Reja: kirish I. Turkistonda arxiv ishi tarixi


Turkistonda arxivlarda ish



Yüklə 53,91 Kb.
səhifə3/7
tarix12.06.2023
ölçüsü53,91 Kb.
#129034
1   2   3   4   5   6   7
Turkistonda arxiv ishi tarixi (1917-1924 yillarda)

1.2 Turkistonda arxivlarda ish yuritishlihi.oslikxi (1917-1924yy.)
1917-yilgi oktyabr voqealariga qadar hujjatlar har bir idorada va tashkilotning o‘zida saqlangan. Arxivlar tarqoq holda bo‘lib, hujjatlar bir joyda yig‘ilmagan, markazlashmagan edi. Hukumat manbalarini saqlash va ulardan har tomonlama foydalanish maqsadida RSFSR Xalq Komissarlari Sovetining 1918-yil 1-iyunda “RSFSRda arxiv ishini qayta qurish va markazlashtirish haqida” deb atalgan dekreti e’lon qilindi. Shu chiqarilgan dekretga asosan RSFSRda Davlat arxiv fondi (DAF) tashkil etildi. Keyinchalik bu DAF tarkibiga inqilobgacha bo‘lgan davr va inqilobdan keyingi barcha sovet tashkilotlari faoliyati, muassasalar va ayrim shaxslar, shuningdek tarixiy yozma yodgorliklar, huquq, san’at, adabiyot va SSSR xalqlarining maishiy, ma’naviy madaniyati, kino foto hujjat fondlari kinofilm negativlari, fotosuratlari, ularni to‘latuvchi pozetivlar, grammafon, potifon, plastinkalari va yozib olingan ovoz materiallari, ilmiy-tarixiy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan: illyustratsiyalar, qo‘l yozma negativlar, shunigdek, ogitatsiya va propoganda maqsadida nashr qilingan plakatlar, varaqalar, chaqiriqlar, e’lonlar va boshqalar, mikrofoto hujjatlar kiritilgan1. Shundan kelib chiqqan holda Turkiston Avtonom Sovet Respublikasi Markaziy Ijroiya Komiteti (MIK) 1919-yil 5-noyabrda “Arxiv ishini qayta qurish va markazlashtirish to‘g‘risida” qaror qabul qildi. Bu qarorga asosan 1917-yilga qadar bo‘lgan barcha idoraviy arxivlar tugatildi, arxiv hujjatlari Turkiston Avtonom Sovet Respublikasining Yagona davlat arxiv fondi (YADAF) ni tashkil qiladi, deb e’lon qilindi. YADAFni boshqarish uchun Turkiston Respublikasi Arxiv ishi bosh boshqarmasi tashkil qilindi. YADAFga 1917-yil 25-oktyabrgacha bo‘lgan barcha hujjatlar topshirilishi kerak edi. Yuqorida ta’kidlangan qarorda arxiv hujjatlarini yo‘q qilish tartibi o‘rnatildi. Davlat idoralari Arxiv ishi bosh boshqarmasi ruxsatisiz o‘z hujjatlarini yo‘q qilish huquqiga ega emas, deb ko‘rsatilgan. Sovet idoralarida tashkil bo‘lgan hujjatlar YADAFning tarkibiy qismi deb qayd qilingan. Bu hujjatlarni arxiv ishi bosh boshqarmasiga nazorat qilib turish topshirilgan. Bu boshqarma Maorif xalq komissarligi huzurida tashkil qilingan.YADAF 8 ta seksiya va 4 ta bo‘limdan iborat edi. Bo‘limlar quyidagilardan iborat bo‘lgan:

Yüklə 53,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin