Reja: Kirish I bob. Pedagogika va psixologiyaga oid adabiyotlarda shaxs tarbiyasi masalalari I


II.3. Abdulla Avloniy ,,Birinchi muallim” asarini tahlil qilish



Yüklə 100,03 Kb.
səhifə8/10
tarix17.05.2023
ölçüsü100,03 Kb.
#115463
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kurs ishini tuzilishi (4)

II.3. Abdulla Avloniy ,,Birinchi muallim” asarini tahlil qilish
A.Avloniy darslik tuzishda ham, dars berish jarayonida ham didaktik prinsiplarga to‘la amal qildi. Darslikning alifbo qismi olti oyga mo‘ljallangan. Ushbu qismda o‘qish bilan parallel yozishga ham o‘rgatib boriladi.
Darslikning ikkinchi qismi bolalarbop pand-nasihatlar, ta`limiy-tarbiyaviy xarakterdagi kichik-kichik hikoyalar, she`riy manzumalardan tashkil topgan.
«Birinchi muallim» darsligidagi pandnomalarda o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyandasi Poshshoxo‘ja (1480 ­ XVI-asr birinchi yarmi)ning «Miftox ul-adl» («Adolat kaliti») hamda «Gulzor» hikoyalar to‘plamlardagi mashhur hikoyalarni bolalarbop qilib qayta ishlaganligi ham seziladi. Ma`lumki, Poshshoxo‘ja to‘plamlarida axloqiy-ta`limiy masalalarga bag‘ishlangan hikoyalar anchagina. Shu nuqtai nazardan to‘g‘rilik, rostgo‘ylik g‘oyasini ilgari suruvchi “Sulton Sanjar Moziy va to‘g‘ri daraxtli kampir” hikoyasi e`tiborga loyiq. A.Avloniy ushbu hikoyaga ijodiy yondashgan, bolalar ruhiyatiga, tarbiyasiga ancha yaqinlashtirgan. Avloniy hikoyasi shunday mazmunda:
Bir kampirning hovlisida tut daraxti bor bo‘lib, nihoyatda tik va to‘g‘ri o‘sgan edi. Kampir tut pishgan vaqtda uni quritib sotar va tirikchiligini shundan o‘tkazar edi. Podshoh bir ayvon qurdirmoqchi bo‘ladi, ustun uchun to‘g‘ri yog‘och topish ancha mushkul kechadi. Oxirida kampirning hovlisidagi tut daraxti podshoh ayvonga mos kelishi ma`lum bo‘ladi. Podshoh tut daraxtini ming oltinga sotib oladi, kampir «boy xotin» nomini oladi. Nihoyatda to‘g‘ri o‘sgan tut daraxti ayvonga go‘zallik bag‘ishlaydi. Poshshoxo‘janing «Gulzor» to‘plamiga kirgan «Sulton Sanjar Moziy va to‘g‘ri daraxtli kampir» hikoyatida ayvonni va ustunni tomosha qilgani kelgan kampir ustun bo‘lgan daraxtiga shunday murojaat qiladi: «Ey yag‘och, rostlig‘ingdin o‘zingni ham, meni ham tillapo‘sh qilding». A.Avloniyda «To‘g‘rilik» nomi bilan berilgan ushbu hikoyada kampir ustun bo‘lgan tutining to‘g‘ri o‘sganligiga «qissadan hissa» qiladi.
A.Avloniy «Birinchi muallim» asarini Saidrasul Saidazizovning «Ustodi avval» hamda Munavvarqori Abdurashidxon o‘g‘lining «Adibi avval» asarlaridan keyin tilga oladi: «Uchinchi ­ «Birinchi muallim». Bu alifbo 1912-yilda Abdulla Avloniy tomonidan yozilib, Toshkentda «Maktab» kutubxonasining xarji bilan bosildi. Oktabr o‘zgarishigacha 4-5 qatla bosilib chiqdi». Muallif alifboni yaratishda bolalarning yosh xususiyatlariga alohida e`tibor berdi, o‘qishning eng oson usullarini qo‘llashga harakat qildi. Bu haqda A.Avloniy yozadi: «Muhtaram muallim afandilarimizdan rijo qilurmanki, bizning «Birinchi muallim»imizdan ham olub, tajriba qilub, o‘qutub ko‘rsalar. Chunki har gulning bir isi, har mevaning ta`m va mazasi bordur. Bu «bo‘y» va ta`m esa tajriba sohiblarina kashf va ma`lum o‘lur. Shoyad, millat bolalarina foidabaxsh o‘lur umidunda bir necha muallimlarimizning iltijolari ila ko‘b vaqt tajriba so‘ngidan bu risolai ojizanomani «Birinchi muallim» ismi-la maydoni intishora qo‘ydim. Maorifparvar muallim birodarlarimiz iltifotsiz qoldirmasalar kerak».
Abdulla Avloniy 1912-yilda usuli jadid maktablarining ikkinchi sinfi uchun o‘qish kitobi sifatida «Ikkinchi muallim» darslik majmuasini yaratdi. Muallif maqsaddan kelib chiqqan holda ta`lim-tarbiyaga oid mo‘jaz, ravon, bolalarbop hikoyalar yaratgan kitobning titul varag‘ida:
Shavkati inson erur ilmu adob, E`tibor etmas anga molu nasab, bayti epigraf sifatida berilgan. Darslik «Muqaddima», «Aql», «Salavot» dan keyin badiiy matn sifatida 9-banddan iborat maktabni ulug‘lovchi, ilm-ma`rifatga da`vat etuvchi «Maktab» she`ri bilan boshlanadi. «Ikkinchi muallim» darsligidagi ba`zi bir hikoyalar keyingi yuqori sinflarda nisbatan murakkabroq mavzularni o‘z ichiga olgan «Turkiy Guliston yoxud axloq» asarini o‘rganishga tayyorlash vazifasini ham bajaradi. Pedagogning «Ikkinchi muallim» darsligi bilan bog‘liq bir muhim masalaga e`tiborni qaratish kerak. Abdulla Avloniy o‘z oldiga savol qo‘yadi: XX-asrga kelib nima sababdan millat, Vatan ayanchli ahvolga tushib qoladi? Asar muallifi buning asosiy sababini xalqning ilm-ma`rifatdan uzoqlashganida, Olloh in`om etgan aql bilan ish yuritmaganligida deb bildi. Inson, demak, millat aql bilangina barkamollikka erishishi mumkin. Shuning uchun ham u aqlni Olloh bergan eng buyuk ne`mat deb bildi: «Janob haq bizga bergan ne`matlar orasida aqldan aziz va qimmatli narsa yo‘qdur».
Mutafakkir «Birinchi muallim»dagi kabi «Ikkinchi muallim»da ham birinchi adabiy matn sifatida «Maktab» she`rini kiritgan. Bu bejiz emas. Millat istiqboli, Vatan istiqloli maktabdan boshlanadi, jaholatdan, nodonlikdan qutulishning birdan- bir yo‘li maktabdir.
