Reja: kirish mahalliy byudjetlarning mohiyati, tashkil etilishi va o'ziga xos xususiyatlari. Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti viloyatlar Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining shakllantirilishi, daromadlari va xarajatlari


Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti viloyatlar Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining shakllantirilishi, daromadlari va xarajatlari



Yüklə 62,62 Kb.
səhifə3/7
tarix08.03.2023
ölçüsü62,62 Kb.
#86998
1   2   3   4   5   6   7
Mahalliy budjet

2. Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti viloyatlar Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining shakllantirilishi, daromadlari va xarajatlari.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyundagi “Mahalliy budjetlarni shakllantirishda mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5075-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash hamda mahalliy budjetlarning daromad bazasini kengaytirish va xarajatlarini maqbullashtirishda ularning manfaatdorligini oshirishni ta’minlaydigan mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet vakolatlari va majburiyatlarini belgilashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish maqsadida:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimliklariga quyidagilarni ta’minlash yuklatilsin:
o‘z hududidagi soliq to‘lovchilarni to‘liq qamrab olish va soliqlar yig‘iluvchanligini oshirish, yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish, ishlamayotgan, iqtisodiy nochor korxonalarni faoliyatini qayta tiklash orqali mahalliy budjet daromadlarini ko‘paytirish;
tegishli budjetlarning tasdiqlangan daromadlari rejasini bajarishni, qonunchilik doirasida xarajatlarni, shu jumladan, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘liq moliyalashtirilishini ta’minlash;
budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdorini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ish haqini oshirish to‘g‘risidagi farmonlari va boshqa normativ-hujjatlarda belgilangan miqdorlar doirasida oshirish;
budjet tashkilotlarida amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan shtat normativlaridan ortiqcha shtat birliklari kiritmaslik.
2. Belgilansinki:
2017-yilning 1-iyulidan boshlab Toshkent shahri tumanlari budjetlarining umumiy hajmidan 1 foiz miqdorida tuman hokimliklari zaxira jamg‘armalari shakllantiriladi;
tuman budjetlarida belgilangan aylanma kassa mablag‘larining chorak yakuni bilan saqlanishi va xarajatlarning qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishini g‘aznachilik bo‘linmalari ta’minlaydi.
3. Toshkent shahri hududida budjetlararo munosabatlarni amalga oshirishda:
umumta’lim maktablarining ish haqi va yagona ijtimoiy to‘lovlar bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish uchun tuman budjetiga Toshkent shahrining shahar budjetidan ajratiladigan maqsadli budjetlararo transfertlarni kamaytirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
qonun hujjatlariga muvofiq moliya yili mobaynida O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining vakolatiga kiruvchi muayyan xarajatlar Toshkent shahar mahalliy budjetiga berilganda, ularni moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan o‘zaro hisob-kitoblar orqali mablag‘lar ajratiladi;
tasdiqlangan daromadlar parametrlari bajarilmasligi natijasida quyi mahalliy budjetlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan daromadlar bilan xarajatlar o‘rtasidagi moliya yili mobaynidagi vaqtinchalik kassa uzilishlari — aylanma kassa mablag‘larini jalb qilish va yuqori budjetdan olinadigan qisqa muddatli foizsiz budjet ssudalari orqali qoplanadi, bir moliya yilidan ortiq bo‘lgan davrdagi kassa uzilishlari — yuqori budjetdan 2 yilgacha bo‘lgan muddatga yillik 2 foizli budjet ssudalari olish orqali qoplanadi.
4. Toshkent shahar hokimligi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, 2017-yil uchun tasdiqlangan Toshkent shahar mahalliy budjeti parametrlariga o‘rnatilgan tartibda o‘zgartirish kiritsin, bunda Toshkent shahri shahar va tumanlar budjetlarining parametrlari moliya yili uchun bir marta tasdiqlanadi va ularning daromadlarini oshirish yoki kamaytirishga aniqlik kiritish taqiqlanadi.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisiga, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlariga quyidagi vakolatlar berilsin:
zarur hollarda mahalliy budjetlar parametrlariga tasdiqlangan budjet parametrlari doirasida o‘zgartirish kiritish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlarning tegishli Xalq deputatlari kengashiga taklif kiritish;
tegishli budjetlar har chorak yakunida shakllantiriladigan daromadlar rejasidan orttirib bajarilgan qismini mustaqil tasarruf etish;
mahalliy budjet xarajatlari, jumladan, belgilangan normativlar doirasida budjet tashkilotlari va ularning shtat birliklarini optimallashtirish hisobiga moliya yili davomida bo‘shab qolgan mablag‘larni boshqa zarur xarajatlarga yo‘naltirish;
o‘z vazifalarini vijdonan, shuningdek, alohida muhim va mas’uliyatli ishlarni bajarayotgan budjet tashkilotlari rahbarlari, hokimlik, moliya, g‘aznachilik va soliq organlari xodimlarini erishilgan natijalar asosida yiliga bir oylik lavozim ish haqi miqdorida tegishli ravishda tegishli budjetlarining qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan bir martalik mukofotlash.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni doirasida 2 ta shtat birligidan iborat budjet inspektorlari lavozimlari joriy etilsin va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
mahalliy budjetlar parametrlarining budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, belgilangan normativlar hamda mazkur qaror asosida shakllantirilishi va ijro qilinishini monitoring qilish;
budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi, shtatlar jadvalini sifatli tuzilishi hamda uning ijrosi bo‘yicha nazoratni ta’minlash;
mahalliy budjetlarda aylanma kassa mablag‘larining saqlanishi, daromadlar prognozining oshirib bajarilishi va erkin qoldiq mablag‘lari miqdorlarining to‘g‘ri aniqlanishi ustidan monitoring qilish;
mahalliy budjetlar ijrosi to‘g‘risidagi moliyaviy hisobotlarni normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan tartibda va muddatlarda Xalq deputatlari Kengashi va yuqori moliya organiga taqdim etilishini ta’minlash;
mahalliy budjetlar hisobidan budjet tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan davlat xaridlarini, shu jumladan, e’lonlar berish muddatlari belgilanishi hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzilishi maqsadga muvofiqligini nazorat qilish.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan moliyalashtiriladigan quyi tashkilotlariga o‘zlariga respublika budjetidan ajratilgan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlarini 10 foizigacha Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan yo‘naltirishga haqli.2
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar hamda Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromadlari va xarajatlari prognozlari.
2022-yil uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar hamda Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromadlari va xarajatlari prognozlari 6-ilovaga muvofiq ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2022-yil uchun respublika budjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetiga va viloyatlarning viloyat budjetlariga ajratiladigan tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar miqdorlari 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar miqdorini Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti va viloyatlarning viloyat budjetlari daromadlari prognozining ijrosidan qat’i nazar, kamaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi.


Yüklə 62,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin