Ertalabki osh Ertalabki osh marosimi to’y (sunnat to’yi yoki nikoh to’yi) va aza ma’rakasida (o’limidan keyin 20 kun hamda bir yildan keyin) o’tkaziladi. To’yni o’tkazuvchilar ertalabki oshning kuni va vaqtini avvaldan mahalla yoki kvartal qo’mitasining jamoatchiligi bilan kelishgan holda belgilaydilar. Shu kunga qarindoshlar. qo’shnilar va tanishlariga taklifnomalar yuboriladi. Bir kun oldin kechqurun «sabzi to’g’rash» marosimi o’tkaziladi, unga odatda qo’shniar va yaqin qarindoshlar keladilar. Sabzi to’g’rab bo’linganidan keyin barcha ishtirokchilar dasturxonga taklif etiladi. Odatda sabzi to’g’rashga artistlar ham chaqiriladi. Ovqatlanish paytida oqsoqollar kelganlar o’rtiasida ishlarni taqsimlaydilar. Ertalabki osh bomdod namoziningtugashi paytigacha tayyor bo’lishi lozim, chunki namozdan chiqqan kishilar birinchi mehmonlar bo’ladi. Ertalabki namoz tugagan paytda karnay-surnay va nog’ora ovozlari ertalabki osh boshlanganidan xabardor etadi. Mehmonlar dasturxonga o’tirib, fotiha o’qiganlaridan keyin ularga non va choy tortiladi. Shundan keyingina laganlarda ikki kishiga birlagan hisobidan osh olib kelinadi. Ovqatdan keyin laganlar olib quyiladi, mxmonlar yana fotiha o’qib, mezbonga minnatdorchilik bildirib ketadilar. Ular ketganidan keyin dasturxon tezgina yangi mehmonlarning tashrifi uchun tuzatiladi. Ertalabki osh odatda ko’pi bilan bir yarim-ikki soat davom etadi. Shu vaqt mobaynida taklif etilgan artistlar qo’shiq aytadilar. Ertalabki osh tugaganidan keyin faxriy mehmonlarga sovg’alar – odatda choponlar (milliy erkak to’nlari) beriladi. Aza paytidagi ma’raka oshi shu bilan farq qiladiki, mehmonlar dasturxonga o’tirganlarida Qur’on suralarini o’qiydilar va o’lgan odamni xotirlaydilar. Ovqat tugaganda ham Kur’on suralari o’qiladi. Ma’raka oshida artistlar chaqirilmaydi, dasturxon bayram to’y oshiga qaraganda kamtarroq bezatiladi. Shuni aytib o’tish lozimki, bayram to’y oshi va ma’raka oshida faqat erkaklar xizmat qilib yuradi.
Navro’z bayrami Eng qadimiy xalq bayrami bo’lgan Navro’z («Navro’z bayrami») 21 mart kuni, bahor kunu-tun tengligi paytida nishonlanadi. Bu tabiatning uyg’onishi, ekin ishlarining boshlanishi bayrami bo’lib, marosimlarida zardushtiylik alomatlari saqlanib qolgan. Qadimgi O’zbekistonning ziroatchilik vohalarida har bahor faslida katta sayllar, bayramona bozorlar tashkil etilgan. An’anaga ko’ra uylarda hozir ham «bo’g’irsoq» pishiriladi va marosim taomi – «sumalak» tayyorlanadi. Bayramdan keyin odatda daladagi ekin ishlari boshlangan, ularning paytida ham o’tmishda turli urf-odatlar va marosimlar bajarilar edi: dalaga chiqishdan avval ho’kizlarning shoxxlari va bo’yinlariga moy surtiladi. Birinchi egatni mahallaning eng e’tiborli va qari a’zosi o’tkazadi. Davlat mustaqilligi davri mobaynida Navro’zni nishonlash yangicha ko’lam va teranlikka ega bo’ldi. U do’stlik, barcha xalqlarning birlashuvi, aka-ukaligining umummilliy bayramiga aylandi. Yorqin rang-barang teatrlashtirilgan tomoshalarda Navro’zning falsafiy-shoirona talqini, uning xalq tarixidagi o’rni anglab ko’rsatiladi.
Kiyim Mahalliy xalqlar kiyimlarining o’ziga xosligi azaldan iqlimiy, maishiy sharoitlar va urug’-qabila an’analari bilan belgilanar edi. XIX asrdayoq kiyim (to’nlar, ko’ylaklar, yaktaklar) arxaik xususiyatlarga ega edi: keng, butunligicha bichilgan, uzun kiyim bo’sh tushib turib, inson tanasining shakllarini yashirib turar edi. Kiyim bir tariqa tikilgan: erkaklar, ayollar, bolalarning kiyimlari, yozgi va qishki kiyimlar shakli va bichilishi, tikilishi o’xshash bo’lar edi. An’anaviy milliy erkak kiyimi belbog’ bilan bog’langan, qavilgan issiq to’n – chopon, do’ppi nomli bosh kiyimi va nafis charmdan tikilgan etikdan iborat edi. Erkaklar to’g’ri bichilgan yaktaklar, ostki va ustki choponlarni kiyar edilar. Chopon yengil yoki issiq, paxta qo’shib qavilgan bo’lishi mumikn edi. Chopon yonidan yurish va yerda o’tishi oson bo’lishi uchun kesiklar bor edi. Chopon odatda belbog’ - qiyiqcha ro’mollari bilan bog’lanar edi. Bayramona milliy kiyim har kungidan foydalangan matolarning go’zalligi va nafisligi, bezaklari va kashtalari kabilar bilan ajralib turar edi. Ayollarning milliy kiyimi chopon, to’g’ri bichilgan va xonatlasdan tikilgan qulay ko’ylakdan, pasti torayib boradigan keng yupqa ishton – lozimdan iborat. Ayolning bosh kiyimi uchta asosiy qismidan tarkib topgan: qalpoqcha, ro’mol va kallapo’sh. bayramona ayol kiyimi tikilgan matolarining nafisligi va chiroyliligi bilan ajralib turadi. Bolalarning kiyimlari kattalar kiyimini takrorlab edi. Umumiy xususiyatlari bilan birga har bir tuman yoki qabiladagi kiyimlar ishlatiladigan matosi, bichish shakli va usuli va shu kabilardan iborat bo’lgan farqli xususiyatlariga ega bo’lgan.