A.Avloniy «Ikkinchi muallim» darsligida ushbu ta`sirchan usuldan mohirona foydalangan, ya`ni undagi matnlarning 20 tasi masal janriga mansubdir. Muallif darslikdagi hikoya va masallarning barchasida ikki qarama-qarshi qutb ­ yaxshilik va yomonlik, ahillik va xudbinlik, mehnatsevarlik va dangasalik kabi ijobiy va salbiy xususiyatlarni bir-biriga muqoyasa qiladi, xulosa ­ «qissadan hissa»da esa ularni xolisona baholaydi. «Ikkinchi muallim»da bolalarning saviyasi, yoshlari o‘sganligini hisobga olgan: ulardagi she`rlar va nasriy hikoyalar shaklan va mazmunan, ilgari surilgan masalalar ko‘lami «Birinchi muallim»dagiga nisbatan ancha keng. Mana shunday didaktik masallardan biri «Arslon bilan ayiq» asaridir. Bir kuni Arslon bilan Ayiq do‘stlashib ovga chiqadilar, yugurib-yelib oxiri bir kiyikni tutadilar. Endi yemoqchi bo‘lib turganlarida oralarida janjal chiqadi. Arslon: «Men kattaman, menga ko‘proq tegishi kerak», - deydi. Ayiq: «Men ko‘proq harakat qildim, yelib-yugurdim, sen bir joyda qarab o‘tirding, shuning uchun sergo‘sht joyi menga tegishi kerak», - deydi. Janjal urushga aylanadi, ularning ahvoli shu darajaga yetadiki, hatto qimirlashga ham majollari qolmaydi. Bundan xabar topgan bir necha bo‘rilar tayyor go‘shtni pok-pokizasiga urib, suyaklarini qoldirib ketadilar. Bu janjalkash urushqoqlar bir-birlariga afsus bilan shunday der edilar: «Agar bunday urushmaganimizda og‘zimizdagini oldirmagan va ulardan qolgan quruq suyakni chaynamagan bo‘lar edik». Muallif janjankashlikni qattiq qoralaydi, hamjihatlikni esa ulug‘laydi.
Abdulla Avloniy «Ikkinchi muallim» darsligida ifodali hamda yoddan o‘qish uchun maxsus she`rlar yaratdi. Shoir bunday she`rlarning tuzilishiga, musiqiyligiga, qofiyalarning, turoqlarning muntazamligiga alohida e`tibor berdi. Odatda, bunday she`rlarga muallif bilan bir qatorda o‘quvchining ham his-tuyg‘ulari singib ketadi. Demak, ifodali o‘qishga qaratilgan she`rlar jarangdor, o‘ynoqi, o‘quvchining his- tuyg‘ulariga she`riyatni-go‘zallikni, badiiy so‘zni his qilishga o‘rgatish vazifasini qo‘yadi.
A.Avloniy o‘quvchilarni estetik tarbiyalashda, ularning og‘zaki nutqini o‘stirishda maktabning pastki sinflaridayoq ifodali o‘qish metodiga alohida e`tibor beradi. Shuning uchun ham muallifning ushbu «Birinchi muallim» va «Ikkinchi muallim» darsliklari usuli jadid maktablarida ancha keng qo‘llangan va bir necha bor qayta nashr qilingan.
A.Avloniyning majmua-darsliklari suhbat usuli bilan bolalarning og‘zaki nutqini o‘stirishda, badiiy so‘zlashuvga o‘rgatishda katta ahamiyat kasb etadi. Avloniyning «Adabiyot yoxud milliy she`rlar» va «Maktab gulistoni» majmualarida ifodali o‘qishning qator shakllari – deklamatsiya (individual o‘qish), xor bo‘lib o‘qish, rollarga bo‘lib o‘qish kabi turlariga oid chiroyli matnlar berilgan. Shuni alohida ta`kidlash kerakki, «Adabiyot» majmuasidagi ba`zi she`rlar («Noma kimniki», «Bizlarda nimalar ko‘p») ifodali o‘qishning elementar shakllarini o‘quvchilarga o‘rgatish uchun xizmat qiladi. Bu she`rlarda achchiq kinoya, nafrat ohanglari o‘quvchilarning diqqat markazida turadi.
Ifodali o‘qishning o‘ziga xos shakllaridan biri xo‘r bo‘lib o‘qish ham A.Avloniyning diqqat markazidan chetda qolmadi. Shu munosabat bilan u o‘z she`rlarini xalq ashulalariga uyg‘unlashtirdi va o‘quvchilarni xo‘r bo‘lib o‘qishga o‘rgatish uchun alohida she`rlar yaratdi. Masalan, shoirning barmoq vaznida yozilgan «To‘y haqinda» she`ri «Reza» kuyiga solib o‘qiladi.
Ma`lumki, o‘quvchilarni ifodali o‘qishga o‘rgatish adabiy o‘qish darslarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. A.Avloniy savod chiqarishga qanchalik katta e`tibor bergan bo‘lsa, asarni tushunib o‘qishga, ifodali o‘qishga, badiiy asarni his qilishga shunchalik ko‘p diqqat qiladi. O‘quvchilarning xor bo‘lib o‘qishlarini o‘qituvchi Abdulla Avloniy dirijor kabi (chunki u dirijorlik san`atidan ham xabardor edi) boshqarib borgan.


Xulosa
1.Barkamol avlod – bu yuksak aql zakovat sohibi, mustaqil fikrni erkin bildira oladigan, milliy g‘oyaning tub ma’no mazmunini anglab yotgan va ularga sodiq bo‘lgan, dunyoqarashi keng, sog‘lom fikrli, mahalasi, uyi tinchligi uchun jonini fido etishga tayyor turuvchi o‘z Vatani dovrug‘ini jahon uzra keng yoyadigan haqiqiy bunyodkor shaxs.
2.Barkamollikning qirralari ko'p ekanligi haqida yuqorida aytib o‘tildi. Har bir shaxsni ilk yoshligidan boshlab mantiqiy fikrlashga o"rgatish hayot talabidir. Shunga ko'ra, unga har doim mantiqiy tafakkur yuritish tamoyillarini singdirib borish lozim.
3.Komil inson tushunchasi o'rta asrlarda ishlab chiqilgan bo'lib, musulmon Sharqida, asosan, islomiy nuqtayi nazardan tariflab kelingan, Aslida «komil inson" tushunchasining dunyoviy mazmuni borligini ham e'tibordan soqid qilish mumkin emas. Uning falsafiy ma'nosi umummilliy ahamiyatga ega va umuminsoniy qadriyat sifatida asrlar davomida sayqal topib rivojlanib kelmoqda.
4.Yoshlarni sog'lom fikrlashga, ayniqsa, mustaqil fikr yuritishga o‘rgatish zarur. Ba'zi bolalar yoshligidan boshlab «men» yoki «o‘zim» deb fikr yuritadi. Sharqona tarbiyada o'zining gapini, fikrini o'tkazishga intilish yoki manmanlik hamma vaqt ham qo‘llab quvvatlanmaydi. Ko'pincha, kattalar o‘z fikrlarini o'zgarishga intiladilar, shunga qaramay mustaqil fikri bor odam odatda «fikrli odam deyiladi.
5.Barkamol inson tushunchasiga kiradigan muhim talablar sharq tafakkurida aiohida tizimni tashkil qiladi. Ular shaxsning bosiqligi, vazminligi, bag'ri kengligi, kamtarligi, odamxunligi, umuminsoniylik ruhining kuchliligi, serfarzandligi, keksa va yoshlarga mehr- shavqatliligiga kabilar bilan xarakterlanadi, Bular sirasiga kishining boshqa e'tiqoddagi yoki dindagi insonlarga nisbatan sabr-toqatliligi, hurmati, tabiatni sevish, butun jonli tabiatga muhabbat bilan qarash kabi fazilatlarni ham kiritish mumkin. Respublikamizda istiqlol tufayli shakllanayotgan va tobora kishilar e'tiqodiga aylanayotgan mustaqillik tafakkuri mazmunini tashkil etadigan bunday tushunchalar tobora hayotimizda keng o'rin egallamoqda.
6.Bugungi kunda yoshlardagi milliy ruhiyat, insoniy fazilatlar, ma’naviyat, jamiyatni ma’naviy yuksaltirishdagi ishtiroki albatta, ularning barkamol itnsonlar bo‘lib yetishishi uchun asos bo‘ladi. Barkamol yoshlar tarbiyasi tarixiy ahamiyatga ega. Ulug‘ mutafakirlarimizning ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya sohasidagi benazir fikrlaridan foydalanish bugungi taraqqiyot uchun, yosh avlodni kamoloti uchun muhim ekanligini inkor qilib bo‘lmaydi.
7.Demak, taraqqiyotning O‘zbek modeliga asoslangan barkamol avlod tarbiyalash orzusini ifodalashga ma’naviy, iqtisodiy va qonuniy asoslarimiz bor. Shu sababli hamshakllanayotgan avlod o‘z ixtisosligi bo‘yicha jahon talablari darajasiga javob beruvchi, rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi mutaxassis, yuksak ma’naviyatli va axloqiy yetuk barkamol avlod bo‘lishi lozim.
8.Barkamol avlod tarbiyasi uchun qayd etilgan ta’lim tizimi tarkibi Davlat ta’lim standartlari talabi asosidagi kadrlar tayyorlashning uzviy tarkibiy qismi bo‘ladi va undan foydalanib jahon ta’limi talablariga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlash mumkin.
9.Barkamol avlod tarbiyasi jarayoniga bunday yondashish kompleks xarakterga ega bo‘lib, ushbu jarayondagi ta’lim-tarbiyaning har bir bosqichida puxta tayyorgarlikka ega bo‘lishlikni va maqsadga yetishlikni kafolatlaydi. Maqsadga yetishlikni avvaldan ishlab chiqilgan mezonlar asosida olib boriladi. Ta’lim-tarbiya mazmuniga qarab yoki ushbu jarayonni boshqarish mazmuniga qarab maqsadlar tizimi (ketma-ketligi) yoki yaxlit yagona bir maqsad bo‘lishi mumkin va u Davlat ta’lim standartlariga yoki mutaxassislarga qo‘yiladigan jahon ta’limi talablari asosida shakllangan (tuzilgan) bo‘ladi.
10.Barkamol avlod tarbiyasining qayd etilgan ilmiy asoslangan ta’lim-tarbiya jarayonida, ayniqsa ta’limni boshqarishda istiqbolli natijalarni qo‘lga kiritish imkonini beradi va eng asosiy «Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori», degan ezgu niyatlarimizning og‘ishmay amalga oshishiga fundamental asos bo‘ladi.
11.Ma’naviyatli inson – o‘zida ma’naviy-axloqiy hislatlar majmuini mujassamlashtirgan, jamiyatda o‘zligini va o‘z qobiliyatini har tomonlama namoyon eta oladigan, ma’rifatli, dunyoviy bilimlarni mukammal egallagan, yuksak iste’dodli va intellektual salohiyatga ega bo‘lgan ma’naviy jihatdan yetuk, axloqan pok, jismonan sog‘lom, hayot go‘zalliklarini his eta oladigan ijodkor shaxsdir. 12.Yuksak ma’naviyatli shaxs tarbiyasi – shaxsni ma’naviy-ahloqiy shakllantirish, Vatan mustaqilligi mustahkamlash, jamiyat va davlat manfaatlariga xizmat qiluvchi, intellektual salohiyatli, erkin fikrlovchi shaxslarni tarbiyalashga qaratilgan tarbiyaviy jarayonlar majmuasidir. Ma’naviy-ahloqiy tarbiyaning asosiy maqsadi – Davlat va jamiyatga xizmat qiluvchi, Vatanga fidoiy, ahloqiy barkamol intellektual kadrlarni tarbiyalab voyaga yetkazishdir.
13.Barkamol avlod – jamiyat taraqqiyotining asosi. Shu bois mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq ham jismoniy, ham ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi bejiz yemas. 14.Barkamol avlod, bizningcha, yuksak aql yegasi, mustaqil fikrlay oladigan, milliy g‘oyaning tub ma’no-mazmunini anglab yetgan va ularga sodiq bo‘lgan, dunyoqarashi keng, sog‘lom fikrli, xalqi, mahallasi, oilasi tinchligi uchun jonini fido yetishga tayyor turuvchi, o‘z Vatani dovrug‘ini jahon uzra keng yoyadigan haqiqiy fidokor shaxsdir.

Yüklə 100,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin