:ISSN: 2181. B. 400.

36 Alefirenko N.F. Linguocultural nature of mentality // Словесность. Культура. 1/2011. С. 161.

37 Ko’rsatilgan manba. B.162.

38 Телия В.Н. Русская фразеология: семантический, прагматический и лингвокультурологический аспекты. –М.: Школа “Языки русской культуры”, 1996. С.35.

39 Слышкин Г.Г. От текста к символу- М.:Academia, 2000. B.128.

40 Маслова В.А. Новые русские пословицы: когнитивный и лингвокультурологический аспекты // Вестник Новогородского государственного университета им. Ярослава мудрого. –Новгород, 2014. -№ 77. C. 35-39.

41 Пименова М.В.Кондратьева О.Н. Концетуальные исследования. Введение: учебное пособие.
М.Флинта, 2011. C.65.



42 Shayxislamov N.LINGVOKULTUROLOGIYANING FANLAR SISTEMASIDAGI MAQOMI VA UNING ETNOLINGVISTIKA, SOTSIOLINGVISTIKA VA ETNOPSIXOLINGVISTIKA BILAN BOG'LIQLIGI

Yüklə 151,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin