Reja: kirish mahalliy byudjetlarning mohiyati, tashkil etilishi va o'ziga xos xususiyatlari. Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti viloyatlar Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining shakllantirilishi, daromadlari va xarajatlari



Yüklə 62,62 Kb.
səhifə5/7
tarix08.03.2023
ölçüsü62,62 Kb.
#86998
1   2   3   4   5   6   7
Mahalliy budjet

2-Jadval. 2022-yil uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar hamda Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromadlari va xarajatlari prognozlari.mlrd so’m4
* Mobil aloqa xizmati, tamaki va alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivo uchun aksiz solig‘i tushumlari hisobdan ajaratiladigan mablag‘larni inobatga olgan holda
** Mahalliy budjetlar hisobidan so‘ndiriladigan davlat qarziga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlarni inobatga olgan holda
*** Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasiga transfertlar — 525,3 mlrd so‘m (shundan, Sirdaryo viloyati — 522,3 mlrd so‘m, Xorazm viloyati — 3,0 mlrd so‘m)
**** Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasiga transfertlar − 18,7 mlrd so‘m
Choraklar yakuni bo‘yicha ushbu Qonunning 6-ilovasida keltirilgan daromadlarning prognoz ko‘rsatkichlari mahalliy ijro hokimiyati organlarining faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra 5 foizdan ortiq miqdorga bajarilmasa va moliya yili oxirigacha ushbu mablag‘larning tushish ehtimoli bo‘lmasa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Vazirlar Mahkamasiga xarajatlarni maqbullashtirish yuzasidan ko‘rilgan choralar bilan birga tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar miqdorini oshirish yuzasidan murojaat qiladi hamda mazkur taklif Vazirlar Mahkamasi tomonidan ushbu Qonunda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi. Tumanlar va shaharlar hokimlari ham Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyatlariga xuddi shunday tartibda murojaat etadi.
2022-yilda:
Toshkent shahrining umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, sog‘liqni saqlash muassasalari va ichimlik suvi bilan ta’minlash tizimi obyektlarini loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish), mukammal ta’mirlash va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalarga doir xarajatlar Toshkent shahrining shahar budjetidan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, sog‘liqni saqlash muassasalari obyektlarini loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish), mukammal ta’mirlash va jihozlash, shuningdek sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlari doirasida obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish), mukammal ta’mirlash hamda ta’mirlash-tiklashga doir xarajatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan va viloyatlarning viloyat budjetlaridan;
advokatlar tomonidan ko‘rsatiladigan yuridik yordam uchun haq to‘lashga doir xarajatlar tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan;
ko‘p kvartirali uy-joy fondiga tutash hududlarni ta’mirlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tizimiga kiruvchi issiqlik ta’minoti tashkilotlarining issiqlik tarmoqlarini va qozonxona uskunalarini mukammal ta’mirlashga doir xarajatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladi.
Hududlardagi barcha issiqlik ta’minoti tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan issiqlik ta’minoti bo‘yicha xizmatlar uchun tartibga solinadigan narxlar (tariflar) O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy organlari xulosalariga ko‘ra, tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarorlari bilan ma’qullanganidan keyin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
Issiqlik ta’minoti bo‘yicha xizmatlar uchun tartibga solinadigan narxlarni (tariflarni) yil davomida qayta ko‘rib chiqish yakunlariga ko‘ra issiqlik ta’minoti tashkilotlari aholiga pasaytirilgan tariflar qo‘llanilishi natijasida ko‘rgan zararlarining o‘rnini qoplash uchun qo‘shimcha mablag‘larga bo‘lgan talab Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan qoplanadi.
Barcha tumanlar va shaharlar budjetlarining tasdiqlangan xarajatlarining (bundan zaxira jamg‘armasi mablag‘lari mustasno) 5 foizi jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Barcha tumanlar va shaharlar budjetlari qo‘shimcha manbalarining kamida 30 foizi jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.








mln so‘m

T/r

Ko‘rsatkichlar

Summa




Respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar, jami

171 894 044,6




shu jumladan:







joriy xarajatlar

100 432 622,7




shundan:







rivojlantirish dasturlari uchun xarajatlar

8 776 973,4




obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalar

14 628 035,3




davlat maqsadli jamg‘armalariga transfertlar

25 356 172,9




O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga ajratiladigan tartibga soluvchi transfertlar

14 115 563,5




qayta taqsimlanadigan mablag‘lar

17 361 650,2


Yüklə 62,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin