Reja: kirish mahalliy byudjetlarning mohiyati, tashkil etilishi va o'ziga xos xususiyatlari. Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti viloyatlar Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining shakllantirilishi, daromadlari va xarajatlari


Mahalliy byudjetlarning mohiyati, tashkil etilishi va o'ziga xos xususiyatlari



Yüklə 62,62 Kb.
səhifə2/7
tarix08.03.2023
ölçüsü62,62 Kb.
#86998
1   2   3   4   5   6   7
Mahalliy budjet

Mahalliy byudjetlarning mohiyati, tashkil etilishi va o'ziga xos xususiyatlari.

Mahalliy byudjetlar - davlat byudjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul mablagʻlari jamgʻarmasini tashkil etuvchi bir qismi. Mahalliy byudjetlarda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqsori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar sarfi yoʻnalishlari va miqdori nazarda tutiladi. Mahalliy byudjetlarning daromadlari mahalliy soliqlar va yigʻimlar hamda toʻlovlardan tashkil topadi. Mahalliy byudjetlarning mablagʻlari hududiy rivojlanishning moliyaviy manbalaridan biri hisoblanadi. Mahalliy byudjetlar har bir mamlakat davlat byudjetining ajralmas qismidir.
Oʻzbekiston hududida birinchi Mahalliy byudjetlar dastlab Oʻrta Osiyoda Rossiya mustamlakachilik hukmronligi oʻrnatilganidan keyin shahar va viloyat byudjetlari sifatida 19-asrning70-yillaridan shakllana boshladi. Keyinchalik uyezd byudjetlari tuzildi. Bu byudjetlarning hajmi aholining soni va ehtiyojlarini eʼtiborga olmay, chor Rossiyasining Turkiston general-gubernatorligi markaziy apparati amaldorlari tomonidan belgilanar va eng koʻp qismi boshqaruv, politsiya, sud organlariga sarflanardi.
Oʻzbekistonda birinchi marta zamonaviy koʻrinishdagi Mahalliy byudjetlar 1924—25 yillarda vujudga keldi. OʻzRda Mahalliy byudjetlarning daromad manbalari ichida qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻidan normativlar boʻyicha ajratmalar yetakchi oʻrinni egallaydi. Bundan tashqari, resurslar soliqlari va boshqa soliqlar (suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, ekologiya soligʻi, infratuzilmani rivojlantirish soligʻi va boshqalar) ham Mahalliy byudjetlarni shakllantirishda qatnashadi.
Mahalliy byudjetlar mablagʻlari hisobidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fan, taʼlim, madaniyat, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy taʼminot, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini taʼminlash, byudjet tashkilotlarini saklash, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish va boshqa moliyalashtiriladi.
Mahalliy byudjetlarni tuzish, shakllantirish, harajatlarni moliyalashtirish masalalari OʻzRning 2000-yil 14 dek.da kabul qilingan "Byudjet tizimi toʻgʻrisida" qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARINING BUDJET VAKOLATLARINI KENGAYTIRISH VA MAHALLIY BUDJET DAROMADLARINI SHAKLLANTIRISHDAGI MAS’ULIYATINI OSHIRISH TO‘G‘RISIDA
28.12.2021 yildagi “Byudjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-740-son Qonun qabul qilindi.
U bilan Byudjet kodeksi, «Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi toʻgʻrisida»gi va «Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida»gi qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Endi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Hisob palatasiga quyidagilar taqdim etiladi:
navbatdagi yil uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining loyihalari koʻrib chikish hamda tegishli хulosani takdim etish uchun;
oʻtgan moliya yili uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobot tashqi auditdan oʻtkazish hamda baholash uchun.
Hisob palatasi oʻz navbatida:
yuqorida koʻrsatilgan byudjetlarning ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni tashqi auditdan oʻtkazishni va baholashni amalga oshiradi hamda ular yuzasidan tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga хulosa taqdim etadi;
“Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga хulosa taqdim etadi.
Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetini, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarini tasdiqlash tartibi oʻzgartirildi.
Rezident-yuridik shaхslarga MB asosiy stavkasining 50%idan kam boʻlmagan miqdordagi foiz stavkalari boʻyicha beriladigan byudjet ssudalari va kredit liniyalari miqdori hamda ularni chet el valyutasida berishga taqiq belgilandi.
Tumanlar va shaharlar byudjetlari qoʻshimcha manbalarining kamida 30%i jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlarining budjet sohasidagi vakolatlari.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetini, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarini, tumanlar va shaharlar budjetlarini tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga muvofiq ko‘rib chiqadi va qabul qiladi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, tumanlar va shaharlar budjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga muvofiq har chorakda ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari, Toshkent shahrining shahar budjeti hamda tumanlar va shaharlar budjetlari daromadlarining prognozlarini ma’lumot uchun qabul qiladi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlariga, tumanlar va shaharlar budjetlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
tegishli budjetlardan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning budjet mablag‘laridan samarali foydalanilishi hamda erishilgan natijalar to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitadi;
mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning stavkalarini qonunchilikda belgilangan miqdorlar doirasida belgilaydi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan hamda Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va shaharlar budjetlariga ajratiladigan tartibga soluvchi budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlarini ko‘rib chiqadi hamda tasdiqlaydi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari qonunchilikka muvofiq budjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining budjet sohasidagi vakolatlari.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari:
tegishli budjet loyihasini ishlab chiqish va uni ijro etish jarayonini tashkil etadi hamda muvofiqlashtirib boradi;
budjet so‘rovi olinishiga qarab tegishli budjetlarning loyihalarini tuzish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi, ularni tayyorlash tartibi va muddatlarini belgilaydi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti loyihasini, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, tumanlar va shaharlar budjetlari loyihalarini tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlariga ko‘rib chiqish va qabul qilish uchun taqQoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, tumanlar va shaharlar budjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlariga tasdiqlash uchun taqdim etadi;
Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlariga tushumlar to‘liq va o‘z vaqtida tushishi ustidan nazoratni tashkil etadi;
budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni tashkil etadi;dim etadi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan, tumanlar va shaharlar budjetlaridan hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga budjet so‘rovini tuzish uchun ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlarini ko‘rib chiqadi hamda tasdiqlaydi;
qonunchilikda belgilanadigan alohida soliqlar bo‘yicha belgilangan stavkalarga pasaytiruvchi va oshib boruvchi koeffitsiyentlarni kiritish to‘g‘risida hududlarning faoliyatni amalga oshirish joyining xususiyatlarini inobatga olgan holda qarorlar qabul qiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan vakolatlar bilan bir qatorda tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlari va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamg‘armalari mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan vakolatlar bilan bir qatorda mahalliy budjetlarning parametrlarini hamda ularning ijrosi haqidagi hisobotlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan ko‘rib chiqish hamda tasdiqlash jarayonining ommaviy axborot vositalarida yoritilishini ham ta’minlaydi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari qonunchilikka muvofiq budjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining budjet sohasidagi vakolatlari.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining, tumanlar va shaharlar budjetlarining hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilar ro‘yxatini tasdiqlaydi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga mahalliy budjetlarning loyihalarini tayyorlash bo‘yicha tavsiyalar yuboradi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar, shuningdek budjet tashkilotlari hamda budjet mablag‘lari oluvchilarning moliyaviy hisobotlari shakllarini va ularni taqdim etish tartibini tasdiqlaydi;
Hududiy moliya organlarining budjet sohasidagi vakolatlari.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, tumanlar va shaharlar budjetlari loyihalarini tayyorlaydi hamda ularni tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklariga ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobot.
Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobot budjet tasnifiga muvofiq muayyan davr uchun Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarining ijrosi natijalaridan iborat bo‘ladi.
Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobot quyidagi hisobot shakllarini o‘z ichiga oladi:
Davlat budjeti ijrosining balansini;
Davlat budjeti daromadlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni;
Davlat budjeti xarajatlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni;
budjet tashkilotlarining debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risidagi ma’lumotnomani;
Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari bo‘yicha tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotni.
Tumanlar va shaharlar bo‘yicha g‘aznachilik bo‘linmalari tegishli tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlariga tumanlar va shaharlar budjetlarining kassa ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni taqdim etadi.
Tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari hisobot davri uchun tumanlar va shaharlar budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakllar bo‘yicha:
yuqori turuvchi moliya organlariga — ular belgilagan muddatlarda;
tegishli hokimliklarga — tumanlar va shaharlar budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobot yuqori turuvchi moliya organlariga taqdim etilganidan so‘ng uch ish kuni ichida taqdim etadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha g‘aznachilik boshqarmalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining kassa ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalariga taqdim etadi.
G‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan tegishli budjetlarning kassa ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni moliya organlariga taqdim etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari hisobot davri uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakllar bo‘yicha:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga — u belgilagan muddatlarda;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va tegishli hokimliklarga — Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobot O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etilganidan so‘ng uch ish kuni ichida taqdim etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan shakllar bo‘yicha Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni tuzadi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Davlat budjeti ijrosining borishi to‘g‘risidagi choraklik hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan muddatlarda;
Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 1-apreligacha taqdim etadi.
Budjet jarayonining ochiqligini ta’minlash tartibi.
irinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar, ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar, hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilar, davlat maqsadli jamg‘armalari, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi har chorak yakunlari bo‘yicha keyingi chorak birinchi oyining 25 sanasiga qadar o‘zining rasmiy veb-saytlariga:
o‘z tasarrufidagi budjet tashkilotlari kesimida budjet mablag‘larining taqsimoti;
davriy moliyaviy hisobotlar;
davlat maqsadli jamg‘armalaridan subsidiyalar va kredit oluvchilar;
kapital qo‘yilmalar hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarning ijrosi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtiradi.
Hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning rasmiy veb-saytlari mavjud bo‘lmagan taqdirda ular tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklarining rasmiy veb-saytlariga ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan ma’lumotni joylashtiradi.
Davlat moliyaviy nazorat organlari moliya yilining birinchi oyida moliya yili uchun ish rejalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, har chorak yakunlariga ko‘ra esa nazorat tadbirlari natijalari bo‘yicha aniqlangan moliyaviy huquqbuzarliklar va ijobiy natijalar haqidagi ma’lumotlarni chorakdan keyingi oyning 25 sanasidan kechiktirmay o‘z rasmiy veb-saytlariga joylashtiradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining, tumanlar va shaharlar budjetlarining qo‘shimcha manbalari hisobidan xarid qilingan tovarlar hamda xizmatlar, qurilish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari olib borilayotgan obyektlar ro‘yxati, shuningdek qurilish-ta’mirlash ishlarining moliyalashtirilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar har chorak yakunlari bo‘yicha keyingi chorak birinchi oyining 10 sanasiga qadar tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan majburiy tartibda o‘z rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladi. Ma’lumotni ushbu moddaning birinchi — to‘rtinchi qismlarida ko‘rsatilgan tegishli tashkilotlarning rasmiy veb-saytlariga joylashtirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining, shuningdek tumanlar va shaharlar budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni ko‘rib chiqish hamda tasdiqlash.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari tomonidan hisobot davri uchun taqdim etilgan tegishli budjetlarning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni o‘z partiyalar guruhlarida va doimiy komissiyalarida (qo‘mitalarida) dastlabki tarzda muhokama qilish asosida ko‘rib chiqadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari tegishli budjetlar ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotlarni hisobot yilidan keyingi yilning 10-mayidan so‘ng tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlariga taqdim etadi.
Tegishli budjetlarning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni taqdim etish muddatlari tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan belgilanadi.
Tegishli budjetlarning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlari qarorlari bilan tasdiqlanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar hamda shaharlar Kengashlari tegishli budjetlardan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning budjet mablag‘laridan va budjetdan tashqari mablag‘lardan samarali foydalanilishi, shuningdek erishilgan natijalar to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitish huquqiga ega.
Davlat moliyaviy nazorati.
Davlat moliyaviy nazorati budjet to‘g‘risidagi qonunchilikning davlat moliyaviy nazorati obyektlari tomonidan buzilishi hollarini aniqlash, bartaraf etish va unga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek budjet sohasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat moliyaviy nazorati:
respublika darajasida — O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining va O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari budjetdan tashqari jamg‘armalarining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan;
mahalliy darajada — Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetidan, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari budjetdan tashqari jamg‘armalarining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan amalga oshiriladi.
Davlat moliyaviy nazorat organlari davlat moliyaviy nazoratini davlat moliyaviy nazorat organlari yoki vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan nazorat qilish yillik rejalariga muvofiq amalga oshiradi.
Ayrim hollarda rejadan tashqari davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirishga:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining;
davlat moliyaviy nazorat organiga budjet to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi faktlari to‘g‘risida ma’lumotlar kelib tushgan hollarda davlat moliyaviy nazorat organlari rahbarlarining qarorlari asosida yo‘l qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladigan davlat moliyaviy nazorati.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasining ekspertizasini va o‘rta muddatli davr uchun fiskal strategiya tahlilini o‘tkazishni;
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti va Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari o‘rtasidagi nisbat maqbulligini, mahalliy davlat hokimiyati organlarining daromadga oid vakolatlari va xarajatlarga doir majburiyatlari chegaralanishining to‘g‘riligini baholashni, ularning moliyaviy jihatdan o‘zini o‘zi ta’minlashi yuzasidan takliflar ishlab chiqishni;


Yüklə 62,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin