Reja: Kirish I bob. Vengriya davlatiga iqtisodiy geografik tavsif


II Bob. Bolgariya davlatiga iqtisodiy geografik tavsif



Yüklə 1,12 Mb.
səhifə5/9
tarix24.03.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#89684
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Vengriya va Bolgariya davlariga iqtisodiy geografik tavsif.

II Bob. Bolgariya davlatiga iqtisodiy geografik tavsif
II.1. Iqtisodiy geografik o’rni, chegaralari, tabiiy resurslari
Bolgariya respublikasi Horijiy Yevropaning janubi-sharqiy qismida Bolqon yarim orolida joylashagan.Hududi 110,9 ming km2.U shimoldan Dunay daryosi boylab Ruminiya, janubdan Gresiya va Turkiya, g’arbdan Serbiya va Makedoniya kabi davlatlar bilan sharqdan esa Qora dengiz bilan tutashgan.Chunki Horijiy Yevropa mamlakatlarini Kichik Osiyo, Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlariga boradigan quruqlik yo’llari ( temir va avtomobil) Bolgariya hududidan o’tadi.Shuning dek Bolgariyaning Qora dengiz bilan tutashganligi muhim iqtisodiy ahamiyatga ega.
Bolgariya sanoatining rivojlanishiga imkon beruvchi tabiiy sharoit va resurslar avvalo foydali qazilmalar bilan bog’liq .Bolgariya ba’zi foydali qazilmalar: polimetall, va mis rudalariga boy. Lekin bir qator foydali qazilmalarga, ayniqsa yonuvchi foydali qazilmalarga (ko’mir, neft, tabiiy gaz) kambag’al. Gidroenergiya resurslariga boy. Etishmaydigan yoqilg’ilar o’rnini gidroresurslar qisman qoplaydi. Tabiiy sharoit Dunay tekisligi va Marisa pasttekisligida qishloq xo’jaligi uchun eng qulaydir. Bu tekisliklarning katta qismini tuproqlari qora tuproqlar bo’lib, mamlakat xududining 33% i haydaladigan erlardir. O’rmonlar mamlakat hududining 30 % ini, yaylovlar esa 16 % tashkil etadi.
Aholisi 8,1 mln (2001 yil), 7,5 mln (2003yil), 7,7mln (2006yil) kishi bo’lib, zichligi 1 km2 ga 81 kishi. Tug’ilish koeffisienti 8 ‰ , o’lim 14‰. Bir ayolga 1,2 bola to’g’ri keladi. 15 yoshgacha bo’lganlar salmogg’i 15% , 64 yoshdan yuqori bo’lganlar 17%. O’rtacha umr 69-75 yosh. YAMD 6440$ (2001) .
Urbanizasiya darajasi 68%. Bu jarayonga mamlakatdagi ichki migrasiya kuchli ta’sir ko’rsatadi (qishloqdan shaharga). Millioner shaharlari faqat Sofiya (1,1 mln). Mamlakatda aholi tabiiy o’sishning pastligi tufayli demografik tanglik kuzatilmoqda.Mexnat resurslarining etishmasligi yaqqol sezilmoqda.Aholisining 97 % ini bolgarlar (janubiy slovyanlar), qolganini ruminlar, serblar, greklar tashkil etadi.
Bolgariya xududiy – ma’muriy tuzilishiga ko’ra unitar davlat bo’lib, respublika shaklida boshqariladi. 9 ta oblastga bo’linadi.
Asosiy siyosiy partiyalari:
1.Bolgariya kommunistik partiyasi (1891 yil asos solingan).
2.Bolgariya dexqonchilik xalq ittifoqi (1900 yil).
3. Bolgariya kasaba soyuzlari markaziy kengashi (1904 yil).
Bolgariya Varshava shartnomasining qatnashchisi va O’IYOK ning a’zosi bo’lgan. Mamlakat iqtisodiyotining tarixiy rivojlanishiga ko’ra O’IYOK mamlakatlarining birinchi navbatda Sobiq SSSR ning ta’siri kuchli bo’lgan. Mamlakatdagi iqtisodiy tanazzul (krizs) 1986 yildan boshlangan.
Bolgariya energetikasida sharqiy Marisa xavzasidan qazib olinadigan lignit yaxshi o’rin tutadi. (Lignnum – daraxt ma’nosida, sifatli qo’ng’ir ko’mir bo’lib, 5-6 ming kkal energiya beradigan yoqilg’i). Lekin toshko’mirni Ukrainadan (Donesk) Varna Ilichechevsk paromi va Dunay orqali keltiradi. Neftni Rossiyadan Qora dengiz orqali keltiradi. Tabiiy gazni gaz quvuri orqali Rossiyadan oladi. Elektr energiyasini Ukrainadan oladi.
Qora metallurgiya sanoati rivojlanmagan. Rangdor metallurgiya sanoati – qo’rg’oshin, rux, mis ishlab chiqarish bilan ajralib turadi.
Bolgariya mashinasozligi ko’tarma transport mashinalari, elektrotexnika buyumlari, EHM lar (Praves 8) va daryo kemalari ishlab chiqaradi. Mashinasozlikning bosh markazi Sofiya, kemasozlikning markazi Varna.
Ximiya sanoatida azotli o’g’itlar va soda ishlab chiqarish ajralib turadi. Neft kimyo sanoati Qora dengiz boylarida joylashgan bo’lib, yirik markazi Burgasda.
Bolgariya uchun oziq – ovqat sanoatining kattaligi xarakterli. Meva sabzavot konservalari, sharbatlar, uzum vinosi, tamaki mahsulotlarini (Bolgar tabak “Rodopi”, Styuardessa, TU) ishlab chiqarish katta axamiyatga ega.
Qishloq xo’jaligida dehqonchilik ustun turadi. Haydaladigan yerlarning asosiy qismiga bug’doy va makkajo’xori ekiladi. O’zini don bilan ta’minlaydi. Asosiy texnika ekini – tamaki. Bolgariya qadimdan moy olinadigan atirgul yetishtiradi. Bir kg moy olish uchun 3 t. gul bargi kerak. Chorvachiligida qoychilik asosiy o’rin tutadi.
Transporti. Mamlakat ichkarisida yuk va yo’lovchi tashishda temir yo’l transporti katta rol oynaydi. Temir yo’llari asosan kenglik yo’nalishida joylashgan ularning umumiy uzunligi 6430 km. Avtotransport yuk oboroti jihatidan 2 o’rinda turadi. Avtoyo’llarning umumiy uzunligi 36000km.
Tashqi savdo aloqalarida Qoradengiz va Dunay daryosi xal qiluvchi ahamiyatga ega.
Xalqaro turizm rivojlanib bormoqda yiliga Bolgariyaga 1 mln dan ortiq turist kelib ketadi. “Oltin qum” sanatoriyasi.
Iqtisodiy geografik tafovutlari: Stara Planina tog’lari mamlakatni ikki qismga: Shimoliy va Janubiy qismlarga bo’lib turadi. Shimoliy Bolgariyada qishloq xo’jaligi intensiv rivojlangan, ayniqsa don rivojlangan.
Janubiy Bolgariya industrial, lignitqazib olish, elektr energiyasi, rangli metallar, o’g’itlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Tashqi iqtisodiy aloqalarni asosan MDH va qo’shni davlatlar bilan olib boradi.
Asosiy eksporti: elektrotexnika va elektronika buyumlari, ko’tarma transport uskunalari, rangli metallar, tamaki mahsulotlari, vino, meva konservalar, parfyum.
Asosiy importi: toshko’mir, neft, tabiiy gaz, elektr energiyasi.
Pul birligi – Lev. Rossiya – Yevrosiyoda joylashgan, maydoniga ko’ra er sharidagi eng yirik mamlakat. Maydoni 17075,400 km2 . Shahar aholisi 107,3 mln, qishloq aholisi – 39,3mln kishi. Rossiya federasiya sifatida 1917 yil 7 noyabrda tashkil topgan. Rossiya siyosiy – ma’muriy jihatdan 21 respublika, 7 o’lka, 49 oblast, 1 avtonom oblast, 10 avtonom okrug va 2 federal shahardan iborat.
Rossiya shimoldan janubga 2,5 -4 ming km gacha, g’arbdan sharqqa 9000 km ga cho’zilgan bo’lib, 3 ta okean suvlari bilan o’ralgan. Tabiiy resurslarga boyligi, ikki qit’ada joylashganligi (ayniqsa Evropada joylashganligi), 3 okean va 13 ta dengiz bilan o’ralganligi, quruqlik orqali MDH ning 7 mamlakati bilan va 5 ta xorijiy davlat bilan chegaradoshligi, suvlik orqali Yaponiya, AQSH va Xorijiy Evropa davlatlari bilan chegaradoshligi iqtisodiy geografik o’rnining qulayligidir. Rossiya hududining ѕ qismini dunyodagi eng yirik tekisliklar va pasttekisliklar egallagan. Misol: Sharqiy Evropa tekisligi, G’arbiy Sibir, Shimoliy Sibir tekisliklari, Kaspiy boyi pasttekisligi (-27m). Tog’li territoriyalar mamlakat xududining janubida va sharqida joylashgan. Ular: Katta Kavkaz (Elbrus cho’qqisi 5642m. Rossiyadagi eng baland nuqta), Ural, Oltoy, Kuznesk Olatovi, Sayan; tizmalaridan : Yablonovoy, Verxoyansk, Cherski, Sixote Alin, Stanovoy, Kalima, Keryak va h.k.
Kamchatka yarim oroli va Kuril orollarida ko’plab harakatdagi vulqonlar bor. Ularning eng balanti: Klyuchevskaya Sopka 4750 m (4688m).
Rossiyada uzunligi 10 km dan oshiq bo’lgan 120 ming daryo bor, ularning umumiy uzunligi 2,3 mln km. Eng uzun daryolari : Ob (5410km), Amur, Lena, Enisey, Volga. Rossiyada 2 mln atrofida ko’llar bor. Eng muhimlari: Baykal (chuqurligi 1637m), Ladoga, Onega, Taymir, Chud. Yirik suv omborlari: Bratsk (169,3 km3 ), Krasnoyarsk, Zey, Ust – Ilimsk, Kuybishev. O’rmonlar Rossiya hududining 41 % ni egallagan.
Rossiyaning shimoliy Arktika muz sahrolaridan janubda chala cho’llargacha davom etadi. Rossiya hududi asosan mo’’tadil mintaqada joylashgan bo’lib, g’arbda dengiz iqlimi, dengiz – kontinental, kontinental va mussongacha. Qora dengiz sohillari subtropik. O’rtacha harorat: Rossiya g’arbida 00 − -50 S gacha yanvarda Yakutskda -400 -500 S . Iyulning o’rtacha temperaturasi Sibirning shimolida +10 S, Kaspiy boyida +240 +250 S.
Chekka nuqtalari: Chelyuskin burni 770 sh.k. Janubda Bazar-dyuzi tog’i 410 sh.k, g’arbda Baltika posasi (Kaliningrad), sharqda Dejnyov burni 1690 g’.u.
Rossiya davlat chegarasining uzunligi 60,9 ming km bo’lib, shundan quruqlik chegarasi 14,5 ming km, dengiz chegarasi 38,8 ming km, daryo chegarasi 7,1 ming km, ko’l chegarasi 0,5 ming km.
Aholisi soniga ko’ra Rossiya jahonda birinchi o’nlik mamlakatlari qatoriga kiradi. (1986 yil 145,3 mln, 1999 yil 146,7 mln, 2006 yil 142 mln kishi). Tug’ilish – 1426000 kishi, o’lim – 2372000 kishi. O’rtacha umr 65 yosh. Tug’ilish koeffisienti 10‰ , o’lim 16‰ . Tabiiy o’sish – 0,6% (2006 y). 100 erkakga 113 ayol to’g’ri keladi. Aholisi juda notekis joylashgan bo’lib, zichligi 1 km2 ga 8 kishi(2006 y).



Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin