Marosim nomlarining leksik grammatik xususiyati
Reja:
Kirish.
I.1. Onomastika haqida umumiy ma’lumot
II. 1.Marosim nomlarining leksik- grammatik xususiyatlari
Xulosa.
Kirish
O‘zbek nomlarni ilmiy asosda to‘plash va o‘rganish ishlari X1X asr oxiri-XX asr boshlarida boshlangan edi. Dastlab E.T.Smirnov (1899), keyinchalik N.S.Likoshin (1916) va boshqa rus geografiya jamiyati Turkiston bo‘limining a’zolari (V.F.Oshanin, A.Samoylovich kabilar) turli xil nomlarni (ismlar, joy va turli marosim nomlari) to‘plash va ularni ruscha transliteratsiyada ifodalash masalalari bilan shug‘ullanganlar. XX asrning 70-yillarida o‘zbek nomshunosligi mustaqil soha sifatida shakllanishi bilan uning tarkibidagi antroponimika (ismshunoslik)ka oid tadqiqotlar ko‘lami ham kengaydi. SHu davrdan boshlab o‘zbek antroponimiyasi xilma-xil yo‘nalishda o‘rganiladigan bo‘ldi. Masalan, G.F.Blagova (1963, 1970), A.S.Tolstova (1961), Q.Karimov (1962, 1967), E.Begmatov (1984, 1985) kabi olimlarning tadqiqotlari tarixiy yozma yodgorliklarda qo‘llanilgan antroponimlar tahliliga bag‘ishlangan bo‘lsa, E.Begmatov (1981, 1984), R.Qo‘ng‘urov (1964, 1966), A.Jumaev (1985), G‘.Sattorov (1985) singari olimlarning ilmiy kuzatishlari antroponimlarning yasalishi, o‘zlashma antroponimlar strukturasi, ismlarning grammatik va semantik xususiyatlari tahliliga oid edi. Mamlakatimizda bajarilgan nomshunoslikka oid ishlarning ayrimlari antroposistemalarning qo‘llanilish xususiyatlari, antroponimik seriyalarning hududlarda tarqalish chastotasini aniqlashga bag‘ishlangan edi.. O‘zbek tilshunosligida kishi ismlari, ayniqsa folklor asarlarida qo‘llangan antroponimlar sotsiolingvistik va funksional-semantik yo‘nalishda tadqiq etilgan ishlar paydo bo‘ldi. Bu o‘rinda D.Abdurahmonov, H.Bektemirov (1967), S.Yo‘ldosheva (1974, 1975), B.Fayzullaev, S.Tursunov (1985), A.Ishaev (1973), I.Xudoynazarov (1998) kabi olimlarning ilmiy izlanishlari alohida ajralib turadi. Keyinchalik I.Xudoynazarov folklor antroponimiyasiga doir nomzodlik ishini ham himoya qildi.
Dostları ilə paylaş: |