Kurs ishi mavzusining o'rganganlik darajasi: Ushbu kurs ishida Mavlonova R, Normurodova B, Rahmonqulova N, Matnazarova K, Xoshimov K, Ochilov S.ning maqola va kitoblaridan, hamda prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovichning kitoblaridan foydanildi.
Kurs ishi mavzusining maqsadi: Barkamol avlod - ko‘nglida, qalb-qo‘rida ishonch va iftixor tuyg‘ular mavjlanib turgan avloddir. U nafaqat haq-huquqini, balki fuqarolik burchini ham chuqur anglaydi. Xuddi shu anglash, his qilish qaysi ilm dargohida ta'lim olmasin, qay bir sohada mehnat qilmasin, ulug‘ yurtning an'analariga munosib bo‘lishga undaydi.
Hech shubhasiz, har qanday millat o‘z farzandlarining barkamol bo‘lishini orzu qiladi. Aslida barkamollik juda keng tushuncha. Tilimizning izoqli lug‘atida barkamollik quyidagicha ta'riflanadi: "jismoniy va aqliy jihatdan kamolot, voyaga yetish, bekamu ko‘st mukammallik holati va hokazo".
Barkamol shaxsni tarbiyalashda muallimning bilimdon bo‘lishi, ma'naviy barkamolligi o‘quvchi shaxsining shakllanishiga barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishida ijobiy ta'sir o‘tkazadi.Ya’ni halollik, rostgo‘ylik, axloqiy poklik, odamiylik, kamtarlik kabi fazilatlarga ega bo‘lishi ularning yaxshi xulqi, ezgu ishlari, bilimliligi, tarbiyasi mukammalligi barkamol shaxsni voyaga etkazishdagi maqsadni amalga oshgani degan edi. Shundan ko‘rinib turibdiki shaxsni komol topishida ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik faoliyat olib borayotgan pedagokga bog‘liqlik jihati kata ekanligini anglashimiz lozim. Dеmak, o‘qituvchi jamiyat hayotida yеtakchi o‘rin tutuvchi murakkab shaxs strukturasiga ega bo‘lgan insonning kasbiy qiyofasidir. Ijtimoiy turmushning barcha sohalarida erishilgan yutuqlarning zaminida uning mеhnatining natijalari yotadi, o‘qituvchilar tayyorlash jarayonida, ularning ham pеdagogik, ham psixologik tayyorgarligi va bilimli, muomala madaniyati, milliy va milliy psixologik omillarni e'tiborga olish kеrak. Yuksak saviyali zo‘r mahoratli tarbiyachilargina xalq orzusidagi barkamol insonni tarbiyalaydi. Ilm insonni yuksaklik sari olib boradi. A. Avloniy aytganlaridеk: "Ilm insonlarning madori, hayoti, porloq kеlajagi, rahbari, najotiga aylangan. Ilm o‘rganish inson hoyati uchun oliy va muqaddas fazilatdir. Shuning uchun avvalombor ilmli, tarbiyali bo‘lmoq har bir yosh insonning burchi. Bu maqsaddas ko‘ngliga eng oliy orzularni jamlab, o‘qituvchi tеr to‘kib ishlaydi. Ularning mеhnatini munosib hurmat qilib bor bilimlarini egallamoq kеrak. Bеhbudiy aytanlaridеk: "Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir". “Kimga qanday pandu nasihat qilsang, unga avvalo o‘zing amal qil”.
Milliy istiqlol tufayli taraqqiyotning barcha sohalarida jadal rivojlanib borayotgan mamlakatimizda yosh avlodning bilim darajasini jahon andozalari talablariga javob beradigan, fan-texnika yangiliklaridan xabardor, mustaqil fikrlay oladigan, hayotga dadillik bilan kirisha oladigan, tadbirkor, ma'naviy jihatdan barkamol qilib voyaga etkazish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Milliy uyg‘onish, milliy ongning yangilanishi, milliy g‘oya va mafkuraning shakllanishi, millatning o‘zligini anglashi, har bir shaxsda intellektual salohiyatni kamol toptirish kabi hayotimizning barcha jabhalarida yangicha mezonlar va tamoyillarning rivojlanishi bilan bog‘liq jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Mustaqil davlatchilik asoslarining bunyod etilishi, tom ma'noda umuminsoniy va milliy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy qadriyatlarga asoslangan davlatni shakllantirishda jahonga mashhur allomalar, ma'rifatparvarlarni, din, madaniyat, adabiyot va san'at arboblarini, ya'ni ma'naviyat yulduzlarni yetishtirgan millatimiz vorislari sifatida o‘zining buyuk o‘tmishiga nazar solmoqda, buyuk ajdodlarning g‘oyalari va ibratli ishlarini o‘rganish ta’lim-tarbiyada o‘z natijasini bermoqda.
Ayniqsa, barkamol insonni tarbiyalash g‘oyasi milliy falsafamizning asosiy vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Inson o‘z hayotini oilasiz tasavvur qila olmaydi va aynan mana shu oila muhitida u jamiyat a'zosi sifatida tarbiya topadi. Oiladagi tarbiya muhiti avvalambor oilaviy munosabatlar madaniyatiga bog‘liq bo‘ladi. Ya'ni, ota-onalar bilan farzandlarning o‘zaro yaxshi munosabati, qariyalarga hurmat-e'tibor, farzandlarning
o‘zaro munosabatlarining to‘gri yo‘naltirilganligi, ota-onaning farzandlar tarbiyasiga masulligi, oilada o‘rnatilgan namunali tartib va ijobiy urf-odatlar, ota-onaning mehnatga, ijtimoiy hayot hodisalariga to‘gri munosabatda bo‘lishi kabilar oilaviy munosabatlar madaniyatining nozik qirralaridir. Bularning qay birida mutanosiblik buzilsa, demak, o‘sha oiladagi sog‘lom muhitga putur yetadi va nosog‘lom munosabatlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.